0-mavzu / soat / juftlik O„quv faniga kirish
Ertaklarni sahnalashtirish
Download 180.75 Kb.
|
Reja Maktabgacha ta lim tashkilotlarida ertaklarni sahnalashtir
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ertaklarni
Ertaklarni sahnalashtirish uchun sakrovchi o’yinchoqlarni yasash. Bunday o‟yinchoqlarni yasash uchun dumaloq rezina kerak bo‟ladi. Qog‟oz bo‟laklaridan uyum hosil qilinadi. Bu uyumdan turli ertak qahramonlarining bosh qismi yasaladi. Bu kabi o‟yinchoqlarni yasashda qog‟oz, turli mato, paralon, sim kerak bo‟ladi. Bolalar hayotini muhofaza qilish maqsadida uchi o‟tkir simlar‚ to‟g‟nog‟ich, skrepka va boshqa shikastlantiruvchi asboblardan ehtiyot bo‟lish kerak.
Sakrovchi o‟yinchoqlarni yasash uchun kichik kartonga shaxs va hayvonlarning tasviri chiziladi, ammo, oyoqlar chizilmaydi. Chizilgan tasvir qirqib olinadi. Figuralar bolalar kaftining orqa tomoniga rezina bilan mustahkamlanadi, ko‟rsatgich yoki o‟rta barmoqqa atir shishasining qopqog‟i yordamida tayyorlangan o‟yinchoq yoki qo‟g‟irchoq kiygiziladi. Barmoqlar stol ustida harakatga keltiriladi. Katta va tayyorlov guruhlarining bolalari bunday o‟yinchoqlarni mustaqil tayyorlashlari mumkin. Ertaklarni sahnalashtirish uchun qo’lqop (barmoqli yoki barmoqsiz qo’lqop) qo’g’irchoqlarini yasash. Bolalarning eski qo‟lqoplari shu nomdagi qo‟g‟irchoqlarni yasash uchun xomashyo bo‟lib xizmat qiladi. Bunday qo‟g‟irchoqlarni ham bolalarning o‟zlari yasashlari mumkin. Qo‟lqopning asosiy qismi qo‟g‟irchoqning boshi, katta barmoq esa dumi vazifasini bajaradi. Qo‟lqopni to‟lig‟icha muayyan hayvonga aylantirib olish ham mumkin. Bunda katta barmoq dum vazifasini o‟taydi, qo‟lqopning asosiy qismi qo‟g‟irchoqning tanasi bo‟ladi. Unga yetishmayotgan bosh va boshqa detallar qo‟shimcha ravishda biriktiriladi. Bordi-yu, qo‟lqop topilmasa‚ qo‟g‟irchoqlarni yasashda to‟qilgan buyum yoki matodan foydalaniladi. Ba‟zan ertaklarning qahramonlarini, masalan, kuchukcha, mushukcha, quyoncha, bo‟ri, tulkichalarni ikkita qo‟lqopdan yasash ham mumkin. Bu nihoyatda oson. Qo‟lqopning katta barmog‟i dum bo‟ladi, uning ortiqcha qismlari tikib tashlanadi. Qahramonlarning ayrim detallarini jihozlashda tugmachalar, dur donachalarini ishlatish mumkin. Download 180.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling