01 умичт ўқув қул
Markazdan qochma chaqish mashinasi
Download 4.51 Mb. Pdf ko'rish
|
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma
Markazdan qochma chaqish mashinasi. A1-МРЦ markazdan qochma chaqish
mashinasi (32-rasm) quyidagi qismlardan iborat: 1 silindrsimon korpus, korpusga 2 patrubkalar va chang, mayda zarrachalarni aspiratsiya qilish uchun 3 jalyuzi mahkamlangan. Korpusning yuqori qismiga 4 deka mahkamlangan. Dekaga ikki qatorda 48 ta plastina payvandlangan. Korpus ichida 8 vertikal o’qda 9 motor-reduktor yorgamida 7 rotor aylanadi. Rotor ikkita gorizontal disklardan tayyorlangan, disklarda 32 mm balandligida 16 ta ishchi kanallar bor. 74 Mashinaning 5 qopqog’ida 6 ta’minlagich o’rnatilgan. Ta’minlovchi orqali urug’lar rotorning kanallariga kelib tushadi va markazdan qochma kuch ta’sirida yuqori tezlik bilan dekaga uriladi. Rushanka 3 patrubkalar orqali mashinadan chiqariladi. 32-rasm. A1-МРЦ markazdan qochma chaqish mashinasi. 1-korpus, 2-patrubkalar, 3-jalyuzi, 4-deka, 5-qopqoq, 6-oziqlantiruvchi, 7-rotor, 8-o’q, 9-motor- reduktor А 1-МРЦ rusumli markazdan qochma chaqish qurilmasining texnik tavsifi Unumdorligi, t/sut………………………………….200 cha Rotorning diametri, mm..…………………….........700 Aylanish tezligi, min -1 …………………............1200…1500 Diskli chaqish qurilmasi (33-rasm) - paxta urug’larini chaqish uchun mo’ljallangan. Mashina 3 ta’minlovchi qurilma, 2 ta’minlovchi kamera va ikkita vertikal diametri 920 mm bo’lgan 4 va 5 disklardan iborat. Bu disklarning biri aylanadi, ikkinchisi qo’zg’almas holda, bo’larni barchasi tayanch plitaga o’rnatilgan cho’yan 6 korpusga biriktirilgan. Har bir diskda 6 ta dan yechiladigan segment holida 1 pichoqlar boltlar bilan biriktirilgan. Pichoqlarning (34-rasm) ishchi yuzasida radial riflar mavjud bo’lib shu riflar urug’larni kesadi. Aylanuvchi disk juft podshipniklarga tayanadigan gorizontal 75 o’qga o’rnatilgan va qattiq zarrachalarni o’tkazib yuborish uchun o’q bo’yicha 50 mm masofada harakatlanishi mumkin. Xuddi shu o’q yordamida klin tasmali uzatma yordamida ta’minlovchi qurilma ham harakatga keltiriladi. Urug’lar ta’minlovchi qurilmadan disklar orasidagi bo’shliqga tushadi va aylanuvchi disk bilan olib ketiladi, pichoqlar orasida kesiladi va mashina korpusining pastki qismidan chiqarib yuboriladi. Disklar orasidagi masofa me’yorlovchi bolt yordamida to’g’rilab turiladi (o’zgartiriladi). Qurilma unumdorligi sutkasiga 100...120 t tashkil etadi. 33-rasm. МШВ diskli chaqish mashinasi. 1-pichoqlar, 2-kamera, 3-oziqlantiruvchi, 4-qo’zg’almaydigan disk, 5-aylanadigan disk, 6-korpus . 34-rasm. Diskli chaqish mashinasining pichoqlari. 76 МШВ diskli chaqish qurilmasining texnik tavsifi Disklar diametri, mm .....................................920 Disklarni aylanish tezligi, min -1 ...........................1100..1200 Unumdorligi, t/sut................................................100...120 Elektrodvigatel quvvati, kVt................................28,0 Gabarit o’lchamlari, mm..……………........1735x1216x1538. Germaniyada ishlab chiqariladigan АС-900 diskli chaqish mashinasining (35- rasm) texnologik sxemasi va ishlash printsipi bo’yicha yuqorida bayon etilgan qurilmadan farq qilmaydi. Ammo konstruktsiyasi bilan ancha farqlanadi. Mashinaning ishchi organi bo’lgan po’lat 19 diski cho’yan kojuxga joylashgan. Qopqoqning tashqi tomonidan urug’larni ishchi zonaga oqizish uchun vertikal patrubka qilingan. Qopqoqning ichki tomonida oltita qo’zg’almas pichoq va diskda oltita aylanadigan pichoqlar mahkamlanadi. Harakatlanadigan va harakatlanmaydigan pichoqlar orasidagi bo’shliq mashinaning ishchi zonasini tashkil etadi. Po’lat disk 8 sharikli podshipniklar yordamida 10 aylanadigan gorizontal o’qga o’rnatilgan va 11 mufta orqali elektrodvigatelga biriktirilgan. Oldingi podshipnik korpus ichida o’q bo’yicha harakatlanadigan stakan ichiga joylashtirilgan. Valning chetlashtiruvchi mexanizmi va podshipniklar kojuxning orqa devoriga biriktirilgan cho’yan 9 kronshteyn ichida bo’ladi. Mashinaning ishchi zonaga yirik narsalar tushganda chetlashtiruvchi mexanizmi yordamida disk va gorizontal o’q unga harakatlanadi. Shu payt 17 richag aylanib 14 prujinani siqadi. Yirik narsalar o’tgandan keyin prujina yoziladi va o’q bilan disk o’z joyiga qaytadi. 77 35-rasm. АС-900 diskli chaqish mashinasi. 1-kojux, 2- vertikal patrubka, 3- ta’minlovchii, 4- bunker, 5- reduktor, 6- elektrodvigatel, 7- stakan, 8- sharikli podshipnik, 9-kronshteyn, 10-gorizontal o’q, 11-mufta, 12-shtir, 13-boshqaruvchi gayka, 14-prujina, 15- kronshteyn, 16-vtulka, 17- richag, 18- o’q, 19-disk, 20-vtulka. АС -900 diskli chaqish mashinaning texnik tavsifi Unumdorligi, t/sut..................................................90 Disk diametri, mm .................................................900 Ishchi o’qning aylanish tezligi, min -1 ....................970 Elektrodvigatel quvvati, kVt...................................17 Gabarit o’lchamlari, mm..…………...............2000x1200x1800 Download 4.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling