01 умичт ўқув қул
Download 4.51 Mb. Pdf ko'rish
|
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma
Cho’tkali mashina
. Chigitdan boshqa moyli urug’larni qum, tuproqdan tozalash uchun cho’tkali mashinadan foydalaniladi. Bu mashinaning silindr shaklidagi, usti to’r bilan qoplangan barabani chorcho’pga o’rnatilgan. To’rli barabani o’rtasidan aylanma o’q o’tadi, uning ustiga 4 ta taxtacha qoplangan. Bu taxtachalarning ustiga birin-ketin darra va cho’tka o’rnatilgan. To’rli baraban sekinroq, ustida darra va cho’tkalari bor o’q tezroq aylanib, mashinaga tushgan urug’ni tozalaydi; darralar yopishib qolgan loyni urib tushiradi, cho’tka esa urug’ ustini supurib turadi, ventilyator berayotgan havo changni olib chiqib ketadi, havo oqimi to’siq bilan tartibga solib turiladi. Og’ir chiqindilar shnek bilan, yengil aralashmalar boshqa shnek orqali chiqarib yuboriladi. Cho’tkali mashina barabanining diametri 800 mm, uzunligi 2500 mm. Darra va cho’tka qoplangan silindrning aylanish tezligi 16-18 m/sek; to’rli barabanning aylanish tezligi shundan 12-15 marta kam. To’r teshigining yirik-maydaligi tozalanadigan urug’ning o’lchamiga moslashtiriladi. Hozirgi vaqtda moyli urug’larni barcha aralashmalar (yirik, mayda, engil)dan tozalash uchun kompleks tizimlardan foydalanish ma’qul, ya’ni aralash moddalarning har bir turini alohida qurilmada tozalash zarur. 62 Tayanch so’z va iboralar: aralashmalar, anorganik chiqindilar, tozalash qurilmalari, mineral va organik aralashmalar, elaklar, fraktsiya, qoldiq, elanma, separator, cho’ktirish kamerasi, aspiratsion sistemasi. Nazorat savollari: 1. Moyli urug’larni begona aralash moddalardan tozalash jarayoni, usullari. 2. Moyli urug’lar tarkibidagi aralash moddalarni o’lchami va shakli bo’yicha ajratish qurilmalari. 3. Elakli tozalash qurilmalari, ularning tuzilishi va ishlashi. 4. Moyli urug’lar tarkibidagi begona aralash moddalarni havo oqimida tozalash. 5. Qo’sh ramali МХС qurilmasini tuzilishini tushuntiring va unda paxta chigitini tozalash jarayonini izohlab bering. 6. Barabanli “Burat” qurilmasini tuzilishini tushuntiring va unda paxta chigitini tozalashni izohlab bering. 7. УСМ rusumli qurilmani tuzilishini tushuntiring va unda paxta chigitini tozalash jarayonini izohlang. 8. УОХС rusumli qurilmani tuzilishini tushuntiring va unda paxta chigitini tozalash jarayonini izohlang. 9. ЗСМ-50 separatorini tuzilishi, unda kungaboqar urug’ini tozalash jarayonini izohlang. 10. Elaklarning turlari va ularga qo’yiladigan talablar. Download 4.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling