0Raqamli texnologiya fakulteti 2-kurs talabalariga 4-semestr uchun «Falsafa» fanidan yakuniy nazorat savollari


Miqdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlariga o’tishi qonuni


Download 0.91 Mb.
bet21/36
Sana18.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1586621
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36
Bog'liq
falsafa javoblar

Miqdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlariga o’tishi qonuni. Hodisalarga makon-vaqt mezoni nuqtai nazaridan tavsif berish jarayonida «qayerda?» va «qachon?» savollari birinchi o’ringa chiqadi. Ularni bilishga nisbatan boshqa bir yondashuv «nima?» savoli bilan bog’liq. Ma’lum joyda va ma’lum vaqtda mavjud bo’lgan mazkur hodisa nimadan iborat? U qanday xossalar bilan tavsiflanadi? Boshqa hodisalardan uning farqi nimada va qay jihatdan ularga o’xshash? Bunday savollarga javob hodisalarni sifat va miqdor jihatidan tavsiflash orqali beriladi. Mazkur tavsif predmeti sifat va miqdor kategoriyalari bilan ifodalanadi. Eng sinchkov tahlil ham hodisada sifat yoki miqdor jihatidan tavsiflash mumkin bo’lmagan narsani aniqlash imkonini bermaydi. Binobarin, sifat va miqdor – hodisaning qoldiqsiz «parchalanuvchi» ikki tomoni (chizmaga qarang)



131

2

1

7

Hozirgi davrda integrallashgan falsafa fanning sohalarini sanab bering ?



132

1

1

7

Ijtimoiy taraqqiyotni anglashda formatsion va sivilizatsion yondoshuvlarni munosabati Tarixiy jarayonning birligi va turli-tumanligi.
Formatsion yondashuv tarixni monistik, universalistik tushunishga asoslanadi. U jahon tarixini ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar olinma-ketin almashuvidan iborat yagona, chiziqli-hujumkor tabiiy-tarixiy jarayon sifatida talqin qiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar haqidagi ta'limotni Karl Marks o‘zining «Kapital», «Siyosiy iqtisod tanqidiga doir» kabi asarlarida ilgari surgan. Marks nazariyasining mohiyatini uning bir qancha qoidalari orqali ifodalash mumkin:
1) ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya – sifat jihatidan aniq, yaxlit ijtimoiy tizim bo‘lib, uning muhim elementi odamlarning hayot faoliyati jarayonida ular o‘rtasida o‘rnatiladigan moddiy (iqtisodiy), ma'naviy (mafkuraviy) va boshqa aloqalar va munosabatlardir. Moddiy va ma'naviy munosabatlarning o‘zaro aloqasida moddiy munosabatlar yetakchi rol o‘ynaydi. Ularning o‘zagini ishlab chiqarish munosabatlari tashkil qiladi. Aynan ishlab chiqarish munosabatlari, ijtimoiy tizim faoliyatini belgilovchi asos hisoblanadi;
2) ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya turli mamlakatlarda ular rivojlanishining muayyan bosqichida ijtimoiy hayotga xos bo‘lgan umumiy jihatlarni aks ettiradi. Kapitalizmni o‘rganish va turli mamlakatlardagi moddiy va ma'naviy munosabatlarni taqqoslash jarayonida bu munosabatlarning ko‘pgina tomonlari takrorlanishining va mazkur mamlakatlar ijtimoiy rivojlanishning bir bosqichi – kapitalistik bosqichda, degan xulosaga kelingan;
3) ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya jamiyat rivojlanishining muayyan bosqichidir. Ko‘p sonli ijtimoiy aloqalar orasida ishlab chiqarish munosabatlarini farqlash, ularning bir necha turlari mavjudligini aniqlash imkonini ham bergan; turli ijtimoiy organizmlar bir xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishga ega bo‘lishi ham, har xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishga ega bo‘lishi ham mumkinligi (ya'ni har xil tipdagi ishlab chiqarish munosabatlari) aniqlangan. Shunday qilib, ishlab chiqarish munosabatlarining har bir tipi rivojlanish bosqichi, tarixiy davrni, bu ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi va o‘zgarishi esa jamiyat rivojlanishining mohiyatini belgilaydi, degan xulosaga kelingan.
Bu qoidalardan kelib chiqib, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya – bu jamiyatning muayyan tarixiy tipi, ishlab chiqarishning muayyan usuliga asoslangan va ijtimoiy taraqqiyot bosqichi sifatida amal qiladigan yaxlit ijtimoiy tizim, degan to‘xtamga kelish mumkin.
«Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya» kategoriyasini asoslash tarixiy jarayonni davriylashtirish imkonini bergan. U jami formatsiyalarning besh tipini farqlagan: ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm, kommunizm. Jahon tarixiy jarayoni bir formatsiyadan boshqa formatsiyaga yuksalishdan iborat bo‘lgan chiziqli jarayon sifatida tavsiflagan.



133

2

1

1

Falsafiy dunyoqarash o‘zgarishida ta’lim-tarbiya jarayonining ahamiyati.



134

3

1

3

Antik dunyo va Yunoniston falsafasining klassik davri. Milet va Eley maktablari. Geraklit, Pifagor va pifagorchilar.
Qadimgi davr falsafasining yana bir silsilasi Yunoniston va Rimga tegishlidir. Bu davrdagi falsafiy qarashlar antik davr falsafasi deb yuritiladi. Unda Milet falsafiy maktabi, Suqrot, Pifagor, Aflotun, Arju va boshqalarning falsafiy, tabiiy-ilmiy, ijtimliy-axloqiy ta’limotlari o’rganiladi.
Qadimgi Yunonistonda dastlabki falsafiy ta’limotlareramizdan avvalgi VII-VI asrlar o’rtasida Milet shahrida yuzaga kelgan va rivojlangan. Milet maktabi vakillari Fales, Anaksimandr, Anaksmenlardir. Uning asoschisi Fales (yer.av. 624-547 yillar) o’z davrining yetuk siyosiy arbobi, jo’g’rofi, faylasufi bo’lgan. Fales ta’limotiga ko’ra, tabiatdagi turli-tuman jism va hodisalar dastlabki ibtido-suvdan paydo bo’lgan va yana suvga aylanadi hamda bu moddiy birlik doimo o’zgarishida bo’ladi. Anasimandr (Falesning shogirdi) (yer.av. 610-546 yillar). U «Tabiat haqida» asarini yozgan, biroq asar bizgacha yetib kelmagan. Fales olamning asossiga suvni qo’ygan bo’lsa, Anaksimandr dunyo cheksiz, gazsimon apeyrondan iborat deydi.
Anaksimandrning fikricha, xamma narsa apeyrondan kelib chikadi va ma’lum bir vaktda apeyronga kaytadi. Apeyronning doimiy xarakat qilib turishi, Anaksimandrning fikricha, qarama-qarshiliklarning kelib chiqishi tufayli bo’ladi, buning natijasida bir xil narsalar paydo bo’lib, boshqalari yo’qolib turadi. Dunyodagi bu narsalarning mavjudligi hyech qanday xudolarning ta’siriga muhtoj emas. Anaksimandr qadimgi Yunoniston fanida odamning paydo bo’lishini isbotlashga uringan olimlardan biri bo’lib hisoblanadi. Uning fikricha hayvonlar dunyosi qurib qolgan dengiz ostida paydo bo’lib, birinchi hayvonlar suvda yashyaganlar keyinchalik qirg’oqqa chiqqanlar, odamlar esa baliqlardan paydo bo’lgan.
Milet maktabining keyingi vakili Anaksimen (yer.oldin 585-525 yillar) hisoblanadi. Anaksimen Anaksimandrning shogirdi bo’lib, uning mavhum materiyasi «apeyron»dan yanyada konkret materiya formasiga – havoga qaytadi. Anaksimenning fikricha, butun narsalar doimiy harakatdagi havodan paydo bo’lib va yanya havogv qaytib turadi. Siyraklashib, suyuqlashib ketgan havo olovga, suyuqlashib ketgan havo esa yerga, toshga aylanadi. Havo Anaksimenning fikricha, sovuqdan suyuqlashib va issiqdan quyuqlashib turadi. Uning fikricha, xudolarning o’zlari moddadan-havodan kelib chiqib, kosmik o’zgarishlar xudolarning ta’siri bilan emas, balki moddaning doimiy o’zgarishi natijasida paydo bo’ladi. Qadimgi Yunonistonning efera shahrida (yer.av. 544-583 yillar) Geraklit degan faylasuf yashagan. U qadimgi Yunonistondagi stixiyali dialektikaning asoschisi bo’lib hisoblanadi.



135

2

1

2

Diniy bag‘rikenglik va dunyoviy bilimlar takomili, ular o‘rtasidagi bog‘liqlik va aloqadorlik. Imom Buxoriy va Imom Termiziy buyuk hadisshunos olimlar. “Al-jome’ as-sahih” asari. Imom–ul–A’zam Abu Hanifa, Imom Moturudiy va Burxoniddin alMarg‘inoniy qarashlari: “Al–Hidoya” asari.



136

3

1

3

Nemis milliy falsafasi, uning tarixiy ildizlari. V.Gegel–nemis falsafasining yirik namoyondasi. Feyerbax falsafasi.
Nemis klassik falsafasining yirik vakillari Immanuil Kant, I.Fixte, F.Shelling, Georg Gegel va Lyudvig Feyerbax kabilardir.
Falsafiy tafakkur rivojlanishining bu bosqichi davrning muayyan tarixiy shart-sharoitlari bilan belgilanadi. Bu kuchli ijtimoiy ziddiyatlar, jamiyat ongida olamshumul o’zgarishlar yuz bergan davr edi. Kuchli inqilobiy harakatlardan so’ng ularning sur’ati pasayib imkoniyatlariga ishonchsizlik kuchaydi. Ijtimoiy ongda konservativ tendensiyalar ustunlik qila boshladi. Angliya va Fransiyada monarxiya va Cherkovning oldingi mavqyei tiklandi. Germaniyada pruss monarxiyasining roli kuchaydi. Tarixdagi bu ziddiyatli voqyealar nemis gnoseologiyasining asosiy xususiyatlarini belgilab berdi.
Nemis falsafasi F.Bekon va R.Dekart boshlagan inson aqli imkoniyatlarini o’rganishning umumiy yo’nalishini davom ettirdi. Biroq u o’z vazifasini nafaqat inson aqlini madh etish, balki uning chegaralarini belgilash, e’tiqod va aql, din va fanni murosaga keltirish yo’llarini ham izlashda ko’rdi. Bu nemis falsafasi bajarishi lozim bo’lgan ijtimoiy buyurtma edi.
Davrning olamshumul voqyealari ijtimoiy taraqqiyot nafaqat aql va fan yutuqlari, balki axloq, ma’naviyat sohasida erishilgan muvaffaqiyatlar bilan ham o’lchanishini namoyish etdi. Inqilob va u bilan bog’liq urushlar davrida yuz bergan ma’naviy inqiroz nemis falsafasida nafaqat bilish imkoniyatlariga, balki inson ma’naviy dunyosining barcha tomonlari, uning bilish, diniy, axloqiy va estetik qobiliyatlarining o’zaro aloqasi muammosiga ham e’tiborni qaratishni talab qildi. Umuman olganda, nemis faylasuflari haqiqat, e’tiqod, yaxshilik va go’zallik ajralmasdir, degan fikrni teran asoslashga harakat qildilar.


137

2

1

4

Ob’ektiv va sub’ektiv borliq tushunchalari. Borliqning anorganik, organik va ijtimoiy shakllari. Mikrodunyo, makrodunyo, megadunyo va ularning namoyon bo‘lish hususiyatlari.

138

2

1

5

Olamning mavjudligi – miqdor va sifat voqeligi tarzida. Miqdor va sifat tushunchalari. Me’yor kategoriyasi. Me’yorning saqlanish qonuni. Me’yorning buzulishi va yangi sifatga o‘tishi. Taraqqiyotning tadrijiy o‘zgarish usuli va uning hozirgi O‘zbekistonda namoyon bo‘lish xususiyatlari.

139

2

1

9

Tushuncha, hukm, xulosa chiqarish tafakkur shakllari sifatida yoshlarda to‘g‘ri fikrlash qobiliyatini, fikrni erkin bayon eta olish ko‘nikmalarini shakllantirish mezoni ekanligi.



140

1

1

7

Iqtisod va ma’naviyat. Iqtisodiy rivojlanishning ma’naviy taraqqiyotga bog‘liqligi. Iqtisodiy boshqarish va mafkuraviy jarayonlar.



141

1

1

7

Qadriyat kategoriyasi, uning mohiyati va mazmuni. Qadriyatlar tizimi. Qadriyatlarning namoyon bo‘lish shakllari va ularning asosiy xususiyatlari, qadrlash va baho, ularning o‘zaro aloqasi
«Qadriyat» aksiologik tushuncha bo’lib, inson, insonlar guruhi va umuan insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan narsa, hodisa, norma jarayon va munosabatlarni ifoda etadi. «Ahamiyatlilik» va «foydalilik» qadriyatlarning darajasini belgilovchi nisbiy tomonlaridir. Narsa va hodisalar, shu jumladan sosial hodisalarning qadriyatli yoki qadriyatsizligini aniqlash muayyan davrga inson va insonlar guruhi manfaatlari doirasida amalga oshadi. Demak, o’z-o’zidan ko’rinib turibdiki, qadriyatlar inson va biron-bir ijtimoiy tuzum, kshilarning muayyan birligi uchun nisbiy xarakterga egadir. Qadriyatlar ontologik xarakteriga ko’a tabiiy va sosial qadriyatlarga ham bo’linadi. Suv yoki toza havo inson uchun tabiiy qadriyatdir. Ular inson tomonidan ishlov berilib yaratilmagan. Sosial qadriyatlarning jamiyat ichida uning taraqqiyoti davomida yuzaga keladi va amal qiladi. Madaniy qadriyatlar sosial qadriyatlarning tarkibiy qismi sifatida faqatgina inson tomonidan ishlov berilgan sosial buyum, hodisa va munosabatlarni o’z ichiga oladi. Biron o’simlik yoki qo’y biologik hodisa sifatida tabiatniki. Lekin ular inson tomonidan ishlov berilgandan so’ng madaniy hodisalarga – madaniy o’simlik va uy hayvoniga, shu jumladan madaniy qadriyatlarga aylanadi. Bu jarayon saqlash voqyelikka xosdir. Demak, insonning o’zi ham ishlov berish mahsuli sifatida madaniy qadriyatdir. Sosial qadriyatlar ichida shunday tamon, element iva munosabatlar ham borki, ular inson tamonidan bevosita ishlov berish natijalari emas.
Ularning yuzaga kelishi insonga nisbatan olsak, bevosita shartlangandir. O’z-o’zidan ravshanki sosial qadriyatlar madaniy va madaniy bo’lmagan qadriyatlarga ham bo’linadi. Yuqorida qadriyatlarni belgilash nisbiy xarakterga ega, degan fikr madaniy qadriyatlarga ham tegishlidir. Chunki ayni vaqtda biron-bir xalq uchun qadriyatli bo’lgan urf-odat boshqa xalqlar uchun ahamiyatsiz bo’lishi mumkin. Yoki har bir xalqning uzoq o’tmishda qadrli bo’lgan sosial norma hozirgi davrga kelib shunchaki madaniy yodgorlik, hatto konservativ xarakterda bo’lishi mumkin. Shuningdek uzoq o’tmishda yuzaga kelib, hozirda ham nafaqat doimiy milliy, balki doimiy umuminsoniy qadriyatlar ham mavjuddir. Har qanday qadriyatlar singari madaniy qadriyatlarni bilishning yo’li-ularning sifatini aniqlashdir.



142

1

1

7

Jamiyat hayotida barqarorlik va beqarorlik. Barqaror rivojlanish-tinchlik va tadrijiy taraqqiyot garovi. Insoniyatning xavfsiz rivojlanish imkoniyatlari va muammolari. Jamiyat taraqqiyotida tolerantlik tamoyili.



143

1

1

7

Jamiyatni tahlil etishdagi metodologik yondoshuvlar: geografik determinizm, maltuzchilik, iqtisodiy determinizm.

144

3

1

7

Falsafa insoning mohiyati to‘g‘risida. Antroposotsiogenezda tabiiylik va ijtimoiylikning o‘zaro mutanosibligi.



145

1

1

7

O‘zbekiston mustaqilligi va mafkuraviy muammolar. Mafkuraviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi. Milliy istiqlol mafkurasini shakllantirilishi va fuqarolar ongiga singdirilishi usullari va imkoniyatlari.



146

1

1

7

XXI asrda O‘zbekistonning sivilizatsiyalashgan taraqqiyotining muhim xususiyatlari. O‘zbekistonda bunyod etilayotgan jamiyat, uning asosiy tamoyillari va ustuvor yo‘nalishlari.



147

1

1

7

Aksiologiya – qadriyatlar haqidagi fan. Uning rivojlanish imkoniyatlari.



148

1

1

7

Yosh avlodda ijtimoiy falsafiy bilimlarni shakllantirish va taraqqiyotimizning tamoyillari to‘g‘risida ilmiy hulosalar hosil qilish zarurati.



149

3

1

9

Tushuncha - borliqni aks ettirish shakli sifatida. Tushuncha va til. Terminlar va tushunchalar. Tushunchalarning mazmuni, hajmi, miqdori. Tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish. Tushunchaning turlari va o‘rtasidagi munosabat. Tushunchalarni ta’riflash.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling