0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi p. S. Sultonov ekologiya va atrof-muhitni


Y e r la r n i  m u h o fa z a la s h   va  u la rd a n   o q ilo n a   fo y d a la n is h


Download 3.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/27
Sana02.02.2018
Hajmi3.71 Kb.
#25787
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27

Y e r la r n i  m u h o fa z a la s h   va  u la rd a n   o q ilo n a   fo y d a la n is h . 
Yuqoridagi  bo'lim lardan  m a ’lum  b o ‘ldiki,  turli  antropogen 
t a ’sirlar natijasida tuproqlarda bir qator salbiy o'zgarishlar ro'y 
berar  ekan.  Bu  o'zgarishlar  tuproqlarning  asosiy  xususiyati 
b o 'lg an   u n u m d o rlikn ing   pasayishiga  va  o x ir-o qib a td a   esa 
tuproqning  biosferadagi  ekologik  funksiyasini  izdan  chiqarib, 
og'ir ekologik va iqtisodiy muammolar yuz berishiga olib keladi. 
Bu o'z navbatida tuproqlami muhofazalash va ulardan oqilona 
foydalanishni  taqozo  etadi.  Yerlarni  muhofazalash  va  ulardan 
oqilona  foydalanish  deyilganda  ushbu  maqsadlarga  qaratilgan 
tashkiliy, texnologik, iqtisodiy, huquqiy,  muhandislik va boshqa 
chora-tadbirlar majmui  tushuniladi.
Tuproqlar eroziyasi va deflyatsiyasining oldini olish va ularga 
qarshi kurash yerlarni muhofazalashdagi markaziy masalalardan 
biri hisoblanadi.  Eroziyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlar 
quyidagi  4  ta  guruhga  bo‘linadi.
1. 
T a s h k i l i y - x o ‘ j a l i k   t a d b ir la r i. 
Bu  g u r u h g a   y e rd a n  
foydalanish  hududlarini  to'g'ri  tashkil  etish,  ya’ni  yerlaming 
tuproq  iqlim sharoitlari, qanday  xildagi  eroziyaga  uchraganligi 
va  eroziyalanish  darajasiga  qa ra b   yerdan  foydalanishning 
tabaqalashtirilgan  rejalarini  tuzish  va  ular  asosida  eroziya  va 
deflyatsiyaga  qarshi  kurashish  va  uning  oldini  olish  usullarini 
belgilashga oid chora-tadbirlar kiradi.  Ular yer uchastkalaridan 
foydalanish maqsadlarini aniqlash, ekinlar turi va ularning o'zaro 
nisbatini  belgilash,  sug'orish,  o'g'itlash  qoidalarini  belgilash, 
ishlov berish va ekin o'stirish texnologiyalarini(texnologik xarita) 
tuzish, chorva hayvonlarini boqishni tartibga soiisn, denqoncniiik
www.ziyouz.com kutubxonasi

mashinalarini  tanlash  kabi  bir qator  tashkiliy-xo'jalik  ishlarini 
o 'z ichiga  oladi.  Masalan, k o ‘p yillik o'tsimon ekin(beda) bilan 
qoplangan  tuproqning eroziya  t a ’sirida  yuvilishi  0  ga  teng  deb 
olinsa, bir yillik kam ishlovtalabekinlar(bug‘doy, ozuqa o ‘tlari) 
o'stirilgan  tuproqlarda  yuvilish  4-5  m arta,  k o ‘p  ishlovtalab 
ekinlar (g‘o ‘za, makkajo'xori, kartoshka) o ‘stirilgan tuproqlarda 
yuvilish 25 marta yuqori bo'ladi.  Eroziyaga moyil yengil (yengil 
qumoq, qumloq, qumli) tuproqlarda ko‘p yillik o'tsimon ekinlar 
hissasi  50% atrofida  bo'lishi yaxshi samara  beradi.
2. 
A g ro te x n ik  tad b irlar. 
Bu  guruhga  yer  yuzasining tuzilishi 
(relyefi) va  tuproqlarning  boshqa  xususiyatlariga mos  ravishda 
eroziyaga  qarshi  qo'llaniladigan  agrotexnik  tadbirlar  kiradi. 
Yerlarni nishablikka nisbatan ko'ndalangiga haydash va ishlov 
berish,  uni  ch u q u r  qilib,  a g 'd a rm a sd a n ,  yuzasida  o'sim lik 
qoldiqlarini qoldirib haydash, ko'ndalang nam tutuvchi egatlar 
barpo  etish,  k o 'p  yillik yoki serildiz o'simliklardan  ko'ndalang 
himoya mintaqalari  barpo etish,  tuproqning optimal g'ovakligi 
va  suv  o 'tk az u v c h a n lig in i  t a ’m inlash,  s u g 'o ris h d a   eg a tlar 
uzunligi,  suv  sarfi  va  sug'orish  usullarini  t o 'g 'r i   belgilash, 
y o m g 'irla tib ,  tom chilatib,  yer  ostid an   s u g 'o rish   usullarini 
qo'llash,  o'g 'itlash norma  va muddatlarini  to 'g'ri  tashkil  etish, 
organik  o 'g 'i tl a r d a n   k o 'p ro q   foydalanish,  tu p ro q   yuzasini 
m u stahkam lovch i  kimyoviy  vositalarni  q o 'lla s h ,  ekinlarni 
plyonka  ostiga  ekish,  o'simlik  qoldiqlaridan  yaxshi  tozalash, 
bo'ychan,  zich  o'sadigan  ekinlardan  shamolga  qarshi  kulislar 
vujudga keltirish, sershamol mavsumlarda tuproq yuzasini nam 
saqlash,  ekin  qatorlarini  shamolga  ko'ndalang joylashtirish  va 
boshqa yuqori unumli agrotexnik tadbirlarni o'z vaqtida qo'llash 
orqali eroziya va deflyatsiyaga qarshi  yuqori samaraga erishish 
mumkin.
3. 
O 'rm o n -m e lio ra tiv   ta d b irla r. 
Bu  guruhga  tup roqlarni 
eroziya  va  deflyatsiyadan  himoyalovchi  o'rmonzorlarni saqlab 
qolish  va  yangidan  barpo  etish, jarliklar  kengayishining  oldini 
oluvchi  d a ra x tzo rlarn i  vujudga  keltirish,  s ham o lga  qarshi 
ihotazorlar  barpo  etish,  qumliklarni  ko'chishdan  saqlovchi  va 
m u s ta h k a m lo v c h i  o 's im lik   q o p lam in i  s h a k lla n tiris h ,  suv 
havzalarini  himoyalovchi  daraxtzorlarni  barpo etish  va  boshqa
www.ziyouz.com kutubxonasi

shu  kabi  o ‘rmonchilikka  daxldor  tadbirlar  kiradi.  Tuproqlarni 
deflyatsiyadan himoyalashda ihotazorlaming ahamiyati kattadir. 
U la rn in g   sh a m o ld a n   h im oyalovchi  t a ’siri  d a ra x t  turi  va 
balandligi, zichligi hamda tuproqning xususiyatlariga qarab 400 
metrgacha yetishi mumkin.  O'zbekiston sharoitida balandligi 6- 
8 metrga yetgan ihotazor 60-250 metrgacha masofadagi tuproqni 
shamoldan  saqlay oladi.
Q u m lik la rn i  sh am ol  t a ’sirida  k o 'c h is h i d a n   s a q la s h d a  
fitomelioratsiya,  y a ’ni  selen,  shuvoq,  yulg'un,  qum  qiyog'i  va 
boshqa cho'l o'simliklaridan tashkil topgan mustahkam o'simlik 
q o p l a m in i   v u ju d g a   k e ltirish   h a m d a   s a k so v u l,  k a n d im , 
quyonsuyak  kabi  cho'l  butalaridan  o'rmonzorlar  barpo  etish 
yaxshi samara  beradi.
4. 
Gidrotexnik  tadbirlar.  Bu  qiyalik  yerlarda  suv  tezligini 
tartibga  soluvchi  gidrotexnik  qurilma  va  inshootlarni  barpo 
etishga  qaratilgan  tad b irlar  bo'lib,  o 'z  ichiga  suv  oqimini 
yo'naltiruvchi  dambalar,  mustahkam  qoplamali  sharsharalar, 
selxonalar, zinapoyasimon ariqlar qurish, sug'orish tarmoqlarini 
qattiq  qoplamalar  bilan  qoplash,  beton  ariqlar,  quvurlar,  turli 
plastik shlanglardan foydalanish, nishabligi yuqori(> 10°) bo'lgan 
qiyaliklarda ekinlar uchun  terrasalar barpo etish kabi  usullarni 
o 'z   ichiga  oladi.  Bu  guruhdagi  ch o ra -ta d b irla r  asosan  suv 
eroziyasining oldini olishda ko'proq qo'llaniladi.
Yerlarni sho'rlanishdan himoyalashda quyidagilarga amal qilish 
zarur:  sho 'r  sizot  suvlarini  yer  yuzasiga  m e’yoridan  ortiqcha 
yaqinlashuviga  yo'l  qo'ymaslik,  sizot  suvlarni  oqib  chiqib  ketishi 
uchun vertikal va gorizontal zovur(drenaj)lar barpo etish va ulaming 
yaxshi  ishlashini  t a ’minlash,  ortiqcha  sho'rlangan  suvlar  bilan 
ekinlami sug'ormaslik, yerlaming vaqtida sho'rini yuvish, ekin turini 
to'g'ri tanlash.
Tuproqlarni 
ifloslanishdan 
himoyalash 
y e rla rn i 
m uhofazalashga  qaratilgan  ch ora-tad b irlar  orasida  m uhim  
q 'r in la rd a n   birini  egallaydi.  T u pro q larn i  mineral  o 'g 'i t l a r  
t a ’sirida  ifloslanishining  oldini  olish  uchun  mineral  o'g'itlarni 
tuproq iqlim sharoitlari va ekinning xususiyatlaridan kelib chiqib 
qo'llash  zarur,  y a ’ni  o'g'itning  yillik  miqdorini,  bir  martalik 
solish me’yorini hamda muddatini ilmiy asosda to'g'ri 
belgilash
www.ziyouz.com kutubxonasi

va  unga  amal  qilish  lozim.  Bundan  tashqari,  tuproqda  ozuqa 
e le m e n tla r in i  o ‘z a ro   m u ta n o s ib   m i q d o r l a r d a   boMishini 
t a ’minlash,  tarkibi  bir  komponentli  o ‘g‘itlarga  nisbatan  k o ‘p 
komponentli  (kompleks  o ‘g‘itlar)  va  yuqori  konsentratsiyali 
o ‘g ‘i tl a r d a n   k e n g ro q   f o y d a la n is h ;  o ‘g ‘itl a r d a g i   o z u q a  
elementlarini  ekinlar  tomonidan  o'zlashtirilishi  uchun  qulay 
s h a r o itla r   (op tim al  nam lik,  yorugMik,  h a ro r a t)   yaratish; 
o ‘g‘itlarni me’yorida o ‘zlashishini  t a ’minlovchi  ingibitorlardan 
foydalanish,  tarkibida  ifloslovchi  birikmalari  kamroq  boMgan 
yangi  o ‘gMt  turlarini  ishlab  chiqarishga joriy  etish;  sun’iy  va 
mineral  o ‘gMtlar  o ‘rniga  tabiiy  organik  o ‘gMtlardan  (go‘ng, 
biogumus)  keng  foydalanish;  tuproqni  ozuqa  elementlariga 
boyituvchi  va  xususiyatlarini  yaxshilovchi  ekinlarni  (beda  va 
boshqa  dukkaklilar)  vaqti-vaqti  bilan  ekib  turish,  tuproq  va 
o ‘simlik mahsulotlaridagi ifloslovchi moddalar miqdorini doimiy 
n a z o ra t  qilib  borish  kabi  c h o ra -ta d b irla r  ham  tuproqlarni 
mineral  o ‘gMtlar  bilan  ifloslanishining  oldini  olishda  yaxshi 
samara  beradi.
Tuproqlar  va  atrof-muhtni 
pestitsidlar  bilan  ifloslanishdan
himoyalashga quyidagi chora-tadbirlami qoMlash orqali erishish 
mumkin:
•  tuproq va atrof-muhitda tez parchalanuvchan, kam zaharli 
va  yuqori  tanlab  t a ’sir etish  (selektiv)  xususiyatiga  ega  boMgan 
pestitsidlardan  foydalanish;
•  pestitsidlarni  qoMlash  vaqti,  miqdori  va usullariga  q a t ’iy 
amal qilish;
•  kukun  holatidan  ko ‘ra donador turlaridan  foydalanish;
•  samolyotda yoppasiga  sepishdan  k o ‘ra,  vertolyotda  yoki 
y e rd a   h a r a k a t l a n u v c h i   m e x a n iz m la r   y o r d a m i d a   ke ra k li 
maydonlarga qoMlash;
•  pestitsidlar qoMlangan maydonlardan oqava suvlarni suv 
havzalariga chiqarmaslik;
•  pestitsidlarni ishlab chiqarish, tarqatish, qoMlash, saqlash, 
yo ‘qotish  (zararsizlantirish)  ustidan q a t ’iy  nazorat  o ‘rnatish;
•  tuproq  va  o ‘simlik  mahsulotlarining  pestitsidlar qoldigM 
bilan  ifloslanishini doimiy nazorat qilib  borish.
Pestitsidlarning  tuproq  va  atrof-muhitga  zararli  t a ’sirlarini 
kam aytirishning  ekologik  jih atd an   eng  samaraii  usuli  -   bu
www.ziyouz.com kutubxonasi

d e h q o n c h ilik d a   p e s tits id la r   o 'r n i g a   b io lo g ik   u s u lla rd a n  
foydalanishdir.  Biologik usullar deyilganda 
0
‘simlik  va  chorva- 
hayvonlarning zararkunandalari, kasalliklari va begona o'tlarga 
qarshi ularning tabiiy kushandalaridan foydalanishga asoslangan 
chora-tadbirlar kompleksi  tushuniladi.  Biologik  usul  vositalari 
(bioagent)  sifatida  ta b ia td a   m avjud  h a s h a ro tla r,  viruslar, 
b a k te riy a la r,  m ik r o b la r ,  z a m b u r u g ‘lar,  q u sh la r,  su d ra lib  
yuruvchilar, baliqlar, amfibiyalar va boshqa tirik organizmlardan 
foydalaniladi.  Bundan  tashqari,  zararkunandalarning  biologik 
xususiyatlaridan  foydalanish,  ularga  qarshi  antibiotiklarni 
qoMlash,  o'simlik  va  hayvonlarni  emlash,  yuqori  nurlanish  va 
kimyoviy birikmalar yordamida sterilizatsiyalash, turli biologik 
faol moddalardan (ferromon) foydalanish kabilar ham biologik 
usullar qatoriga kiradi.
Biologik  usullaming  ekologik jihati  shundaki,  bunda  atrof- 
muhitni kuchli ifloslovchi zaharli pestitsidlarni qoilashga bo‘lgan 
ehtiy oj 
k eskin 
k a m a y a d i. 
Biologik  v o s ita  
s if a tid a  
foydalanilayotgan bioagent tabiiy obyekt bo'lganligi uchun uning 
a tr o f -m u h itg a   t a ’siri  sezilarli  b o 'lm a y d i.  H ozirgi  p a y td a  
bioagentlar sifatida hasharotlardan -  trixogramma, gabrobrakon, 
fitoseyulis;  bakterial  preparatlardan  -   entobakterin,  dendro 
batsilin,  gomelin;  zamburug'li  preparatlardan  -   boverin;  virusli 
preparatlardan  -   virin;  antibiotiklardan  -   trixotetsin;  bioaktiv 
moddalardan -  Y U G  - 1...Ill va  diminlardan foydalanilmoqda. 
Ekinlami himoyalashda integral usulni, ya’ni kimyoviy va biologik 
usullami sharoitdan kelib chiqqan holda, birgalikda qoMlash ham 
yaxshi samara beradi.
Tuproqlarning ogMr metallar bilan ifloslanishini bartaraf etish 
va  ularning  zararli  t a ’sirini  kamaytirishga,  tarkibida  ushbu 
m oddalar  boMgan  chiqindilarning  atrof-muhitda  tarqalishini 
oldini  olish,  pestitsid larn i  va  mineral  o ‘g ‘itlarni  qoMlash 
tartiblariga  q a t’iy  amal  qilish,  ularga  boy  chiqitlarni  va  oqava 
suvlar  cho'kmalari(il)dan  o ‘g ‘it  sifatida  foydalanmaslik  kabi 
chora-tadbirlar  orqali  erishish  mumkin.  OgMr  metallar  bilan 
ifloslangan yerlarni ag‘darib, chuqur haydash va bunday yerlarga 
chidamli  texnik  ekinlami  elcish  yoMi  bilan  zararli  t a ’sirlarni 
birmuncha  kamaytirish  ham  mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Tu p ro q larning   rad io aktiv  iflo slan ish in ing  oldini  olish 
uchun 
ra d io a k tiv   ru d a la rn i  qazib  olish  va  ularni  qayta  ishlash, 
radioaktiv  moddalarni  ishlab chiqarish va ulardan foydalanish, 
ra d io a k tiv   c hiqin dilarn i  saqlash  va  b a r t a r a f   etish  ta rtib - 
qoidalariga q a t ’iy amal qilish lozim.  Bundan tashqari, bu borada 
y a d ro v iy   q i r g 4in  q u r o ll a r i n i   is h la b   c h iq a ris h   va  sin a s h  
jarayonlarini to ‘xtatish va cheklash ham  muhim ahamiyatga ega.
Y e rla m in g  biologik ifloslanishining oldini olishda 
chorvachilik 
c h iq itla rin i  ( g o ‘ng,  oq a v a )  y e ta rli  d a r a j a d a   ishlov  berib 
zararsizlantirilgandan  so‘ng  o ‘g ‘it  sifatida  foydalanish  hamda 
maishiy,  oziq-ovqat  va  mikrobiologik  sanoat  chiqindilarini 
tuproqlarga tartibsiz tashlashlarini cheklash kabi tadbirlar asosiy 
o ‘rin  tutadi.  Bundan  tashqari,  agar  oqava  suvlar  va  ulaming 
cho‘kmalari(il)dan  qishloq  xo'jaligida  foydalaniladigan  b o ‘lsa, 
sanitar-gigiyenik talablarga q a t ’iy amal  qilinishi zarur.
T u p r o q la r n i 
o rtiq c h a   z ic h la n is h  
va  texnikaning  z a ra rli 
t a ’siri(zarbi)dan  himoyalashda  tuproqni  chirindiga  boyitish, 
ishlov berish muddatlarini  to 4g‘ri belgilash va texnik vositalarni 
t o ‘g ‘ri  ta n l a s h ,  m a s h i n a - m e x a n i z m l a r n i n g   tu z ilis h in i 
o p t i m a l l a s h t i r i s h ,  e k in la rn i  o ‘s t i r i s h   te x n o l o g iy a l a r i n i  
m u k a m m a l l a s h t i r i s h ,   yer  va  e k in l a r g a   ishlov  b e ris h n i 
m in im a lla sh   va  ko m p lek slash,  ek in la rn i  a lm ashlab  ekish 
qo id a la rig a   amal  qilish.  sid erat(y ash il  o ‘g ‘it)lardan  keng 
foydalanish  kabi chora-tadbirlar muhim  o ‘rin  tutadi.
Yerlarni  m uhofazalash  va  u lard a n   oqilona  foydalanish 
yo‘llaridan  biri,  bu  aholi  punktlari,  sanoat  bino  va  inshootlari, 
elektr va  aloqa  tarmoqlari,  quvur y o‘llari,  yo‘llar, aerodromlar 
kabi qurilishlar uchun iloji boricha kam  unumdor va tashlandiq 
yerlarni  ajratishdir.  Turli  qurilish  jarayonlarida  tuproqlarning 
yuza  unumdor  qatlamlarini  saqlab  qolish,  to ‘plash  va  undan 
buzilgan  kam   unu m li  y e rla rn i  q a y t a   tik la s h d a ,  q u rilis h  
maydonlarini  k o ‘kalamzorlashtirishda foydalanish  lozim.
Antropogen t a ’sirlar oqibatida buzilgan yerlarni qayta tiklash 
muhim  ekologik  va  ijtimoiy-iqtisodiy  ahamiyatga  ega  masala 
h iso b la n a d i.  Buzilgan  y e rla m in g   u n u m d o rlig in i  va  xalq 
xo ‘jaligidagi  qiymatini  qayta  tiklashga  qaratilgan  muhandis- 
texnik,  g id ro te x n ik ,  biologik  va  b o s h q a   c h o r a - ta d b i r l a r  
majmuasiga  yerlarni 
re k u ltivatsiyalash 
deyiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Rekultivatsiya  3  bosqichda  am alga  oshiriladi.  Birinchi 
tayyorgarlik  bosqichida  buzilgan  yerlar  o ‘rganiladi,  ulardan 
foydalanish  yo‘nalishlari  va  imkoniyatlari  aniqlanadi,  texnik- 
iqtisodiy  asoslash  va  loyiha  ishlari  bajariladi.  Ikkinchi  texnik 
bosqichda  yer  maydonini  tekislash,  zaruratiga  qarab  kimyoviy 
melioratsiyalash,  yer  yuzasiga  ekinlar  uchun  yaroqli  unumdor 
tuproq solish, sug‘orish tarmoqlari va y o ‘llarni barpo etish kabi 
texnik tadbirlar amalga oshiriladi.  Uchinchi biologik bosqichda 
sharoitga  mos  ekinlarni  o'stirish,  ularni  o 4g‘itlash,  sug‘orish, 
eroziya  va  deflyatsiyadan  himoyalash  hamda  boshqa  shu  kabi 
tadbirlar  orqali  yerlaming  unumdorligi  tiklanadi.  M a ’lumki, 
yerlarni t o ‘la qayta tiklanishi murakkab va uzoq davom etuvchi 
jarayon  hisoblanadi,  shuning  uchun  rektivatsiya  ham  muayyan 
vaqt  talab etadi.  Rekultivatsiyalangan  yerlarda  k o ‘pincha  k o ‘p 
yillik  daraxtzorlar,  dam  olish  mintaqalari,  k o ‘p  yillik  o ‘tloqlar 
va  k o ‘kalamzor  maydonlar  tashkil  etish  maqsadga  muvofiq 
b o ‘ladi.  B a’zi  hollarda  esa  tuproq  sharoitiga  qarab  boshqa 
dehqonchilik maqsadlarida  ham  foydalanilishi  mumkin.
Yerlarni muhofazalash va  ulardan oqilona foydalanishda  yer 
monitoringi, yerlar kadastri va yerlarni muhofazalashga qaratilgan 
qonunchilik kabi  tadbirlar ham muhim ahamiyatga ega.
Y e r  (tuproq) monitoringi 
-  ekologik  monitoringning tarkibiy 
qismlaridan  biri  boMib,  yer  resurslarining  holatini  o'rganish, 
baholash,  salbiy  o ‘zgarishlarning  oldini  olish  va  kelajakdagi 
o'zgarishlarni  bashoratlash  maqsadida  amalga  oshiriladigan 
doimiy dinamik kuzatuv  tizimidir.
Y e r   k a d a stri 
-   yer  resurslarining  huquqiy  jihatlari,  tabiiy, 
ekologik  va  iqtisodiy  holatlari  haqidagi  zaruriy  va  asoslangan 
m a ’lumotlar tizimidan  iboratdir.
Yerlarni muhofazalashning asosiy yo‘nalishlaridan biri ularni 
him oy alash  va  u lardan  oqilo na  fo y dalanishga  q a ra tilg a n  
q o n u n l a r   va  turli  m e ’yoriy  h u jja tla rn i  ishlab  chiqish  va 
a m a l iy o t g a   izchil  jo r i y   e tis h d ir. 
U s h b u   m a q s a d d a  
Respublikamizda  1990-yilda  «Yer  to‘g ‘risida»gi  qonun  qabul 
qilindi.  Undan tashqari, me’yoriy talablar (standart, QMQ) ham 
mavjud.  Ushbu  qonun  va  hujjatlarda  Respublikamizda  yer 
resurslaridan foydalanishning huquqiy jihatlari asoslab berilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi

T u p ro q la rn i  m uhofazalash  c h o ra-tadbirlarini  bir-birini 
to'ldiruvchi  yaxlit  tadbirlar  tizimi  deb  tushunmoq  va  ularni 
muayyan hududning tuproq-iqlim va antropogen sharoitlaridan 
kelib  chiqqan  holda  differensiallab  (tabaqalashtirib)  qo'llash 
zarur.
Tekshiruv savollari
1.  Tuproq  haqida  nimalarni  bilasiz?
2.  Tuproqlar biosfera va inson hayotida qanday ahamiyatga 
ega?
3.  Sayyoramiz  va  Respublikamizning  tup roq  resurlarini 
tavsiflab  bering.
4.  T u p ro q la r  eroziyasi  q an d ay   jaray o n  va  uning  salbiy 
jihatlari  haqida  nimalarni bilasiz?
5.  Tuproqlar  deflyatsiyasi  va  uning  ekologik  oqibatlarini 
tushuntiring.
6.  Tuproqlarning sho'rlanishi va  uning ekologik oqibatlarini 
tushuntiring.
7.  Tuproqlarning ifloslanishi  va  uning ekologik oqibatlarini 
tushuntiring.
8.  Tuproqlar  unumdorligini  qanday  yo'llar  bilan  oshirish 
mumkin?
9.  Yerdan  oqilona  foydalanish yo'llarini tushintiring.
10. Yerlarni  rekultivatsiyalash  deganda nimani  tushunasiz?
11 .«Yer to'g'risida»gi qonunning mohiyatini sharhlab bering.
12.T u p r o q   re s u r s la r i  b ila n   b o g 'l i q   b o 'l g a n   e k o lo g ik  
muammolarning sabab va oqibatlarini  ochib bering.
4.5. Landshaftni  muhofaza  qilish
Landshaft deb quruqlikning ma'lum bir hududida joylashgan 
barcha  tabiat  kom ponentlarining  o 'z a ro   ichki  aloqalari  va 
birligiga ko'ra  boshqa joylardan  farq qiluvchi,  tabiiy chegaraga 
ega  b o 'l g a n   h u d u d iy   m a j m u a l a r g a   a y tila d i.  T a b i a t  
komponentlari -  tog'jinslari. relyef,  iqlim, suv,  tuproq, o'simlik 
va  hayvonot  dunyosi  o'ziga  xos  xususiyatlari  bilan  rivojlansa 
ham  o 'z a ro   uzviy  b o g 'la n g a n .  U lar  o 'r ta s id a   to 'x to v s iz  
moddalar  almashinuvi  amalga  oshadi  va  o'ziga  xos  o'rm on.
www.ziyouz.com kutubxonasi

cho'l, dasht,  tog‘  va boshqa shu kabi landshaftlarni hosil qiladi. 
I n so n la r  m a ’lum  bir  la n d s h a f td a   y a s h ay d ilar  va  uni  o 'z  
ixtiyorlariga moslab o'zgartiradilar.  Insonlaming landshaftlarga 
t a ’siri  un in g  im ko n iy atlarid an   oshib  ketsa  land shaftdagi 
muvozanat  buziladi.  Natijada  landshaft  butunlay  o'zgarishi, 
hatto  yo'q  bo'lib  ketishi  mumkin.  Landshaftdagi  o'zgarishlar 
o'z  navbatida  insonlarga  ham  kuchli  t a ’sir  ko'rsatadi.  Shuning 
uchun tabiatni muhofaza qilish asl mohiyati va maqsadiga ko 'ra  
landshaftlarni muhofaza qilish  demakdir.
Inson faoliyati t a ’sirida o'zgartirilgan landshaftlar  a n t r o p  
o g e n   l a n d s h a f t l a r  deyiladi.  Hozirgi vaqtda  yer yuzida 
inson  t a ’siriga  uchram agan  tabiiy  landshaftlar  kam  qoldi. 
A ntropogen  landshaftlar  bajaradigan  funksiyalari  bo'yicha 
sanoat,  qishloq  .xo'jaligi.  shahar  va  boshqa  landshaftlarga, 
o 'z g a r i s h   x a r a k t e r i g a   k o ' r a   k a m   o 'z g a r t i r i l g a n ,  k u c h li 
o 'z g a r t i r i l g a n   l a n d s h a f t l a r g a   b o 'l i n a d i .   Yer  y u z id a g i 
landshaftlarning  60%dan  ortiqrog'i  antropogen  landshaftlarga 
kiradi.  Insonlar tomonidan ilmiy asosda o'zgartirilgan, tartibga 
solib  turiladigan  eng maqbul  yashash  sharoitlari  yaratilgan  va 
iqtisodiy jihatdan samaraii, m a ’danli landshaftlar ham mavjud. 
Landshaftlarni  muhofaza  qilish  deganda  ularning  o'ziga  xos 
m u v o z a n a t   h o la tin i  sa q la sh   tu sh u n ila d i.  L a n d s h a f t la r n i  
muhofaza  qilishning turli shakllari mavjud, jumladan:
•  biogeos^nozlar majmuasi  sifatida  ularni  to'la  muhofaza 
qilish;
•  landshaftlar  qiyofasini  va  bir  butunligini  to'la  saqlagan 
holda ayrim  tabiat obyektlarini muhofaza  qilish;
•  qulay  antropogen  landshaftlarni  yaratish.
D unyo  mamlakatlarining  124  tasida  2600  dan  ortiq  yirik 
m uhofaza  ostiga  olingan  hu du d lar  mavjud  bo'lib,  ularning 
umumiy maydoni 4 mln.km2 dan  ortiq yoki quruqlikning 3%ga 
yaqin  qismini  tashkil  qiladi.  B ulardan  tashqari,  bir  q a t o r  
mamlakatlarda himoya ostiga olingan  13 mingdan ortiq, umumiy 
maydoni  1000 gektar atrofida bo'lgan uchastkalar ham mavjud. 
Dunyoning turli mamlakatlarida muhofaza qilinadigan hududlar 
shakli turli-tuman.  Masalan, qo'riqxonalar, milliy parklar, tabiiy 
istiro h a t  b o g 'lari,  bu y u rtm alar.  yovvoyi  tab ia tn ing   n o d ir
www.ziyouz.com kutubxonasi

uchastkalari, parvarishxonalar va hokazo.  Chet mamlakatlarda 
tabiiy uchastkalarni muhofaza qilishning asosiy shakli bu milliy 
p a r k l a r   va  q o ' r i q x o n a l a r   b o ‘lsa,  M D H   d a v l a t l a r i d a  
q o ‘riqxonalar va  buyurtmalardir.
Qo'riqxonalar tabiiy hududlarni alohida muhofaza qilishning 
eng oliy shaklidir.  Ular faqat davlat ahamiyatiga molik ilmiy va 
ilmiy-texnik  vazifalarni  hal  etishga  m o 'lja lla n g a n .  M D H  
davlatlari  hududida  160 dan ortiq qo'riqxonalar mavjud  bo'lib, 
ularning  yarm idan  k o 'p ro g 'i  Rossiya  hududida  joylashgan. 
Odatda qo'riqxona maydoni 30-70 ming gektar bo'ladi.  Ammo 
hududi 700 dan  1000 gektargacha keladigan qo'riqxonalar ham 
m a v ju d .  Q o ' r i q x o n a l a r   t a b i iy - g e o g r a f ik   m i n t a q a l a r   va 
b o 'Iin m a la rn in g   o 'zig a  xos  o'sim lik  qop lam i  va  hayv on ot 
dunyosining biologik xilma-xilligini tabiiy holatda saqlab qolish 
m a q s a d i d a   ta s h k i l   q ilin a d i.  Q o ' r i q x o n a   h u d u d l a r i d a  
qo 'riqxonaga  yuklatilgan  vazifalar  bilan  bog'liq  bo'lm agan 
barcha  faoliyatlar  bilan  shug'ullanish,  qo'riqxona  hududlariga 
sanoat va qishloq xo'jalik korxonalari, dam  olish uylari, turistik 
bazalar qurish,  u joylashgan  hududda qazilmalarni qazib olish, 
o 'r m o n la rn i  kesish,  pichan  o 'rish ,  o 's im lik larn i  terish,  uy 
hayvonlarini boqish, ov qilish, baliq tutish, pestitsidlarni qo'llash, 
turizmning  barcha  turlari  va  aholining dam   olishi  taqiqlanadi. 
Qo'riqxonalar uchun hudud vazifasini bajara oladigan landshaft- 
g e o g ra f ik   m i n t a q a l a r   a jr a ti la d i .  B u n d a   aso siy  e ’t ib o r  
in so n lam ing   x o 'jalik   faoliyatlari  t a 's ir id a   kam   o'z ga rg a n , 
birinchi navbatda  yo'qolib ketish xavfi mavjud bo'lgan «etalon» 
landshaftlarni qo'riqlashga qaratiladi.  Qo'riqxonaga ajratilgan 
hudud,  unda  kechadigan  o'z-o'zini  boshqarishni  t a ’minlash 
uchun  yetarli  bo'lishi  va  qo'shn i  an tro p og en  hududlarning 
sezilarli  t a ’siridan  esa  xoli  bo'lishi  m uhim   aham iyatga  ega. 
Qo'riqxona  uchun hudud tanlashda m uhim  belgilardan biri,  bu 
hududda  noyob  hayvon  va  o'simlik  turlarini,  o'lik  tabiatning 
n o d ir  h o silalarini  ( g 'o r l a r ,  s h a r s h a r a l a r   va  h.k.)  m avjud 
b o 'lis h id ir.  Q o 'r i q x o n a l a r d a   olib  b o r il a d ig a n   asosiy  ish 
y o 'n a l i s h l a r i   -   d a s tl a b k i   b i o g e o s e n o z la r   f a o liy a ti  va 
strukturalarini o'rganishga va ularning yashash qonuniyatlarini 
ochib  berishga qaratilgan.  Bu  hoi  butun  biosferada  kechadigan
www.ziyouz.com kutubxonasi

qonuniyatlar mohiyatini tushunish uchun fundamental ahamiyat 
kasb  etadi.  Hozirgi  kunda  inson  o ‘zining  xo‘jalik  faoliyati 
natijasida nafaqat ayrim biogeosenozlarni o ‘zgartirib yuborishga 
sezilarli darajada hissa q o ‘shmoqda, balki landshaftlarni tubdan 
o ‘zgartirib  yuborm oqda.  Ayniqsa,  birlamchi  (yovvoyi)  va 
ikkilamchi,  insoniyat  tomonidan  o 4zgartirilgan  (antropogen) 
biogeosenozlarning  potensial  mahsuldorligidan  eng  unumli 
foydalanish  m aqsadida  ularning  mavjudligi  va  rivojlanish 
qonuniyatlarini  bilib olish muhim  ahamiyatga ega.
Biogeosenozlar va landshaftlarning insonlar tomonidan turli 
d a ra ja d a   va  shakllarda  o ‘zgarish  tezligi  va  yo'n alishlarini 
oldindan  bilish ayniqsa zarur.  Biosferaning o ‘ta xilma-xil  tabiiy 
m ajm ualarini  o ‘rganish  birlamchi  va  o 'zg a rg a n   tizim larni 
solishtirish orqali amalga oshiriladi.
Download 3.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling