0Raqamli texnologiya fakulteti 2-kurs talabalariga 4-semestr uchun «Falsafa» fanidan yakuniy nazorat savollari


Download 0.91 Mb.
bet10/36
Sana18.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1586621
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36
Bog'liq
falsafa javoblar

Mahallaning shaxs estetik tarbiyasiga ta’siri nihoyatda katta. Modomiki, mahalla jamiyat ichidagi kichkina jamiyat bo’lib, u bugun shaxsning ijtimoiy–siyosiy faolligini oshirishga, uning ijtimoiy–huquqiy madaniyatini shakllantirishga ko’mak beruvchi makon sifatida ham yuksak ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, mahalla shaxs nafosatli tarbiyasiga yaqindan ta’sir ko’rsata olishi bilan boshqa omillardan ajralib turadi. Shu jihatdan mahalla o’z navbatida o’z oldigan qo’ygan ezgu maqsadlarni bajarishi bilan zamonaviy insonni nafosatli jihatdan tarbiyalaydi. Chunonchi mahalla;
- o’ziga qarashli hududning tozaligi, obodligi, ko’rkamligini hamda fuqarolarning hamjihatligini ta’minlashi bilan;
- turmush nafosati va muomala estetikani shakllantirib, insonlar qalbida ijobiy tuyg’ular, yaxshi orzularni namoyon ettirishi bilan;
- mahalliychilik va millatchilik singari salbiy holatlarga yo’l qo’ymasligi hamda qo’shnichilik madaniyatini kamol toptirishi bilan;
- san’at, madaniyat, ma’rifat arboblari, ilm ahllari ishtirokida bo’ladigan rang-barang mavzulardagi ma’ruzalarni, suhbatlarni uyushtira olishi bilan;
- isrofgarchilikka, dabdababozlikka yo’l qo’ymagan holda urf-odatlar, an’analar, marosimlar, tantanali shodiyonalarni tartibli, chiroyli o’tishini ta’minlashi va hokazo shu kabilar bilan inson estetika tafakkurini shakllantirishda birlamchi maskan bo’lib hisoblanadi.



35

2

1

12

Olamni estetik anglashda texnologiyalarning roli.
Bir paytlar tabiiy va texnika bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari talabalariga “Sizning ideallaringiz asosan qaysi sohalarda aks etadi?”, degan savolga ularning ko’pchiligi san’at, adabiyot va ma’rifat sohasida ko’proq aks etadi, degan javob berishgani ham fikrlarimizni isbotlaydi.
Biroq, endilikda estetik tarbiyaning shunday vositalari mavjudki, uning ma’naviy jarayonlarga ko’rsatayotgan global ta’siriga befarq bo’lish aslo mumkin emas. Ana shunday ta’sirlardan biri - bu elektron axborot vositalardir. Bu borada “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida qayd etib o’tilganidek, “Bugungi kunda ular bir vaqtning o’zida ham axborot maydoni, ham ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy minbar, shu bilan birga, insonga madaniy, badiiy-estetik oziq beradigan va hordiq chiqaradigan makon vazifasini bajarmoqda.”
Aytish mumkinki, axborot va kommunikasiya texnologiyasi bugungi kunda insoniy va iqtisodiy taraqqiyotning muhim vositasiga aylanishi natijasida odamlarning turmush tarzini, o’zaro aloqasini xatto tashqi ko’rinishini ham tubdan o’zgarishiga olib keldi.
Statistik ma’lumotlarga ko’ra, 50 millionli auditoriyani radio 38 yilda, televideniye 13 yilda, internet esa bor-yo’g’i 4 yilda egallab olar ekan. Shunisi hayratlanarliki, 1998 yilda internetdan 143 million kishi foydalangan bo’lsa, 2001 yilda ularning soni 700 millionga yetgan. Bugungi kunga kelib esa internetdan foydalanayotganlar 1,5 mlrddan oshib ketdi. Bu borada uyali telefon xizmatini aytmasa ham bo’ladi...
Biroq, elektron axborot vositalari qanday xususiyatga egaki, uning ta’sir doirasi bunchalik tez yoyilmoqda? Bu borada mutaxassislarning fikriga ko’ra, avvalo:

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling