0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va à b t 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


 ‘simliklaming  «tuz»,  «selitra»  va  «suv»  bilan


Download 5.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/59
Sana17.02.2017
Hajmi5.63 Mb.
#622
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59

0 ‘simliklaming  «tuz»,  «selitra»  va  «suv»  bilan 

oziqlanishi  haqida

Faqatgina  1563-yilga  kelib  Bernar Palissining  m ineral  m oddalarni 

hosil  bo‘lishi  va  o ‘g ‘itlarning  ahamiyati  haqidagi  asari  («Трактат  o 

различных  солях  в  сельском  хозяйстве»)  yuzaga  keldi.

U  m azkur  asarda  «go'ngning  o ‘g‘it  sifatidagi  aham iyati,  uning 

tarkibidagi somon va pichan qoldiqlarining chirishidan hosil bo'ladigan 

tuzdadir»,  deb ta ’kidlaydi.  Bu haqdagi fikrlarni  davom  ettirib,  «yakka- 

ziroatchilik  sharoitida  o'sim liklar  o ‘z  hosili  bilan  tuproqdan  hayotiy 

zarur  tuzlam i  olib  chiqib  ketadi,  natijada  yerdagi  tuz  m iqdorining 

kamayishi  va  hosildorlikni  pasayishi  kuzatiladi.  Shuning  uchun  uni 

o ‘g‘itlash  yoki  bo ‘lmasa,  bir  necha  yil  dam   berish  lozim»  deb  yozadi.

«Dehqonlar kuzda g'alla  som onlarini  dalaning  o'zid a  yoqib  yubo- 

radilar,  tabiiyki,  bunda  yerga  m a’lum  m iqdorda  tuz  tushadi,  dcgan 

xulosaga  keladi  muallif.

Bu-tuproqqa tushadigan  mineral  m oddalarning  asosiy  manbayi  deb 

e ’tirof etilgan  birinchi  to ‘g‘ri  yozma  m a’lum ot  bo'lib,  unda  tuproqlar 

unum dorligining  pasayib  borish  sabablari  ochiq   ko ‘rsatib  berildi  va 

uning  oldini  olish  uchun  o'simliklar tom onidan  olib  chiqib  ketiladigan 

oziq  moddalari  albatta  tuproqqa  qaytarilishi  lozimligi  bayon  qilindi.

B.  Palissining  m azkur  haqqoniy  ñkrlari  zam ondoshlari  va  o ‘zidan 

keyingi  tadqiqotchilar  tom onidan  qo'llab -quw atlanm ad i  (chunki  asar 

uning vafotidan keyin Anatol  Frans tom onidan nashr qüindi) va faqatgina 

oradan  uch  yuz  yil  o'tgach  isbotlandi.  M ana  shu  davrdan  boshlab 

o ‘simliklarning  oziqlanishi haqida goh  to ‘g‘ri  gohida  noto‘g‘ri  talqinlar 

yuzaga keldiki, bu agrokimyo fanini asta-sekin yuzaga kelishini ta’m inlay 

boshladi.  M asalan,  Serr  o'zining  1600-yilda  n ashr  qildirgan  asarida 

V.  Palissiga qarshi o ‘laroq,  «go‘ngning o ‘simliklarga ko‘rsatadigan  ijobiy 

ta’siri  faqatgina  undan  ajralib  chiqadigan  haroratdadir»  deb  ta’kidladi.

0 ‘tgan  asrlarda  u  yoki  bu  taxm inning  o m m a   orasida  keng  tarqal- 

masligi  ham da  to ‘g ‘ri-n o to ‘g‘riligining  tezda  e ’tiro f etilmasligini  tad - 

qiqotlarda miqdoriy analizning qo'llanilm asligi bilan  izohlash m um kin.

Bundan  tashqari,  kashfiyot  va  yangiliklarni  tan   olishdan  k o 'ra  

qadimgi  faylasuflarning  nufuzli  fikrlariga  sajda  qilish  odat  tusiga  kirib 

qolgan  edi.

F. 

Bekon XVIII asrning boshlarida ilmiy bilishning asosi hisoblangan 



eksperiment,  tajriba va  kuzatishlarning natijalari asosidagina haqiqatni 

yuzaga  chiqarish  m um kin,  degan  fikrni  o 'rta g a   tashladi.



0 ‘sim liklar oziqlanishi muammolarini tajriba yo'li  bilan aniqlashga 

birinchilardan  b o ‘Iib  gollandiyalik  olim  Yan  Batist  V an-G elm on t 

1629-yilda kirishdi.  U  besh yil davomida boshlang'ich og'irligi m a ’lum 

bo'lgan  tol niholini m a ’lurn og‘irlikda (200 funt) tuproq joylashtirilgan 

idishda,  faqatgina  y o m g 'ir  suvi  bilan  sug'orib,  tajriba  o ‘tkazdi.  Besh 

yildan  keyin  nih olning  og'irligi  qariyb  33  barobar  oshgani  holda  (164 

funt  2 unsiya)  idishdagi tuproqning massasi atigi 2 unsiyaga kamaygan- 

ligini  aniqladi  va  o ‘sim liklam ing  oziqlanishi  uchun  faqatgina  suvning 

o ‘zi yetarlidir degan xulosaga keldi.  Chiqarilgan xulosa  noto‘g‘ri bo'Isa 

ham,  m azkur  tajriba  to ‘g‘ri  amalga  oshirilgan  birinchi  analitik  tajriba 

sifatida  katta  am aliy  ahamiyatga  egadir.

1661 -yilda  R obert  Boyl  shu  tajribani  oshqovoq  o'simligi  ustida 

amalga oshirdi va V an-G elm ontning o'sim liklar «suv bilan oziqlanadi» 

degan  nazariyasini  tasdiqladi.

Bu  nazariya  qariyb  bir  yarim  asr  davomida  o ‘z  nufuzini  saqlab 

turadi,  hattoki,  uning  yangicha  talqini  uchun  nemis  olimi  Shreder 

1800-yilda Berlin akademiyasining medaliga sazovor bo‘ldi.  1650-yilda 

nemis kimyogar olim i G lauber o'simliklarning oziqlanishi asosida selitra 

(selitra deganda,  barch a  ishqoriy tuzlar nazarda  tutilgan)  yotadi  degan 

g'oyani  ilgari surdi va bunda u faqatgina fikrlashga emas,  balki kuzatish 

va  tajribalarga  asoslanadi.  Og'ilxonadagi  m ollar  ostiga  to 'shalgan  

taxtadan  oq  tusli  tuz  kristallarini  ajratib  oldi  va  u  bilan  oziqlantirilgan 

ekinlar gurkirab  o 'sish n i  aniqladi.

G lauber-selitra  hayvon  axlatlari  tarkibida  uchrar ekan,  uni  chorva 

mollari  o'sim lik lardan ,  ular  esa  o ‘z  navbatida  uni  tuproqdan  oladi, 

degan  taxm inlari  bilan  V.  Palissining  fikrlarini  to ‘g‘riligini  isbotladi. 

Lekin  bu  g‘oya  ham   m unosib  baholanm adi,  davrning  noto‘g‘ri  lekin 

nufuzli g ‘oyalari  ichida g ‘arq bo ‘lib  ketdi.  Shunday b o lsa d a ,  o ‘simlik- 

larning  oziqlanishi  tajribalar  yo‘li  bilan  takom illashib  boraverdi.

0 ‘simliklarning  «havodan  oziqlanishi»  nazariyasining 

shakllanishi

0 ‘sim liklarning  ildizdan  oziqlanishi  m uam m olari  goh  to ‘g ‘ri,  goh 

«boshi  berk  ko‘ch alarda  adashib»  rivojlanayotgan  bir  davrda  havodan 

oziqlanish  haqidagi  t a ’lim ot  nisbatan  qisqa  fursatda  dunyoga  keldi.

H avodan  oziqlanish  haqidagi  birinchi  to ‘g ‘ri  fikrni  M.V.  L om o­

nosov  o ‘zining  1756-yilda  nashr qilingan  «Слово  явлениях  воздуш ­

ных»  asarida  bayon  qildi.


1774-yilda  farangistonlik kimyogar A ntuan  Loran  Lavuaze  o ‘zining 

«Об  обжиге олова  в  закрытых  сосудах»  nom li  m aqolasida atm osfe- 

raning  miqdoriy tarkibini,  kislorodning oksidlanish va yonish jarayon- 

laridagi  rolini  asoslab  berdi  (U ning  m ineral  oziqlanishga  oid  m a’lu- 

m otlari  faqatgina  vafotidan  yarim  asr o ‘tgach  m a ’lum   bo'ldi  va  nashr 

qilindi).

Undan  ikki  yilcha  aw al,  ya’ni  1772-yilda  J o z e f Pristli  o ‘sim liklar 

hayvonlarning  nafas  olishi jarayonida  buzilgan  havoni  tozalay olishini 

ko‘rsatdi  (yalpiz shoxchasi va sichqonlar ustida o ‘tkazilgan tajribalarni 

eslang),  lekin  bu  hodisani  faqat  yorugMik  sh aro itid a  sodir  bo'lishini 

isbotlab  bera  olmadi.

Gollandiyalik olim , vrach Yan  Ingenguz  1979-yilda yashil o ‘simlik- 

lar yorugMik  ishtirokida  havoni  tozalaydi,  q o ro g ‘ulikda  esa,  aksincha, 

buzishini  isbotlab  berdi.

Jan  Senebe  va  N ikola  Teodor  Sossyurlar  «havoning  tozalanishi» 

nafas  olish  emas,  balki  oziqlanish  jarayoni  ekanligini  ilmiy  dalillar 

bilan  isbotlab  berdilar.

Lekin fotosintez jarayonining sodir boMish  m exanizm ini tushuntirib 

berish  uchun  keyinchalik  juda  ko‘p  tad q iq o tlarn i  amalga  oshirishga 

to ‘g‘ri  keldi.

0 ‘simliklarning havodan oziqlanishi nazariyasining yaratilishi  inso- 

niyatning  eng  yirik  ilmiy  yutuqlaridan  biri  b o ‘lib  hisoblansa  ham   suv 

bilan  oziqlanish  nazariyasi  kabi  dehqonchilik  am aliyotining  rivojiga 

turtki  bera  olmadi.  H ar  ikki  nazariya  ham   h a m m a  joyda  suv  va  havo 

m iqdori  bir  xil  bo ‘lgani  holda,  nima  u ch u n   ekinlarning  hosildorligi 

turlichadir,  bunda  tuproqning  aham iyati  borm i  yoki  yo‘qmi  degan 

savolni  qo‘ya  olmadi.

Valerius  va Teyer —  «chirindi  nazariyasi»ning 

asoschilari

XVIII 


asrning  oxiri,  XIX  asrning  boshlarid an  boshlab 

0

‘sim lik- 



larning  mineral  oziqlanishi  masalalarida  k o 'p ro q   t o ‘g‘ri  fikrlar  paydo 

b o 'la  boshladi.

1699-yilda  Vudvort  V an-G elm ontning  tajribasidagi  nuqsonlarni 

ko'rsatib  berdi.  U   yalpiz  o'simligini  daryo  suvida  yom g'ir suvidagidan 

ko‘ra  yaxshiroq  rivojlanishini,  bir  oz  tu p ro q   aralashtirilgan  (loyqa) 

suvda  esa  yanada  yaxshi  rivojlanishi  u ch u n   z a ru r  m oddalar  borligini 

ko'rsatib  berdi.


1758-yilda  F aran g isto n d a  Dyugamel  Sena  daryosining  suvida 

o ‘simliklarni  o ‘stirib,  yana  bir  bor  o‘sim liklar  faqatgina  suvda  ham 

m e’yorida  o ‘sib  rivojlana  oladi,  degan  xulosaga  keldi,  lekin  bunda 

daryo  suvining  teri  oshlash  korxonasining  chiqindilari  bilan  ifloslan- 

ganligini  hisobga  olm adi.

1789-yilda  nem is  olimi  Ryukkert  turli  ekinlar  har  xil  tuproqlarni 

«xush  ko‘rishi»ni,  ayrim   ekinlar surunkasiga  bitta  dalada  yetishtirilsa, 

tuproqning  m ad o rin i  quritib  qo ‘yishini  aniqladi  va  bunda  dalalar 

unum dorligini  o ‘g ‘it  q o ‘llash  yo’li  bilan  tiklash  mumkinligini  aytdi.

1761-yilda shvetsiyalik kimyogar Vallerius o ‘simliklarning  chirindi 

bilan oziqlanishi  haqidagi taxminini  o'rtaga tashladi.  U «o‘simliklarning 

ildizi  tu p ro q d a n   m urakkab  organik  m od d alarn i  to ‘g ‘rid a n -to ‘g ‘ri 

o'zlashtira  oladi,  tuproqning  boshqa  tarkibiy  qismlari  esa  (bo‘r  va 

boshqa  tuzlar)  ch irin d inin g  yog‘simon  m oddalarini  eritib  beradi», 

degan  xulosaga  kelib,  deyarli  sakson yil  davom ida  tadqiqotchilarning 

tashabbusiga  t o ‘g ‘an o q   bo‘ldi.

Keyinchalik g ‘arb da  keng tarqalib  ketgan  bu  g‘oya Albrext  D aniel 

Teyer  to m o n id an   rivojlantirildi.  U m urnan  olganda,  u  o ‘z  davrining 

ilg‘or  kishilaridan  bittasi  edi:  birinchi  oliy  qishloq  xo‘jalik  m aktabiga 

asos  soldi,  u ch   d a la li  alm ashlab  ekish  o 'rn ig a   sebarga,  boshqa 

dukkaklilar va  ildiz  mevali  ekinlar ekish  lozimligini qattiq turib targ‘ib 

qildi.


Teyer  o ‘z  davrida  ancha  yuqori  mavqega  ega  bo ‘lganligi  sababli 

uning  ayrim  n o to ‘g ‘ri  qarashlari  ham  om m a  orasiga  tez  tarqaldi.  U 

o ‘simliklarni  «chirindi  bilan  oziqlanishi»  g ‘oyasini  (bu  g‘oya  ko‘proq 

uning  «рациональны е  основы  сельского  хозяйства»  asarida  bayon 

qilingan)  b oshqalardan,  xususan  G ossenfratsdan,  o'zlashtirib  oigan 

edi, Teyer «tuproq unum dorligi to ‘la to‘kis chirindiga bog‘liq,  faqatgina 

chirindi  va  suv  o ‘sim liklarga  oziq  manbayi  bo ‘lib  xizmat  qiladi»  deb 

takrorlar  edi.

Keyinchalik,  Libix o ‘z asarlarida chirindining tuproq unumdorligida 

tutgan o ‘rnini  kam sitm agan  holda,  o'sim liklar undagi  moddalarni faqat 

minerai  holatdagina  o ‘zIashtirishini  isbotlab  berdi.

Zam onasining  ko‘pchilik  taniqli  tadqiqotchilari,  jum ladan  Devi 

va  Berseliuslar  ham ,  uglerodning  to ‘g‘rid a n -to ‘g ‘ri  ildiz  tizimi  orqali 

yutilishi  haqidagi  g ‘oyaning  ashaddiy  tarafdorlari  edilar.

Ba’zi  olim lar  oziqlanishning  «chirindi  nazariyasi»  ga  ochiqdan- 

ochiq e ’tiroz bildirdilar.  U lar qatorida olmoniyalik Shprengel  va faran- 

gistonlik  Bussengolarni  kiritish  mumkin.


0 ‘simliklarning  azot  bilan  oziqlanishini  asoslashda 

Bussengoning  xizmati

Jan  Batist  Bussengo  qumli  m uhitda  tajribalar  o'tkazib,  aw a ld an  

kuydirib  olingan  qum ga  m a’ium  m iqdorda  kul  qo 'shdi  va  chirindisiz 

m uhitda o ‘simlik yetishtirdi:  bu  bilan  o ‘sim Iiklar uglerodni  tuproqdan 

em as,  balki  havodan  olishini  isbotladi.

U  1836—1838-yillarda  o ‘tkazilgan  tadqiqotlari  asosida  chirindi 

nazariyasi  o ‘rniga  azot  bilan  oziqlanish  nazariyasini  ilgari  surdi.  Aniq 

dala  tajribalari  asosida  almashlab  ekish  sharoitida  (alm ashlab  ekish- 

ning  toMiq  bir  rotatsiyasi  davomida)  kirim  va  chiqim   elem entlarining 

miqdori  aniq  hisobga  olindi  va  hosil  to m o n id an   go ‘ng  bilan  tuproqqa 

tushadigandan  ko‘ra  ancha  ko‘p  m iqdordagi  uglerod  chiqib  ketishi 

ko'rsatib  berildi.  0 ‘tkazgan  laboratoriya  va  dala  tajribalari  asosida 

dukkakli  ekinlarning  tuproqdagi  azot  balansi  (m uvozanati)  ni  yaxshi- 

lashdagi  ahamiyatini  ham  ko'rsatdi.

J.B.  Bussengo  bundan  tashqari  1834-yilda ja h o n d a   birinchi  bo ‘lib 

agrokimyo tajriba stansiyasini  (Elzasda) tashkil  qildi.  Bu yerda am alga 

oshirilgan dala tajribalari asosida azot o ‘sim liklar hayotida eng m uhim , 

birinchi  darajali  oziqa  elem enti  ekanligi  isb o tlandi.  XIX  asrning 

o ‘rtalaridan  boshlab  O vro'pa  va  A m riqoning  ekin  m aydonlarida  chili 

selitrasining keng koMamda qoMlanila boshlanishi  ham   Bussengo g ‘oya- 

larining  ishlab  chiqarishga  amaliy  tadbig‘idir.

Bussengo haqli  ravishda yangi  fan-agrokiniyoning asoschisi bo'lishi 

munikin  edi.  Lekin  uning  qonidagi  «yetti  o 'ic h a b   bir  kesish»  odati 

tajribalar asosida oigan m a'lum otlarini  keng om m aga tez yetib borishiga 

imkon  bermadi.

Akademik  D .N .  Pryanishnikovning iborasi bilan aytganda Bussengo 

fanda  uchraydigan  «klassik»  va  «rom antik»  larning  birinchi  toifasiga 

m ansub  edi.



Yustius  Libix-agrokimyo  fanining  asoschisi

1840-yilda olnioniyalik kimyogar olim Yustius Libixning «Kimyoning 

dehqonchilik  va  fiziologiyaga  tadbig‘i»  nom li  kitobi  nashr  qilindi  va 

ju d a   katta  tezlikda  dunyo  b o ‘ylab  tarq ald i.  U   1848-yilgacha  01- 

moniyada va  Buyuk  Britaniyada to 'rt  m artadan,  Am riqo ham da  Faran- 

gistonda  ikki  m artadan  va  Daniya,  Italiya,  Polsha  ham da  Rusiyada 

bir  m artadan  nashr  qilindi.

2  —  A g ro k im y o

17


Kitobda oziqlanishning «chirindi  nazariyasi»  qattiq tanqid qilingan 

va  o ‘sim liklarning  m inerai  oziqlanish  nazariyasi  ta ’riflangan  bo‘lib, 

o ‘simliklarning  m inerai  oziqlanishiga  doir qarashlarni  tubdan  o'zgari- 

shiga  sabab  b o ‘ladi.

Libix yakka ziroatchilik (bitta maydonga muttasil bir xil ekin  ekish) 

sharoitida  tuproq unum dorligining pasayib borishi sabablarini  ishonarli 

tarzda  tushuntirib  berdi  va  o ‘zining  hosildorligini  saqlash  va  ko‘tarish 

uchun tuproqlarni  o 'g'itlash   lozimligi  haqidagi  nazariyasini  ilgari surdi. 

Bu  nazariya  tu p roq dan  olingan  barcha  m inerai  moddalarni  tuproqqa 

qaytarib  berish  lozim ligiga  asoslangan  edi  (D ehqonchilik  fanidagi 

«qaytarib  berish  qonuni»  ni  eslang).

Libix  d e h q o n c h ilik d a   m o d d a la r  a y la n ish in i  ongli  rav ish d a 

boshqarish  lozim ligini,  chunki  uning buzilishi tuproq unum dorligining 

pasayishiga  olib  kelishi  haqidagi  g'oyani  birinchi  bo‘lib  dadil  aytdi.

Ilgari  surilgan  niazkur  g ‘oyada  azotli  o ‘g‘itlarga  e ’tibor  bermaslik 

(Libix u davrda b archa o ‘sim liklar azotni  havodan o ‘zlashtiradi,  degan 

fikr tarafdori edi), g o ‘ngning o ‘rniga  kuydirib  kulini  ishlatish,  tuproqqa 

o'sim lik  to m onidan   olib  chiqib  ketiladigan  barcha  elem entlarni  (shu 

jum ladan  krem niy  kabilarni  hani)  qaytarib  berish,  o ‘g‘itlarni  faqatgina 

o ‘ta  qiyin  eriydigan  shakllarda  qoMlash  (bu  masalada  u  bir  necha 

kimyoviy  birikm alarni  tavsiya  ham   qilgan)  kabi  noto‘g‘ri  fikrlar  ham 

rnavjud  edi.

Aytib o'tilgan  kam chilik va  nuqsonlar  Libixning shogirdlari  ham da 

muxoliflarining e ’tiroziga uchradi va tezda tuzatildi.  Shu narsa diqqatga 

sazovorki,  nuqsonlarning aksariyatini  Libixning o ‘zi tuzatdi.  Olimning 

shoshma-shosharligi  kuchli  m unozara va tanqidlarga uchragan boMsada, 

agrokimyo  fanining  tez  su r’atlarda  rivojlanishiga  sabab  bo‘ldi.

Libixning tavsiyasi  asosida angliyaning  Rotamsted stansiyasida  1843- 

yilda  birinchi  s u n ’iy  m inerai  o ‘g‘it-superfosfat  (suyak  talqonini  sulfat 

kislota  yordam ida  ishlash  yo‘li  bilan)  olindi.  Keyinchalik,  1857-yilda 

Saksoniyaning  Stasfurt  shahri  yaqinidan  kaliy  tuzlari  koni  topildi  va 

1861 -yilda  uni  qayta  ishlab  o ‘g‘it  olish  b o ‘yicha  birinchi  zavod  ishga 

tushirildi.

Lekin  azotli  o ‘g ‘itlar  masalasi  ancha  vaqtgacha  m uam m oligicha 

qolaverdi.  Yarim  asr  davom ida  Chili  dunyo  dehqonlarini  azot  bilan 

ta ’minladi  (tabiiy  Chili  selitrasi  bilan),  lekin  XIX  asrning oxiriga  kelib 

uning  ham  intihosi  borligi  sezilib  qoldi.  U zoq  urinishlardan  keyin 

Friy  G aber  birinchi  m arta  sintetik  am m iakni  hosil  qildi.  1916-yilda 

m uhandis  Karl  Bosh  birinchi  sintetik  am m iak  zavodini  ishga tushirdi.


Katta  aham iyatga  ega  bo‘lganligi  sababli  har  ikki  ish  ham   x alq aro  

N obel  m ukofotiga  sazovor  b o ‘ldi.

K.A.  Tim iryazev  Libixning  fanga  q o ‘shgan  xizm atlariga  t o ‘g ‘ri 

baho berib:  «Aham iyatini cheklashga b o ‘lgan har qanday u rin ish la rd an  

q at’i  nazar,  Libixning  oziqa  elem entlarini  tuproqqa  qaytarib  berish 

haqidagi  ta ’lim oti  fanning  eng  buyuk  yutuqlaridan  bittasidir»  degan  

edi.  Shuning  u c h u n   ham   Yustius  Libix  agrokim yo  fanining  asoschisi 

hisoblanadi.

M ana  shu  davrdan  boshlab  agrokim yoviy  ilmiy  tad q iq o tlar  keng 

ko'lam da  yo‘lga  q o ‘yila  boshlandi.

1842-yilda  nem is  tadqiqotchilari  V igm an  va  Polstroflar  m in eral 

oziqlanish  nazariyasini  tasdiqlovchi  tajribani  amalga  oshirdilar.  U la r 

o'sim lik o ‘rniga platina sim qiyqimlari va  kislota bilan yuvilgan  q u m d a  

undirdilar  ham da  nihol  tarkibidagi  kul  elem entlarining  m iqdori  u ru g ‘ 

tarkibidagiga  teng  b o ‘lishini  aniqladilar  va  bu  m uhitga  q o ‘sh im c h a  

kul  elem entlari  va  azot  birikmalari  kiritilm asa,  nihollar  tezda  rivojla- 

nishdan  to ‘xtab  qolishini  isbotladilar.

1846-yilda  Salm   Gorstm ar  organik  m oddalardan  to ‘la  to za lan g a n  

va aw aldan  kuydirib,  fosfor ham da azo t birikm alari  qo‘shilgan  q u m d a  

suli  o ‘sim ligidan  «risoladagiday»  hosil  yetishtirdi.  U  shuningdek,  kul 

elem entlari  alohida-alohida  ishlatilganda  hosildorlik sezilarli  d a ra jad a  

kamayib  ketishini  ham   ko‘rsatib  berdi.

Mineral oziqlanish masalalarini o ‘rganishda oziqa aralashm alarining 

(tayyorlash  uchun   oziqa  elem entlarini  tutgan  tuzlar  suvda  e ritilad i) 

roli  juda  ham   kattadir.  1859-yilda  K nop  to ‘la  oziqa  aralash m asini 

yaratdi  va  unda  o ‘simliklar  m e ’yorida  o ‘sib  rivojlanishi  m um kin ligin i 

isbotladi.  Hozirgi  kungacha  turli  ek inlar  uchun  100  dan  o rtiq  o ziq a 

aralashm alari  tavsiya  qilingan.



XIX  asrning  ikkinchi  yarmida  Rusiyaning  agrokimyo 

markaziga  aylanishi

Agrokimyo  fanining  rivojlanishiga  Rusiyalik  olim lar  ham   salm o qli 

hissa q o ‘shdilar.  M.V.  Lomonosov  o ‘zining  1741 -yilda  chop  q iling an 

«О  слоях  земных»  asarida  birinchi  b o ‘lib  Rusiya  qora  tu p ro q la rin in g  

tadrijiy  rivojlanishini,  tuproqlarning  kimyoviy  va  fizikaviy  xossalarini 

ilmiy  asosda  talqin  qildi.  Uning  ta ’biri  bilan  aytganda,  qora  tu p ro q la r 

uzoq  vaqt  m obaynida  o ‘simlik  va  hayvon  qoldiqlarining  c h irish id a n  

hosil  b o‘lgan  m ahsuldir,  hosil  boMadigan  chirindi  esa  o 'sim lik larn in g



o ziq lan ish id a  m uhim   ah am iy atig a  ega.  Rusiyada  o ‘sim liklarning 

oziqlanishi  masalalarini  ishlab  chiqish  va  o ‘g‘itlarni  ishlatish  XVIII 

asrning  oxiri  XIX  asrning  boshlariga  to 'g'ri  keladi.  0 ‘sha  davrning 

ilg 'o r  agronom lari  va  olim lari  tuproq  unum dorligini  tiklash  uchun 

g o ‘ng,  konipostlar,  kul,  ohak va boshqa mahalliy o ‘g‘itlarni  ishlatishga 

katta e ’tibor berdilar.  M asalan, A.T.  Bolotov «Об удобрении  земель» 

asarida  (1770)  «o'sim liklar  oziqa  sifatida  tuproqdan  suvni  va  ayrim 

tu p ro q   va  mineral  zarrachalarini  oladi»  deb  yozgan  edi.  1770-yilda 

M oskva  universitetining  professori  M.I.  Afonin  birinchi  agronomiya 

kursini  tashkil  qildi.

Keyinroq  I.M.  Kom ov  M .I.  Afoninning  ishlarini  izchil  davom 

ettirdi.  U  o ‘zining «О земледелии»  (1789)  nomli asarida dehqonchilik 

m asalalarini  ilmiy  asoslab  berdi.

A.  Poshm an  1809-yilda nashr qilingan  «Наставление о приготов­

л е н и и   сухих  и  влаж ны х  туков,  служащих  к  удобрению   пашен» 

m u h im  ahamiyatga ega  ekanligini  va  ular ko‘p m iqdorda go‘ng hamda 

o ‘sim liklar  kulida  bo'lishini  t a ’kidlagan  edi.

Moskva  universitetining  yana  bir  professori  M .G .  Pavlov  1825- 

yilda  birinchi  b o ‘lib  Rusiyada  dehqonchilik  bilim  yurtini  tashkil  qildi 

va Butir xutorida o'quv xo‘jaligini tashkil qildi.  U  1826-yilda «Земледе­

льч еская  химия»  deb  nom langan  asarini  yozdi  va unda  dehqonchilik 

m asalalarini,  birinchi  navbatda  o ‘g‘it  (siderat)  larning  tuproq  unum - 

dorligi  va  ekinlar  hosildorligini  oshirishdagi  aham iyatini  ancha  keng 

tarzd a  bayon  qilib  berdi.

Ilmiy faoliyatining boshlanishida u Teyer nazariyasining  Rusiyadagi 

ta rg ‘ibotchilaridan  biri  sifatida  tanilgan  bo'lsa,  tezda  bu  nazariyaning 

nuqsonlarini  anglab  yetdi  va  uni  ayovsiz  tanqid  qildi.

Agrokimyoning undan  keyingi  rivojlanishi bevosita ulug‘  kimyogar- 

olim   D.I.  M endeleyevning  nom i  bilan  bog‘liq.  1867— 1869-yillarda 

Rusiyaning  Moskva,  Peterburg,  Simbirsk guberniyalarida bitta dasturga 

asoslangan  jug‘rofiy  tarm o q   dala  tajribalarini  o'tkazdi  (bu  tajribalarda 

K.A.  Timiryazev  ham   bevosita  ishtirok etgan)  va  bunda  o ‘g‘itlar bilan 

b ir  qatorda  tuproq  va  hosilning  sifati  ham  ch u q u r  analiz  qilindi. 

Shuningdek,  bu tajribadan olingan  natijalar bu dunyoda birinchi marta 

m atem atikaviy usullar bilan  tahlil  qilinib,  haqqoniy  ilmiy  m a’lumotlar 

e ’lon  qilindi.

U  Peterburgdagi  ayollarning Oliy kurslarida o ‘qigan  m a’ruzalarida 

(1880)  Yustius  Libixning  «T o‘la  qaytarib  berish»  qonuniga  qarshi 

c h iq d i.


D .I.  M endeleyev qishloq  xo‘jaligini  rivoji  bevosita  kim yo  va  o ‘g‘it 

ishlab  chiqarish  sanoatining  taraqqiyoti  bilan  bog'liqligini  k o ‘rsatib 

berdi.

Agrokimyo  fanining  nazariy  asoslarini  yaratishda  K.A.  T im irya- 



zevning  fo tosin tez  va  o 'siin lik larn in g   m ineral  o z iq la n ish ig a   d o ir 

m um toz  ishlari  katta  ahamiyatga  ega  b o ‘ldi.  U  tajriba  stansiyalari  va 

vegetatsiya tajribalari  uchun  uychalar qurish agrokimyo  fanining  rivoji 

ucliun m uhim ligini  ta’kidladi va bu n i am alda isbotlashga  harakat  qildi. 

U ning  loyihasi  asosida  qurilgan  ikkita  «vegetatsiya  uychalari»  (1872 

va  1876)  hozirgi  kunda  ham  o 'z in in g   nom i  bilan  ataladigan  M oskva 

qishloq  x o ‘jalik  Akademiyasida  ishlab  turibdi.

X IX  


asrn in g   1970—1 9 8 0 -y illa rd a n   bo sh lab   o ‘s im lik la r n in g  

oziqlanishi  va  o ‘g‘itlarni  ishlatishga  doir  ilmiy  tad q iq o d lar  m a ’lum 

tizim   asosida  o'tkazila  boshlandi.  A .N .  Engelgardt,  P.A.  K ostichev 

kabi  olim larning  ishlari  ayniqsa  katta  aham iyatga  ega  b o ‘ldi.

Professor A.N.  Engelgardt,  o 'z  davrining dem okrat arbo bi-m ashh ur 

«Qishloqdan  maktublar» va «D ehqonchilikning kimyoviy asoslari»  ning 

muallifi  m ineral  o'g'itlar, go'ng,  ohak,  ko'kat  o 'g 'itla rn i  ishlatishning 

o tashin  ta rg ‘ibotchisi  edi.  U  X IX   asrning  60-yillaridayoq  Rusiya 

fosforit  konlarini  o'rgandi  va  b irin ch i  m arta  podzol  tu p ro q larn in g  

ununidorligini  oshirishda fosforit  talq on i  katta  Samara  berishini  tajri- 

balar  asosida  isbotlab  berdi.

D .N .  Pryanishnikov  o‘zining  o ‘sim liklarda  azot  m o d d alarin in g  

alm ashinuviga oid ishlari bilan  fan  m aydoniga kirib  keldi.  K eyinchalik 

bu m asalalarni  rivojlantirib,  o'sim liklarning amm iak va n itrat shaldidagi 

azot  bilan  oziqlanish  nazariyalarini  yaratdi.  U  hali  su n ’iy  am m iak 

sintez  qilinm asdan  ancha  ilgari  am m iakli  azotli  o ‘g‘itlarni  ishlatish 

bo‘yicha  tavsiyanomalar  ishlab  chiqdi.

D .N .  Pryanishnikov  ustozi  D .N .  M endeleyevdan  57  yil  keyin  shu 

yo‘nalishdagi  ishlarni  davom  ettirib,  m am lakatning  300  ta  m askanida 

3800  dan  ortiq  dala  tajribalarini  o ‘tkazdi  va  o ‘g ‘itlar  sobiq  Sovet 

Ittifoqi  tuproqlarida  ham  g'arb iy  O vro'padagi  kabi  Samara  berishini 

isbotlab  berdi.

M ana  shu  jug'rofiy  tarm o q   tajrib alarin in g   m a te ria lla ri  davlat 

m ahkam alariga  mineral  o‘g 'itla rn i  ishlab  chiqarishni  rejalashtirishga 

va  o ‘g 'it  sanoatini  rivojlantirishga  im kon  berdi.

D .N .  Pryanishnikov o‘zining  1927-yilda e ’lon  qilingan  «M altus va 

Rusiya»  asarida  fandagi  reaksion  oqim larga  keskin  zarba  berd i  va 

m am lakat  aholisi  har  50  yilda  ikki  baravar  o'sib  turgan  c h o g ‘d a  ham



agrokim yo, dehqonchilik ham da o ‘simlikshunoslik fanlarining yutuqlari 

asosida  oziq-ovqat  m ahsulotlari  yanada  tez  sur’atlar  bilan  ko‘payib 

borishini  isbotladi.

D .N .  Pryanishnikov  ak ad em ik   V.R.  Vilyams  tom onidan  ilgari 

surilgan dehqonchilikning  « 0 ‘t-dalali» tizimiga qarshi chiqdi.  Bu  tizim 

m am lakatda  don  yalpi  hosilini  keskin  kamaytirib  yuborishini  uqtirdi 

va  vaqt  uning  haqligini  isbotladi.  U  almashlab  ekishni  to ‘g‘ri  tashkil 

qilish  bilan  bir  qatorda  o ‘g ‘itlard an   unumli  foydalanish  aholini  oziq- 

ovqat  m ahsulotlari  bilan  to ‘la  t a ’minlashning  asosi  ekanligini  doimiy 

tarzda  ta ’kidlar  edi.

Shuningdek,  qator oralariga  ishlov beriladigan ekinlarni yetishtirish 

va  u larg a  m ineral  o ‘g litla rn i  q o ‘llash  (ayniqsa  0 ‘rta  O siyoning 

sug‘oriladigan  m aydonlarida)  « aw al  bitta  boshoq  o ‘sgan  yerda  uchta 

boshoq  yetishtirish  im konini berishini» ta ’kidladi,  qaysiki,  bu regionda 

dehqonchilikni  yanada  tezroq  rivojlanishiga  turtki  b o ‘ldi.

D .N .  P ryanishn iko v   to m o n id a n   yozilgan,  «Agrokimyo»  deb 

nom langan  fundam ental  asar  qayta-qayta  nashr  qilindi.  Uning  400 

dan  ortiq ilmiy ishlari  nashr qilingan bo‘lib,  aksariyati jahon miqyosida 

e ’tiro f  etilgan.

P.S.  Kossovich  1897-yilda  o'sim liklar  ammiak  shaklidagi  azotni 

t o ‘g ‘rid a n -to ‘g‘ri  nitrat  holatiga  o ‘tmasdan  ham,  o ‘zlashtira  olishini 

isbotladi,  bu o ‘z navbatida  D .N .  Pryanishnikov nazariyasining to‘g‘rili- 

gini  k o ‘rsatdi.  Bundan  tashqari,  P.S.  Kossovich  tabiat  va  xo'jaliklarda 

xlor  va  oltingugurtning  aylanishi  (o ‘rami)  ni  va  ildiz  ajratmalarini 

o ‘rganish  borasida  ham   q a to r  muvaffaqiyatli  tadqiqotlarni  amalga 

oshirdi.


K.K.  Gedroys  o'zining  ijodiy  faoliyatini  tuproqlarning  singdirish 

qobiliyatini  o ‘rganishga  q aratd i,  ularning  turlarini  aniqladi  va  bosh- 

qarish  qonuniyatlarini  ko‘rsatib  berdi.

1911 -yilda  tuproqlarning  potensial  nordonligini  kashf qildi  va  bu 

bilan  tuproqlarni  ohaklashning  nazariy  asosini  yaratdi.  Shuningdek, 

sh o 'rto b larn i  kimyoviy m elioratsiyalash borasidagi  m um toz ishlar ham 

un ing  qalam iga  mansubdir.

Keyinchalik  l.S.  Shulov  (m ikroelem entlar bo'yicha)  D.A.  Sabinin 

va  A.A.  Shm uk  ildizning  sin tezlash   qobiliyati  b o 'y ich a  bir  qator 

ta d q iq o tla rn i  am alga  o s h irib ,  agrokim yo  fan ining  rivojlanishiga 

o ‘zlarining  m unosib  hissalarini  q o ‘shdilar.

Rusiya agrokimyo fanining  rivojlanishida qishloq xo‘jalik oliy o ‘quv 

yurtlari,  D .N .  Pryanishnikov  nom idagi  o 'g 'it  va  agrotuproqshunoslik


in stitu ti,  0 ‘g‘itlar  va  insek to fu n gitsid lar  b o 'y ic h a   ilm iy -tad q iq o d  

instituti  olimlarining  hissasi  ham   kattadir.



Download 5.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling