DELPHI MUHITIDA DINAMIK PROGRAMMALASHTIRISH USULI MASALASINI
YECHISHNI TASHKILLASHTIRISH
Fayziyev N.A.
(Samarqand davlat universiteti)
Dinamik programmalashtirish usuli tadbiqlaridan biri mablag’larni optimal taqsimlash
masalasi hisoblanadi, bu masalaning yechimini ishlab chiqarishni optimal tashkillashtirishda muhim
o’rin tutadi. Ushbu ishda delphi muhitida dinamik programmalashtirish usuli bilan mablag’larni
optimal taqsimlash masalasini yechish texnologiyasi keltirilgan.
Masala. Investor 200 birlik kapital mablag‘ni birlashmadagi 4 ta korxonaga 40 ga karrali
qilib sarflamoqchi bo‘lsin. Har bir korxona o‘ziga ajratilgan mablag‘ning miqdoriga bog‘liq
ravishda turli miqdordagi daromadga erishadi. Bu daromadlar quyidagi 1–jadvalda keltirilgan.
1–jadval
Korxonalar daromadi
Коrxonaga ajratilgan
mablag‘lar miqdori
Z
1
(x)
Z
2
(x)
Z
3
(x)
Z
4
(x)
0
0
0
0
0
40
17
16
19
14
80
27
31
33
36
120
64
58
59
62
160
72
73
74
75
200
92
89
92
91
Investitsiyani korxonalararo optimal taqsimlash rejasini tuzing.
Yechilishi. Bu masalani yechishda dasturiy vosita sifatida Delphi muhiti tanlandi. Bu
muhitni tanlashimizga sabab bo’lib, bu muhit birinchida, foydalanuvchilar uchun qulay interfiyes
qurish uchun qulay, ikkinchidan, natijalarni ko’rgazmali aks ettirish imkoniyati mavjud. Bu
muhitda ilova yaratishni ikki qismga ajratish mumkin: foydalanuvchi interfiyesini tashkillashtirish
va kodlashtirish. Biz yaratgan dasturning interfiyesi 1–rasmda ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |