Kislotalar sud zalida yoki kislotalar oqlovchi va qoralovchi nazarida.
Bu sahifalarimizda kislotalarning zararli va foydali tomonlari, ishlatish sohalari to'g'risida fikrlar
yuritiladi.
Magnit doskaga katta qilib yozilgan: nitrat kislota, sul'fid kislota, sul'fat kislota formulasi
ilib qo'yilgan. Sud hay'ati bilan tanishtiriladi.
Qoralovchi:–nitrat va sulfat kislotalar ishlab chiqarish zavodlari atrof–muhit ekologiyasini
buzmoqdalar. Tarkibida chiqayotgan azot(IV)–oksid, oltingugurt(IV)–oksidlar inson, hayvon va
o'simlik hayotiga xavf solmoqdalar.
Bu masala haqida qattiq o'ylab ko'rish zarur.
Oqlovchi: –fikringiz to'g'ri, ammo nitrat kislota qishloq xo'jaligimizda turli xil mineral
o'g'itlar ishlab chiqarishda, tibbiyotda dori–darmonlar olishda, zar suvi tayyorlashda muhim
ahamiyatga ega.
Qoralovchi:–sul'fat kislota ishlab chiqarishdagi atrofga tarqatilayotgan oltingugurt(IV)–
oksidi, uning zarari, sul'fat kislotaning o'yovchanligi, hatto to'kilsa ona zaminni ham o'yib
yuborishiga nima deysiz?
Oqlovchi:–sul'fat kislota ishlab chiqarishdagi muammolar to'g'ri, ammo sul'fat kislata turli
xil dori–darmonlar, olish vositalari tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Eng ahamiyatlisi sul'fat
kislota harakatdagi transportlarni akumlyatorlarining joniku! Transportlar to'xtab qolishini ko'z
oldingizga keltirib ko'ringchi!
Qoralovchi:–Xlorid kislota o'tkir hidli, uchuvchan, o'yovchan suyuqlik. U ham inson
salomatligi uchun xavfli hisoblanadi.
Oqlovchi:–yo'q, bu fikringizga to'liq qo'shilmayman. Xlorid kislota dori–darmonlar
tayyorlashda, zar suvi olishda ishlatiladi. Hatto inson me'dasi uchun xlorid kislota zarur–ku.
Qoralovchi qoraladi, oqlovchi oqladi.
Nihoyat kislotalar oqlandi, chunki kislotalar taqdiri bizning qo'limizda.
Sud hukmi.
– Turinglar sud kelyapti! (Hamma o'rnidan turadi).
Qoralovchi va Oqlovchi fikrlarini o'rganib, yakuniy fikrlarini o'qib eshittiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |