01 умичт ўқув қул
IV-bob: URUG’LARNI QURITISH USKUNALARI
Download 4.51 Mb. Pdf ko'rish
|
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma
IV-bob: URUG’LARNI QURITISH USKUNALARI
Nam materiallarni qurituvchi agent yordamida suvsizlantirish jarayoni quritish deb ataladi. Bu jarayonda namlik bug’lanish yo’li bilan qattiq faza tarkibidan gaz (yoki bug’) fazasiga o’tadi Nam materiallarni quritish jarayonini sanoatda tashkil etish katta ahamiyatga ega. Quritilgan materiallarni transport vositasida uzatish osonlashadi, ularning texnologik xossalari yaxshilanadi. 63 Sanoatda turli tipdagi quritish apparatlari ishlatiladi. Quritgichlar bir-biridan turli belgilari bilan farq qiladi. Nam materialga issiqlik berish usuliga ko’ra apparatlar konvektiv, kontaktli va boshqa turdagi quritgichlarga bo’linadi. Issiqlik tashuvchi sifatida havo, gaz yoki bug’ ishlatilishi mumkin. Quritish kamerasidagi bosimning qiymatiga ko’ra atmosferali va vakuumli quritgichlar, jarayonni tashkil qilish bo’yicha davriy va uzluksiz apparatlar mavjud. Konstruktiv tuzilishiga ko’ra quritish apparatlari har xil bo’ladi. Yog’-moy korxonalarida quritish uskunalari nam to’kiluvchan materiallarni (moyli urug’lar) va suyuq mahsulotlarni (yog’, yog’ kislotalar, fosfatidlar, suspenziya va sovun hamda sintetik yuvish vositalarini ishlab chiqarishda kompozitsiyalar, shrotdan oqsil ishlab chiqarishda) quritish uchun ishlatiladi. Moyli urug’lar asosan barabanli va shaxtali quritgichlarda quritiladi. 4.1.Barabanli quritgichlar Barabanli quritgich (27-rasm) gorizontal silindrdan iborat bo’lib, uning tashqi diameti 1760 mm uzunligi 9000 mm. Baraban ikkita 2 bandaj yordamida fundamentda o’rnatilgan 7 ikki juft silliq roliklarga tayanadi. Quritish agentini yuborish uchun yon tomoniga 5 patrubka biriktirilgan, uning ichida urug’larni quritish barabanga yuklaydigan 4 qiya quvur mavjud. Barabanning bu tomonida 1000 mm uzunlikda ikkitalik shnek o’rnatilgan. Keyingi qismida 2000 mm uzunlikda devorlariga 12 kurakcha, oxirida yana 6 ta kurakcha joylashgan. Barabanning material bilan to’lish darajasi 25% dan ortmaydi. Barabanning butun uzunligi bo’yicha nasadkalar joylashtiriladi. Nasadkalar barabanning kesimi bo’yicha materialni bir me‘yorda tarqatish va aralashtirishni ta‘minlaydi. Bunday sharoitda material bilan qurituvchi agentning uzaro ta‘siri samarali bo’ladi. Baraban ichida materialning o’ta qizib ketish darajasini kamaytirish uchun material va qurituvchi agent (tutunli gazlar yoki qizdirilgan havo) bir-biriga nisbatan to’g’ri yunalishda bo’ladi, chunki bunday sharoitda yuqori haroratli issiq gazlar katta namlikka ega bo’lgan material bilan kontaktda bo’ladi. 64 Mayda sochiluvchan materiallar uchun havoning baraban ichidagi tezligi 0,5...1,0 m/soat, katta bo’lakli materiallar uchun esa 3,5...4,5 m/soat dan ortmasligi kerak. Ishlatilgan gazlar atmosferaga chiqarilishidan oldin mayda changlardan siklonda tozalanadi. Quritilgan material barabandan tashqariga tushiruvchi qurilma orqali chiqariladi. Quritgichga 250-350 0 C haroratda yoqilg’i gazlarni kirishi bilan amalga oshiriladi. Quritish jarayonining davom etish vaqti 14 minut. Barabanli quritgichlardan chiqib urug’lar sovitish kameraga tushadi. Barabanli quritgichlarining kamchiliklari: elektr energiyani ko’p talab etishi, bitta utishida namlikni yuqotish kamligi, quritish bir hilda bormasligi, katta maydonni egallashi. 27-rasm. Barabanli quritgichlar. 1-baraban, 2-bandaj, 3-shnek, 4- qiya quvur, 5- patrubka, 6-pech, 7-roliklar, 8-kamera. Download 4.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling