0Raqamli texnologiya fakulteti 2-kurs talabalariga 4-semestr uchun «Falsafa» fanidan yakuniy nazorat savollari


Download 0.91 Mb.
bet24/36
Sana18.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1586621
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
Bog'liq
falsafa javoblar

Falsafa tarixida haqiqat (bilimlarning haqiqiyligi) muammosi qadimgi davrlardayoq ta’riflangan. “Avesto”da haqiqat oliy sharofatdir deyiladi. Darhaqiqat insoniyat doimo haqiqatga intilgan. Zero haqiqat adolatga, sharofatga eltadigan buk qudrat. Aristotel fikricha haqiqat – mulohazalar va amaldagi holat o’rtasidagi muvofiqlikdir.
Platon haqiqatni g’oyalar dunyosiga mos keluvchi g’ayritabiiy mustaqil ideal mohiyat sifatida tushungan, inson bilimi jonning shu g’oyalar dunyosi bilan mushtarakligi darajasidagina haqiqiydir, deb hisoblagan.
Foma Akvinskiy haqiqat yolg’on narsalarda emas, balki aqlda mavjud bo’ladi, har bir narsa o’zi bog’liq bo’lgan aqlga munosabati darajasidagina haqiqiy deb nomlanishi mumkin, deb qayd etgan.
Beruniy fikricha haqiqat bilimning voqyelikka muvofiqligidir. Forobiy fikricha haqiqatni bilish aqlning kamolotiga bog’liq. Bu aql inson qalbidadir, uning kamolotiga esa faol aqlga qo’shilish orqali erishiladi. Faol aqlda borliqning eng oliy darajasi bo’lgan Birinchi sababdan boshlab to oxirgi haqiqatning barcha sura shakllari mavjud. Shuningdek Forobiy va uning izdoshlari fikricha, haqiqat bir nechta bo’lishi mumkin emas, haqiqat bitta, shu bois falsafa ham bir nechta bo’lishi mumkin emas. Forobiy haqiqatning o’zgarmasligiga ishongan va falsafani haqiqatning birdan bir ifodasi deb hisoblagan4. Naqshbandiy haqiqat bu Allohni anglashdir deb hisoblagan. Haqiqat so’fiylar talqinida shariat doirasidan chetga chiquvchi ichki mazmunni anglatadi. Ilk so’fiylar shariat va haqiqat o’rtasida jarlik yuzaga kelishiga yo’l qo’ymaslikka harakat qilganlar. Keyingi so’fiylar, masalan, Abu Bakr az Zakok haqiqat haqidagi fan shariat sari yo’lni oydinlashtiradi deb hisoblaydi. Darhaqiqat, diniy aqidalarni rad etish va odam shariat va tariqat bosqichlaridan o’tib, haqiqatga erishganidan keyingina o’zining «haqiqiy borlig’i»ni kasb etishi, haqiqat bilan birikishi va o’zi ham haqiqatga aylanishi haqidagi ta’limot so’fizm rivojlanishining keyingi bosqichlari mahsuli sifatida vahdati vujud (borliqning birligi), ya’ni mistik panteizm haqidagi ta’limot asoschilari sanalgan Boyazid Bistomiy, Halloj va boshqalarning asarlarida ilgari surilgan.



159

3

1

10

Determinizm,uning tamoyillari va har xil turlari.



160

1

1

5

Rivojlanishning umumiy qonunlari va kategoriyalari.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling