01 умичт ўқув қул
Urug’ po’stlog’ini chaqish usullari
Download 4.51 Mb. Pdf ko'rish
|
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma
5.2.Urug’ po’stlog’ini chaqish usullari
Urug’larni po’stlog’idan ajratish ikki bosqichda boradi, ya‘ni dastlab qobig’i chaqiladi (sindiriladi), so’ngra mag’zidan ajratib olinadi. Dastlab ular doimiy yoki 71 o’zgaruvchan elektromagnitdan o’tkaziladi. Urug’lar po’stlog’ining yumshoq yoki qattiqligiga qarab, po’lat yoki cho’yandan yasalgan pichoq, to’qmoq yoki g’adir- budur yuzali valiklar yordamida chaqiladi. Urug’ po’stlog’ini chaqishning bir necha usullar mavjud. Darralar bilan bir yoki ko’p marta urib, dinamik siqish yordamida qobig’ini yorish. Ko’p marta darralashda urug’lar qisqa muddatda juda kuchli siqilib, ularning po’sti yoriladi, mag’zidan ajraladi va mashinaning dekasiga urilib to’kilib ketadi. Bu usulda kungaboqar urug’ining po’stlog’i chaqiladi. O’tkir pichoqli gardishlar orasida urug’lar qobig’ini kesish usuli. Bu jarayon chigit mag’zini sheluxasidan ajratadigan mashina yordamida bajariladi. Kanakunjut urug’i, o’rik, bodom, olcha danagi qobig’i ikki o’qli mashinada siqilish usulida chaqiladi. Meva danaklari qattiq bo’lganligi uchun ular chaqilganda o’qlar orasida tirqish qoldiriladi. Meva danaklarini qobig’idan ajratishda gidrosaralash qurulmasi qo’llanishi mumkin. Buning uchun mag’iz bilan qobiq aralashmasi kuchsiz namakobda ivitiladi, bunda mag’iz cho’kadi, qobiq suv yuzasiga qalqib chiqadi. Tarkibida 4,0% ga yaqin qobiq maydalari bo’lgan mag’iz sentrifuga va shnekli bug’latgich apparatlari yordamida quritiladi. Nasha va gorchitsa urug’i yuzasi mayda g’adir-budur darrali mashinada chaqilib, so’ng elanadi. Ho’l usulda ajratish. Bunda urug’ suvda ivitib qo’yiladi, ivigan urug’ yupqa po’chog’idan oson ajraladi. Bu usul kunjut urug’ini tozalashda qo’llaniladi. Mag’izdan qobiqni ajratish ikkita mustaqil jarayonlarni o’z ichiga oladi: urug’larni chaqish (po’choqni sindirish) va mag’izlarni qobiqdan ajratish (rushankani separatsiyalash, fraktsiyalarga ajratish). Urug’larni mexanik kuch ta‘sirida chaqish va chaqilmani qismlarga bo’lish jarayoniga maydalash deyiladi. Download 4.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling