0Raqamli texnologiya fakulteti 2-kurs talabalariga 4-semestr uchun «Falsafa» fanidan yakuniy nazorat savollari


Download 0.91 Mb.
bet20/36
Sana18.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1586621
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36
Bog'liq
falsafa javoblar

Gedonizm (yun.hedone –xuzur- xalovat ,roxatlanish ) –xuzur –xalovatga lazzatlanishga intilish insonnning insonnning oliy maksadi deb xisoblovchi axlokiy ta’limot.Etika nazariyasidagi axlokiy talablarni asoslash tamoyili buslib, unga kura xuzur –xalovat keltiruvchi va azob- ukubatdan kutkazuvchi narsa yaxshilik deb,azob-ukubat keltiruvchi narsa esa yomonlik deb ta’rif kilinadi. Nazariy gedonizm etikadagi naturalizmning bir kurinishidir.Insonga tabiat tamonidan jo kilingan va uning butu nish amaliyotini belgilaydigan bosh xarakatlanuvchi ibtido xuzur –xalovatdan iborat degan tasavvurning gedonizmninning asosini tashkil etadi.

EVDEMONIZM (yun. eudaimonia-rohat-farog’at, baxt-saodat) — baxt-saodatga intilishni inson axloqiy faoliyatining mezoni hamda asosiy harakatlantiruvchi kuchi deb hisob-lovchi axloqiy ta’limot; axloq-odob-ning gedonizmga yaqin uslubiy tamo-yili. Evdemonizm antik dunyo axlokiy nazariya-larida to’liqnamoyon bo’lgan (Demok­rit, Sokrat, Aristotel). Evdemonizm baxt-saodatga intilishni axlok-odob me­zoni va inson axloqiy xatgi-hara-katining asosi deb hisoblaydi. Shax-siy baxtga intilish — individuali-stik E., ijtimoiy baxtga intilish ijtimoiy Evdemonizm deyiladi.
18-a. fransuz materialistlari (Gelvesiy, Didro) qarashlarida ham Evdemonizm g’oyalari mavjud. Ular inson baxti har qanday jamiyat va har qan-day inson faoliyatining tub maq-sadidir, deb chiqqanlar. Evdemonistik etika uz insonparvarligi bi-lan xristianlik etikasidan beqi-yos yuqori turadi, chunki u oxiratda emas, balki bu dunyoda baxtga eri-shishga da’vat etadi. Evdemonistlar inson xam ma’naviy, ham jismoniy sog’lomlikka intilsa, o’zi va o’zga-larning barcha ezgu xususiyatlari-ning shakllanishiga yordam bersa hamda bu bilan zamondoshlar va ke-lajak avlod obro’-e’tiboriga sazo-vor bo’lsa, bunday insonni baxtli va komil deb e’tirof etganlar. Evdemonizm baxt-saodatni jismoniy va bir lah-zali huzur, lazzat bilan tenglash-tirmaydi, balki uni keng ma’no­da, ya’ni jismoniy va ma’naviy qadriyatlarning majmui tarzida tu-shunadi. Evdemonizi ta’limotiga ko’ra, o’z shax-sida mazkur qadriyatlarni mujas-samlashtira olgan kishigina china-kam baxt-saodat sohibidir, shunday baxtgina insonga haqiqiy lazzat,



122

2

1

11

Davlatning oila tinchligi va barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni.

123

1

1

12

Sport va uning ma’naviy –estetik jihatlari.
Sport estetikasi deganda, inson harakati go`zalligi va ulug’vorligini estetik anglab yetish tushuniladi. Sport estetikasining rivojlanish jarayonlari insonning ma’naviy va jismoniy yetuklik uyg’unligining in’ikosidir. Bunda insonda jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy kamolot, jismoniy ta’lim, jismoniy madaniyat kabi bosqichlar kuzatiladi.
Jismoniy rivojlanish - kishi organizmi shakli va funksiyalarining o`zgarish jarayoni bo`lib, asosan, atropometrik va biometrik ko`rsatkichlarni anglatadi. Ya’ni, bo`y, gavda og’irligi, qaddi-qomati, o`pkalarning tiriklik sig’imi, shuningdek, tezkorlik, epchillik, egiluvchanlik, kuch-chidamlilik kabilarni o`z ichiga oladi.
Jismoniy tayyorgarlik - bu harakat ko`nikmalari malakalari, jismoniy sifatlarining sport razryadlari va unvonlar, talab va me’yorlar bilan belgilanadigan rivojlanish darajasidir.
Jismoniy kamolot - bu jismoniy rivojlanishning tarixan shakllangan darajasi va sog’liqning, hayotga, mehnatga, vatan himoyasiga har tomonlama jismoniy tayyorgarlikning eng yuqori bosqichidir.
Sport - bu musobaqa jarayonida namoyon bo`ladigan u yoki bu jismoniy mashq turida eng yuqori natijaga erishishga yo`naltirilgan maxsus faoliyatdir.
Jismoniy madaniyat - umumiy madaniyatning bir qismi bo`lib, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida to`plangan inson jismoniy kamoloti sohasidagi moddiy va ma’naviy boyliklarining majmuiasidir. Moddiy boyliklarga sport inshootlari, stadionlar, sport zallari, basseyn, kortlar, jismoniy tarbiya jihozlari, maxsus kiyim, poyabzal, shuningdek, sport sohasida erishilgan yutuqlar, ya’ni kamolot darajasi kiradi. Ma’naviy boyliklarga jismoniy tarbiya haqidagi fan, san’at asarlari, adabiyot, haykaltaroshlik, rang-tasvir, musiqa va boshqalar kiradi.
Shaxsning har tomonlama uyg’un rivojlanishi uchun sport turlarining ahamiyati katta. Sport, avvalo, chiniqtiradi, tarbiyalaydi, shu bilan birga, go`zallikka va ezgulikka chorlaydi.
Chempionlar millionlab muxlislar oldida ajoyib kombinatsiyalar yaratadilar. Shu bilan birga, estetik zavq uyg’otadilar. Sportning estetik turlari figurali uchish, badiiy gimnastika, sinxron suzish, ot sporti, qilichbozlik va boshqalardir.
Bu sport turlari mohiyati jihatidan san’at darajasida ijro etiladi. Yurtimizda jismoniy tarbiya va sport ishlariga alohida ahamiyat berilmoqda. Yoshlarimiz jahon arenalarida O`zbekiston san’atini dunyoga ko`z-ko`z qilmoqda. O`zbekiston bayrog’i Yer sharining deyarli har yerida baland ko`tarilmoqda.

124

1

1

11

Estetik tarbiyaning maqsadi va vazifalirini tushuntirib bering?
Estetik tarbiya mohiyatan insoniy ideal bilan bog’liq bo’lib, estetik ideal egasi nafis didga, pokiza tuyg’ularga egaligi bilan ajralib turadi. Ma’lumki, shaxs ijtimoiy taraqqiyotning turli xil jabhalarida bevosita va bilvosita ishtirok etadi va faoliyat olib boradi, shaxs bu bilan ijtimoiy taraqqiyotning estetik subyektiga aylanadi. Shunga ko’ra, aytishimiz mumkinki, jamiyatda yashayotgan biror–bir shaxs estetik jarayonlardan chetda turmaydi, aksincha, o’zining muayyan xatti–harakati bilan mazkur jarayonlarga u yoki bu darajada ta’sir ko’rsatadi. Estetik tarbiyaning maqsadi ana shunday ta’sirlarni go’zallik, ulug’vorlik, fojiaviylik, kulgililik asosida yo’naltirishdan iborat.
Shuni ta’kidlash joizki, estetik tarbiya badiiy tarbiya bilan doimiy tarzda aloqada bo’lib keladi. Biroq, bu «estetik tarbiya badiiy tarbiya bilan bir xil ma’no kasb etadi», degan gap emas. Negaki, badiiy tarbiya ijod jarayonidagi rang–barangliklar olamini inson tomonidan estetik tarzda anglash va o’zlashtirishning bir qismi, xolos. Shu ma’noda estetik tarbiya – jamiyatda ma’naviy muhitni paydo qilishga ko’mak beruvchi muhim unsur bo’lib, u inson didini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi hamda ana shu orqali insonni jamiyat munosabatlariga yaqinlashtiruvchi kuchdir.
Tarbiyaning estetik shakli ijtimoiy jarayonlarda ishtirok etar ekan, u o’z navbatida, kishilarga jamiyatda olib borilayotgan ijobiy ishlardan zavqlanish, demokratik munosabatlarga nisbatan qiziqish tuyg’usini uyg’otishni o’zining asosiy maqsadi deb biladi. Shuning uchun ham estetik tarbiyaning pirovard maqsadi inson ma’naviy olamini boyitishga qaratilgan bo’lmog’i lozim. U insonni yangiliklar yaratishga undabgina qolmay, ayni paytda uni nafosat tamoyillari, go’zallik talablari asosida rivojlantirishga o’rgatadi ham. Negaki, inson dunyoga estetik qarashi boy, tuyg’ular va didi tarbiyalangan xolda kelmaydi. Aksincha, bu ko’nikmalarni voqyelikni kuzatishi, o’rganishi va ulardan tegishli xulosalar olishi natijasida shakllantiradi. Inson ana shu tuyg’ular ta’sirida o’zi uchun mutlaqo yangi bo’lgan olamni kashf etadi. Shunday ekan, o’z–o’zidan ma’lumki, mazkur zaruriyatni teran anglagan inson jamiyatning ijtimoiy taraqqiyotiga qo’shilmaslikka, unga beparvo munosabatda bo’lishga ma’nan haqqi yo’q.
Hozirda estetik tarbiyaning ko’lami tobora kengaymoqda. Shunga ko’ra, u o’z oldiga talaygina muhim vazifalarni qo’ygan. Bular:
- kishilarda san’at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol o’zlashtirish balki, ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish;
- jamiyat a’zolarining ijodiy imkoniyatlarini namoyon qildirish va ulardan foydalana bilishga ishonch tuyg’usini uyg’otish;
- tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga sof tuyg’u bilan munosabatda bo’lishga va ularni ravnaq toptirish yo’lida astoydil faoliyat olib borish ko’nikmalarini xosil qilish;
- o’tmish ma’naviy merosimizga hurmat hissini uyg’otish, milliy g’urur, milliy iftixor tuyg’ularini shakllantirish uchun zamin yaratish;
- ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jahonga yuz tutish va ularni millat manfaatlari uchun naf keltiradigan tomonlarini targ’ib qilishga undashdi.


125

1

1

11

Etikaning kategoriyalari, tamoyillari va me’rlari nimalar ?
Ye.G.Yakovlevning fikriga ko’ra, mazkur tizim shu turda yaratilgan boshqa tizimlardan o’zining universal-kengqamrovli mazmun va falsafiy-estetik mohiyat kasb etib, moslashuvchanlik (subordinasiya) va muvofiqlashtiruvchilik (koordinasiya) tamoyilini mujassam etgani xolda “ontologik-fenomenologik va ijtimoiy-gnoseologik jihatlar”ga ega.
Ayniqsa, V.P.Shestakovning estetika kategoriyalari tarixi, ularni tizimlashtirish muammolari, kategoriyalarga o’ziga xos yondoshuvning zamonaviy talqinlari hamda estetik kategoriyalar tasnifiga doir salmoqli tadqiqotlari bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Faylasuf bu borada yuыorida nomlari tilga olingan estetika nazariyotchilaridan farqli o’laroq, kategoriyalarni uch turkumga ajratadi: dastlabki kategoriyalar, umumestetik kategoriyalar, estetik kategoriyalar ko’rinishlari. Tadqiqot davomida mazkur turkumning har biri alohida taxlil qilinadi. Jumladan, dastlabki kategoriyalarni faylasuf nafosatga tegishli, deb biladi va uni beshta umumestetik kategoriyaga ajratadi: go’zallik, fojeaaviylik, kulgulilik, ulug’vorlik va hunuklik.
Mazkur jadvalda V.P.Shestakov tomonidan tizimlashtirilgan kategoriyalarning umumiy ko’rinishi aks etgan:

Nafosat DASTLABKI KATEGORIYa


Go’zallik
Fojeaaviylik
Kulgulilik -UMUMESTETIK KATEGORIYaLAR
Ulug’vorlik
Hunuklik
Disgarmoniya
Dahshatlilik
Mubolag’a
Hazil
Forig’lanish -ESTETIK KATEGORIYaLARNING KO’RINIShLARI
Qahramonlik
Ideal
Latofat
Garmoniya

Biroq, ta’kidlash lozimki, aksariyat adabiyotlarda estetika kategoriyalari asosan go’zallik – fojeaviylik – kulgulilikdan iborat uchlik sifatida taqdim etilgan. Biroq, davrlar o’tishi bilan bu an’anaga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritildi. Xususan, bu tizimga Yu.B.Borev - ulug’vorlikni, L.N.Stolovich - hunuklikni, M.S.Kagan - garmoniya va dramatiklikni, N.I.Kiyaщyenko – qahramonlikni, o’zbek olimlari T.Mahmudov uyg’unlikni, Abdulla Sher qiziqarlilikni kiritdi.





126

1

1

12

Estetik munosabatlar deb nimaga aytiladi.

  • Оdatda biz «mushоhada» dеganimizda «kuzatish» so’zining sinоnimini tushunamiz. Aslida esa bunday emas: kuzatish, falsafiy qilib aytganda, bilish munоsabatining tajribaviy asоsi, u оb’еktga yo’naltirilgan bo’lib, qo’yilgan maqsad va ilmiy bilim mantiqi tоmоnidan bоshqarib, tuzatilib bоriladi, unga o’zgartirishlar kiritib turiladi, ya’ni u maqsad asоsida ish ko’radigan fikriy faоliyat. Kuzatishda insоn o’z diqqatini оb’еktga yo’naltirar ekan, uning qiziqishi hоdisadan mоhiyatga qarab bоradi; unda bоr narsaning bоrligini yoki yo’q narsaning yo’qligini tasdiqlash muhim. Mushоhada esa muayyan narsa-hоdisaning idrоk etayotgan kishi tоmоnidan tanlangan rakursda оlib qaralishini ta’minlоvchi fikriy faоliyat. Unda sub’еktning estеtik ehtiyoji, hissiyoti, hayotiy tajriba mоbaynida vujudga kеlgan estеtik yo’nalmasi birinchi o’rinda turadi, sub’еkt оb’еktni o’ziga хоs «ko’radi», vоqеlikning ahamiyati sub’еkt tоmоnidan maqsad emas, maqsadga muvоfiqlik bilan bеlgilanadi; sub’еkt оb’еktni «insоniylashtiradi» unga qalb, hissiyot, ijоd, оbrazlilik durbini bilan qaraydi, natijada bоshqalar ko’rmagan narsani ko’radi, bоshqalar eshitmagan tоvushlarni eshitadi, ya’ni estеtik mushоhada tufayli muayyan bir оb’еkt har bir sub’еkt tоmоnidan har хil idrоk etiladi va har хil talqin qilinadi.




127

1

1

7

Jamiyat hayotining sohalari va tuzilishi.
Jamiyat hayotining sohalari:
1. moddiy-ishlab chiqarish sohasi moddiy tovarlarni (ishlab chiqarish, savdo, moliya institutlari va boshqalar) ishlab chiqarish, taqsimlash, almashtirish va iste'mol qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlarni qamrab oladi;
2. tashkiliy (siyosiy) soha odamlar faoliyati va ular o'rtasidagi munosabatlarni (davlat, siyosiy partiyalar va boshqalar) tartibga solishni amalga oshiradi;
3. Ijtimoiy soha - bu jamiyat a'zosi sifatida insonning ko'payish sohasi. Bu bola tug'ilishi, odamlarning ijtimoiylashishi, dam olish va huquqiy imkoniyatlarning tiklanishi uchun sharoit yaratadi. Bu sog'liqni saqlash, ta'lim, xizmatlarni o'z ichiga oladi;
4. Ma'naviy soha bu bilimlar, g'oyalar va badiiy qadriyatlarni ishlab chiqarish sohasi. Unga fan, falsafa, din, axloq, san'at kiradi.
Barcha sohalar bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo'lib, ularni faqat nazariyada alohida ko'rib chiqish mumkin, bu chinakam yaxlit jamiyatning alohida sohalarini, ularning umumiy tizimdagi

rolini ajratish va o'rganishga yordam beradi. Bir-biri bilan munosabatlarga kirishib, odamlar turli xil ijtimoiy guruhlarni tashkil qiladilar. Ushbu guruhlarning kombinatsiyasi jamiyatning ijtimoiy tuzilishini shakllantiradi. Guruhlar turli mezonlarga ko'ra farqlanadi, masalan:


1. Ijtimoiy sinf guruhlariga sinflar kiradi (masalan, zodagonlar, ruhoniylar, uchinchi mulk), sinflar (ishchilar sinfi, burjua sinfi), tabaqalar (yuqori malakali ishchilar va malakasiz ishchilar) va boshqalar. 2. ijtimoiy-etnik guruhlar - urug ', qabila, millat, millat;
3. demografik guruhlar - yosh va jins guruhlari, mehnatga layoqatli va nogiron aholi va boshqalar.
4. Kasbiy ta'lim guruhlari - aqliy va jismoniy mehnat xodimlari, kasbiy guruhlar


128

3

1

10

Deduktiv xulosa chiqarish debnimaga aytiladi ?
25-question the same

129

2

1

10

Murakkab va murakkab qisqartirilgan sillogizmlar deb nimaga aytiladi.
Bir-biri bilan o’zaro bog’langan, ikki yoki undan ortiq oddiy qat’iy sillogizmlardan tuzilgan xulosa chiqarish – polisillogizm, ya’ni murakkab sillogizm deb ataladi. Polisillogizmda dastlabki sillogizmning xulosasi keyingisining katta yoki kichik asosi bo’ladi. Shunga ko’ra, polisillogizmning progressiv va regressiv turlari farqlanadi.
Progressiv polisillogizmda dastlabki sillogizmning xulosasi keyingisining katta asosi o’rnida keladi. Masalan:
Insonni kamolotga yetishtiruvchi narsalar foydalidir.
Ilmni egallash – insonni kamolotga yetishtiradi.
Ilmni egallash foydalidir.
Hunar o’rganish – ilmni egallash demakdir.
Demak, hunar o’rganish foydalidir.
Regressiv polisillogizmda dastlabki sillogizmning xulosasi keyingisining kichik asosi bo’lib keladi. Masalan:
O’simliklar tirik mavjudotlardir.
Daraxtlar o’simliklardir.
Tirik mavjudotlar hujayradan tashkil topgan.
Daraxtlar tirik mavjudotlardir.
Demak, daraxtlar hujayradan tashkil topgan.
Polisillogizm tarkibidagi birinchi, dastlabki sillogizm prosillogizm, qolganlari episillogizm deyiladi.
Polisillogizmning qisqartirilgan ko’rinishi – sorit deb ataladi.
Soritning tuzilishi quyidagicha:
Hamma A-B.
Hamma B-V.
Hamma V-G.
Hamma G-D.
Hamma A-D.
Soritlar ham progressiv yoki regressiv bo’ladi. Progressiv soritda prosillogizmning xulosasi – episillogizmlarning katta asosi tushirib qoldiriladi.
Regressiv soritda prosillogizmning xulosasi – episillogizmlarning kichik asosi tushirib qoldiriladi.
Sillogizmning kichik asosi tushirib qoldirilgan sorit – Arastu soriti, sillogizmning katta asosi tushirib qoldirilgan sorit – Goklen soriti, deb ataladi.


130

2

1

5

Miqdor o‘zgarishlarning sifat o‘zgarishlariga o‘zaro o‘tish qonunini izohlab bering ?

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling