002-секция Кармии doc
INFORMATIKA TA’LIM JARAYONIGA NISBATAN IJOBIY
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
002qarmii
INFORMATIKA TA’LIM JARAYONIGA NISBATAN IJOBIY
MOTIVATSIYALARNING AНAMIYATI Utapov T., Absobirov S. (Navoiy davlat pedagogika instituti) Ta’lim va tarbiyaning samaradorligi ko’pchilik hollarda o’quvchilarning o’qishga bo’lgan o’z munosabatlariga bog’liq. Bugungi kunda ko’pchilik o’quvchilarda o’quv motivlari deyarli mavjudmas, bu esa biz o’qituvchilar uchun jiddiy muammodir. Bunday vaziyatning paydo bo’lishiga har xil sabablar bor – ijtimoiy, psixologik, individual va boshqalar. O’quv faoliyati motivlarining pasayishiga quyidagi sabablarni keltirish mumkin: o’qitishdagi doimiy o’zlashtiraolmaslik, hulqning buzilishi, ta’lim muassasasida o’qituvchi va tengdoshlar o’rtasidagi ziddiyat, shaxsiy rivojlanishdagi chetlanishlar. Bolalar o’qishdan tushungan holda qochishi hisobiga ular yomon o’qishi mumkin. Ayrim o’quvchilar ataylab ta’limdan voz kechadi, ular bu biilimlarni egallashi uchun sarf qilinadigan mehnat bunga mos kelmaydi, ularning fikricha “qachon xoxlasam – barchasini o’zim o’rganib olaman”. Motivatsiya-isbotlar, dalillar, baxonalar, vajlar (biror ish yoki jarayonning yuzaga kelishiga sababchi bo’lgan motivlar,dalillar yoki sabablar) majmui. O’quvchilarning motivatsiyasini oshirish uchun: ●O’quvchilarni olg’a intilishga bo’lgan ishonchini yuksaltirish,yutuqga erishishda murakkab vaziyat yuzaga kelmasligi uchun xar bir ko’tariladigan bosqichni to’gri tanlay olish va har bir ishni to’g’ri baholash. ●O’quvchini qiziqtirish uchun mavjud barcha kitoblardan foydalanish, muommo qo’yish, erkin fikirlashga o’rgatish. ●Darsda o’quvchilar bilan hamkorlik qilish, umumiy fanlarga to’g’ri yondashishda ko’maklashish. ●O’quvchilar bilan muommoni joyiga qo’yish, ularning yutuqlari bilan qiziqish. ●Har bir o’quvchini individualini ko’ra bilish: Shaxsiy motivdan kelib chiqqan holda har birini asoslash. Shuningdek sinfda xar xil muhutda o’sgan talab va o’quv negizlari turlicha bo’lgan o’quvchilar bor. Pedagog shuni inobatga olishi kerakki, o’quvchilardagi eng muhim motiv negizi bu yutuqning asosi. Yutuqning asosi–bu shaxsning muvoffaqiyatga erishishga intilish va faoliyatida o’zini – o’zi hurmat qilishni va o’z-o’zini baholashni saqlab qolish va o’stirish maqsadida muvoffaqiyatsizliklardan qochish demakdir. Biz maktabda informatikani o’rganishning motivatsiyasini o’stirishga va muommolarni yaratishga alohida etibor beramiz. Maktabning har qanday pridmedini o’rganishda quyidagi so’zlarni qo’llasa bo’ladi: < mumkin) bilmasdan yashab bo’lmaydi. Haqiqatda esa bolalar ko’rib bilib turishibdi ko’pchilik kam ma’lumotli kishilar o’qituvchilardan oliy ta’lim domlalaridan yaxshi yashayotganini. Demak motivatsiyani bunday usulda yaratish kam foyda beradi. Ammo bolalarda informatikani o’rganishda ichki motivatsiya mavjud. Kam hollardada bo’lsada bazan o’quvchilardan eshitib qolamiz. < zaruriyatida paydo bo’ladi (algoritimlar nazariyasi, matematik mantiq, hisoblash uslublari va boshqalar). Informatikani o’rganishda birinch navbatda kompyuterga bo’lgan qiziqish motivi yuzaga chiqadi. U bolalarni barcha imkoniyatlarini nomoyish qilish va o’zinig sirli buyukligi bilan o’ziga jalb qiladi. U yordamchi va do’st bo’lishga tayyor, u uni butun dunyo bilan bog’lay oladi va uni butunlay band qilish qobilyatiga ega. Ammo kundan – kunga ko’pchilik bolalar uchun kompyuter maishiy uskunaga aylanib borayabdi va o’zinig sirli doirasini shu bilan birga motivatsion kuchini yo’qotmoqda. 100 Biz ko’p kuzatganmiz o’quvchilarning shaxsiy deklaratsiyalarida < degan iboralar ko’proq jaranglamoqda. Bundan kelib chiqib motivatsiyani yaratishda qiziqish har doim progmatikadan ustun turishini asos qilib olsak bo’ladi. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling