01 умичт ўқув қул
Download 4.51 Mb. Pdf ko'rish
|
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- VI-bob : MOYLI URUG’NI, MAG’IZNI VA QAYTA ISHLASH MAHSULOTLARINI YANCHISH USKUNALARI 6.1.Moyli xom ashyolar va ularni qayta ishlash mahsulotlarni yanchish
Nazorat savollari:
1. Moyli urug’larni maydalashdan maqsad. 2. Maydalash qurilmalariga quyiladigan talablar. 86 3. Kungaboqar urug’ini chaqish qurilmalari. 4. Maydalangan paxta chigitidan sheluxasini ajratish qurilmalari. 5. Kungaboqar rushankasini tarkibiy qismlarga ajratish qurilmalari. 6. Moyli urug’ning maydalanishiga namlikning ta‘siri. 7. Moyli urug’larni maydalash usullari. 8. Paxta chigitini chaqish uchun ishlatiladigan qurilmaning tuzilishi va ishlashi. 9. Kungaboqar urug’ini maydalashda ishlatiladigan qurilmalarning tuzilishi va ishlashi. 10. Sirpanuvchi qo’sh ramali elakda paxta chigiti rushankasini ajratish jarayonini tushuntiring. 11. Barabanli bitter-separatorning tuzilishi va ishlashi. 12. M2C-50 tipidagi qurilmada kungaboqar rushankasini tarkibiy qismlarga ajratish jarayonini izohlang va tuzilishini tushuntiring. VI-bob: MOYLI URUG’NI, MAG’IZNI VA QAYTA ISHLASH MAHSULOTLARINI YANCHISH USKUNALARI 6.1.Moyli xom ashyolar va ularni qayta ishlash mahsulotlarni yanchish texnologiyasi Urug’larda moylar hujayralarda to’plangan. Har qaysi hujayra hujayra po’stidan va protoplazmadan tashkil topgan bo’lib, protoplazma ichida moy shimilgan bo’ladi. Shuning uchun ham urug’ tarkibidagi moylarni oson ajratib olish uchun mumkin qadar ko’proq hujayralarni parchalash zarur. O’simlik moylarni ishlab chiqarishda urug’ mag’zini yanchish moyning ajralib chiqishiga ta’sir etadigan muhim jarayon. Amalda o’simlik moylari ishlab chiqarish jarayonlarida moyli urug’, mag’iz yoki chaqilma, forpresslangan va ekspellar pressidan olingan kunjara yanchilanadi. Urug’ni va mag’izni yanchish yoki ezishdan asosiy maqsad ularni hujayra to’qimalarini maksimal buzish yoki deformatsiyalash (soya urug’ida) orqali undan 87 moyni qisqa vaqtda to’liq ajralishi uchun zarur sharoitni hosil qilishdir. Yanchilgan zarralarning sirti kattalashadi va buning natijasida namlash, qovurish jarayonlarini bir tekis borishi ta’minlanadi, hosil bo’lgan mahsulot yanchilma (myatka) deb nomlanadi. Yanchilma zarralarning o’lchmlari optimal va bir xil bo’lishi ham katta ahamiyatga ega, buning natijasida yanchilmaga namlikni va issiqlikni bir xil o’tishini ta’minlaydi Yanchish jarayoni yaxshi borishi uchun dastlabki xom ashyo namligi 5,5…6%, paxta chigitining 1-3 navlari uchun 8,5…9,5, 4-nav uchun 9,5…10,5% bo’lishi kerak. Yanchilgan mag’iz diametri 1 mm li elakda elanganda elanma miqdori kungaboqar urug’i uchun 60%, paxta chigitining 1-3 navlari uchun 60%, 4-navli urug’lar uchun 50% dan kam bo’lmasligi kerak. Moyli urug’larni yoki mag’izni yanchish jarayoni moyni presslab olishdan oldin va to’g’ridan-to’ i g’ri ekstraktsiyaga yuborishdan oldin o’tkaziladi. Demak, urug’ va mag’izni yanchish natijasida mag’iz hujayralari maksimal miqdorda parchalanadi, mag’iz parchalarning optimal o’lchami va bir hil maydalanishi ta’minlanadi, mag’izda yaproqsimon strukturasi hosil bo’ladi. Pressdan chiqqan kunjarani yanchishdan maqsad ekstraktsiyalash jarayoni uchun bir xil o’lchamli va shakldagi kunjara bo’laklarini hosil qilishdir. Moyli urug’ning va qayta ishlash mahsulotlarining yanchilishi ularni fizikaviy va mexanik xususiyatlariga bog’liq. Urug’ning murakkab anatomik tuzilganligi va uning turli qismlarini tashqi kuchlarga turlicha ta‘siri sababli urug’ning yanchilish vaqtida buzilishi turlicha bo’ladi. Mag’izning yaxshi maydalanishi ularning namligiga bog’liq. Quruq mag’iz uqalanib ketadi va unsimon strukturali bo’ladi. Bunday yanchilmadan moy olish qiyin. Mag’izning namligi me’yordan ortiq bo’lsa ham sifatli bargsimon parcha hosil bo’lmay, yumaloq shakldagi yopishqoq massa chiqadi. U transport qurilmalarida tiqilib qoladi. Download 4.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling