01 умичт ўқув қул
Download 4.51 Mb. Pdf ko'rish
|
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-qism. EKSTRAKTSIYA USULIDA MOY OLISH IХ-bob: O’SIMLIK MOYLARNI EKSTRAKTSIYA USULIDA OLISH QURILMALARI 9.1.Ekstraktsiya usulida moy olish jarayoni
Tayanch so’z va iboralar: forpress, ekspeller, zeyer silindri, kunjara, shnek,
deformatsiya, kapillyar, g’ovakligi, rejim, shnek qadami, shnek o’ramalari, zeyer plastinalari. Nazorat savollari: 1. Presslash usulida moy olish jarayoni. 2. Presslash jarayoniga ta’sir etuvchi omillar. 3. Shnekli pressda moy olish. 4. Shnekli presslash qurilmasining asosiy konstruktiv elementlari. 5. Shnekli pressda bosimni hosil qilish usullari. 6. Shnekli valning tuzilishi. 7. Zeyerli silindrning tuzilishi. 8. Shnekli presslash qurilmalarining guruhlanishi. 9.Shnekli presslash qurilmalarida kunjarani qalinligini rostlovchi mexanizm tuzilishi va ishlashini izohlang. 4-qism. EKSTRAKTSIYA USULIDA MOY OLISH IХ-bob: O’SIMLIK MOYLARNI EKSTRAKTSIYA USULIDA OLISH QURILMALARI 9.1.Ekstraktsiya usulida moy olish jarayoni Presslash (mexanik) usuli moyli xom ashyo tarkibidagi moyni maksimal miqdorda ajratib olishga imkon bermaydi. Shu sababli yog’-moy korxonalarda presslash usuli bilan birga ekstraktsiya usuli ham qo’llaniladi. 124 Moyli xom ashyoni presslashga tayyorlash va presslash jarayonlarida moyning yo’qotilishi ko’payadi, kunjaradagi moy miqdorini 4,5...5% dan kamaytirib bo’lmaydi. Ekstraktsiya usulida moy olinganda shrot tarkibida qolgan moy miqdori 1...1,2% chegarasida bo’ladi. Lekin bu usulning ham kamchiliklari mavjud. Ekstraktsiyalashda turli erituvchilardan foydalanishda tez yonish, portlash va zaharlanishni oldini olish chora-tadbirlarini ko’rishni, texnika xavfsizligi, mehnat muhofazasi, yong’inga qarshi kurashish qoidalariga qat’iy amal qilishga majbur qiladi. Ekstraktordan chiqayotgan mistsella va shrot tarkibida ko’p miqdorda erituvchi bo’ladi. Shu sababdan ham birinchi navbatda ularni qayta ishlab tarkibidagi erituvchini ajratish zarur. Yog’-moy korxonalarda presslash-ekstraktsiyalash usulida yoki xom ashyoni to’g’ridan-to’g’ri ekstraktsiyalab moy olinadi. Ekstraktsiya - bu ba’zi erituvchilarning moyni eritib mistsellani hosil qilish xususiyatlariga asoslangan diffuzion jarayon, bunda molekulyar va konvektiv diffuziyalar ro’y beradi. Ekstraktsiyalash jarayoni ikki bosqichdan iborat: 1- moyning qattiq zarrachalari ichki qismidan tashqi yuzasiga diffuziya yo’li bilan o’tishi; 2 - moddaning diffuziya jarayoni tufayli qattiq zarracha yuzasidan chegara qatlam orqali suyuqlikning asosiy massasiga o’tishi. Moysizlantiriladigan modda tarkibidagi moyni uning tashqi sathiga olib chiqish jarayoni molekulyar diffuziya va sathidagi moyni chegara qavatdan harakatdagi mistsella tomon olib o’tish konvektiv diffuziya ro’y beradi. Moddaning alohida molekulyar holda o’tishiga molekulyar diffuziya deyiladi. Muhitning harorati qancha yuqori bo’lsa, erituvchi va moy molekulalari shuncha katta kinetik energiyaga ega bo’ladi. Molekulalarning o’tishi, molekulalarning kontsentratsiyasi katta bo’lganidan, molekulalarning kontsentratsiyasi kichik bo’lguniga qadar davom etib, molekulalar kontsentratsiyasi tenglashganda to’xtaydi. 125 Molekulyar diffuziya vaqtida massa o’tkazish jarayoni Fik qonuniga bo’ysunadi. Bu qonunga muvofiq qattiq faza ichiga moddaning modda o’tkazuvchanligi ta‘sirida o’tgan miqdori kontsentratsiya gradientiga, diffuziya yunalishiga perpendikulyar bo’lgan yuzaga va vaqtga to’g’ri proportsionaldir: ) / ( dx dc DF M τ ⋅ − = , (9.1) bu erda M- diffuziyalangan moddaning miqdori; F-diffuziyalanish elementar yuzasi; D - diffuziya koeffitsienti; τ - diffuziya vaqti; dc/dx - kontsentratsiya gradienti. Ifodadagi manfiy ishora, moddaning o’tishi kontsentratsiyaning kamayishi tomonga borishini ko’rsatadi. Duffuziya koeffitsienti diffuziyalanuvchi moddaning kontsentratsiyasi birlik miqdoriga kamayganda birlik vaqt ichida, birlik yuzasidan o’tayotgan moddaning miqdorini ifodalaydi. Duffuziya koeffitsientini son qiymati haroratga, erituvchi qovushqoqligiga va diffuziyalanayotgan modda molekulalarini o’lchamlariga bog’liq. Issiqlik oshirilsa, molekulalarning kinetik energiyasi ortib, molekulalar harakati tezlashadi, natijada diffuziya ham tez boradi. Haroratning ko’tarilishi qayishqoqlikni kamaytiradi, buning natijasida duffuziya tezlashadi. Konvektiv diffuziya deb qattiq modda sathidan erituvchiga moddaning ma‘lum bir hajmda o’tishiga aytiladi. Konvektiv diffuziya quyidagi tenglama orqali ifodalanadi: τ β d dc F dS ⋅ ⋅ − = (9.2) bu yerda β -konvektiv diffuziya koeffitsienti. Konvektiv diffuziya koeffitsienti bir birlik yuzadan, kontsentratsiyalar farqi bir birlik bo’lganda, bir birlik vaqt ichida o’tgan moy miqdorini ko’rsatadi. Konvektiv diffuziyaning tezligi gidrodinamik faktorlarga bog’liq. Ikkita modda molekulalarning o’zaro ta’sir kuchi bir-biriga qancha yaqin bo’lsa, shuncha oson aralashadi (o’zaro eruvchanligi yuqori bo’ladi). О’simlik moylarning va erituvchilarning bu о‘xshashlik xususiyatlari ularning elektr о‘tkazuvchangligi, kutblangan yoki kutblanmaganligi bilan asoslanadi. Bu 126 xususiyatni dielektrik o’tkazuvchanligi bilan belgilanadi. Barcha о’simlik moylarning oddiy sharoitdagi dielektrik doimiylik koeffitsenti 3,0...3,2 atrofida bо’ladi. Organik erituvchilarning dielektrik doimiyligi о’simlik moylariga yaqin bo’ladi, ya’ni erituvchi va о‘simlik moylarining elektr о’tkazuvchangligi nihoyatda past bо’lib, ular orasidagi о’zaro molekulyar tortishish kuchlari nihoyatda bir-biriga yaqin. Shuning uchun uzun uglevodorodlar radikaliga ega bо’lgan triglitseridlar xuddi о’ziga о’xshash, ya’ni alifatik tо’yingan uglevodorodlar gomolog qatorida yaxshi eriydi. Deyarli barcha uglevodorodlar tо’yingan holatda kutbsiz erituvchi turkumiga kiradi. Spirtlar, ketonlar va boshqa dielektrik doimiyligi yuqori bо’lgan erituvchilar о’simlik moylarni yuqori haroratda yaxshi eritadi. Suvning dielektrik doimiyligi yuqori (81ga teng) bо‘lganligi sababli moylar suvda yaxshi eritmaydi. Ekstraktsiya usulida o’simlik moylarni olishda ishlatiladigan erituvchilar, ekstraktsiya jarayonining texnika va texnologiyasi talablariga javob berishi kerak. Bu talablarga xom ashyodagi moyni maksimal miqdorda ajratish, olingan moy va shrotni sifati talabga javob berishi, erituvchi inson organizmiga zaharli ta’sir etmasligi va ishlatilganda xavfsiz bo’lishi singari umumiy talablar quyiladi. Bulardan tashqari sanoatda ishlatiladigan erituvchilar quyidagi talablarga javob berishi kerak: -moyni yaxshi va tez eritish va unga hamroh bo’lgan moddalarni eritmasligi, ekstraktsiyalanayotgan material tarkibidagi boshqa moddalarni eritmasligi; -kimyoviy jihatdan bir xil, doimiy va yuqori haroratda qaynamaydigan moddadan tashkil topgan bo’lishi va bu moddaning issiqlik sig’imi va bug’lanish issiqligi kichik bo’lishi; -ekstraktsiya jarayonida va saqlashda uzining tarkibini o’zgartirmasligi; -suv bilan aralashmasligi va suv bilan bir xil haroratda qaynaydigan azeotrop aralashma hosil qilmasligi; -past haroratda moydan va shrotdan to’liq ajralishi, ularga begona hid va maza hosil qilmasligi; -sof holda, suv bilan aralashgan holda, suv bug’ bilan aralashgan holda qurilmalarga yemiruvchi ta‘sir etmasligi; 127 -xizmat ko’rsatuvchi ishchilarga sof holda, suvga, suv bug’i bilan aralashgan holda zaharli ta’sir etmasligi; -yong’inga va portlashga xavfsiz bo’lishi; -sanoat miqyosida ishlatishga yetarli, arzon va kamyob bo’lmasligi kerak. Yuqoridagi xususiyatlarga va talablarga javob beradigan erituvchi bu ideal erituvchidir. Shu sababdan ham sanoatda hozirda ishlatilayotgan erituvchilar yuqoridagi talablarning ba‘zilariga javob beradi. Shu sababdan ham sanoatda ishlatiladigan erituvchi tanlashda uning xususiyatlari ideal erituvchi xususiyatlari bilan solishtirib, xususiyatlari unga yaqin bo’lganlari tanlab olinadi. Respublikamiz yog’-moy korxonalarida moylarni ekstraktsiyalashda alifatik uglevodorodlar qatoriga kiradigan ekstraktsion benzinlar kehg qo’llaniladi. Benzin texnologik uskunalarga ta’sir qilmaydi, moylarni yaxshi eritadi, nisbatan arzon. Benzinning asosiy kamchiligi: havo bilan aralashib, portlovchi aralashma hosil qilishi va tez alangalanishidir. Benzin bug‘lari havoga nisbatan 2,7 marta og’ir, shu sababli ular chuqurliklarga, burchaklarga va shunga о‘xshash joylarga tо’planib qoladi. Benzin asab tizimiga qattiq ta’sir etadi. Yengil fraksiyasiga qaraganda og’ir fraksiyasi kuchliroq ta’sir etadi. Benzin bug‘larining havodagi miqdori 0,3 mg/l bо‘lsa, inson salomatligi uchun zarar hisoblanadi. Download 4.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling