002-секция Кармии doc
INFORMATIKA DARSLARIDA O’QUVCHILAR IJODIY MOTIVLARINI
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
002qarmii
INFORMATIKA DARSLARIDA O’QUVCHILAR IJODIY MOTIVLARINI
SHAKLLANTIRISH Utapov T., Absobirov S. (Navoiy davlat pedagogika instituti) Hech mubolag’asiz aytish mumkinki zamonaviy maktabning markaziy muammolaridan biri o’quv motivlarini shakllantirish hisoblanadi. Muammoning dolzarbligi o’quv faoliyatining o’zi, o’qitish mazmunini yangilash, o’quvchilarda bilimlarni mustaqil o’zlashtirish usullarini shakllantirish, faollikni rivojlantirish bilan asoslanadi. Bugungi kunda ta'lim va tarbiya sohasidagi muhim muammolardan biri o’quvchilarning ko’pchilik qismida motivlarning yo’qotilib borishi bilan bog’liq, bundan kelib chiqadiki, ularda ta'lim olishlik va tarbiyalanganlik bazaviy ko’rsatkichlari pasayib bormoqda. Ko’pchilik yosh mutaxassislar o’z faoliyatini boshlaganda o’quvchilarni motivlashtirishga kam e'tibor qaratishadi. Ba’zi hollarda ular o’zi bilmasdan, o’quvchi maktabga keldimi demak u, o’qituvchi tavsiyasini bajarishi lozimdir deb o’ylashadi. Amaliyotda kuzatilishicha ularni o’zlashtirishga majburiy jalb etish mumkin, lekin juda katta qiyinchilik bilan. Maktabga nisbatan qadimiy masal ming martalab aytiladi, ya'ni "Otni suv havzasiga olib kelish mumkin, ammo uning suv ichishini majburlab bo’lmaydi". O’quvchilarni partaga o’tqazish mumkin, ideal tartibga erishish mumkin. Lekin, qiziqish uyg’otilmasa, ichki motivlar bo’lmasa, bilimlarni o’zlashtirish amalga oshmaydi, bu faqat o’quv faoliyatining ko’rinishi bo’ladi xolos. O’quvchilarda bilimlar manbaidan "to’yib ichish" istagini qanday qilib uyg’otish mumkin. Idrok faolligini qanday motivlashtirish mumkin. Ana shu muammo ustida o’qituvchilar, psixologlar, metodistlar jiddiy ishlamoqdalar. Shuning uchun ham o’qituvchilar darslarda har xil "shug’ullanuvchi"– o’yinlar, taqdimotlar va boshqalarni o’ylab topmoqda. Lekin bularning barchasi tashqi motivasiya hisoblanadi. O’quv faoliyatining muvaffaqiyati va oxir–oqibat ta’limning sifati esa o’quvchilarning shaxsiy motivlaridan amaliy foydalanishi, ya’ni ichki motivasiyaga bog’liq, birinchi navbatda– idrok etish ba ijtimoiy motivlar. Bu narsa tashqi motivlardan foydalanmasin degani emas. Bularning barchasi o’quvchilar o’quv faoliyatini shakllantirish va predmetga qiziqishini rivojlantirishga mos keluvchi yangi metod va o’qitish vositalarini topishga undaydi. O’quvchilar idrokining turg’unligi, ularning motivlari – pedagogik jarayonning samarador mezonlaridan biri hisoblanadi. Har xil bola uchun o’quv faoliyati har xil ma’noga ega. O’quvchi uchun motiv xarakterini, o’quv ma’nosini aniqlash – bu pedagogik ta’sir chegarasini va bu o’quvchi bilan ishlash usullarini aniqlash demakdir. Quyidagilar to’liq bo’lmasada maktab motivasiyasining pasayishiga sabab bo’luvchi omillar hisoblanadi: 1.O’smirlarda “gormonal portlashlar” kuzatilishi va kelajak hissiyoti aniq shakllanmagan. 2.O’quvchining o’qituvchiga munosabati. 3.O’qituvchining o’quvchiga munosabati. 4.Predmetning qiymatdorligi. 5.O’quvchining aqliy rivojlanishi. 6.O’quv faoliyatining mahsuldorligi. 7.O’quv maqsadlarini tushunmaslik. 8.Maktab oldidagi qo’rquv. Kuzatish natijalari, aniqlangan muammolarni hal etish yo’llarini belgilash va ma’lum bir yoshdagi o’quvchilarda o’quv motivlarini kuchaytirish usullariga pedagoglar e’tiborini yo’naltirishga imkoniyat yaratadi. Shunday qilib, ushbu barcha muammolarni tahlil qilgan holda xulosa qilish mumkinki, o’quv motivlarini shakllantirish muammosi har doim mavjud ekan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling