002-секция Кармии doc
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
002qarmii
FIZIKA FANINI O‘QITISHDA ELECTRONICS WORKBENCH KOMPYUTER
DASTURIDAN FOYDALANISH Nazarov J.T., Qudratova G.N. (Navoiy davlat pedagogika instituti) Mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar fizika fani o‘qituvchilari oldiga ham katta mas’uliyat yuklamoqda. O‘qitish jarayonida foydalaniladigan texnik qo‘rilmalarning takomillashib borishi natijasida ta’lim va tarbiya berish samaradorligini oshirishda ham katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Yaratilayotgan yangilik va bilimlarni doimiy o‘zlashtirib borish O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to‘g’risidagi qonun” hujjatlari oldiga qo‘yilgan asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Ta’lim va zamonaviy ishlab chiqarishning uyg‘unligini ta’minlash maqsadida kompyuter texnikasi imkoniyatlaridan ta’lim jarayonida muntazam foydalanib borish ayniqsa muhimdir. Shu maqsadda yaratilayotgan elektron darsliklar, ilmiy ommabop filmlar va vertual tajriba ishlari ta’lim jarayonining asosiy elementlari hisoblanadi. Ta’lim jarayonida elektron dasturlardan foydalanish ta’lim sifatini oshirish kafolatlaridan biridir. Hozirgi kunda bunday dasturlardan bir qanchasi mavjud bo‘lib, “Electronics Workbench” dasturi imkoniyatlari haqida ma’lumot berib o‘tamiz. “Fizika” fanining elektromagnit jarayonlarini o‘rganuvchi qismi hisoblangan “Elektr va magnetizm” bo‘limida tajriba ishlarini bajarishda “Electronics Workbench” dasturidan foydalanish elektrotexnik jarayonlarni tahlil etishni osonlashtiradi. “Electronics Workbench” dasturi sxematexnik modellashtirilgan sistema bo‘lib, analogli, raqamli va raqamli–analogli elektr sxemalarni modellashtirish va tahlil qilish imkonini beradi. Dastur bazasida keng tarqalgan elektron komponentlarning katta to‘plami mavjud. Bundan tashqari bu komponentlarning bazasini kengaytirish va ularning qiymatlarini keng diapazonda o‘zgartirish imkoniyati kattadir. Electronics Workbench dasturi turli murakkabliklardagi sxemalarni quyidagi harakatlar yordamida yig‘ish imkonini beradi: –elementlar bazasidan o‘lchov asboblari va elementlarni tanlash; –elementlarni ishchi oynaning istalgan joyiga olib borish; –elementni yoki elementlar guruhini muntazam 90 gradusga burish; –elementlar va elementlar to‘plami yoki sxemani ko‘chirib olish, o‘rnatish va o‘chirish; –o‘tkazlichlar rangini o‘zgartirish; –bir vaqtning o’zida bir qancha o‘lchov asboblarini ulash; –elementlar parametrlarini keng diapazonda o‘zgartirish. Oddiy komponentlar qiymatlarini kattaliklar to‘plamidan klavishlar yordamida o‘zgartirish mumkin. Faol elementlar (modellar) o‘zida aniq elementlar yoki ularning ideal modellari hamda kattaliklar to‘plamini mujassamlashtirgan. Modellar komponentlar bazasidan tanlanadi va ularning kattaliklari ham foydalanuvchi tomonidan o‘zgartirilishi mumkin. O‘lchov asboblarining katta to‘plami turli xil kattaliklarni aniq o‘lchash va ularning grafiklarini chizish imkonini beradi. Barcha asboblar haqiqiy o‘lchov asboblariga yaqin qilib yasalganligi ulardan foydalanishda qulaylik yaratadi. Haqiqiy (real) tajriba qurilmalaridan foydalanganda va unga tayyorgarlik ko‘rganda ko‘p vaqt sarf qilinadi. Electronics Workbench dasturida tajriba ishlarini bajarish vaqtni tejash imkonini berishi bilan birgalikda alohida joyga ehtiyoj tug‘dirmaydi. Electronics Workbench dasturida shemalarni noto‘g‘ri yig‘ish o‘lchov asboblarining ishdan chiqishiga va tajriba o‘tkazuvchining hayotiga xavf tug‘dirmaydi. Dastur bazasida mavjud asboblarlar haqiqiysi tannarhining qimmatligi dasturning asosiy yutuqlaridan biri hisoblanadi. Murakkab sxemalarning grafik imkoniyatlari kengligi sababli ularni aniq tasvirlash va rangini o‘zgartirish imkonini yaratadi. Xulosa urnida shuni aytish mumkinki, ushbu dastur elektrotexnik jarayonlarni o‘rganuvchilar uchun aniq xulosalar chiqarish, murakkab elektr sxemalarni tahlil eta olish va boshqa bir qancha imkoniyatlarni beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling