01 умичт ўқув қул


Modernizatsiya qilingan УОС rusumli chigit tozalash mashinasi


Download 4.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/119
Sana01.11.2023
Hajmi4.51 Mb.
#1736651
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   119
Bog'liq
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma

 
Modernizatsiya qilingan УОС rusumli chigit tozalash mashinasi. Bu 
mashina sutkasiga 500t chigitni turli chiqindilardan tozalaydi. Uning konstruktsiyasi 
shu tipdagi УСМ 36M-50 rusumli separator va boshqa mashinalar asosida ishlab 
chiqilgan. 
Mashina quyidagi qismlardan iborat: elab turadigan ikki kuzovli ta‘minlagich; 
pnevmatik elovchi, qabul qiluvchi uskuna; ikkita shlyuzli qulfli cho’ktiruvchi 
kamera; havoni so’rib olib, chiqarib yuboradigan ventilyator qurilmasi; chang 
yig’uvchi siklon. 
Quruq yuvish mashinasi. Urug’ tosh, qotib qolgan loy va shunga o’xshash 
ifloslardan ularning shaklini va og’irligini buzish yo’li bilan tozalanadi. Quruq yuvish 
mashinasi (suxomoyka-oboechnaya) gorizontal qilib o’rnatilgan barabandan iborat 
bo’lib, uning ichki tomoni jilvir (najdak) bilan qoplangan, barabanning bir qismi to’r 
sathli bo’lib, u ventilyator bilan qo’shilgan. Barabanning o’rtasida aylanib turadigan 
o’q bor; unga darrali ikki dona taxtacha qoqilgan.
Urug’lar mashinaga solingach, o’z-o’ziga va jilvirga urilib, darralar bilan 
xivichlanadi. Bu uch xil ta‘sir natijasida ularga yopishib qolgan loy, qum va boshqa 
chiqindilar sinadi, maydalanadi va urug’dan ajrab tushib ketadi. Changni aspiratsiya 
haydab yuboradi, og’ir chiqindilar shnek orqali chiqib ketadi. 
AQSH, Misr Arab Respublikasi, Marokash va Frantsiya yog’-moy zavodlarida 
«Bauer» rusumli chigit tozalash mashinalari o’rnatilgan. Bu mashinaning bir sutkada 
120, 160 va 175 t chigit tozalaydigan nusxalari bor. 


61 
Ta‘minlagichdan tushayotgan chigit miqdorini to’sqich yordamida o’zgartirib 
turish mumkin. Chigit tebranib ishlaydigan ikkita to’rli ramaga tushib, undan 
kengaygan kameraga o’tadi. Kameraning balandligi harakatlanuvchi to’sqich 
yordamida to’g’rilab turiladi. 
Kengaygan kamera orqali chigit to’rli ramaga kelib uriladi. Bunda qum, tuproq 
va mayda chiqindilar yig’ilib, shnek orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Chigit esa 
keyin darrali barabanga o’tib darralar yordamida changdan tozalanadi va to’plovchi 
shnekka to’kiladi. Chang va mayda chiqindilar rama to’rining mayda teshiklariga 
kirib qolib tozalash sifatini pasaytirishi mumkin. Shuning uchun ramaning to’ri 8 
bo’limga bo’lingan bo’lib, har qaysi bo’limga uch donadan 35 mm li rezinka to’pcha 
tashlab qo’yiladi. Rama tebrangan vaqtda bu to’pchalar to’r ustida irg’ib yurib, uning 
teshigiga yopishgan va tiqilib qolgan chiqindini qoqib, ko’chirib turadi. 

Download 4.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling