01 умичт ўқув қул


Download 4.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/119
Sana01.11.2023
Hajmi4.51 Mb.
#1736651
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   119
Bog'liq
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma

Tayanch so’z va iboralar

bo’shatkich, transportyor, noriya, pnevmatik va 
aerozol transport qurilmalari, nasos. 
Nazorat savollari: 
1.
Moyli urug’larni qabul qilish va omborlarga joylashtirish uchun ishlatiladigan 
transport qurilmalari. 
2.
Avtomobil bo’shatkichlari. 
3.
Vagon bo’shatkichlari turlari 
4.
Pnevmatik C-559X tipidagi qurilma yordamida temir yo’l vagonidan paxta 
chigitini bo’shatish. 
5.
Transportyor turlari. 
6.
Rolikli transportyor, uning tuzilishi, ishlashi. 
7.
Plastinkali transportyor, uning tuzilishi, qo’llanilishi. 
8.
Shnekli transportyor, uning tuzilishi, qo’llanilishi. 
9.
Yuklarni ko’tarish uchun qo’llaniladigan uskunalari. 


46 
10.
Pnevmatik va aerozol transport qurilmalari. 
11.
Nasoslar turlari, ishlash printsipi. 
2-qism. MOYLI URUG’LARNI MOY OLISHGA TAYYORLASH 
III- bob. MOYLI URUG’LARNI ARALASHMALARDAN TOZALASH 
JARAYONI VA USKUNALARI 
3.1.Urug’larni tozalash usullari 
Zavodga qabul qilinadigan moyli urug’lar tashish vaqtida har xil chiqindilar 
bilan ifloslanishi mumkin. Urug’larga qo’shilib qolgan aralashmalar asosan uch xil: 
moyli, organik va anorganik chiqindi bo’ladi. 
Yog’li chiqindilar singan, ezilgan, po’chog’i chaqilgan, mag’zi ezilgan urug’dan 
iborat bo’lib, chigit va boshqa moyli urug’larni saqlash va qayta ishlashda katta zarar 
yetkazadi. Chunki ular havodagi namlik va kislorod ta‘sirida buzilib, yog’ kislotalari, 
ketonlar va boshqa har xil uchuvchan moddalarga parchalanadi, natijada moyning 
sifati buziladi. 
Organik chiqindilarga g’o’za po’chog’i, barglar, paxta tolalari va xas-xashaklar 
kiradi. Bunday chiqindilar urug’ni tez qizdirib yuboradi, moy olishda mashinalarning 
ayrim joylariga tiqilib qolib, avariyaga olib kelishi mumkin. 
Anorganik chiqindilar tosh, g’isht maydalari, qum, tuproq, temir, mix, bolt va 
shunga uxshashlardan iborat. Bularning miqdori 1-10 % gacha bo’lishi mumkin. 
Bunday chiqindilar texnologik uskunalarni va mashinalarni ishdan chiqaradi, 
sindiradi va yong’inga sabab bo’lishi mumkin. 
Urug’larni tozalash natijasida ularning saqlash barqarorligi oshadi, ishlab 
chiqilgan mahsulot (moy, kunjara, shrot)ning sifati va texnologik qurilmalarning ish 
unumdorligi oshadi, eyilishi kamayadi, omborlar sig’imidan rasional foydalaniladi
ishlab chiqarish sexlar va korxonalarda sanitar holati yaxshilanadi. 
Moyli urug’lar yaxshi saqlanishi va sanoatda turli noxush hodisalar ro’y 
bermasligi uchun ular tozalanadi. 
Korxonalarda moyli urug’larni tozalash jarayoni ikki bosqichda: 


47 
saqlashdan oldin; 
ishlab chiqarishga yuborishdan oldin (texnologik tozalash) amalga oshiriladi. 
Birinchi va ikkinchi bosqichda tozalashda bir xil texnologik uskunalardan 
foydalaniladi, lekin ular turli rejimda ishlatiladi. 
Moyli urug’lar quyidagi xususiyatlariga asosan aralash moddalardan 
tozalaniladi: 
-urug’ va aralash moddaning o’lchami va shakliga asosan. Urug’larni tozalashda 
o’lchami va shakli har xil bo’lgan elaklar qo’llaniladi; 
-urug’ va aralash moddalarning aerodinamik xususiyatlariga asosan. Bunday 
tozalashda urug’ massasini havo oqimida separatsiya qiladigan qurilmalar 
qo’llaniladi; 
-urug’ va aralash moddalarning magnitlanish xususiyatlariga asosan, ya’ni urug’ 
va aralash moddalarning ferromagnit xususiyatlari farqi hisobidan. 
Hozirgi vaqtda sanoatda ishlatilayotgan tozalash qurilmalarining ko’pchiligi 
moyli urug’ va aralash moddalarning yuqoridagi hamma hususiyatlarini hisobga 
olgan holda ishlaydi. 

Download 4.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling