002-секция Кармии doc
ANIQ FANLAR BILAN «AMALIY DASTURLAR MAJMUASI» FANINING
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
002qarmii
ANIQ FANLAR BILAN «AMALIY DASTURLAR MAJMUASI» FANINING
PREDMETLARARO ALOQASI Karimov Q.M., Razzoqov I.D. (Qarshi DU) Oliy o‘quv yurtlarida informatika va axborot texnologiyalari fanining o‘qitilishi va tashkil etilishi, uning mazmuni ixtisoslik yo‘nalishiga qarab tuzilishi maqsadga muvofiqdir. Matematika, amaliy matematika, fizika va umumiy texnika fanlari ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bilim olayotgan talabalarga zamonaviy dastur vositalari va tizimlari muhitida ishlashni o‘rgatish talabalar bilimining axborot texnologiyalari bo‘yicha oshishiga olib keladi. Maple, MathCad, MatLab matematikada va amaliy fanlarda uchraydigan matematik masalalarni analitik va sonli yechishga mo‘ljallangan zamonaviy tizimlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Matematika, amaliy matematika, fizika va umumiy texnika fanlari ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bilim olayotgan talabalarga amaliy dasturlar majmuasi (tizimi) muhitida ishlashga o‘rgatish samarali hisoblanadi. Shu sababli, fizika–matematika fakultetining 3–kurs ”Amaliy matematika va informatika” yo‘nalishi talabalariga «Amaliy dasturlar majmuasi» tanlov fani kiritilgan. «Amaliy dasturlar majmuasi» fani oliy o‘quv yurti talabalarini Maple, MathCad, MatLab kabi matematik hisoblashlarni bajarishga mo‘ljalangan amaliy dasturlar majmuasi (paketi) bilan yaqindan tanishtirishni taminlaydi. Talabalarni algebra, matematik tahlil, differensial tenglamalar kabi fanlar bo‘yicha masala yechishning kompyuterli usullari bilan qurollantiradi. Bu bilan talabalarning kompyuterning imkoniyatlari haqidagi fikrlarini o‘stiradi. Talabani algebra, matematik tahlil, differensial tenglamalar fanlaridagi masalalarni yechishda amaliy dasturlar majmuasini qo‘llash bo‘yicha bilimlar bilan boyitadi. Bu fanning yuqori kurs talabalariga kiritilishi oliy o‘quv yurti predmetlarini o‘qitishda kasbiy faoliyatini o‘sishini ta’minlash, bo‘lajak kasbi bilan predmetlararo aloqa masalasini qo‘yadi. Yuqori kurs talabalaridan kasbi bo‘yicha barcha matematikaga oid fan predmetlari bilan tanish bo‘lishini talab etadi. Predmetlararo aloqa o‘quv–tarbiya jarayonini tashkil etishda zaruriy shartlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. «Amaliy dasturlar majmuasi» fani katta imkoniyatlari bilan algebra, matematik tahlil, differensial tenglamalar fanlari bilan aloqador. Algebra, matematik tahlil, differensial tenglamalar fanlarini o‘rganishda amaliy dasturlar majmuasi hisoblangan Maple, MathCad, MatLab va shu kabi paketlarning amaliy qo‘llanishi katta o‘rin egallaydi. Amaliy dasturlar majmuasidan bitiruv malakaviy ish, kurs ishlaridan foydalanish, matematikaga oid fanlarni o‘rganishda Maple, MathCad, MatLab amaliy dasturlarni qo‘llash shu fanlar bo‘yicha ko‘proq masalalarni yechishga olib keladi. Talabalarning amaliy dasturlar majmuasiga bo‘lgan qiziqishi ortadi. Predmetlararo aloqa talabalarning intellektual qobiliyatlarini oshiradi, aqliy faoliyatini o‘stiradi, har xil fan predmetlaridagi bilimlarni umumlashtiradi. 2 Maple 9.5 da ko‘pdan–ko‘p avvaldan aniqlangan funksiyalar mavjud. Ular jumlasiga Gamma funksiya, Bessel, Chebishyov, Uitekker, Eyri, Ermit, Yakobi, Hankel funksiyalari, ehtimollar funksiyasi(erf) va boshqalar kiradi. Mapleda oddiy hisoblashlar quyidagicha amalga oshiriladi: Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling