0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va à b t 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 5.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/59
Sana17.02.2017
Hajmi5.63 Mb.
#622
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   59

28  -   Agrokimyo

433

ko'pchilik  maydonlarda  oshirishga  to‘g‘ri  keladi.  Bunda  tuproqdagi 

harakatchan  azot  va  tuproqning  bu  xildagi  o 'g'itdan  foydalana  olish 

qobiliyatini  hisobga olish  kerak.  Azotli  o ‘g‘itlardan  o ‘z vaqtida  kerakli 

m iqdorda  foydalanish  hosilni  k o ‘paytiribgina  qolmay,  balki  atrof- 

m uhitni  ortiqcha  azot  birikmalari  bilan  itloslanishdan  saqlaydi.

Tuproqdagi  azot  miqdori  m e ’yordagidan  ortib  ketsa,  o ‘simlikning 

vegetativ  organlarining  generativ  organlariga  nisbatan  rivojlanishini 

tezlashtirib  yuboradi.

T uproqdagi  ortiqcha  azot  asosan  nitratlar  shaklida  to ‘planadi. 

N itratlar  tuproqqa  singmay,  tezda  yuvilib  ketishi  yoki  gaz  holatida 

tuproqdan  atmosferaga  uchib  yo'qotilishi  mumkin  (120-jadval).

120-jaclvaI

Tabiatdagi azotning bir yillik balansi



(V.A.  K o v d a   m a ’lum oti)

Azot birikm asining hosil 

b o ‘lish  manbayi

M in  t  N

Sarflanishi

min t  N


T u p ro q d a g i  b io lo g ik fik sa ts iy a

3 0

Denitrifikatsiya:

D u k k a k l i   o 's i m li k l a r

14

tuproqda

4 3

D e n g i z   fiksatsiyasi

10

d eng iz da

4 0

S a n o a td a g i  l'iksatsiya

3 0

Yotqiziqlarda

0,2

A i m o s f e r a   havosid agi 

fiksatsiya

7, 6

Y o'q olish i 

(ha mmasi  b o 'lib )

83 ,2

B osh q a  y o ' ll a r   b ila n   hosil 

b o 'lis h i

0 , 2

A z o t n i n g   to 'p la n ish i 

( h a m m a s i   b o ' l i b )

9 1 , 8

Qolgan i 

(ha mmasi  b o 'lib )

8,6

Shuni  ham  aytib o ‘tish  lozimki,  minerai o ‘g‘itlar miqdorini  uzluksiz 

oshirib  borish  yo‘li  bilan  hosilni  oshirib boMmaydi.  O rtiqcha  m e’yorda 

berilgan  o ‘g ‘itlar  atrof-m uhitning  ifloslanishi  va  ichimlik  suv  m anba- 

larida  nitrat  m iqdorining  keskin  oshib  ketishiga  sabab  b o ‘ladi.  Suv 

m anbalarida  nitrat  m iqdorining  40—45  mg  1 ga yetishi  kishilarda  turli 

xil  kasalliklarni  kelib  chiqishi  va  suvdagi jonivorlarning  zaharlanishiga 

sabab  b o ‘ladi.

N itra tla r  zaharli  bo'lm asada,  ular  ichakka  o'tgandan  keyin  ichak 

bakteriyalari  t a ’sirida  nitritlarga  aylanib,  qondagi  gemoglabin  bilan



birikib,  uni  m etgem oglobinga  aylantiradi.  M etgem oglobin  esa  o ‘z 

navbatida  qonning  organizmni  kislorod  bilan  ta ’m inlash  faoliyatiga 

salbiy  ta ’sir  ko'rsatadi  va  zaharlaydi.

Am aliyotda o ‘g ‘it  sifatida  nitrat  form adagi  azotli  o ‘g ‘itlardan  tash - 

qari am m iak formadagi birikmalari ham  ishlatiladi.  Bular ham  tuproqni 

va atrof-m uhitni ifloslantirishi mumkin.  A yniqsa,  ionlashgan am m iak- 

ning  1  litr  suvdagi  m iqdori  0,02—5  mg  d an  ortiq  b o iis h i  o ‘ta  zaharli 

hisoblanadi.

Biroq haroratning ko ‘tarilishi  bilan ionlashgan  am m iakning zaharli 

kuchi  o ‘n  m artagacha  (0,2  mg/1)  kamayib  ketadi.  A m m oniyli  birikm a 

shaklidagi  a z o tn in g   asosiy  m anbayi  c h o rv a c h ilik ,  p a rra n d a c h ilik  

ferm alari  chiqin dilari  va  yirik  sh ah arlarn in g   tashlandiqlaridir.  Bu 

chiqindilar  tushadigan  havzalar  atrofidagi  tuproq lard a  N —N 0 3  ning 

miqdori 400 m g/kg,  N —N H 4 ning miqdori  2200 m g/kg ga qadar borishi 

mumkin.

Bulardan tashqari,  azotni nazorat qilish qiyin b o ig a n  m anbalaridan 



biri sanoat chiqindilaridir. Sanoat korxonalaridan atmosferaga chiqarilib 

yuboradigan  azot  oksidlarining  m iqdori  h a r yili  ishlab  chiqarilayotgan 

azotli  o ‘g‘itning  yarm ini  tashkil  qiladi.  F a q a t  yog'in-soch in  suvlari 

bilan  har yili tuproqqa gektar boshiga o ‘rtach a  10— 15  kg azot  tushadi.

Azotli  o ‘g ‘itlard a n   foydalanishda:  1)  tu p ro q ,  suv  va  havodagi 

azo tni  yerda  t o ‘p lanishini  inobatga  o lish  kerak;  2)  ekinlar  o ‘zl- 

ashtiradigan,  lekin  tuproqdan  sekin  yuviladigan  azot  birikm alarini 

ishlatish;  3)  ekin m aydonlariga  m ineral  o ‘g ‘it  berish bilan  alm ashtirib 

ekishni  b o g ia b   olib  borish;  4)  turli  tu p ro q la rd a   o ‘sim lik  kasalligi  va 

zararkunandalarning  k o ‘payib  ketish  sabablarini  aniqlash;  5)  azotli 

o ‘g ‘itni  kam  to 'p lay d ig an   mevali  va  boshoqli  ek in lar ekilgan  yerlarga 

berish;  6)  ekin  m aydonlariga  biologik  a z o tn i  k o ‘paytirish  y o i in i  

ishlab  chiqishni jo riy   etish  kerak.

FO SFO RLI  0 ‘G‘ITLARNING  EKOLOGIK 

SHAROITGA  TA’S IR I

Fosforli o ‘g‘itlar qishloq xo‘jaligida  keng foydalaniladigan  o ‘g ‘itlar- 

dan  biri  hisoblanadi.  Ular  superfosfat,  q o ‘shsuperfosfat  ham da  m u- 

rakkab o ‘g‘itlar:  am m ofos, diammofos,  nitroam m oska,  karboam m ofos- 

ka  ko‘rinishida  b o iib ,  o ‘simliklar  to m o nid an  tez  o ‘zlashtiriladi.

Fosfor  biogen  elem ent  hisoblanib,  organ izm n in g   unga  b o ig a n  

talabi  azotga  n isb atan   10  barobar  kam   b o i s a d a ,  o ‘sim liklarning


ko‘payishi,  massa  hosil  qilishi  va  energiya  alm ashinishida  m uhim   roi 

o'ynaydi.

F osfor  azo t  sin g a ri  eng  m u h im   h ay o tiy   e le m e n td ir.  F o sfo r 

nukleoproteidlar,  fosfatidlar,  fitin, qandli  fosfatlarva boshqa birikmalar 

tarkibiga kiradi.  Fosfor asosan o ‘simlikning o'sish nuqtalari va donlarida 

ko'proq  to 'plan ad i,  ildiz  va  poyalarida  uning  m iqdori  unchalik  ko‘p 

boim aydi.  0 ‘sim liklarning  turi  va  talabiga  qarab,  har  gektar  yerdan 

m e’yorida  hosil  olish  uchun  sarf  bo iad igan   fosfor  15  kg  dan  50  kg 

gacha  va  undan  ko'proq  b o iish i  kerak.

Biologik  y o ‘1  bilan  to 'plan g an   fosforning  uchdan  ikki  qism ini 

qishloq  xo‘jalik  m ahsulotlari  sifatida  odam   iste’mol  qilib,  tuproqqa 

uchdan  bir  qismi  qaytadi.

Fosfor m uam m osi  uning tabiiy zaxiralarining tugab borayotganligi 

bilan bogiiqdir.  M a ’lum ki,  tuproqqa  solinadigan m inerai o ‘g'itlarning 

bir-biriga  nisbati  (N ;  P;K )  —  1 ; 1 ; 1  dan  1 ;2;2,5  gacha  b o iish i  kerak. 

Agar  azotning  fosforga  nisbati  birdan  past  b o isa ,  u  vaqtda  qishloq 

xo'jalik  m ah su lo tla rid a   azo tn in g   qayta  tiklangan  birikm alarining 

m iqdori  o rtib,  un in g   konsentratsiyasi  zaharli  darajagacha  yetishi 

mumkin.  Shuning  uch un N ,P ,K  elem entlarining m inerai o ‘g ‘it ham da 

oziq  moddalari  tarkibidagi  nisbati  bir biriga  to ‘g'ri  kelishi juda  katta 

ahamiyatga  ega.  Fosfor  elem entining  azot  singari  biologik  manbayi 

boim agani  uchun,  uni  hamisha tuproqqa m inerai o 'g 'it sifatida solinib, 

yetishmagan  qismi  to id irib   boriladi.

Fosforli  o ‘g ‘itlarning  foydali  koeffitsienti  azotnikiga  qaraganda 

deyarli  ikki barobar kamdir.  Fosforli o 'g itla r tarkibidagi fosfor, tuproq- 

dagi kalsiy,  m agniy,  ternir va am m oniy elem entlari bilan  tezda  birikib, 

suvda yom on eriydigan  fosfatlarni  hosil qiladi.  Bundan tashqari,  fosfor 

tuproqning  m inerai  va  organik  qismi  orqali  kimyoviy  singdirilishi 

mumkin.

Fosforga  xos  b o ig a n   bu  xususiyatga  asosan  fosforli  o 'g itn in g  



tuproqdagi  yetishm aydigan  miqdoriga  nisbatan  bir  necha  bor  ortiq 

solish kerak b o ia d i.  Shu bilan birga fosforli o ‘g‘itni yerga solish m e’yo- 

rini  belgilashda  uning  tuproqdagi  harakatchan  shakldagi  m iqdorini 

ham  hisobga  olish  kerak  b o iad i.

Fosforli o 'g itla r,  odatda, o ‘simlik ildizlariga yaqinroq qilib solinadi. 

Amerikalik  olim larning  hisoblariga  qaraganda  yem-xashak  tayyorlash 

uchun sarflangan  10 qism fosforning bir qismini odam  oziq mahsulotlari 

bilan  iste’m ol  qilsa  va  uch  qismi  tuproqda  singib  qolsa,  qolgan  olti 

qism  chiqindi  va  suv  orqali  suv  havzalariga  yuvilib  ketadi.  Shuning


uchu n  odam lar  zich  joylashgan  va  chorva  m o llar  t o ‘plangan  yerlar 

fosfor  bilan  ifloslantiriladigan  asosiy  m anba  hisoblanadi.

Fosforli birikmalar suvda yom on erishiga qaram ay ,  ularning asosiy 

geokimyoviy aylanm a harakati k o ila r,  daryolar,  dengizlar va  okeanlar 

orqali  ro 'y   beradi.  Hisoblarga  qaraganda,  ho zir  h a r  yili  4  mln  t  ga 

yaqin  fosfor  yerdan  okeanlarga  yuvilib  chiqib  ketadi.  Shu  bilan  birga 

turli  dengiz hayvonlari-baliqlar,  moluskalar,  suv o 'tla rin i  dengizlardan 

quruqlikka chiqarilishi,  quruqlikda dengiz m ahsulotlarini ko‘p islilatilishi 

bir  qism  fosforning  dengizdan  quruqlikka  ko 'ch ishiga,  b a’zi  yerlarda 

fosfor  m iqdorini  m e’yordan  ortib  ketishiga  olib  kelyapti.  Tuproq  va 

suv havzalarini yana bir ifloslantiruvchi  m anba fosfor organik birikma- 

larning  biosidlar  sifatida  k o 'plab  q o ilan ilish idir.

A trof-m uhitni  iiloslantiruvchi birikm alardan yana biri,  u ham  b o isa  

detergentlardir.  D etergentlarga  yuvish  (tozalash)  m ahsulotlari  kiradi. 

D etergentlar  orqali  atrof-m uhitga  h ar  yili  5  m ln  t  ga  yaqin  fosfor 

tushadi.  Bu  muhitga  tushadigan  zaharli  fosforning  46%  ini  tashkil 

qiladi.  D etergentlar  neft  distillatsiyasi  m ahsulotidir.

M ahsulot  olishda  dastlab  ular  ferm entlar  ta ’sirida  parchalanm ay, 

tozalash  inshootlari  orqali  osongina  o 'tib   tu p ro q   va  suvlarni  iflos- 

lantiradi.  Bundan  tashqari,  fosforli  o 'g itla r   bilan  toksik  elem entlar 

tu p ro q q a  tushadi.  M is,  ko balt,  nikel,  se le n lard a n   tashqari  toksik 

birikmalardan ftor ham b o iad i.  Tuproqda qolgan fosfor kalsiy, aluminiy 

va  ternir  bilan  bogianadi.  Yerga  berilgan  fosforli  o ‘g ‘itning  34%  i 

transport  bilan  tashish va saqlash jarayonida,  26%  i  tup ro qd an  yuvilib 

ketsa  va  eroziya  jarayonida  yo ‘qoladi.  Fosforli  o ‘g ‘itlardan  foydala- 

nilganda  ularning  xomashyo  birikm alari,  tuproqning  o g 'ir  m etallar va 

toksikantlar bilan  ifloslanish  darajasi,  o 'g itn i yerga berilganda ekologik 

yom on  oqibatlarga  olib  kelmaslik  y o ila rin i  bilish  shart.

O'simliklaming  o'sishi,  rivojlanishi  va  hosildorligi  uchun  fosforning 

ham   ahamiyati  kattadir.  Turli  tuproqlarda  150,  180,  200  kg  azot  va  50, 

100,  150,  200  kg  fosfor  o‘g'iti  ishlatilgan.  Superfosfat  solingan  tuproq 

tarkibida  harakatchan  fosfor  miqdori  bahorda  k o 'p   b o iib ,  keyinchalik 

g‘o ‘zani o'zlashtirishi tufayli uning miqdori kamayadi.  Fosforning m e’yori 

gektariga  150—200  kg  boigan  taqdirda  o'simlik  yaxshi  rivojlanadi,  hosil 

gektariga  34,4—34,8  s  ni  tashkil  qiladi  (Majidov,  Zokirov,1991).

Tuproqdagi azotli, fosforli va kaliyli o ‘g‘itlarning nisbatini o'zgartirib 

turish  kerak,  aksincha  tuproqda  ortiqcha  m oddalar  t o ‘planadi  va  shu 

yerda o'sadigan o'simliklarga salbiy ta’sir qilishi ham   m um kin.  Shuning 

u ch u n   ham   m a’lum  tad birlar  k o ‘riladi.  Y a’ni,  tu p ro q d a   y ig ilg an


fosfordan biologik usul bilan foydalanishda, yerga oraliq ekinlari ekiladi, 

ularni  k o ‘k  o 'g 'it  sifatida  haydab  yuboriladi.  Oraliq  ekinlar  ichida 

ildizidan nordon moddalar chiqarib, tuproqdagi eruvchi fosfatlarni eritib, 

g 'o 'za  va  boshqa  o ‘simliklar  o'zlashtirishi  mumkin  holga  keltiriladi. 

Oraliq  o'sim liklarga  rangut,  javdar  va  raps  kabilar  kirib,  ular  tanlab 

olinadi.


Raps  oraliq  o ‘simligi  sifatida  ekilib,  gektaridan  20—30  s  dan  hosil 

olinganda,  shu  o ‘simlik  o ‘zi  bilan  25  kg  dan  ortiq  kalsiyni  tuproqdan 

olib ketadi.  U ndan tashqari raps tuproqda juda ham ko‘p  ildiz qoldiradi. 

Uning  ildizlari  chirib,  tuproqni  organik birikmalar  bilan  boyitadi.

Oraliq  ekinlari  ekilgan  yerda  paxta  yetishtirilsa,  fosforli  o ‘g‘it 

bermasa  yoki  kam roq  bersa  ham  b o ia d i.  Tuproqdagi  fosforni  yaxshi 

eritadigan  oraliq ekinlariga rango‘t bilan shabdor qo'shib ekilsa, yaxshi 

natija  beradi.  U lar  ekilgan  yerga  paxta  ekilsa,  uning  hosili  4,6  s  ga 

yuqori  b o iib ,  vilt  bilan  kasallanish  3 0 -4 0%   ga  kamayadi.

KALIYLI  0 ‘G ‘ITLARNING  EKOLOGIK 

SHAROITGA  TA’SIRI

Kaliy  elem enti  ham  azot  va  fosfor singari  eng  zarur  oziq  moddasi 

hisoblanadi.  U  o ‘simlik organizm ida turli  hayotiy vazifalarni  bajaradi- 

fotosintezning  normal  ketishiga, barglarda uglevodlarni o ‘simliklarning 

boshqa  organlariga  oqib o ‘tishiga yordam   beradi,  bir qancha  ferm ent- 

lam ing  aktivligini  oshiradi,  protoplazm a  kolloidlarining  gidrofillik 

darajasini  kuchaytirib,  hujayralarning  turgorlik  holatini  saqlash  uchun 

osmotik  konsentratsiyasini  bir m e’yorda tutib turishiga yordam  beradi. 

0 ‘simlik  tarkibida  kaliyning  m iqdori  0,01%  dan  2—3%  gacha  boradi.

Kaliy elem entini  o ‘simliklar rivojlanishining  birinchi  davrida  (gul- 

lagunga  qadar)  ko‘p  ishlatib,  ikkinchi  davrida  unga  nisbatan  talabi 

qariyb  ikki  barobar  kamayadi.

Kaliy  ko'p ch ilik   tuproqlarda  yetarli  m iqdorda  bo ‘lib,  o'sim liklar 

uni  kaliy  ioni  shaklida o ‘zlashtiradi.  0 ‘simliklarda kaliy kolloidlarning 

bo‘kishi  u ch u n   im koniyat  yaratadi  va  hujayralarning  turgor  holatini 

saqlab  turadi.

Kaliy  yetishm asa  o ‘simliklar  so‘lib  qoladi,  haddan  tashqari  ko‘p 

boMganda  esa,  hujayra  shirasining  osm otik  bosimi  ortib  ketadi.

Kaliyli  o ‘g ‘itlardan eng ko‘p tarqalganlari:  kaliy xloridi,  kaliy sulfati, 

kaliyning  tabiiy  xomashyo  tuzlari  (silvinit  va  boshq.)  kiradi.  Kaliyli 

o ‘g ‘itlar  tarkibida  xlor,  natriy  kabi  elem entlar  bo‘ladi.  Agar  kaliyli


o 'g 'itla r m untazam  yerga berilganda,  tuproqda xlor,  natriyning to 'p la - 

nishi  va  hosildorlikni  kam ayishi  kuzatiladi.  O 'g 'itd a   x lo r  m iqdori 

ko'paytirilsa,  g'alla  ekinlari  so m o n id a  xlor  m iqdori  4 —5  m artaga 

ko'payadi.

Kaliy o'g'itlarida og‘ir m etallarning bo'lishi juda xavfli  hisoblanadi. 

Ular  (C d,  Hg,  Pb,  Cr,  Al)  tirik  organizm lar  tanasida  to 'p la n a d i  va 

tuproqdan  yer  osti  suvlariga  o 'ta d i  (121 -jadval).

121-jadval

Z ararli  clem entlarning  kaliy  o‘g ‘itlardagi  m iqdori,



m g / k g   ( K u z i n a   va  bosh)

0 ‘g ‘itla r

P b

C d


Al

H g


C r

KCl

6,5

0 , 2 - 0 , 3

1 , 3 - 7 , 7





K,SO„

4



12,0

1,00

0,2

0 , 0 7 5

0 , 2 5 0

Kali y  tuzi

4 , 0

0 , 0 9

2,6



40%li  k a liy  tuzi

4 ,5

0 , 1 6

4,1

Kaliy  tuzlarining  ortiqchasi  o ‘sim liklar  tan asida  to 'p la n a d i  va 

yom on  oqibatlarga olib keladi,  o ‘g ‘itlarda K,  N a ning bir-biriga  nisbati 

K:N  5:1  bo'lishi  va  yem -xashaklarda  kaliy  m iqdori  0 ,0 3 —0,10  %i 

hayvonlar talabini  qondiradi.  Y em -xashakda  K20   m iqdori  2,5—3,0% 

dan,  N a  miqdori  esa  0,25%  dan  ortmasligi  kerak.  O 'tla rd a   magniy 

miqdori 0,13—0,15% gacha kamaysa,  hayvonlar giponiagneziya kasaili- 

giga  uchraydi.  H ayvonlarning  m e ’yorda  rivojlanishi  u c h u n   u larning

1  kg  massasiga  ozuqa  orqali  12— 15  mg  magniy  o 'tish i  kerak.

Kaliyning muhitdan yo'qolishiga tuproq suv rejimi, fizikaviy tuzilishi, 

gumusning  miqdori,  tuproqda  kaliy  zaxirasi  kabi  om illar  sabab  bo‘ladi.

O rganik-m ineral  o 'g 'itlarn in g   tuproq  va  o ‘sim liklarga  t a ’siri  har 

xildir. Yerga berilgan mineral o'g 'itlarn i  o'simliklar (agar yetarli  darajada 

nam iik  bo'Isa)  tezlikda  qabul  qilishni  boshlaydi.  O rganik  o 'g 'itla r 

asta-sekin qabul qilinadi,  organik  m oddalar m ineralizatsiyalanishi bilan 

ulardan  foydalanish,  ularning  o 'sim liklar  tanasiga  o 'tish i  tezlashadi. 

Organik  o'g'itlarni  mineral  o 'g 'itla r  bilan  birgalikda  q o 'lla sh ,  ularni 

alohida-alohida  qo'llashga  qaraganda  yuqori  sam ara  beradi.  Yuqori 

agrotexnika  ham da  biologik  u su llard an   foydalanish, 

tu p ro q n in g  

unum dorligini  oshiradi  ham da  olingan  qishloq  xo'jalik  m ahsulotini 

ekologik  zararsiz  qilib  yetishtirish  im konini  yaratadi.



0 ‘sim liklar uchun m ineral  ozuqalar ichida azot va fosfordan  keyin 

kaliy ham  katta ahamiyatga  egadir.  Ko‘p yillik  qishloq xo'jalik tajriba- 

laridan  m a ’lumki,  bir tonna  paxta  hosili  olish  uchun  30  kg  dan  80  kg 

g ach a  kaliy  ishlatish  kerak.  A gar  o 'rta c h a   paxta  hosili  gektarid an  

30—35  s  ni  tashkil  etsa,  shu  hosilni  yetishtirish  uchun  200  kg  gacha 

kaliy  o ‘g ‘iti  berish  kerak.  A zot,  fosfor  va  kaliy  bilan  o 'g 'itla n g an  

m aydonda  o ‘simliklar  o ‘zida  124  kg  atrofida  kaliy  to ‘playdi.

I.I.  Madraimovning  tajribalari  ko'rsatishicha,  3  yil  davomida o ‘stiri.1- 

gan  beda  har  gektar  yerdan  xashagi  bilan  800—900  kg  gacha  kaliyni 

tuproqdan  oigan.  Makkajo‘xori  donining hosili gektariga  60  s,  ko‘k  poya 

massasi  700  s bo‘lganda tuproqdan  150—180  kg  kaliy chiqib  ketgan.

T ab iiy   b o 'z   va  o ‘tloq  tu p ro q la r  (hay dalm a  q a tla m id a )  1  ga 

m aydonida kaliyning umumiy m iqdori  150 kg dan 450 kg gacha bo‘ladi. 

T uproqda tabiiy kaliy kam bo'lganda gektariga  100—120 kg kaliy berish 

kerak.  T uproqda  kaliy  yetishm agan  vaqtda  paxta  chigitining  vazni 

yengil  va  sifatsiz,  moy  m iqdori  kam   bo ‘ladi.

0 ‘sim liklarning  normal  o ‘sib,  rivojlanishi  va  yaxshi  hosil  berishi 

u chun   qishloq  xo'jaligida  yerga  azot,  fosfor,  kaliy  kabi  o ‘g‘itlar  bilan 

bir  q a to rd a   turli  m ikroelem entlar  ham   keng  ishlatiladi.  M asalan, 

g‘o ‘zaning  yaxshi  rivojlanishi  uchun  1kg  tuproqda  mis  0,4—0,8  mg, 

rux  1,5—2,5,  marganes  80— 100,  bor  0,8—1,2,  m olibden  0,20  mg 

b o iis h i  kerak.  Ulardan  tashqari  kobalt  (2  g/ga),  kaliy,  oltingugurt 

(2—20  kg/ga),  temir, kremniy,  natriy kabi  kimyoviy elem entlar qatorida 

xlor,  sulfat,  m agniy  ham   zarurdir.  Lekin  ekologik  jihatd an  h ar  bir 

kimyoviy  elem entning  foydali  m iqdori  ishlatilishi  kerak,  aks  holda 

ular tuproqda ortiqcha b o‘lib,  tirik organizmlarga zahar m odda sifatida 

salbiy  t a ’sir  qiladi.

Biz yuqorida nom larini  qayd  qilgan m ikroelem entlar (qo'rg'oshin, 

rux,  mis,  m olibden,  bor,  kobalt,  marganes,  simob,  tem ir,  kadmiy, 

vannadiy,  rubidiy,  yod,  ftor  kabi  elem entlar)  va  ularning  birikmalari 

m a ’lum  m iqdori  biologik  jih a td a n   foydali  b o isa ,  ekologik  nuqtayi 

n a z a rd a n   z a h arlo v c h i  o g 'ir   m e ta lla r  g uruhiga  k ira d i.  U la rn in g  

konsentratsiyasi tuproq—o ‘simlik—hayvonlar tanasida ortib ketsa,  zahar 

sifatida  ta ’sir  qiladi.

Qishloq  xo'jaligida  tuproqning  biologik  xususiyatlarini  yaxshilash, 

uning  unum dorligini  oshirish  m aqsadida  ekin  m aydonlariga  k o ‘plab 

organik o ‘g‘it  ishlatiladi.  Organik o ‘g‘it  tarkibida o'sim lik  uchun zarur 

b o ig a n   m akro  va  m ikroelem entlar  b o iad i.  M asalan,  1  t  quruq  go ‘ng 

tarkibida  azot—20kg,  fosfor—10  kg,  kaliy—24,  kalsiy—29,  magniy—6,


oltingugurt—4 kg,  bor—25 g,  m arganes—230 g,  m is—20 g,  rux— 100g, 

m olibden—2g,  yod—0,4  g  b o ia d i.

Agar  tuproqqa  20—30  t  ga  quruq  go'ng  solinsa,  u  bilan  birga 

400—650  kg  azot,  200—300  kg  fosfor va  ko‘p  m iqdorda  kaliy  hamda 

turli  m ikroelem entlar  tushadi.  Ekin  m aydonlarda  m ineral  o 'g 'itla r 

m iq d o rin i  kam aytirib,  o rg an ik   o ‘g ‘itlard an   k o 'p r o q   fo yd alan ib, 

alm ashtirib  ekishni  keng  q o ila s h   y o ii  bilan  tu p ro q n in g   ekologik 

holatini  yaxshilash  hozirgi  kunning  dolzarb  vazifasidir.

KALSIYNING  EKOLOGIK  SHAROITGA  TA’S IR I

Kalsiy  Yer p o ‘stlog‘ining  tuzilishida  ishtirok etadi.  Ayniqsa ohakli 

to g ‘  jinslari  kalsiyga  boy  b o ia d i,  ular  tarkibidagi  C a S 0 3  (m arm ar, 

bo ‘r)  m iqdori  99%  gacha  yetadi.  Gipsda  (C a S 0 4.2 H 20 ) ,   dolom itda 

[ C a M g (C 0 3)]2  ham da  m ergelda 

kalsiy  k o ‘p  b o ‘ladi.  T arkibida 

C a3( P 0 4), bo  Igan  apatit juda  m uhim   mineral  hisoblanadi.  0 ‘simliklar 

gips  va  ohakli  tog‘  jinslari  tarkibidagi  kalsiyni,  shuning dek ,  tuproq 

kolloidlarining  alm ashinuvchi  kalsiysini  oson  o ‘zlashtiradi.  Bulardan 

tashqari,  tuproqda  fosfor,  krem niy  va  organik  kislotalarning  kalsiyli 

tuzlari  b o ia d i.  Tuproqdagi  kalsiy  miqdori  3%  dan   ortiq  b o is a ,  ular 

kalsiyga  boy  tuproqlar  hisoblanadi.  Bu  xildagi  tu p ro q la r  xlorid  yoki 

sirka  kislotalari ta ’sirida  «qaynab  chiqadi».  T uproqning  kolloid  kornp- 

leksida Ca kolloid zarrachalari tom onidan o'zlashtirilgan  ionlarshaklida 

b o ia d i.  H +  va  O H -   erkin  io n la r  soni,  y a ’ni  tu p ro q   eritm asining 

reaksiyasi  kolioidlarning  kalsiy bilan to'yinish darajasiga b o g iiq  boiad i. 

Shunday  qilib,  Ca  tuproqning  ekologik  xossalarini  aniqlashda  katta 

aham iyatga  ega  b o ia d i.  G u m id   iqlim da  yuvilish  kuchli  darajada 

b oiganligi  uchun  kalsiy  kam  b o ig a n   tuproqlar  ustunlik  qiladi,  arid 

iqlim da  esa  buning  aksi  kuzatiladi,  ya’ni  tuproq  kalsiyga  boy  b o iad i.

0 ‘sim liklar  kalsiyni  o ‘zlashtirib,  uni  yuvilib  ketishdan  saqlaydi, 

ular  nobud  b o ig an d an   keyin  esa  kalsiy  yana  tu p ro q q a  qaytib  tushadi. 

Kalsiyning  bunday  aylanib  yurishida  ildizi  tu p ro q q a   c h u q u r  kirib 

boradigan  o ‘simliklar,  shuningdek  daraxtlar  ayniqsa  katta  aham iyatga 

ega b o ia d i.  0 ‘t o ‘simliklaridan  C a  ni to ‘plashi b o ‘y ich a dukkakdosh- 

larni  ko‘rsatish  m um kin,  ular  C a   ni  tuproqning  c h u q u r  qatlam laridan 

o ‘zlashtiradi,  nobud  b o ig a n id a   esa  tuproqning  yuza  qatlam ini  yana 

kalsiyga  boyitadi.

Kalsiy  ko‘p  jihatdan  tupro q n in g   fizik  va  kim yoviy  xossalariga, 

ya’ni  shu  bilan  o ‘simliklarga  bilvosita  ta ’sir  ko‘rsatadi.  Yerga  kalsiy



solinsa  (ohaklash),  vodorod  va  alum iniy  ionlarining  zararli  ta ’sirini 

kam aytiradi,  bu  esa  chirindi  m avjud  bo'lgan  sharoitda  tuproqning 

m ustahkam   donador  strukturasini  hosil  qiladi,  natijada  tuproqning 

suv-havo ham da  issiqlik rejimi yaxshilanadi,  unumdorLigi ortadi.  Bundan 

tashqari,  kalsiy  tuzlari  tem ir va  alum iniyning  qiyin  eriydigan fosfatlari 

bilan  alm ashinuv  reaksiyasiga  kirishib,  ularni  eruvchan  holatga,  ya’ni 

o'sim liklar  foydalanishi  uchun  qulay  shaklga  o'tkazadi.  Kislotalarni 

neytrallovchi  C a C 0 3  bilan  boy b o ‘lgan  tuproqlar  neytral  yoki  kuchsiz 

ishqoriy  reaksiyaga  ega  bo'ladi.

Lekin  C a  m iqdorining  ortishi  tuproqning  ishqoriyligini  yanada 

kuchaytirm aydi.  Chunki  pH tuproq tarkibidagi  karbonatlar yig'indisiga 

bog'liq  b o'lm aydi.  Tuproqning  neytral  reaksiyasi  tuproq  m ikroor- 

ganizm lari  uchun  qulay sharoit yaratadi va tuproqning ko‘p xossalarida 

o ‘z aksini  topadi.  Odatda,  ohakli  tuproqlar har doim quruq va  issiqroq 

bo'ladi.

Ohaklanishning muhim elem enti  hisoblangan Ca m oddalar almashi- 

nuvida  ichki  hujayralarga  ta ’sir  ko'rsatadi.  U  ayniqsa  zararli  tuzlarni 

neytrallaydi  va  ularning  zaharli  t a ’sirini  to'xtatadi.  B a’zi  turlarda 

hujayra shirasida Ca keragidan ortiqcha bo ‘lishi kaliy elem enti o'zlash- 

tirilishini  torm ozlaydi  va  b a’zi  fiziologik  jarayonlarni  zararli  ta ’sir 

etishiga  sabab  bo'ladi.

T u p ro q d a  kalsiy  bo'lishi  m unosabatiga  qarab,  odatda,  o'sim lik 

turlari quyidagi guruhlarga bo'linadi:  1) doim kalsiy talab,  ya’ni norm al 

rivojlanishi  uchun  ohakka  boy  substraíga  muhtoj  turlar;  2)  kalsifillar

—  «ohaksevar»,  ya’ni  ohakli  tu p ro q lard a  yaxshi  o 'sad ig an   tu rlar; 

3)  kalsifoblar  —  ohakdan  q o chu v chilar,  kalsiyning o rtiq c h a   b o 'lish i 

b u lar  u c h u n   zararlidir  (m asalan,  sfagnum  moxi);  4)  kalsiyga  befarq 

bo'lgan  turlar.

Kalsiy  tuproqning  ko'p  xossalariga  bog'liq  bo'ladi.  Agar  rnazkur 

tuproq  kalsiy  kam  bo'ladigan  tuproq  xossalariga  ega  bo'lsa,  u  vaqtda 

bu  xildagi  tuproqlar  kalsifitlar  uchun  ham   yaroqli  bo'lishi  mumkin. 

B izningcha,  bu  holda  o'sim liklarga  tuproqning  kimyoviy  xossalari 

qanchalik ta ’sir ko'rsatsa, fizik xossalari ham  shunchalik ta ’sir ko'rsatadi.

Shunday qilib,  kalsiñllik va kalsifoblik masalasi juda murakkab bo'lib, 

uni barcha turdagi  o'simliklar u ch u n  bir tomonlama hal  qilish mumkin.

M agniy  ham ,  kalsiy  kabi  yer  qobig'ida  va  ko'pgina  tog'  jinslari 

tarkibida  k o 'p   m iqdorda  uchraydi.  Serpentin  haqiqiy  m agniy  jinsi 

hisoblanadi.  Tuproqda magniy karbonatlar (dolomit) shaklida,  silikatlar 

(avgit,  olivin),  sulfatlar,  xloridlar tarkibida bo'ladi.  Xloroíill  m olekula-


sining  tarkibiy  qism i  sifatida  magniy  fotosintez  jarayonida  ishtirok 

etadi, bundan tashqari,  u kolloidlarning b o'kish ini  regulyatsiyalanishiga 

ta ’sir  ko'rsatadi.  M agniy  yetishmasligi  m exaniy  tarkibi  yengil  b o ig a n  

kislotali  tuproqlarda  kuzatiladi.  O 'sishning  susayishi  va  eski  barglar 

tom irida  xloroz  paydo  bo'lishi  magniy  yetishm asligi  belgilaridir.

MINERAL  VA  ORGANIK  0 ‘G ‘ITLARNI  BIRGALIKDA 

Q O ‘LLASHNING  EKOLOGIK  MOHIYATI

Qishloq 


xo'jaligini  jadallashtirish  va  y erdan   yuqori  hosil  olish 

uchun  yildan-yilga  ko'plab  m ineral  va  organik  o ‘g ‘itlar  ishlatilm oqda. 

Shu  bilan  bir  qatorda  qishloq  xo‘jalikda  yangi  uslublar,  progressiv 

texnologiya,  yuqori  hosil  beruvchi  navlar  jo riy   qilinm oqda.  Lekin 

k o ‘plab  m ineral  o ‘g ‘itlardan  va  turli  tex n o lo g iy a d a n   foydalanish 

natijasida  tuproqqa  antropogen  og‘irlik  tushirib,  tuproqning  biologik 

va  ekologik holatlarini  o ‘zgarishiga sabab boMmoqda. Yerga 


Download 5.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling