002-секция Кармии doc
INFORMATIKA FANINI O‘QITISHDA DIFFERENSIAL TA’LIM
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
002qarmii
INFORMATIKA FANINI O‘QITISHDA DIFFERENSIAL TA’LIM
TEXNOLOGIYASI Yodgorov G‘.R., Otaqulova D., Buzrukova H. (Navoiy davlat pedagogika instituti) Ta’lim beruvchi uzluksiz ravishda har doim yangilikka intilishi, ko‘zlagan maqsadiga erishayotganiga ishonch hosil qilishi kerak. Biz ta’lim samaradorligini oshirishda o‘quv jarayonining tashkilotchisi va boshqaruvchisi bo‘lgan ta’lim beruvchi pedagogning faoliyati muhim o‘rin egallashini yodda tutishimiz zarur. Ushbu faoliyat o‘z ichiga o‘quv materialini tanlashni va tizimga solishni, ta’lim oluvchilarga o‘quv materialini qanday o‘qitish vositalari va metodlari yordamida kafolatli yetkazishni, o‘zining va ta’lim oluvchilarning mashg‘ulot davomidagi faoliyatini loyihalashtirishni va nazorat qilishni, o‘quv jarayoni davomida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlarni belgilashni va tegishli o‘zgartirishlar kiritishni oladi. Ta’lim–tarbiya jarayonida ta’lim oluvchi shaxsini rivojlantirish uchun motivi, qiziqishi, bilim darajasi va bilimlarni o‘zlashtirishga ehtiyojini e’tiborga olgan holda differensial va individual yondashuv zarur. Ta’limni differensiallashtirish o‘quv jarayonida ishtirok etuvchi ta’lim oluvchilarni xususiyatlaridan kelib chiqib guruhlarga ajratib ta’lim berishning ma’lum bir shakli bo‘lib, ta’lim oluvchilarning har xil darajadagi guruhlarida o‘quv jarayoni tashkil etilishini ta’minlanadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, differensial ta’lim o‘quv jarayonining muayyan qismi didaktik maqsadini amalga oshirishga imkon beradigan mazmun, vosita, metod va shakllar majmuidir. O‘quv jarayonida tabaqalashtirish ustuvor jihat bo‘lib, har bir ta’lim oluvchining imkoniyatini va qobilyatiga yarasha o‘qitish, o‘quvchilarni har xil guruhlarda ishlashga o‘rgatishga e’tibor qaratiladi. Ta’lim beruvchi o‘quv jarayonini differensiallashtirish uchun muayyan bir mavzu bo‘yicha uch xil darajadagi, ya’ni A–repraduktiv, B–izlanish, C–ijodiy xususiyatli o‘quv topshiriqlarini tuzadi. Ta’lim beruvchi topshiriqlarda ikkita yo‘nalishni ta’lim oluvchilarning muayyan darajadagi bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishini, bilim olishdagi mustaqilligi nazarda tutishi lozim bo‘ladi. Informatika fanidan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarishda hamda mustaqil ishlarini tashkil etishda differensial ta’lim texnologiyasi qulay usuldir. Bu ta’lim texnologiyasidan foydalangan holda har bir kursning o‘zlashtirishi, tarkibi, bilim darajasiga qarab mavzuni A, B, C variantlar orqali berish imkoniyati mavjud. Hattoki bitta kurs uchun ham uchta A, B va C variantlardan tashkil topgan topshiriq materiallarini berish mumkin, bu esa bu kursda ta’lim oluvchilarni bir–birga qarab bilim olishdagi ko‘nikama va malakalarining rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Masalan, iSpring QuizMaker dasturi yordamida Informatika fanidan testlar bazasini, nazariy va amaliyotni o‘zida mujassamlashtirgan anketalarni yaratish orqali talaba va o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash mumkin. Differensial ta’lim texnologiyasi yordamida kursning o‘zlashtirishi bo‘yicha ta’lim oluvchilarga topshiriqlar banki, anketalar to‘plami beriladi. Ushbu topshiriqlar yuqoridagi uchta variantlarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tashkil topgan bo‘lib, ta’lim oluvchiga topshiriqlarni bosqichma–bosqich bajarish imkonini beradi. iSpring QuizMaker dasturi yordamida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan tuzilgan testlar bazasi repraduktiv, izlanish va ijodiy xususiyatli bo‘lib, har bir talaba o‘z imkoniyatidan kelib chiqib bajaradilar va natijada ularning fanning mavzulari bo‘yicha bilim darajasini aniqlash imkoni paydo bo‘ladi. Informatika fanidan iSpring QuizMaker dasturi yordamida tuzilgan anketalarda mavzuga oid nazariya, amaliyot hamda testlar mujassamlashtirgan bo‘ladi. Ta’lim oluvchi ushbu anketa savollariga javob berishi orqali fanga tegishli mavzularni o‘zlashtirish imkoniyati paydo bo‘ladi hamda ulardagi 84 bilim, ko‘nikma va malakalarning rivojlanishiga erishiladi. Agarda ta’lim oluvchi topshiriqlarni bajarib, ta’lim beruvchi pedagogning e–mailga yuborasa, ta’lim beruvchi pedagog tomonidan nazoratdan o‘tgandan so‘ng, ta’lim oluvchi e–mailga topshiriqning qanday darajada bajarilganligi to‘g‘risida xabar yuboriladi. Ana shu tarzda har bir ta’lim oluvchi talabaning qanday darajada fanni o‘zlashtirayotgani ma’lum bo‘lib boradi va elektron qaydnomaga to‘plagan ballari yozilib boradi. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling