002-секция Кармии doc


ANIQ FANLAR BILAN «AMALIY DASTURLAR MAJMUASI» FANINING


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/81
Sana19.02.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1214770
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   81
Bog'liq
002qarmii

ANIQ FANLAR BILAN «AMALIY DASTURLAR MAJMUASI» FANINING
PREDMETLARARO ALOQASI 
 
Karimov Q.M., Razzoqov I.D. 
(Qarshi DU) 
 
Oliy o‘quv yurtlarida informatika va axborot texnologiyalari fanining o‘qitilishi va tashkil 
etilishi, uning mazmuni ixtisoslik yo‘nalishiga qarab tuzilishi maqsadga muvofiqdir.
Matematika, amaliy matematika, fizika va umumiy texnika fanlari ta’lim yo‘nalishi 
bo‘yicha bilim olayotgan talabalarga zamonaviy dastur vositalari va tizimlari muhitida ishlashni 
o‘rgatish talabalar bilimining axborot texnologiyalari bo‘yicha oshishiga olib keladi. Maple, 
MathCad, MatLab matematikada va amaliy fanlarda uchraydigan matematik masalalarni analitik va 
sonli yechishga mo‘ljallangan zamonaviy tizimlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Matematika, amaliy 
matematika, fizika va umumiy texnika fanlari ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bilim olayotgan talabalarga 
amaliy dasturlar majmuasi (tizimi) muhitida ishlashga o‘rgatish samarali hisoblanadi. Shu sababli, 
fizika–matematika fakultetining 3–kurs ”Amaliy matematika va informatika” yo‘nalishi talabalariga 
«Amaliy dasturlar majmuasi» tanlov fani kiritilgan. 
«Amaliy dasturlar majmuasi» fani oliy o‘quv yurti talabalarini Maple, MathCad, MatLab 
kabi matematik hisoblashlarni bajarishga mo‘ljalangan amaliy dasturlar majmuasi (paketi) bilan 
yaqindan tanishtirishni taminlaydi. 
Talabalarni algebra, matematik tahlil, differensial tenglamalar kabi fanlar bo‘yicha masala 
yechishning kompyuterli usullari bilan qurollantiradi. Bu bilan talabalarning kompyuterning 
imkoniyatlari haqidagi fikrlarini o‘stiradi. Talabani algebra, matematik tahlil, differensial 
tenglamalar fanlaridagi masalalarni yechishda amaliy dasturlar majmuasini qo‘llash bo‘yicha 
bilimlar bilan boyitadi. 
Bu fanning yuqori kurs talabalariga kiritilishi oliy o‘quv yurti predmetlarini o‘qitishda 
kasbiy faoliyatini o‘sishini ta’minlash, bo‘lajak kasbi bilan predmetlararo aloqa masalasini qo‘yadi. 
Yuqori kurs talabalaridan kasbi bo‘yicha barcha matematikaga oid fan predmetlari bilan tanish 
bo‘lishini talab etadi. 
Predmetlararo aloqa o‘quv–tarbiya jarayonini tashkil etishda zaruriy shartlaridan biri bo‘lib 
hisoblanadi. 
«Amaliy dasturlar majmuasi» fani katta imkoniyatlari bilan algebra, matematik tahlil, 
differensial tenglamalar fanlari bilan aloqador. 
Algebra, matematik tahlil, differensial tenglamalar fanlarini o‘rganishda amaliy dasturlar 
majmuasi hisoblangan Maple, MathCad, MatLab va shu kabi paketlarning amaliy qo‘llanishi katta 
o‘rin egallaydi. 
Amaliy dasturlar majmuasidan bitiruv malakaviy ish, kurs ishlaridan foydalanish
matematikaga oid fanlarni o‘rganishda Maple, MathCad, MatLab amaliy dasturlarni qo‘llash shu 
fanlar bo‘yicha ko‘proq masalalarni yechishga olib keladi. Talabalarning amaliy dasturlar 
majmuasiga bo‘lgan qiziqishi ortadi. Predmetlararo aloqa talabalarning intellektual qobiliyatlarini 
oshiradi, aqliy faoliyatini o‘stiradi, har xil fan predmetlaridagi bilimlarni umumlashtiradi. 

Maple 9.5 da ko‘pdan–ko‘p avvaldan aniqlangan funksiyalar mavjud. Ular jumlasiga 
Gamma funksiya, Bessel, Chebishyov, Uitekker, Eyri, Ermit, Yakobi, Hankel funksiyalari
ehtimollar funksiyasi(erf) va boshqalar kiradi. Mapleda oddiy hisoblashlar quyidagicha amalga 
oshiriladi: 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling