002-секция Кармии doc


INTERAKTIV METODLAR ORQALI FANLARARO ALOQADORLIKNI AMALGA


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/81
Sana19.02.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1214770
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
Bog'liq
002qarmii

INTERAKTIV METODLAR ORQALI FANLARARO ALOQADORLIKNI AMALGA 
OSHIRISH 
 
Axatova H., Abilova G. 
(Navoiy davlat pedagogika instituti) 
 
Pedagog olimlar tomonidan olib borilgan qator didaktik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 
ta’lim jarayoni samaradorligini oshiradigan o‘qitish omillari ichida o‘quv–biluv faoliyatiga 
motivlashtirish omili birinchi o‘rinda turar ekan, ya’ni ta’lim samaradorligi 92% o‘quv–biluv 
faoliyatini motivlashtirishga bog‘liq ekan. Motivlar didaktik jarayonning asosiy harakatlantiruvchi 
kuchidir.
Interaktiv metodlar o‘quv–biluv faoliyatini motivlashtirishda muhim omil bo‘lib 
hisoblanadi. Interaktiv o‘qitishning mohiyati shundan iboratki, o‘quv jarayonida barcha o‘quvchilar 
bilish faoliyatiga jalb etilgan bo‘ladi. Ular o‘zlari bilgan va o‘ylagan narsalarni tushunish imkoniga 
ega bo‘ladilar. Bunday metodlar o`quvchilarning bilish va yangi o‘quv materialini o‘zlashtirish 
jarayonidagi hamkorligini kuchayishiga hamda o‘quv–biluv faoliyatini rivojlanishiga ham yordam 
beradi. 
O‘qitishning 
interaktiv 
usulidan 
foydalanishning 
muhimligi 
yana 
shundaki, 

mehnatsevarlik, ishchanlik sifatlarini tarbiyalaydi, inson rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy 
malakalarni shakllantiradi. Bu sifatlarning shakllanganligi yosh mutaxassislarga o‘z kasbiy 
faoliyatining boshlanishidagi jiddiy qiyinchiliklarni bartaraf etish, yangi sharoit va yangi jamoaga 
tezgina moslashish uchun yordam beradi. 
Interaktiv usulga asoslangan texnologiyani qo‘llaydigan o‘qituvchi ijodiy hammualliflik 
holatida ish olib borishga majbur. U asosli o‘zgarishlarga, nostandart va mas’uliyatli qaror qabul 
qilishga tayyor turmog‘i lozim. Usul va vositalar qancha xilma–xil bo‘lsa, o‘qituvchining 
o‘quvchilar bilan norasmiy muloqotga kirishish imkoniyati shuncha katta bo‘ladi. Bunga faqat 
muvaffaqiyatli o‘qitishga emas, balki o‘qituvchining ham ilmiy o‘sishiga, ham mahoratining 
oshishiga xizmat qiladi. Bunga yetarli darajada axborotga ega bo‘lish, uzluksiz o‘qib, o‘rganib 
borish, tadqiqotlar olib borish, psixologik muhitni tushunish, axborot kommunikatsiya 
texnologiyalarini faol qo‘llash orqaligina erishish mumkin. 
Interfaol metodlar orqali fanlararo bog’liqlikni amalga oshirish mumkin. Deylik, bir fanini 
boshqa fan bilan bog’lash yoki bir fanda olib borilgan intefaol metodni boshqa fanda ham 
foydalanish, qo’llash mumkin. Jumladan, “Raqamlar so’zlaganda yoki atamalar bilan ishlash”  
metodi bir necha fanlarda qo’llash imkonini beradigan metodlardan bri sanaladi. Bu metod o’quv 
mashg’ulotlarida talabalarga guruhlarda mustaqil izlanishga va o’tilgan mavzularni takrorlashga
shuningdek, ularda mavzular yuzasidan malaka hosil qilish imkonini beruvchi metoddir. Ushbu 
metod amaliy mashg’ulotlarda quyidagicha olib boriladi: 
•o’quvchilar teng ikki guruhga ajratiladi; 
•o’quvchilarga o’tilgan bo’lim yoki boblar yuzasidan tanlab olingan raqamlar (tarix, 
geografiya, kimyo, adabiyot, pedagoika tarixi kabi fanlar) yoki atamalar (barcha fanlar ) tartib bilan 
ikkita bir xil A3 yoki A4 formatdagi qog’ozga yozib chiqiladi; 
•guruhlar berilgan topshiriqlarga sharh yozishadi; 
•belgilangan vaqtdan so’ng topshiriqlar guruhlarda almashinadi va tekshirish uchun ko’rib 
chiqiladi; 
•o’qituvchi tomonidan to’g’ri javob o’qiladi, guruhlar bir–birining yozganlarini 
tekshiradilar. 
Quyida “Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti” fani va “Geografiya” fani misolida 
ko’rib chiqamiz: 
Raqamlar va atamalar 
Sharh 
IX–XV–XVI asrlar 
Sharq uyg’onish davrining birinchi va ikkinchi davrlari 
23 yil
Muhammad s.a.v.ga Qur’oni Karimning nozil bo’lgan vaqt 
Qutbiddin, Abulmansur 
Amir Temirga berilgan unvonlar 


108 
879–950 yillar 
Abu Nasr Forobiyning tug’ilib, yashagan yillari 
Amir ul–muminin 
Imom Buxoriyga brilgan sharafli nom 
12 
ming 
(ikki 
misol 
keltiring) 
1) Avestoning 12000 mol terisiga yozilganligi 
2) Lutfiyni Alisher Navoiyning ikki misra she’riga 
almoashmoqchi bo’lgan 12 ming misra she’ri 
Geografiya fani misolida: 
Raqamlar va atamalar 
Sharh 
448,9 ming km kv 
O’zbekiston Respublikasi maydoni 
2,7 ming 
O’zbekistondagi foydali qazilma turlari 
750 
O’zbekistonda 
kimyo 
sanoatida 
ishlab 
chiqariladigan 
mahsulotlar soni 
4–o’rin 
O’zbekiston paxta yetishtirish bo’yicha Xitoy, AQSH va 
Hindistondan keyin 4–o’rinda turadi 
1938 yil 15–yanvar 
Toshkent viloyati tashkil topgan sana 
Xuddi shu kabi boshqa tabiiy va aniq fanlarni o`qitishda ham bu metoddan foydalanish 
mumkin. 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling