0-mavzu / soat / juftlik O„quv faniga kirish


Barmoq teatrlarini sahnalashtirish


Download 180.75 Kb.
bet7/8
Sana13.11.2023
Hajmi180.75 Kb.
#1769850
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Reja Maktabgacha ta lim tashkilotlarida ertaklarni sahnalashtir

Barmoq teatrlarini sahnalashtirish. Bolalar o‟z qo‟li bilan yasagan o‟yinchoqlardan teatr, stol va barmoq teatrini sahnalashtirishda foydalanishi mumkin. Bunda bolalar oddiy tamoshabin bo‟lib qolmasdan, ular mehnat qiluvchi ijodkorga aylanib, kichik guruh bolalariga sahna qo‟yib berish bilan ularni hursand qiladi.

Barmoq teatri – qo’g’irchoqlar, hayvonlar, qandaydir predmetlardan iborat personaj-figuralar to’plami.
Boshqa qo‟g‟irchoq teatrlari kabi karton teatri ham bir necha ko‟rinishga ega bo‟ladi (8-jadval):

8-jadval. Barmoq teatrining ko‟rinishlari











Shirmali barmoq teatri

Matoli barmoq teatri personajlari to‟lami

Matoli barmoq teatri personajlari









Ipdan to‟qilgan barmoq
teatri personaji

Mato va paxtadan yasalgan
barmoq teatri personajlari

Matoli barmoq teatri
personajlari










Matoli barmoq teatri
personajlari

Kkarton va matoli barmoq
teatri personajlari

Matoli barmoq teatri
personajlari

P ersonaj-figuralar yordamida uncha katta hajmga ega bo‟lmagan hikoya va barcha bolalar uchun sevimli bo‟lgan ertaklarning mazmuni harakatlar yordamida ifodalanadi.


Maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida har bir tarbiyalanuvchi o‟zi istagan va so‟zlarini yod olgan figurani barmog‟iga “kiygan” holda rol idro qila oladi.
Barmoq teatrida ishtirok etadigan figuralar bolalarda mayda motorika (harakat va harakatlar yo‟nalishi)ni belgilash malakasini rivojlantiradi. Shuningdek, nutqning o‟sishi, lug‟at boyligini ko‟payishiga yordam beradi.
Barmoq teatri qahramonlarini qog‟oz va yumshoq matodan yasash mumkin. Qog‟ozdan konus va silindr shaklida barmoqqa kiyiladigan shaxs, hayvonlarning tasviri tayyorlanadi hamda uzuk shaklida yasalgan qog‟oz xalqaga yelimlab, barmoqqa kiyib olinadi.
Ertak qahramonlarini kichik qutichalardan ham yasash mumkin. Qutichalarning tag tomonidan barmoqni kirgizish uchun joy tayyorlab, qutichaga xohlagan qiyofa berish mumkin. Quticha, masalan: gugurt qutisi, kublar, aylana shakldagi qutichalar va boshqalarning qulay tomonidan barmoq sig‟adigan kichik teshikcha qilib qo‟yiladi. Barmoq teatrlarining sahnalashtirish uchun turli matolardan foydalaniladi. Bunda gazlamaning sitilib ketmaydigan xili tanlanadi va uning teskari tomonidan tikib, so‟ngra o‟ngiga ag‟dariladi, qolgan joyi tikib chiqiladi.
Bolalar andozaning teskari tomonidan ko‟z, qosh, burun, og‟iz, soch, jiyak, lenta va to‟rli bezaklarni mustaqil o‟zlari yopishtiradi.
Barmoq teatrini qog‟oz quyqasidan ham yasash mumkin. Bunda qog‟ozdan silindr shakli yasaladi. Barmoqka mos qilib qog‟oz qoldiqlarini silindrga kirgizib, co‟ng istalgan shaklni yasash mumkin. Yopishtirilgan qog‟oz qurigandan keyin bosh qismlarini bo‟yash lozim.
Ba‟zi detallarni qog‟ozdan qirqib, yelimlab qo‟ysa ham bo‟ladi. Masalan: quloqlarni, ko‟zlarni tugmachadan, matolardan, turli iplardan esa sochlarini qilish mumkin. Bunday o‟yinchoqlarni katta va tayyorlov guruhi bolalari mustaqil bajaradi
Демак, мaktabgacha ta‟lim tashkilotlariнинг фаолиятида ertaklarni sahnalashtirish болалар ҳаётини завқли бўлишига ёрдам бериши билан бирга уларнинг бадиий-эстетик диди, идроки, қобилияти ва дунёқарашини ривожлантиришга ёрдам беради. Бу жараёнда, айниқса, стол ва бармоқ
театрларини саҳналаштиришга диққатни қаратиш лозим. Зеро, бу икки турдаги қўғирчоқ театрлари болаларда майдо моторика ҳаракатларини фаоллаштиради. Натижада улар фаол ҳаракатланиш, ҳаракат йўналишларини тўғри белгилашни ўрганади.
Мaktabgacha ta‟lim tashkilotlariда teatr faoliyatini olib borish sahna jihozlariga ega bo‟lishni taqozo etadi. Hozirgi kunda ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‟g‟irchoq teatrining barcha turlari bo‟yicha tayyor metodik ishlanmalarga asoslangan mahsulotlarni sotuvga chiqarilmoqda. Ulardan ham maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida teatr faoliyatini tashkil etishda o‟rinli foydalanish mumkin. Ammo, tarbiyachi yoki musiqa rahbari boshchiligida bolalarning o‟zlari tomonidan teatr jihozlarini tayyorlash muhimdir. Binobarin, ularni tayyorlash chog‟ida bolalarda ijodiy qobiliyat va tafakkur rivojlanadi.



Download 180.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling