0-mavzu / soat / juftlik O„quv faniga kirish
Ertak qahramonlarini – karton teatrini sahnalashtirish jihozlari
Download 180.75 Kb.
|
Reja Maktabgacha ta lim tashkilotlarida ertaklarni sahnalashtir
- Bu sahifa navigatsiya:
- Karton
- To‟rtta dekorassiyali karton teatri Kartondan yasalgan ertak qahramonlari
Ertak qahramonlarini – karton teatrini sahnalashtirish jihozlari. Qo‟g‟irchoq teatrining yana bir turi karton deb ataladi, chunki undagi hamma narsa kartondan iborat – sahna, manzara, fon va figuralar. Spektaklni namoyish qilish uchun teatr stol ustiga qo‟yiladi.
Karton teatri – ertaq qahramonlari, barcha personajlar kartondan yasaladigan teatr. Boshqa qo‟g‟irchoq teatrlari kabi karton teatri ham bir necha ko‟rinishga ega bo‟ladi (7-jadval: 7-jadval. Karton teatrining ko‟rinishlari
Ushbu teatr mahsulotlari ham tayyor holda sotiladi. Ammo sahnaning kattaligi va figuralari bir guruh bolalarga ko‟rsatish uchun kichik. Shuning uchun tomosha rekvizitlarini bolalarning o‟zlari tayyorlagani ma‟qul. Bunday sahna va figuralar hajm jihatidan ancha katta bo‟ladi. Karton teatrlarini sahnalashtirishda kartondan yasalgan yassi va hajmsiz qo‟g‟irchoqlar ishtirok etadi. Bir tomonli shakllar ip, sim va shu kabilar yordamida faqat bir tomonga harakat qiladi. Kartonning ikkinchi tomoniga ikkinchi rasm yopishtiriladi, shu bilan figura tayyor hisoblanadi. Shundan so‟ng yarimta g‟altak va cho‟p orqali balandligi 9-10 sm bo‟lgan taglik tayyorlanadi. Cho‟pning uchiga figura o‟rnatiladi, g‟altak yiqilib tushmasligi uchun uning tagiga doira qilib qirqilgan karton yopishtiriladi. Karton teatrlarini sahnalashtirishda yuqoridan turib ip, sim bilan boshqariladigan shakllardan ham foydalanish mumkin. Bunday qo‟g‟irchoqlar yengil harakat qiladi, burila oladi. Jonivorlar shakllarini bolalar badiiy kitoblardan kalkaga ko‟chirishlari mumkin. Kalkadagi rasmdan nusxa olinib, ikkita oq qog‟ozga tushiriladi. Tushirilgan rasmlar rangli qalam bilan bo‟yaladi, bittasi kartonga yopishtiriladi va karton shu rasm konturi bo‟ylab qirqiladi. Sahna uch bo‟lak karton yoki fanerdan yasaladi. Uning asosiy qismlari: orqa devor, pol va oldi peshtoqli devordir. Devorlarga ikki tomondan karton polosalar yopishtiriladi, bu polosalarga dekoratsiyalar osiladi. Dekoratsiyalarni ularning o‟zlaridan katta va qalin kartonga yopishtirish kerak. Chunki dekoratsiyalar yopishtirilganda ular qirqilib ketishi mumkin. Pardaning rasmi ham o‟zidan kattaroq kartonga yopishtiriladi, bu uni ko‟tarish va tushirishga qulaydir. Sahna (shirma)ning tagligi ko‟rinmasligi zarur. Buning uchun uni bo‟yash yoki unga rangli qog‟oz yopishtirish talab qilinadi. Ayrim spektakllar uchun harakatlanuvchi dekoratsiyalar kerak bo‟ladi. Bunday dekoratsiyalar figuralarning tez harakat qilayotganligini bildirish uchun qo‟llaniladi. Shirmadan 20-22 sm oraliq dekoratsiya o‟rnatiladi. Agarda tomoshada o‟rmon, dala, daryo, tog‟larni tasvirlash lozim bo‟lsa, ularga mos keladigan suratni topib‚ unga oq ramka qilish, rasmni kartonga yopishtirish kerak. Dekoratsiyani yarim doira shaklida egish ham mumkin. Sahna (shirma) stol ustiga qo‟yiladi, uning orqasida esa figuralarni yurgazadigan va ular uchun gapiradigan bolalar turadi. Agarda pesa davomida dekoratsiya o‟zgarib turishi kerak bo‟lsa, ularni kitob shaklida birlashtirilgan kartonga yopishtirilishi lozim. Uning har bir sahifasidan bitta dekoratsiya joy oladi. Harakatlanuvchi dekoratsiya 3-4 metrli qog‟oz lentadan ishlanib, orqa devorga qilingan teshikdan o‟tkaziladi va kerak vaqtda tortib‚ harakatga keltiriladi. Aytaylik, figura chap tomonga harakat qildirilmoqchi bo‟lsa, dekoratsiya o‟ng tomonga tortilib tez harakat qilayotgandek tasavvur hosil qilinadi. Sahnani o‟zgacha shaklda qurish ham mumkin, bunday holda uning old qismi trilyajga o‟xshaydi. Unda peshtoq – sahna oynasi qirqiladi. Bunday holda oyna orqasida undan 2-3 sm oraliqda ingichka dumaloq cho‟p o‟rnatiladi. Cho‟pni o ‟rnatishdan oldin unga 10 tacha sim aylanalar kirgizilib, ularga suriladigan parda o‟rnatiladi. Parda burma bo‟lishi uchun tanlangan mato kengroq bo‟lishi kerak. Bunday qurilgan sahna dekoratsiyalar ko‟p qavatli parda ko‟rinishiga ega bo‟ladi yoki karton doiraga joylashadi. Bu doira ingichka mixda aylanib, dekoratsiyani tezda almashtirish, ba‟zi hollarda harakatlanuvchi dekoratsiyani ko‟rsatish imkonini beradi. Sahnani yoritish katta ahamiyatga ega. Ularni shunday joylashtirish kerakki, ular sahnani yoritsin, ammo uning nuri tomoshabin-bolalarga tushmasin. Musiqa barcha sahnalashtirilgan postanovkalarining asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Ma‟lumki, spektakl musiqali kirishdan boshlanadi. Musiqali tanaffus vaqtida dekoratsiya almashadi. Tovush va yorug‟lik effekti bilan birikkan musiqa soya teatri tomoshadarida ham, stol teatrlarini sahnalashtirishda ham mukammal badiiy tasvirni yaratish imkonini beradi. Bu ko‟rinishlarda ovozga taqlid qilish‚ xo‟rozning qichqirishi, mushukning miyovlashi, ayiqning o‟kirishi hamda shovqin effektlari-yog‟ayotgan yomg‟ir ovozi, parovozning pishillashi va shu kabilardan foydalaniladi. Download 180.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling