0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi p. S. Sultonov ekologiya va atrof-muhitni
Y e r la r n i m u h o fa z a la s h va u la rd a n o q ilo n a fo y d a la n is h
Download 3.71 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- T a s h k i l i y - x o ‘ j a l i k t a d b ir la r i.
- A g ro te x n ik tad b irlar.
- O rm o n -m e lio ra tiv ta d b irla r.
- Gidrotexnik tadbirlar.
- Tuproqlarni ifloslanishdan himoyalash
- Tu p ro q larning rad io aktiv iflo slan ish in ing oldini olish
- Y e rla m in g biologik ifloslanishining oldini olishda
- Y e r (tuproq) monitoringi
- 4.5. Landshaftni muhofaza qilish
Y e r la r n i m u h o fa z a la s h va u la rd a n o q ilo n a fo y d a la n is h . Yuqoridagi bo'lim lardan m a ’lum b o ‘ldiki, turli antropogen t a ’sirlar natijasida tuproqlarda bir qator salbiy o'zgarishlar ro'y berar ekan. Bu o'zgarishlar tuproqlarning asosiy xususiyati b o 'lg an u n u m d o rlikn ing pasayishiga va o x ir-o qib a td a esa tuproqning biosferadagi ekologik funksiyasini izdan chiqarib, og'ir ekologik va iqtisodiy muammolar yuz berishiga olib keladi. Bu o'z navbatida tuproqlami muhofazalash va ulardan oqilona foydalanishni taqozo etadi. Yerlarni muhofazalash va ulardan oqilona foydalanish deyilganda ushbu maqsadlarga qaratilgan tashkiliy, texnologik, iqtisodiy, huquqiy, muhandislik va boshqa chora-tadbirlar majmui tushuniladi. Tuproqlar eroziyasi va deflyatsiyasining oldini olish va ularga qarshi kurash yerlarni muhofazalashdagi markaziy masalalardan biri hisoblanadi. Eroziyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlar quyidagi 4 ta guruhga bo‘linadi. 1. T a s h k i l i y - x o ‘ j a l i k t a d b ir la r i. Bu g u r u h g a y e rd a n foydalanish hududlarini to'g'ri tashkil etish, ya’ni yerlaming tuproq iqlim sharoitlari, qanday xildagi eroziyaga uchraganligi va eroziyalanish darajasiga qa ra b yerdan foydalanishning tabaqalashtirilgan rejalarini tuzish va ular asosida eroziya va deflyatsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish usullarini belgilashga oid chora-tadbirlar kiradi. Ular yer uchastkalaridan foydalanish maqsadlarini aniqlash, ekinlar turi va ularning o'zaro nisbatini belgilash, sug'orish, o'g'itlash qoidalarini belgilash, ishlov berish va ekin o'stirish texnologiyalarini(texnologik xarita) tuzish, chorva hayvonlarini boqishni tartibga soiisn, denqoncniiik www.ziyouz.com kutubxonasi mashinalarini tanlash kabi bir qator tashkiliy-xo'jalik ishlarini o 'z ichiga oladi. Masalan, k o ‘p yillik o'tsimon ekin(beda) bilan qoplangan tuproqning eroziya t a ’sirida yuvilishi 0 ga teng deb olinsa, bir yillik kam ishlovtalabekinlar(bug‘doy, ozuqa o ‘tlari) o'stirilgan tuproqlarda yuvilish 4-5 m arta, k o ‘p ishlovtalab ekinlar (g‘o ‘za, makkajo'xori, kartoshka) o ‘stirilgan tuproqlarda yuvilish 25 marta yuqori bo'ladi. Eroziyaga moyil yengil (yengil qumoq, qumloq, qumli) tuproqlarda ko‘p yillik o'tsimon ekinlar hissasi 50% atrofida bo'lishi yaxshi samara beradi. 2. A g ro te x n ik tad b irlar. Bu guruhga yer yuzasining tuzilishi (relyefi) va tuproqlarning boshqa xususiyatlariga mos ravishda eroziyaga qarshi qo'llaniladigan agrotexnik tadbirlar kiradi. Yerlarni nishablikka nisbatan ko'ndalangiga haydash va ishlov berish, uni ch u q u r qilib, a g 'd a rm a sd a n , yuzasida o'sim lik qoldiqlarini qoldirib haydash, ko'ndalang nam tutuvchi egatlar barpo etish, k o 'p yillik yoki serildiz o'simliklardan ko'ndalang himoya mintaqalari barpo etish, tuproqning optimal g'ovakligi va suv o 'tk az u v c h a n lig in i t a ’m inlash, s u g 'o ris h d a eg a tlar uzunligi, suv sarfi va sug'orish usullarini t o 'g 'r i belgilash, y o m g 'irla tib , tom chilatib, yer ostid an s u g 'o rish usullarini qo'llash, o'g 'itlash norma va muddatlarini to 'g'ri tashkil etish, organik o 'g 'i tl a r d a n k o 'p ro q foydalanish, tu p ro q yuzasini m u stahkam lovch i kimyoviy vositalarni q o 'lla s h , ekinlarni plyonka ostiga ekish, o'simlik qoldiqlaridan yaxshi tozalash, bo'ychan, zich o'sadigan ekinlardan shamolga qarshi kulislar vujudga keltirish, sershamol mavsumlarda tuproq yuzasini nam saqlash, ekin qatorlarini shamolga ko'ndalang joylashtirish va boshqa yuqori unumli agrotexnik tadbirlarni o'z vaqtida qo'llash orqali eroziya va deflyatsiyaga qarshi yuqori samaraga erishish mumkin. 3. O 'rm o n -m e lio ra tiv ta d b irla r. Bu guruhga tup roqlarni eroziya va deflyatsiyadan himoyalovchi o'rmonzorlarni saqlab qolish va yangidan barpo etish, jarliklar kengayishining oldini oluvchi d a ra x tzo rlarn i vujudga keltirish, s ham o lga qarshi ihotazorlar barpo etish, qumliklarni ko'chishdan saqlovchi va m u s ta h k a m lo v c h i o 's im lik q o p lam in i s h a k lla n tiris h , suv havzalarini himoyalovchi daraxtzorlarni barpo etish va boshqa www.ziyouz.com kutubxonasi shu kabi o ‘rmonchilikka daxldor tadbirlar kiradi. Tuproqlarni deflyatsiyadan himoyalashda ihotazorlaming ahamiyati kattadir. U la rn in g sh a m o ld a n h im oyalovchi t a ’siri d a ra x t turi va balandligi, zichligi hamda tuproqning xususiyatlariga qarab 400 metrgacha yetishi mumkin. O'zbekiston sharoitida balandligi 6- 8 metrga yetgan ihotazor 60-250 metrgacha masofadagi tuproqni shamoldan saqlay oladi. Q u m lik la rn i sh am ol t a ’sirida k o 'c h is h i d a n s a q la s h d a fitomelioratsiya, y a ’ni selen, shuvoq, yulg'un, qum qiyog'i va boshqa cho'l o'simliklaridan tashkil topgan mustahkam o'simlik q o p l a m in i v u ju d g a k e ltirish h a m d a s a k so v u l, k a n d im , quyonsuyak kabi cho'l butalaridan o'rmonzorlar barpo etish yaxshi samara beradi. 4. Gidrotexnik tadbirlar. Bu qiyalik yerlarda suv tezligini tartibga soluvchi gidrotexnik qurilma va inshootlarni barpo etishga qaratilgan tad b irlar bo'lib, o 'z ichiga suv oqimini yo'naltiruvchi dambalar, mustahkam qoplamali sharsharalar, selxonalar, zinapoyasimon ariqlar qurish, sug'orish tarmoqlarini qattiq qoplamalar bilan qoplash, beton ariqlar, quvurlar, turli plastik shlanglardan foydalanish, nishabligi yuqori(> 10°) bo'lgan qiyaliklarda ekinlar uchun terrasalar barpo etish kabi usullarni o 'z ichiga oladi. Bu guruhdagi ch o ra -ta d b irla r asosan suv eroziyasining oldini olishda ko'proq qo'llaniladi. Yerlarni sho'rlanishdan himoyalashda quyidagilarga amal qilish zarur: sho 'r sizot suvlarini yer yuzasiga m e’yoridan ortiqcha yaqinlashuviga yo'l qo'ymaslik, sizot suvlarni oqib chiqib ketishi uchun vertikal va gorizontal zovur(drenaj)lar barpo etish va ulaming yaxshi ishlashini t a ’minlash, ortiqcha sho'rlangan suvlar bilan ekinlami sug'ormaslik, yerlaming vaqtida sho'rini yuvish, ekin turini to'g'ri tanlash. Tuproqlarni ifloslanishdan himoyalash y e rla rn i m uhofazalashga qaratilgan ch ora-tad b irlar orasida m uhim q 'r in la rd a n birini egallaydi. T u pro q larn i mineral o 'g 'i t l a r t a ’sirida ifloslanishining oldini olish uchun mineral o'g'itlarni tuproq iqlim sharoitlari va ekinning xususiyatlaridan kelib chiqib qo'llash zarur, y a ’ni o'g'itning yillik miqdorini, bir martalik solish me’yorini hamda muddatini ilmiy asosda to'g'ri belgilash www.ziyouz.com kutubxonasi va unga amal qilish lozim. Bundan tashqari, tuproqda ozuqa e le m e n tla r in i o ‘z a ro m u ta n o s ib m i q d o r l a r d a boMishini t a ’minlash, tarkibi bir komponentli o ‘g‘itlarga nisbatan k o ‘p komponentli (kompleks o ‘g‘itlar) va yuqori konsentratsiyali o ‘g ‘i tl a r d a n k e n g ro q f o y d a la n is h ; o ‘g ‘itl a r d a g i o z u q a elementlarini ekinlar tomonidan o'zlashtirilishi uchun qulay s h a r o itla r (op tim al nam lik, yorugMik, h a ro r a t) yaratish; o ‘g‘itlarni me’yorida o ‘zlashishini t a ’minlovchi ingibitorlardan foydalanish, tarkibida ifloslovchi birikmalari kamroq boMgan yangi o ‘gMt turlarini ishlab chiqarishga joriy etish; sun’iy va mineral o ‘gMtlar o ‘rniga tabiiy organik o ‘gMtlardan (go‘ng, biogumus) keng foydalanish; tuproqni ozuqa elementlariga boyituvchi va xususiyatlarini yaxshilovchi ekinlarni (beda va boshqa dukkaklilar) vaqti-vaqti bilan ekib turish, tuproq va o ‘simlik mahsulotlaridagi ifloslovchi moddalar miqdorini doimiy n a z o ra t qilib borish kabi c h o ra -ta d b irla r ham tuproqlarni mineral o ‘gMtlar bilan ifloslanishining oldini olishda yaxshi samara beradi. Tuproqlar va atrof-muhtni pestitsidlar bilan ifloslanishdan himoyalashga quyidagi chora-tadbirlami qoMlash orqali erishish mumkin: • tuproq va atrof-muhitda tez parchalanuvchan, kam zaharli va yuqori tanlab t a ’sir etish (selektiv) xususiyatiga ega boMgan pestitsidlardan foydalanish; • pestitsidlarni qoMlash vaqti, miqdori va usullariga q a t ’iy amal qilish; • kukun holatidan ko ‘ra donador turlaridan foydalanish; • samolyotda yoppasiga sepishdan k o ‘ra, vertolyotda yoki y e rd a h a r a k a t l a n u v c h i m e x a n iz m la r y o r d a m i d a ke ra k li maydonlarga qoMlash; • pestitsidlar qoMlangan maydonlardan oqava suvlarni suv havzalariga chiqarmaslik; • pestitsidlarni ishlab chiqarish, tarqatish, qoMlash, saqlash, yo ‘qotish (zararsizlantirish) ustidan q a t ’iy nazorat o ‘rnatish; • tuproq va o ‘simlik mahsulotlarining pestitsidlar qoldigM bilan ifloslanishini doimiy nazorat qilib borish. Pestitsidlarning tuproq va atrof-muhitga zararli t a ’sirlarini kam aytirishning ekologik jih atd an eng samaraii usuli - bu www.ziyouz.com kutubxonasi d e h q o n c h ilik d a p e s tits id la r o 'r n i g a b io lo g ik u s u lla rd a n foydalanishdir. Biologik usullar deyilganda 0 ‘simlik va chorva- hayvonlarning zararkunandalari, kasalliklari va begona o'tlarga qarshi ularning tabiiy kushandalaridan foydalanishga asoslangan chora-tadbirlar kompleksi tushuniladi. Biologik usul vositalari (bioagent) sifatida ta b ia td a m avjud h a s h a ro tla r, viruslar, b a k te riy a la r, m ik r o b la r , z a m b u r u g ‘lar, q u sh la r, su d ra lib yuruvchilar, baliqlar, amfibiyalar va boshqa tirik organizmlardan foydalaniladi. Bundan tashqari, zararkunandalarning biologik xususiyatlaridan foydalanish, ularga qarshi antibiotiklarni qoMlash, o'simlik va hayvonlarni emlash, yuqori nurlanish va kimyoviy birikmalar yordamida sterilizatsiyalash, turli biologik faol moddalardan (ferromon) foydalanish kabilar ham biologik usullar qatoriga kiradi. Biologik usullaming ekologik jihati shundaki, bunda atrof- muhitni kuchli ifloslovchi zaharli pestitsidlarni qoilashga bo‘lgan ehtiy oj k eskin k a m a y a d i. Biologik v o s ita s if a tid a foydalanilayotgan bioagent tabiiy obyekt bo'lganligi uchun uning a tr o f -m u h itg a t a ’siri sezilarli b o 'lm a y d i. H ozirgi p a y td a bioagentlar sifatida hasharotlardan - trixogramma, gabrobrakon, fitoseyulis; bakterial preparatlardan - entobakterin, dendro batsilin, gomelin; zamburug'li preparatlardan - boverin; virusli preparatlardan - virin; antibiotiklardan - trixotetsin; bioaktiv moddalardan - Y U G - 1...Ill va diminlardan foydalanilmoqda. Ekinlami himoyalashda integral usulni, ya’ni kimyoviy va biologik usullami sharoitdan kelib chiqqan holda, birgalikda qoMlash ham yaxshi samara beradi. Tuproqlarning ogMr metallar bilan ifloslanishini bartaraf etish va ularning zararli t a ’sirini kamaytirishga, tarkibida ushbu m oddalar boMgan chiqindilarning atrof-muhitda tarqalishini oldini olish, pestitsid larn i va mineral o ‘g ‘itlarni qoMlash tartiblariga q a t’iy amal qilish, ularga boy chiqitlarni va oqava suvlar cho'kmalari(il)dan o ‘g ‘it sifatida foydalanmaslik kabi chora-tadbirlar orqali erishish mumkin. OgMr metallar bilan ifloslangan yerlarni ag‘darib, chuqur haydash va bunday yerlarga chidamli texnik ekinlami elcish yoMi bilan zararli t a ’sirlarni birmuncha kamaytirish ham mumkin. www.ziyouz.com kutubxonasi Tu p ro q larning rad io aktiv iflo slan ish in ing oldini olish uchun ra d io a k tiv ru d a la rn i qazib olish va ularni qayta ishlash, radioaktiv moddalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish, ra d io a k tiv c hiqin dilarn i saqlash va b a r t a r a f etish ta rtib - qoidalariga q a t ’iy amal qilish lozim. Bundan tashqari, bu borada y a d ro v iy q i r g 4in q u r o ll a r i n i is h la b c h iq a ris h va sin a s h jarayonlarini to ‘xtatish va cheklash ham muhim ahamiyatga ega. Y e rla m in g biologik ifloslanishining oldini olishda chorvachilik c h iq itla rin i ( g o ‘ng, oq a v a ) y e ta rli d a r a j a d a ishlov berib zararsizlantirilgandan so‘ng o ‘g ‘it sifatida foydalanish hamda maishiy, oziq-ovqat va mikrobiologik sanoat chiqindilarini tuproqlarga tartibsiz tashlashlarini cheklash kabi tadbirlar asosiy o ‘rin tutadi. Bundan tashqari, agar oqava suvlar va ulaming cho‘kmalari(il)dan qishloq xo'jaligida foydalaniladigan b o ‘lsa, sanitar-gigiyenik talablarga q a t ’iy amal qilinishi zarur. T u p r o q la r n i o rtiq c h a z ic h la n is h va texnikaning z a ra rli t a ’siri(zarbi)dan himoyalashda tuproqni chirindiga boyitish, ishlov berish muddatlarini to 4g‘ri belgilash va texnik vositalarni t o ‘g ‘ri ta n l a s h , m a s h i n a - m e x a n i z m l a r n i n g tu z ilis h in i o p t i m a l l a s h t i r i s h , e k in la rn i o ‘s t i r i s h te x n o l o g iy a l a r i n i m u k a m m a l l a s h t i r i s h , yer va e k in l a r g a ishlov b e ris h n i m in im a lla sh va ko m p lek slash, ek in la rn i a lm ashlab ekish qo id a la rig a amal qilish. sid erat(y ash il o ‘g ‘it)lardan keng foydalanish kabi chora-tadbirlar muhim o ‘rin tutadi. Yerlarni m uhofazalash va u lard a n oqilona foydalanish yo‘llaridan biri, bu aholi punktlari, sanoat bino va inshootlari, elektr va aloqa tarmoqlari, quvur y o‘llari, yo‘llar, aerodromlar kabi qurilishlar uchun iloji boricha kam unumdor va tashlandiq yerlarni ajratishdir. Turli qurilish jarayonlarida tuproqlarning yuza unumdor qatlamlarini saqlab qolish, to ‘plash va undan buzilgan kam unu m li y e rla rn i q a y t a tik la s h d a , q u rilis h maydonlarini k o ‘kalamzorlashtirishda foydalanish lozim. Antropogen t a ’sirlar oqibatida buzilgan yerlarni qayta tiklash muhim ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega masala h iso b la n a d i. Buzilgan y e rla m in g u n u m d o rlig in i va xalq xo ‘jaligidagi qiymatini qayta tiklashga qaratilgan muhandis- texnik, g id ro te x n ik , biologik va b o s h q a c h o r a - ta d b i r l a r majmuasiga yerlarni re k u ltivatsiyalash deyiladi. www.ziyouz.com kutubxonasi Rekultivatsiya 3 bosqichda am alga oshiriladi. Birinchi tayyorgarlik bosqichida buzilgan yerlar o ‘rganiladi, ulardan foydalanish yo‘nalishlari va imkoniyatlari aniqlanadi, texnik- iqtisodiy asoslash va loyiha ishlari bajariladi. Ikkinchi texnik bosqichda yer maydonini tekislash, zaruratiga qarab kimyoviy melioratsiyalash, yer yuzasiga ekinlar uchun yaroqli unumdor tuproq solish, sug‘orish tarmoqlari va y o ‘llarni barpo etish kabi texnik tadbirlar amalga oshiriladi. Uchinchi biologik bosqichda sharoitga mos ekinlarni o'stirish, ularni o 4g‘itlash, sug‘orish, eroziya va deflyatsiyadan himoyalash hamda boshqa shu kabi tadbirlar orqali yerlaming unumdorligi tiklanadi. M a ’lumki, yerlarni t o ‘la qayta tiklanishi murakkab va uzoq davom etuvchi jarayon hisoblanadi, shuning uchun rektivatsiya ham muayyan vaqt talab etadi. Rekultivatsiyalangan yerlarda k o ‘pincha k o ‘p yillik daraxtzorlar, dam olish mintaqalari, k o ‘p yillik o ‘tloqlar va k o ‘kalamzor maydonlar tashkil etish maqsadga muvofiq b o ‘ladi. B a’zi hollarda esa tuproq sharoitiga qarab boshqa dehqonchilik maqsadlarida ham foydalanilishi mumkin. Yerlarni muhofazalash va ulardan oqilona foydalanishda yer monitoringi, yerlar kadastri va yerlarni muhofazalashga qaratilgan qonunchilik kabi tadbirlar ham muhim ahamiyatga ega. Y e r (tuproq) monitoringi - ekologik monitoringning tarkibiy qismlaridan biri boMib, yer resurslarining holatini o'rganish, baholash, salbiy o ‘zgarishlarning oldini olish va kelajakdagi o'zgarishlarni bashoratlash maqsadida amalga oshiriladigan doimiy dinamik kuzatuv tizimidir. Y e r k a d a stri - yer resurslarining huquqiy jihatlari, tabiiy, ekologik va iqtisodiy holatlari haqidagi zaruriy va asoslangan m a ’lumotlar tizimidan iboratdir. Yerlarni muhofazalashning asosiy yo‘nalishlaridan biri ularni him oy alash va u lardan oqilo na fo y dalanishga q a ra tilg a n q o n u n l a r va turli m e ’yoriy h u jja tla rn i ishlab chiqish va a m a l iy o t g a izchil jo r i y e tis h d ir. U s h b u m a q s a d d a Respublikamizda 1990-yilda «Yer to‘g ‘risida»gi qonun qabul qilindi. Undan tashqari, me’yoriy talablar (standart, QMQ) ham mavjud. Ushbu qonun va hujjatlarda Respublikamizda yer resurslaridan foydalanishning huquqiy jihatlari asoslab berilgan. www.ziyouz.com kutubxonasi T u p ro q la rn i m uhofazalash c h o ra-tadbirlarini bir-birini to'ldiruvchi yaxlit tadbirlar tizimi deb tushunmoq va ularni muayyan hududning tuproq-iqlim va antropogen sharoitlaridan kelib chiqqan holda differensiallab (tabaqalashtirib) qo'llash zarur. Tekshiruv savollari 1. Tuproq haqida nimalarni bilasiz? 2. Tuproqlar biosfera va inson hayotida qanday ahamiyatga ega? 3. Sayyoramiz va Respublikamizning tup roq resurlarini tavsiflab bering. 4. T u p ro q la r eroziyasi q an d ay jaray o n va uning salbiy jihatlari haqida nimalarni bilasiz? 5. Tuproqlar deflyatsiyasi va uning ekologik oqibatlarini tushuntiring. 6. Tuproqlarning sho'rlanishi va uning ekologik oqibatlarini tushuntiring. 7. Tuproqlarning ifloslanishi va uning ekologik oqibatlarini tushuntiring. 8. Tuproqlar unumdorligini qanday yo'llar bilan oshirish mumkin? 9. Yerdan oqilona foydalanish yo'llarini tushintiring. 10. Yerlarni rekultivatsiyalash deganda nimani tushunasiz? 11 .«Yer to'g'risida»gi qonunning mohiyatini sharhlab bering. 12.T u p r o q re s u r s la r i b ila n b o g 'l i q b o 'l g a n e k o lo g ik muammolarning sabab va oqibatlarini ochib bering. 4.5. Landshaftni muhofaza qilish Landshaft deb quruqlikning ma'lum bir hududida joylashgan barcha tabiat kom ponentlarining o 'z a ro ichki aloqalari va birligiga ko'ra boshqa joylardan farq qiluvchi, tabiiy chegaraga ega b o 'l g a n h u d u d iy m a j m u a l a r g a a y tila d i. T a b i a t komponentlari - tog'jinslari. relyef, iqlim, suv, tuproq, o'simlik va hayvonot dunyosi o'ziga xos xususiyatlari bilan rivojlansa ham o 'z a ro uzviy b o g 'la n g a n . U lar o 'r ta s id a to 'x to v s iz moddalar almashinuvi amalga oshadi va o'ziga xos o'rm on. www.ziyouz.com kutubxonasi cho'l, dasht, tog‘ va boshqa shu kabi landshaftlarni hosil qiladi. I n so n la r m a ’lum bir la n d s h a f td a y a s h ay d ilar va uni o 'z ixtiyorlariga moslab o'zgartiradilar. Insonlaming landshaftlarga t a ’siri un in g im ko n iy atlarid an oshib ketsa land shaftdagi muvozanat buziladi. Natijada landshaft butunlay o'zgarishi, hatto yo'q bo'lib ketishi mumkin. Landshaftdagi o'zgarishlar o'z navbatida insonlarga ham kuchli t a ’sir ko'rsatadi. Shuning uchun tabiatni muhofaza qilish asl mohiyati va maqsadiga ko 'ra landshaftlarni muhofaza qilish demakdir. Inson faoliyati t a ’sirida o'zgartirilgan landshaftlar a n t r o p o g e n l a n d s h a f t l a r deyiladi. Hozirgi vaqtda yer yuzida inson t a ’siriga uchram agan tabiiy landshaftlar kam qoldi. A ntropogen landshaftlar bajaradigan funksiyalari bo'yicha sanoat, qishloq .xo'jaligi. shahar va boshqa landshaftlarga, o 'z g a r i s h x a r a k t e r i g a k o ' r a k a m o 'z g a r t i r i l g a n , k u c h li o 'z g a r t i r i l g a n l a n d s h a f t l a r g a b o 'l i n a d i . Yer y u z id a g i landshaftlarning 60%dan ortiqrog'i antropogen landshaftlarga kiradi. Insonlar tomonidan ilmiy asosda o'zgartirilgan, tartibga solib turiladigan eng maqbul yashash sharoitlari yaratilgan va iqtisodiy jihatdan samaraii, m a ’danli landshaftlar ham mavjud. Landshaftlarni muhofaza qilish deganda ularning o'ziga xos m u v o z a n a t h o la tin i sa q la sh tu sh u n ila d i. L a n d s h a f t la r n i muhofaza qilishning turli shakllari mavjud, jumladan: • biogeos^nozlar majmuasi sifatida ularni to'la muhofaza qilish; • landshaftlar qiyofasini va bir butunligini to'la saqlagan holda ayrim tabiat obyektlarini muhofaza qilish; • qulay antropogen landshaftlarni yaratish. D unyo mamlakatlarining 124 tasida 2600 dan ortiq yirik m uhofaza ostiga olingan hu du d lar mavjud bo'lib, ularning umumiy maydoni 4 mln.km2 dan ortiq yoki quruqlikning 3%ga yaqin qismini tashkil qiladi. B ulardan tashqari, bir q a t o r mamlakatlarda himoya ostiga olingan 13 mingdan ortiq, umumiy maydoni 1000 gektar atrofida bo'lgan uchastkalar ham mavjud. Dunyoning turli mamlakatlarida muhofaza qilinadigan hududlar shakli turli-tuman. Masalan, qo'riqxonalar, milliy parklar, tabiiy istiro h a t b o g 'lari, bu y u rtm alar. yovvoyi tab ia tn ing n o d ir www.ziyouz.com kutubxonasi uchastkalari, parvarishxonalar va hokazo. Chet mamlakatlarda tabiiy uchastkalarni muhofaza qilishning asosiy shakli bu milliy p a r k l a r va q o ' r i q x o n a l a r b o ‘lsa, M D H d a v l a t l a r i d a q o ‘riqxonalar va buyurtmalardir. Qo'riqxonalar tabiiy hududlarni alohida muhofaza qilishning eng oliy shaklidir. Ular faqat davlat ahamiyatiga molik ilmiy va ilmiy-texnik vazifalarni hal etishga m o 'lja lla n g a n . M D H davlatlari hududida 160 dan ortiq qo'riqxonalar mavjud bo'lib, ularning yarm idan k o 'p ro g 'i Rossiya hududida joylashgan. Odatda qo'riqxona maydoni 30-70 ming gektar bo'ladi. Ammo hududi 700 dan 1000 gektargacha keladigan qo'riqxonalar ham m a v ju d . Q o ' r i q x o n a l a r t a b i iy - g e o g r a f ik m i n t a q a l a r va b o 'Iin m a la rn in g o 'zig a xos o'sim lik qop lam i va hayv on ot dunyosining biologik xilma-xilligini tabiiy holatda saqlab qolish m a q s a d i d a ta s h k i l q ilin a d i. Q o ' r i q x o n a h u d u d l a r i d a qo 'riqxonaga yuklatilgan vazifalar bilan bog'liq bo'lm agan barcha faoliyatlar bilan shug'ullanish, qo'riqxona hududlariga sanoat va qishloq xo'jalik korxonalari, dam olish uylari, turistik bazalar qurish, u joylashgan hududda qazilmalarni qazib olish, o 'r m o n la rn i kesish, pichan o 'rish , o 's im lik larn i terish, uy hayvonlarini boqish, ov qilish, baliq tutish, pestitsidlarni qo'llash, turizmning barcha turlari va aholining dam olishi taqiqlanadi. Qo'riqxonalar uchun hudud vazifasini bajara oladigan landshaft- g e o g ra f ik m i n t a q a l a r a jr a ti la d i . B u n d a aso siy e ’t ib o r in so n lam ing x o 'jalik faoliyatlari t a 's ir id a kam o'z ga rg a n , birinchi navbatda yo'qolib ketish xavfi mavjud bo'lgan «etalon» landshaftlarni qo'riqlashga qaratiladi. Qo'riqxonaga ajratilgan hudud, unda kechadigan o'z-o'zini boshqarishni t a ’minlash uchun yetarli bo'lishi va qo'shn i an tro p og en hududlarning sezilarli t a ’siridan esa xoli bo'lishi m uhim aham iyatga ega. Qo'riqxona uchun hudud tanlashda m uhim belgilardan biri, bu hududda noyob hayvon va o'simlik turlarini, o'lik tabiatning n o d ir h o silalarini ( g 'o r l a r , s h a r s h a r a l a r va h.k.) m avjud b o 'lis h id ir. Q o 'r i q x o n a l a r d a olib b o r il a d ig a n asosiy ish y o 'n a l i s h l a r i - d a s tl a b k i b i o g e o s e n o z la r f a o liy a ti va strukturalarini o'rganishga va ularning yashash qonuniyatlarini ochib berishga qaratilgan. Bu hoi butun biosferada kechadigan www.ziyouz.com kutubxonasi qonuniyatlar mohiyatini tushunish uchun fundamental ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda inson o ‘zining xo‘jalik faoliyati natijasida nafaqat ayrim biogeosenozlarni o ‘zgartirib yuborishga sezilarli darajada hissa q o ‘shmoqda, balki landshaftlarni tubdan o ‘zgartirib yuborm oqda. Ayniqsa, birlamchi (yovvoyi) va ikkilamchi, insoniyat tomonidan o 4zgartirilgan (antropogen) biogeosenozlarning potensial mahsuldorligidan eng unumli foydalanish m aqsadida ularning mavjudligi va rivojlanish qonuniyatlarini bilib olish muhim ahamiyatga ega. Biogeosenozlar va landshaftlarning insonlar tomonidan turli d a ra ja d a va shakllarda o ‘zgarish tezligi va yo'n alishlarini oldindan bilish ayniqsa zarur. Biosferaning o ‘ta xilma-xil tabiiy m ajm ualarini o ‘rganish birlamchi va o 'zg a rg a n tizim larni solishtirish orqali amalga oshiriladi. Download 3.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling