01 умичт ўқув қул


  29-rasm. Shaxtali quritgichlar: a-umumiy ko’rinishi; b- kesimi


Download 4.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/119
Sana01.11.2023
Hajmi4.51 Mb.
#1736651
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   119
Bog'liq
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma

67 
29-rasm. Shaxtali quritgichlar: a-umumiy ko’rinishi; b- kesimi. 
 
4.3.Pnevmatik quritgichlar 
Donador (lekin qovushib qolmaydigan) va kristall materiallarni quritish uchun 
pnevmatik quritgichlar (30-rasm) ishlatiladi. Quritish jarayoni, uzunligi 25 m gacha 
bo’lgan vertikal trubada olib boriladi. Materialning zarrachalari isitilgan havo (yoki 
tutunli gaz) oqimi bilan birga harakat qiladi. Bunda havo oqimining tezligi qattiq 
zarrachaning harakat tezligidan katta bo’ladi. (10...30 m/sek). Bunday trubasimon 
quritgichlarda jarayon juda qisqa vaqt davom etadi, shu sababli material tarkibidagi 
erkin namlikning bir qismi ajralib chiqadi. 
Pnevmatik quritgichda material bunkerdan ta‘minlagich orqali vertikal trubaga-
quritgichga tushadi. Havo oqimi ventilyator yordamida kalorifer orqali vertikal 
trubaga yuboriladi.
Trubada havo oqimi material zarrachalarini o’zi bilan birga olib ketadi. Havo 
qurigan material bilan birga yig’uvchi amortizatorga kiradi, keyin siklonga o’tadi. 
Siklonda qurigan material havo oqimidan ajraladi, so’ngra to’kish qurilmasi 
yordamida tashqariga chiqariladi. Ishlatilgan havo filtrda tozalangandan so’ng 
atmosferaga chiqariladi. Shunday qilib, quritish jarayoni pnevmotransport rejimida 
olib boriladi. 


68 
Pnevmatik quritgichlarda energiya sarfi ancha katta, bu sarf material 
zarrachasining o’lchami kichrayishi bilan kamayadi, zarrachalarning o’lchami 8...10 
mm dan oshmasligi kerak. Katta o’lchamli zarrachalari bo’lgan materiallarni quritish 
hamda materialdan namlikni chiqarish uchun pnevmatik quritgichlarni boshqa tipdagi 
quritgichlar bilan birga ishlatish zarur. 
Tayanch so’z va iboralar: qurituvchi agent, quritgich, barabanli, sochiluvchan 
material, siklon, ta’minlovchi bunker, pnevmatik. 

Download 4.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling