90
ko‘chirib yozish, qidirib topish va ularni tahrirlash amallarini bajaruvchi buyruqlar
mavjud.
Mantiqiy ma’lumotlar. Mantiqiy ma’lumotlar
esa ikkita qiymatga ega
bo‘lishi mumkin: rost yoki yolg‘on (true yoki falshe), ya’ni 1 yoki 0.
6.3-jadval. ASCII simvollariga to‘g‘ri keladigan kodlarning jadvali.
Pentium 4 protsessorida qo‘llaniladigan ma’lumotlarning xillari. Pentium
4 protsessori IEEE 754 standartiga asoslangan - ikkilik
ishorali va ishorasiz butun
sonlarni, ikkilik-o‘nlik sanoq sistemasidagi sonlarni va suriluvchi nuqtali sonlarni
ifodalay oladi [16]. Bu protsessor asosida qurilgan kompyuter 8/16 – razryadli
kompyuter hisoblanib, shunday uzunlikka ega bo‘lgan butun sonlar bilan ishlay oladi
(6.4-jadval). Unda ko‘p
sonli arifmetik buyruqlarni, bul amallarini va taqqoslash
amallarini bajarish mumkin. Pentium 4 protsessori 8-razryadli ASCII simvollari bilan
ishlay oladi, unda simvollardan iborat bo‘lgan qatorlarni ko‘chirib
yozish va qidirib
topish kabi maxsus buyruqlar ham mavjud.
6.4-jadval. Pentium 4 protsessori raqamli ma’lumotlarining xillari.
91
3.Kompyuterning buyruqlar tizimi, buyruqlarning turlari va buyruqlar
formati
Buyruq - bu u bilan boshlangan operatsiya nomini
va operatsiyani bajarishda
ishtirok etadigan operandlarning manzillarini ifodalovchi tartiblangan bitlar to'plami.
Buyruqning asosiy
xarakteristikasi
-
bu buyruqdagi
manzillar soni bilan
belgilanadigan manzillilik. Manzilliligiga qarab buyruqlar 0-manzilli (nolmanzilli), 1-
manzil (birmanzilli) va boshqalarga bo'linadi. Bitlardagi buyruq uzunligi,
buyruq
elementlarini kodlash uchun ishlatiladigan maydonlar soni (operatsiyalar, manzillar
va belgilar), va buyruqdagi maydonlarning joylashuvi buyruq formatini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: