01 умичт ўқув қул
Moyli urug’larni chaqish uchun ishlatiladigan mashinalar
Download 4.51 Mb. Pdf ko'rish
|
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma
.
5.3.Moyli urug’larni chaqish uchun ishlatiladigan mashinalar 72 Darrali urug’ chaqish qurilmasi (31-rasm) - kungaboqar urug’larni chaqish uchun mo’ljallangan. MРН chaqish apparati uchta asosiy qismlaridan iborat: 2 ta’minlovchi, 3 darrali baraban, 1 staninaga mahkamlangan deka. Bu asosiy qismlar changini yuqotish uchun aspiratsion sistemaga ulangan germetik korpusda joylashgan. Ta’minlovchi bunker, o’q va rostlovchi to’siqdan iborat. Apparatga beriladigan urug’lar o’qning uzunligi bo’yicha taqsimlanadi va rostlovchi to’siq yordamida uning miqdori boshqariladi. Keladigan urug’ miqdori ko’payganda chaqilmagan butun va chala chaqilgan urug’lar miqdori oshadi. Urug’lar kam tushganda mayda zarrachalar hosil bo’ladi. Ta’minlovchi o’qning diametri 110 mm, aylanish tezligi 98…112 min -1 tashkil etadi. Barabanga 16 ta 4 darralari biriktirilgan. Darralar chiziqli po’latdan eni 100 mm va qalinligi 10...12 mm yechiladigan qilib tayyorlanadi. Chaqish dekasi 25mm diametrli cho’yan kolosniklardan teriladi. Dekalar joylashishi 8...30 mm oraliqda bo’ladi, urug’ namligiga qarab teshik kattaligi o’zgaradi (qancha yuqori bo’lsa, shuncha kichiklashadi). Yirik urug’lar uchun teshik kattalashtiriladi. Ta’minlovchi valikdan tushayotgan urug’lar aylanma tezligi 25 m/sek bilan aylanayotgan darralarga urilib, undan dekaga sapchiydi va uning riflangan yuzasiga urilib chaqiladi. Urilish kuchi barabanni urilish tezligi va darra bilan deka orasidagi massofaga qarab aniqlanadi. Bu masofa 6 rostlovchi mexanizm yordamida 8 dan 80 mm cha o’zgartiriladi. Chaqilgan urug’larlar (toza mag’iz, sechka, luzga va chala chaqilgan urug’lar) korpusning pastki qismidan elashga yuboriladi. 73 31-rasm. Darrali urug’ chaqish qurilmasi. 1- deka; 2-ta’minlagich; 3-baraban; 4-darra; 5-yo’naltiruvchi; 6- rostlovchi mexanizm МРН rusumli darrali urug’ chaqish qurilmasining texnik tavsifi Unumdorligi, t/sut…………………………………….….60 cha Darrali barabanning diametri, mm..……………………...800 Baraban uzunligi, mm…………………………………….972 Barabanning aylanish tezligi, min -1 ………………….......500…630 Elektrodvigatel quvvati, kVt……………………………..5,5 Gabarit o’lchamlari, mm………………………....1490x1435x1755 Massasi, kg…………………………………………………1500. Download 4.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling