0Raqamli texnologiya fakulteti 2-kurs talabalariga 4-semestr uchun «Falsafa» fanidan yakuniy nazorat savollari


Atributlari universal mazmunining, inson tanasi mavjudlik shart-sharoitlarida namoyon bo’luvchi atributlarning universal mazmuniga mos kelishi geosentrik dunyodir


Download 0.91 Mb.
bet12/36
Sana18.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1586621
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36
Bog'liq
falsafa javoblar

Atributlari universal mazmunining, inson tanasi mavjudlik shart-sharoitlarida namoyon bo’luvchi atributlarning universal mazmuniga mos kelishi geosentrik dunyodir . Bu Nyuton vaqti (zamoni), Evklid makoni dunyosidir.
Atributlarning universal mazmuni inson tanasining mavjudlik shart-sharoitlarida namoyon bo’luvchi atributlarning universal mazmunidan farq qiluvchi moddiy obyekt nogeosentrik dunyo deb ataladi. «Nogeosentrik dunyo» tushunchasi nonyuton vaqti (zamoni), noevklid makoni, umuman, borliqning nogeosentrik turini nazarda tutadi. Mikrodunyo va megadunyoni nogeosentrik dunyolar tomon mavjud bo’lgan «darcha»lar deb faraz qilish uchun asoslar mavjud. Ularning qonuniyatlari bizga o’zaro ta’sirlarning o’zga turini uzoq darajada bo’lsa ham tasavvur qilish imkonini beradi. Ayni vaqtda, makrodunyo bog’lanishlari va o’zaro ta’sirlari borliqning geosentrik turini aks ettiradi. Shunga qaramay, universal mazmunning «geosentrik andoza»dan og’ish xususiyati to’g’risidagi masalani faqat amaliyotda yechish mumkin. Bu yerda falsafadan ko’ra aniq fanlarga asoslanish lozim.
Hozirgi zamon metodologlari pirovard maqsadga asoslanadigan va azaldan maqsadga muvofiq xususiyatga ega bo’lgan tizimlar bilan stixiyali xususiyatlarni namoyish etuvchi mutlaqo ochiq tizimlarni farqlashni taklif qiladi. Mazkur tasnif yangi narsa paydo bo’lishi mumkin bo’lgan maqsadni belgilash mexanizmiga yangicha nazar bilan qarash imkonini beradi.



39

1

1

6

” Metod” va “ metodologiya” deganda nimani tushunasiz ?
Qanday falsafiy metodlarni bilasiz?
"Metod" va "metodologiya" tushunchalari. Metod (yunon. metods — usul) keng ma’noda yo’l, ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi ma’nolarni anglatadi. Metodologiya tushunchasi ikki asosiy mazmunga ega — faoliyatda qo’llaniladigan ma’lum usullar tizimi (fanda, siyosatda, san’atda va h.k.); tizim haqidagi ta’limot yoki metod nazariyasi.
Fan metodologiyasi uning strukturasi, taraqqiyoti, ilmiy tadqiqot vositalari va usullari, uning natijalarini asoslash yo’llari, bilimni tajribaga tatbiq qilish mexanizmlari va shakllarini o’rganadi. Shuningdek, metodologiya metodlar yigindisi va faoliyat turi haqidagi ta’limotdir.
Metod u yoki bu shaklda ma’lum qoida, tartib, usul, harakat va bilim mezonlarining yig’indisi hamdir. U tamoyillar, talablar tizimi bo’lib, subyektni aniq vazifani bajarishga, faoliyatning shu sohasida ma’lum natijalarga erishish sari yo’naltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt, kuchni tejaydi, maqsadga eng yaqin va oson yo’l bilan yetishishga yordam beradi.
Metodning asosiy vazifasi faoliyatning bilish va boshqa shakllarini boshqaruvdan iborat. Biroq:
-birinchidan, metod va metodologik muammolarning rolini inkor qilish yoki to’g’ri baholamaslik ("metodologik negavizm");
-ikkinchidan, metodning ahamiyatini bo’rttirish, mutlaqlashtirish, uni barcha masalalarning kaliti, ilmiy yangiliklarni yaratishning eng qulay vositasi (metodologik eyforiya), deb tushunish noto’g’ridir.
Har qanday metod ma’lum nazariya asosida yaratiladi va tadqiqotning zaruriy sharti sifatida namoyon bo’ladi. Har bir metodning samaradorligi uning chuqur mazmun va mohiyatga egaligi, nazariyaning fundamentalligi bilan asoslanadi. O’z navbatida, metod mazmuni kengayib boradi, ya’ni bilimning chuqurlashishi va kengayishi, tajribaga tatbiq etilishi bilan metodning ko’lami ham o’zgaradi.



40

2

1

6

Ijtimoiy bilish metodlari va metodologik muammolari.
, ijtimoiy bilishda inson o’z faoliyatining mahsuli, amaliy faol jonzot bo’lgan o’zi bilan ham ish ko’radi. Bilish subyekti bo’lgan inson shu tariqa uning obyektiga ham aylanadi. Shu ma’noda ijtimoiy bilish insonning ijtimoiy o’zlikni anglash jarayonidir. Bunda inson tarixiy rivojlanish jarayonida yaratiladigan o’zining ijtimoiy mohiyatini o’zi uchun kashf etadi va o’rganadi.
Shu sababli ijtimoiy bilishda subyekt va obyektning o’zaro aloqasi murakkablashadi, bu yerda obyekt bir vaqtning o’zida tarixiy ijod subyekti hamdir.
Ijtimoiy bilishda hamma narsa va hodisalar inson sohasida aylanadi: bilish obyekti – odamlarning o’zi va ular faoliyatining natijalari, bilish subyekti ham insondir. Bilish jarayoni shohidlarning guvohliklari, hujjatlar, so’rovlar, so’rovnomalarsiz, odamlar yaratgan mehnat qurollari va madaniy yodgorliklarisiz bo’lishi mumkin emas.
Bularning barchasi ijtimoiy bilishga ma’lum darajada o’z ta’sirini o’tkazadi va uning o’ziga xos xususiyatlarini shakllantiradi. Ayni shu sababli ijtimoiy bilishda olimning grajdanlik pozisiyasi, uning ma’naviy qiyofasi, haqiqat ideallariga sodiqligi juda muhimdir.



41

3

1

3

Strukturalizmning mohiyati nima ?
Strukturalizm (lot. structuma – tuzilish, joylashish, tartib) - G’arb falsafasining yangi yo’nalishlaridan biri.
Strukturalizm, umumiy falsafiy-epistemologik tasavvurlar, metodologik mo’ljallar va o’ziga xos tahlil birlashtiruvchi ayrim fanlar (lingvistika, adabiyotshunoslik, etnografiya, tarix, estetika, san’atshunoslik, psixologiya, sosiologiya, falsafa)dagi yo’nalishlar majmui sifatida, XX asr boshidan 40-yillargacha shakllandi.
Strukturalizmning ko’pgina g’oyalari yuzaga kelishiga turtki bergan mutafakkirlar qatoriga V.Gumboldt (inson ongi dunyosini modellashtirishda tilning dinamik roli), Ch.Pirs (semiotika asoschisi), E.Kassirer (inson xulq-atvori va ongining shakllanishida til, mifologiya va san’at simvolik tizimlarining roli)ni kiritish mumkin.
Strukturalizmning asosiy xususiyati shundan iboratki, uning tarafdorlari inson hissiy idrok etishi mumkin bo’lgan barcha hodisalarga «fenomenlar», ya’ni ichki, teran va shu sababli «noaniq» strukturalarning sirtda namoyon bo’lishi (manifestasiya) sifatida qaraganlar va ularni yoritishni o’z vazifasi deb hisoblaganlar.
Bu vazifani hal qilishda strukturalizm pafosi ijtimoiy fanlarga aniq fanlar maqomini berishga qaratildi.
Struktura tushunchasi strukturalizmning bosh tushunchasi hisoblanadi. Struktura deganda turli ichki va tashqi o’zgarishlarda har xil, ko’p variantli tushunchalar majmui yoki, strukturalistlar ta’biri bilan aytganda, har qanday diaxronik rivojlanuvchi tizimning sinxron qayd etilishi tushuniladi. Strukturalizmda ko’pincha model sifatida belgilanuvchi har qanday struktura uch zaruriy shart: elementlar mustaqil butunga yaxlit bo’ysunishi; transformasiya – bir kichik struktura boshqa kichik strukturaga yuzaga kelish qoidalariga muvofiq tartibli o’tishi; o’zini o’zi tartibga solish – mazkur tizimi doirasida qoidalarning ichki tartibga solinishini qanoatlantirishi lozim. Shunday qilib, struktura nafaqat obyektning barqaror skeleti tarzida, balki rioya qilish bir obyektdan ikkinchi, uchinchi va hokazo obyektlarni olish imkonini beruvchi qoidalar majmui sifatida amal qiladi.



42

2

1

3

I Kantning falsafiy qarashlarini izohlab bering ?
Kant konsepsiyasi: «Sof aql tanqidi» (1781), «Amaliy aql tanqidi» (1788), «Mulohaza yuritish qobiliyatining tanqidi» (1790)da, shuningdek faylasuf ijodining o’ziga xos sarhisobi sanaluvchi asar – «Sof aql chegaralarida din» (1793) kabi kitoblarida bayon etilgan. Kant bilish nazariyasining asosiy qoidalari quyidagilardan iborat. Kant fikricha bilish jarayoni uch bosqich: 1) sezgilar darajasida bilish, 2) idrok, 3) aqldan o’tadi.
Bilishning birinchi bosqichi -sezgilar darajasida inson narsaning mavjudligini biladi, idrok yordamida uni fikrlaydi. Narsani haqiqiy bilish aynan shu ikki bosqichni sintez qilishni talab etadi. Idrok darajasidagi bilishning quroli – kategoriyalar. Ular idrokka ichdan xos. Hodisalar rang-barangligi kategoriyalar tizimida aks etadi. Kategoriyalar yordamida inson bilimi tasodifiy empirik emas, balki umumiy zarur, ya’ni ilmiy xususiyat kasb etadi. Ilmiy bilim kategorial bilimdir. Biroq shundan so’ng Kant subyektiv idealist sifatida mulohaza yuritadi: idrok tabiat qonunlarini ochmaydi, balki ularni tabiat uchun belgilaydi. Kant fikriga ko’ra, kategoriyalar birligi va ularning bilish (sintez qilish) qobiliyati zamirida dunyoning obyektiv moddiy birligi emas, balki o’zlikni anglashning transsendental birligi yotadi.
Idrok etish – bilishning ikkinchi bosqichi. Idrokning kuchi uning sintez qilish qobiliyatida namoyon bo’ladi. Biroq bu to’liq, cheksiz qobiliyat emas. Idrok tajriba chegarasidan tashqariga chiqa olmaydi. Biroq idrok o’z chegaralarini o’zi bilmaydi. U doim bu chegaralardan chetga chiqadi, ya’ni hodisalar dunyosidan o’zidagi narsalar dunyosiga kirishga harakat qiladi. Biroq tajriba chegaralarini tark etgach (shu tariqa idrok emas, balki aqlga aylangach), u yechib bo’lmas ziddiyatlar sohasiga tushib qoladi, uning mulohazalari esa muqarrar tarzda xom xayolga aylanadi.
Aql – bilish jarayonining uchinchi, oliy bosqichi. U hissiyot bilan bevosita emas, balki bilvosita – idrok orqali bog’lanadi. Aql bilishning oliy bosqichi bo’lsa-da, idrokka ko’p jihatdan yutqizadi. U tajribaning mustahkam zaminidan ajralgach, dunyoqarash darajasidagi savollarning birortasiga ham uzil-kesil – ha yoki yo’q deb javob bera olmaydi. Dunyo vaqtda va makonda boshlanadimi yoki u cheksiz va boqiymi? Inson joni boqiymi yoki foniymi? Iroda erkinligi mavjudmi yoki dunyoda hyech qanday erkinlik mavjud emas, hamma narsa tabiiy zarurat qonuniga ko’ra yuz beradimi? Xudo bormi yoki yo’qmi? Idrok bunday savollarni bera olmagan bo’lardi. Aql esa bunday savollarni beradi, biroq ularga javob topa olmaydi. Uning da’volari imkoniyat darajasida emas. Sof nazariy aql o’z mag’lubiyatini tan olishi lozim, chunki u o’zidagi narsalarni bila olmaydi.



43

3

1

3

Antik dunyo falsafasi
Qadimgi antik dunyo falsafasi to’g’risida fikr yuritar ekanmiz, uning eramizdan oldingi birinchi ming yillikda Qadimgi Xitoy, Hindiston va Yunonistonda vujudga kelgan sivilizasiya bilan bog’liq zkanligini aytib o’tish kerak. Eramizdan oldingi VI asrlarda eski ijtimoiy hayotning buzilib, yangicha yashashning boshlanishi, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy zamin, shuningdek ma’naviy imkoniyatlarning vujudga kelishi bilan Qadimgi davr sivilizasiyasi natijasi o’laroq dunyoni chuqurroq va atroflicha o’rganishni o’z maqsadi qilib qo’ygan falsafiy dunyoqarash paydo bo’ldi.
Falsafa jamiyatdagi quyidagi ehtiyojlar tufayli shakllana boshladi:
a) taraqqiy etayotgan olamga, insonga, uning ongiga qarashlarga doir ta’limotlarni yaratish zaruriyati;
b) olamning boshlag’ich asoslari va rivojlanish qonuniyatlarini ishlab chiqish kerakligi;
v) olam haqidagi tafakkurning oqilona uslubiga mantiqiy fikrlashga va bilish nazariyasiga tug’ilgan ehtiyojlar paydo bo’lganligi;
g) afsonaviy va diniy tasavvurlardagi xayoliy fikrlarga asoslangan odamlarning ilmiy bilishdagi falsafiy tafakkur qilishdagi ongsizlikka barham berish zaruriyati.
Falsafaning rivojlanib borishi jarayonida undan dastlab matematika, geometriya, astronomiya(yer.av I-II asr va er. I-II asrlari), keyinchalik fizika, ximiya,biologiya fiziologiya, so’ngra ijtimoiy va gumanitar fanlar ajralib chiqdi. Bu fanlar avval dalillar to’plash, ularni bir, tizimga solish va umumlashtirish bilan shug’ullandilar. Qadimgi Sharq falsafasida ham, antik dunyo falsafasida ham dunyoning ayrim tomonlarini alohida o’rganayotgan fanlar o’rtasidagi aloqadorlik va bog’lanishlarni tahlil eta boshlagani uchun fanlar go’yo falsafaning qismlari sifatida tasavvur etildi vafalsafani «fanlar fani» deb e’lon qilindi. Qadimgi Misr adabiyotining nodir asari «Arfist qo’shig’i» da dinni rad etuvchi fikrlar bor.Unda: «O’lganlardan hyech biri qaytib kelgan emas va oxirat haqida so’zlab bergan emas, demak, oxirat yo’q. Oxiratga ishonguncha, shu dunyoda harakat qiling»,- deyiladi.
.

44

2

1

8

Fenomenologiya falsafasi va uning nazariy manbalari ?



45

2

1

6

Ijtimoiy ongning shaklari, ular o‘rtasidagi farqlar va o‘zaro bog‘liqligi.

46

1

1

7

Jamiyat taraqqiyotida kasbiy ahloq qanday rol uynaydi ?
Ҳар қандай касбий маҳоратга оид ахлоқшунослик таркиби умумий ва хусусий ҳолатлар асосида қарор топади. Касбий маҳоратга оид ахлоқшуносликнинг умумий тамойиллари умуминсоний ахлоқ қоидаларига асосланиб, қуйидагиларни ўз ичига олади:
а) Касбий маҳорат нуқтаи назаридан ҳамфикрлилик (айрим ҳолатларда алоҳида манфаатлар асосидаги чекланишлар кўринишида ифодаланади);
б) Бурч ва ор – номус тушунчаларининг алоҳида даражада ифодаланиши;
в) Фаолият предмети ва турига боғлиқ ҳолатда, жавобгарликнинг алоҳида даражадаги шакли.
Хусусий тамойиллар у ёки бу турдаги касблар таркиби ва ўзига хос хусусиятлари, маълум бир аниқ шарт – шароитлар асосида келиб чиқади ва асосан, мутахасисларга нисбатан қўйилувчи талаблар бўйича ахлоқий кодексларда ўз ифодасини топади.
Ўз навбатида, касбий маҳоратга оид ахлоқшунослик фақат касбий маҳоратга эга ходимларнинг фаолияти турли хилдаги одамларга боғлиқлиги кузатилувчи, яъни ушбу амалга оширилувчи фаолиятнинг якуний натижаси ёки ушбу ҳаракатлар жараёни бошқа одамлар ёки инсоният ҳаётига алоҳида даражада муҳим аҳамиятга эга бўлган таъсир кўрсатиши қайд қилинувчи касб соҳаларига тегишли ҳолат сифатида қайд қилинади. Ушбу ҳолатга боғлиқ равишда, педагогик, тиббий, ҳуқуқий, шунингдек олимнинг ахлоқшунослиги каби анъанавий тарзда касбий маҳоратга оид ахлоқшунослик турлари ўзаро ажратиб кўрсатилади, бундан ташқари нисбатан янги ҳисобланган, «инсон омили»нинг роли ортиб бориши билан боғлиқ бўлган, фаолият турлари асосидаги (инженерик ахлоқшунослиги) ёки ушбу омилнинг жамиятдаги таъсири кучайиши билан боғлиқ бўлган ҳолатлар асосидаги турлари (журналист ахлоқшунослиги, биоэтика) қайд қилинади.



47

2

1

8

Inson “ komplekslari “ nima?
Kompleks - bu shaxsning o'zini tutishi, uning xulq-atvoriga, uning rivojlanishi va psixikasining ishlashiga sezilarli ta'sir ko'rsatadigan munosabat, motivlar va g'oyalarning emotsional rangli to'plamidir. Kompleks - bu odamning ma'lum bir xulq-atvor modeliga nisbatan ongsiz munosabati. Insonning o'zi haqidagi bu g'oyalari (uning jismoniy va psixologik kamchiliklari to'g'risida) ko'pincha bo'rttirib ko'rsatiladi va chuqur his-tuyg'ular bilan birga keladi, qoida tariqasida boshqa odamlardan yashirinadi. Psixologik majmua tushunchasini mashhur shveytsariyalik psixolog va psixiatr, analitik psixologiyaning asoschisi Zigmund Freydning izdoshi Karl Gustav Yung kiritgan.
Inson psixologiyasi sohasidagi mutaxassislarning fikriga ko'ra, komplekslarning ikkita asosiy turini ajratish mumkin:
Kamlik majmuasi.
Ustuvorlik kompleksi.
Bu ikkita qarama-qarshilik va qaysi biri yaxshiroq yoki yomonligini tanlash mumkin emas. Ikkala kompleks ham har qanday odam uchun muammo bo'lib, uning jamiyatdagi uyg'un hayotiga xalaqit beradi.
Kamchilik kompleksi
Kambag'allik majmuasi shuni anglatadiki, odam o'zini o'zi haqida o'zini yomonroq deb biladi va deyarli har doim o'zining jismoniy va tashqi ma'lumotlaridan yoki qilayotgan ishlaridan norozi bo'ladi. Kamchilik majmuasi bo'lgan odamning psixologiyasi har doim o'zini kamsitishga qaratilgan (men eng yomoni, nega yashashim kerak, hech kim men bilan qiziqmaydi). Bunday odamlar o'zlarini qattiq tutishadi, biron bir sababdan tashvishlanadilar va tanqidni kutib yashashadi.
Ustuvorlik kompleksi
Insonda ustunlik majmuasi uni boshqalardan ustun va ustunlik huquqiga ega degan fikr ongda hukmronlik qilishi bilan namoyon bo'ladi. Bunday odamlarni nutq uslubi, boshqalarga ustunlik bilan qarash orqali tanib olish mumkin. Mumkin bo'lgan taqdirda, ular suhbatdoshga uning ikkinchi sinf ekanligini tushuntirishadi. Bu odamlar yaxshi ko'rinishga, o'zlarini yaxshi narsalar bilan o'rab olishga intilishadi.
Bular sof shaklda komplekslarning namunalari, garchi kundalik hayotda ular shunchalik aniq va ravshan ifoda etilmasligi mumkin. Ammo bular inson majmualarining yagona turlari emas, balki faqat ikkita asosiy guruh bo'lib, ularda hali ko'p navlar mavjud.
Masalan, birinchi guruhga quyidagi taniqli komplekslar kiradi:
ayb majmuasi, qachonki odam hamma narsada va hamma oldida o'zini aybdor his qilsa;
jismoniy nogironlar to'plami (kichik ko'krak, katta burun, qisqa oyoq, katta o'sish, ortiqcha vazn);
adolatsiz muomala kompleksi (butun dunyo menga nisbatan adolatsiz, hech kim meni qadrlamaydi);
Zolushka kompleksi (shahzodani kutish paytida shaxsiy hayotingizga passiv munosabat);
yolg'onlarning majmuasi (odamga nima deyishidan qat'iy nazar, u xafa qilmaslik uchun uni yolg'on gapiryapti deb o'ylaydi).
Ikkinchi guruh komplekslariga misollar:
a'lo darajadagi talabalar majmuasi (men eng zo'rman, hamma narsani boshqalardan yaxshiroq qilishim kerak, barcha mukofotlar meniki);
Napoleon majmuasi (ular butun dunyoni zabt etishni, o'zlarining haqiqiy qiymatlari bilan mukofotlash uchun muvaffaqiyatlarga erishishni xohlashadi);
boshqalarga yordam berish majmuasi (mening taqdirim shunday, men hammaga, hatto o'z zararimga ham yordam berishim kerak);
go'zallik majmuasi (men juda chiroyli yoki chiroyli, men eng zo'rman, hech kim menga loyiq emas, mening yonimda hamma o'zini past his qiladi).
Komplekslar ro'yxati juda uzun va, ehtimol, hech qachon to'liq bo'lmaydi, chunki odamlar o'zlarining majmualarida ham ixtirochilikka moyil.
Komplekslardan qanday qutulish mumkin?
Komplekslar to'liq hayotga to'sqinlik qilganligi sababli, ulardan qanday qutulish kerakligi haqida savol tug'iladi. Psixologiyada muammoni tanib olish va uning ustida ishlashni boshlashning juda maqbul va sodda usuli mavjud. O'zingizni tushuning, o'z qadringizni oshiring, atrofdagi dunyoga bo'lgan nuqtai nazaringizni qayta ko'rib chiqing. Va agar vaziyat haqiqatan ham jiddiy bo'lsa va u o'zini uydan deyarli chiqmasligiga olib kelgan bo'lsa, siz mutaxassisdan yordam so'rab, davolanish kursidan o'tishingiz kerak.
Shuni unutmangki, er yuzidagi har bir inson individual, betakror va go'zaldir



48

3

1

7

Falsafaning siyosiy-huquqiy sohadagi islohotlari bilan bog‘liq qanday vazifalarini bilasiz ?



49

2

1

10

Fikrdagi izchillik deganda nimani tushunasiz ?

50

3

1

6

Dialektik va metafizika metodlarining mohiyati va mazmuni.

51

2

1

6

Bilish jarayoni qanday amalga oshadi ?

52

1

1

11

Etika kategoriyalarini sanab bering ?

53

2

1

12

Induktiv hulosa chiqarishga ta’rif bering ?

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling