81
bo'lib, uning asosiy maqsadi dasturlash jarayonini osonlashtirishdir. Ammo YuDT ga
o'tish jiddiy muammoni keltirib chiqardi: YuDT uchun xarakterli murakkab
operatorlar ko'pchilik kompyuterlarda amalga
oshiriladigan oddiy mashina
operatsiyalaridan sezilarli darajada farq qiladi. Ushbu nomuvofiqlikning natijasi
HMda dasturlarning yetarli darajada samarali bajarilmasligidir. Muammo
semantik
bo'shliq deb ataladi va uni hal qilish uchun kompyuter ishlab chiqaruvchilari hozirda
uchta yondashuvdan birini va shunga mos ravishda BTAning
uchta turidan birini
tanlaydilar:
„ to'liq buyruqlar to'plamiga ega arxitektura: CISC (Complex Instruction Set
Computer);
„ qisqartirilgan buyruqlar to'plamiga ega arxitektura: RISC (Reduced
Instruction Set Computer);
„ juda uzun so’zli buyruqlarga ega arxitektura: VLIW (Very Long
Instruction
Word).
Yuqorida keltirilgan arxitekturalar haqida keyingi ma’ruzalarda batafsil
yoritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: