0Raqamli texnologiya fakulteti 2-kurs talabalariga 4-semestr uchun «Falsafa» fanidan yakuniy nazorat savollari


Download 0.91 Mb.
bet23/36
Sana18.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1586621
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36
Bog'liq
falsafa javoblar

Tushuncha – narsalar va hodisalarning umumiy, muhim xossa va aloqalari aks etuvchi fikr. Tushuncha – tafakkur, tushunish faoliyatining mahsuli. Ular nafaqat narsalar va hodisalarning umumiy jihatlarini aks ettiradi, balki ularni bir-biridan ajratadi, ular o’rtasida mavjud farqlarga qarab ularni guruhlaydi, tasniflaydi. Bundan tashqari, biz biror narsa haqida tushunchaga ega ekanligimizni ta’kidlar ekanmiz, bunda mazkur obyektning mohiyatini tushunishimizni nazarda tutamiz. Masalan, «inson» tushunchasi nafaqat muhim umumiy, ya’ni barcha odamlarga xos bo’lgan jihatni, balki har qanday odamning boshqa har qanday narsalardan farqini ham aks ettiradi, mazkur odamning mohiyatini tushunish esa, umuman insonning mohiyati, ya’ni inson haqidagi tushunchaning mazmunini bilishni nazarda tutadi: «Inson – aql, so’zlashish va mehnat qilish qobiliyatiga ega bo’lgan bioijtimoiy mavjudot».
Sezgi, idrok va tasavvurlardan farqli o’laroq, tushunchalar ko’rgazmalilik yoki hissiylikdan xolidir. Idrok daraxtlarni, tushuncha – umuman daraxtni aks ettiradi. Tushunchaning mazmunini ko’pincha aniq obraz ko’rinishida tasavvur qilish mumkin emas. Inson, masalan, yaxshi odamni tasavvur qilishi mumkin, biroq u yaxshilik, yomonlik, go’zallik, qonun, yorug’lik tezligi, sabab, qiymat kabi tushunchalar va jarayonlarni sezgi obrazi ko’rinishida tasavvur qila olmaydi. Har qanday fanning barcha tushunchalari haqida shu fikrni aytish mumkin. Ularning obyektiv ta’rifi ko’rgazmalilik chegaralaridan tashqarida bilvosita aniqlanadi.
Tushuncha muhim jihatlar va xossalarni aniqlaydi va ularni o’zida mujassamlashtiradi: tushuncha mohiyatning fikrda ifodalangan obrazidir. Shuning uchun ham oz sonli tushunchalar son-sanoqsiz narsalar – xossalar va munosabatlarni qamrab oladi. Tushunchalar turli davrlarda mazmunan har xil bo’lgan. Ular ayni bir inson rivojlanishining turli darajalarida har xildir.
Haqiqiy ilmiy tafakkur madaniyati biron-bir tushunchani aniq ta’rifsiz qoldirmaslikni o’zi uchun qoida deb biladi. Buyuk mutafakkir Suqrot tushunchalarni mantiqiy jihatdan aniq ta’riflash haqiqiy bilimning bosh shartidir, degan edi.
Tushunchalar inson ongida ma’lum bog’lanishda, mulohazalar ko’rinishida yuzaga keladi va mavjud bo’ladi. Tafakkur – biror narsa haqida hukm chiqarish, narsaning turli tomonlari o’rtasidagi yoki narsalar o’rtasidagi muayyan aloqalar va munosabatlarni aniqlash demakdir.



154

2

1

6

Bilish metodologiyasi deb nimaga aytiladi ?



155

2

1

8

Inson mohiyatini ta’riflashga asosiy yondoshuvlar.
Inson barcha ijtimoiy munosabatlar majmuidir, degan fikr insonga mexanistik nuqtai nazardan yondashgan Ma’rifat davri mutafakkirlari, xususan «Inson-mashina» deb nomlangan asar muallifi fransuz J.Lametri (1709-1751) ilgari surgan g’oyalar bilan to’qnashadi.
Boshqa bir mashhur fransuz faylasufi – R.Dekart (1596-1650) asarlarida inson mohiyati masalasiga nisbatan butunlay o’zgacha yondashuvga duch kelamiz. U «inson fikrlovchi narsadir», deb hisoblaydi.
«Inson, u uzoq vaqt o’ylaganidek, dunyoning statik markazi emas, balki evolyusiyaning o’ziga va cho’qqisi bo’lib, bu ancha go’zalroqdir»3, deb qayd etadi atoqli fransuz faylasufi va teologi P.T. de Sharden (1881-1955).
Unga zid o’laroq, A.Shopengauer (1788-1860) inson nuqsonli mavjudot ekanligini ta’kidlaydi, uni «tabiat xalturasi» deb ataydi.
Fransuz yozuvchisi va faylasufi J.P.Sartr (1905-1980) bu fikrni butunlay rad etadi. Uning fikricha, inson kelajakka qarab intiladi va shu tariqa o’zini o’zi yaratadi. U «Inson – odamzot kelajagidir», deb ta’kidlaydi.
Shunday qilib, falsafaning ikki yarim ming yillik tarixi mobaynida insonga juda ko’p ta’riflar va tavsiflar berildi, u ko’p sonli sinonimlar orttirdiki, falsafiy tahlilning boshqa biron-bir obyektida bunday holga duch kelish mushkul. Zero, falsafa tarixida inson:

  • «aqlli mavjudot»;

  • «siyosiy hayvon»;

  • «tabiat gultoji»;

  • «hayotning boshi berk ko’chasi»;

  • «hayotning soxta qadami»;

  • «mehnat qurollari yasovchi hayvon»;

  • «o’zlikni anglash qobiliyatiga ega mavjudot»;

«ma’naviy va erkin mavjudot» va hokazolar sifatida talqin qilingan



156

2

1

9

Uchinchisi istisno qonunideb nimaga aytiladi ?
Bu qonun fikrlar o’rtasidagi zid munosabatlarni ifodalaydi. Agarda zid munosabatlar fikrning to’liq mazmunini qamrab olmasa, ikki zid belgidan boshqa belgilarning ham mavjudligi ma’lum bo’lsa, unda uchinchisi istisno qonuni amal qilmaydi.
Masalan:
Talaba imtihonda «a’lo» baho oldi.
Talaba imtihonda «ikki» baho oldi.
Bu mulohazalar munosabatida nozidlik qonuni amal qiladi. Chunki bu mulohazalarning har ikkisi ham xato bo’lishi va talaba imtihonda «o’rta» yoki «yaxshi» baho olishi mumkin.
Agar, «Talaba imtihonda «a’lo» baho oldi» va «Talaba imtihonda «a’lo» baho olmadi» mulohazalarini tahlil qilsak, unda bu mulohazalardan biri chin, boshqasi xato, uchinchisiga o’rin yo’q ekanligi ma’lum bo’ladi. Chunki «yaxshi», «o’rta» va «ikki» baholar – «a’lo» baho emas.
Uchinchisi istisno qonuni quyidagi holatlarda qo’llaniladi:
1. Alohida olingan yakka buyumga nisbatan bir xil vaqt va munosabat doirasida o’zaro zid fikr bildirilganda. Masalan:
Toshkent – O’zbekistonning poytaxti.
Toshkent – O’zbekistonning poytaxti emas.
Bu mulohazalar birgalikda chin ham, xato ham bo’la olmaydi. Ulardan biri chin, ikkinchisi xato, uchinchi mulohazaga o’rin yo’q. Uchinchisi istisno qonuni o’zaro zid umumiy mulohazalar doirasida amal qilmaydi. Chunki umumiy mulohazalarda buyumlar sinfiga va shu sinfga mansub har bir buyumga nisbatan fikr bildiriladi.
Masalan:
Hamma faylasuflar notiqdir.
Hyech bir faylasuf notiq emas.
Bu mulohazalardan birining xatoligidan ikkinchisining chinligi haqida xulosa chiqarib bo’lmaydi. Bunday holatda «Ba’zi faylasuflar notiqdir» degan uchinchi bir mulohaza chin hisoblanadi.
Uchinchisi – istisno qonuni:
1.Ikki zid yakka mulohazalarga nisbatan.
2.Umumiy tasdiq va juz’iy inkor mulohazalarga nisbatan.
3.Umumiy inkor va juz’iy tasdiq mulohazalarga nisbatan qo’llaniladi.
Uchinchisi – istisno qonunining amal qilishi uchun olingan zid munosabatlarni ifodalovchi mulohazalardan biri tasdiq, ikkinchisi inkor bo’lishi yoki tushunchalardan biri ijobiy va boshqasi salbiy bo’lishi shart emas. Olingan ikki tushuncha yoki mulohazaning bir-birini hajm jihatdan to’liq inkor etishi kifoya. Masalan, erkak va ayol tushunchalarining har ikkisi ijobiy bo’lib, inson tushunchasining to’liq mazmunini qamrab oluvchi zid belgilarni ifodalaydi.



157

2

1

4

Materiya harakatlari va uning har-xil turlari.
, materiya harakatining besh asosiy shakli: mexanik, fizik, kimyoviy, biologik va ijtimoiy harakat qayd etgan.
Harakatning mazkur shakllari bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, bunda har bir keyingi harakat o’zidan oldingi harakatdan kelib chiqadi, unga asoslanadi, biroq, shunga qaramay, quyi shakl bilan bog’lanmaydi. Harakatning murakkab shakllarini soddaroq shakllarga bunday bog’lashga urinishlar falsafa tarixida «mexanisizm», «reduksionizm» (lot. reductio – ortga surish) degan nom olgan, harakat ijtimoiy shakllarini biologik shakllar darajasigacha soddalashtirish biologizatorlik konsepsiyalarida mavjud.
Dunyoning kelib chiqishi va rivojlanishi haqidagi hozirgi tasavvurlar nuqtai nazaridan ko’rsatilgan shakllar harakatning mavjud va taxmin qilingan usullarining butun rang-barangligini aks ettirmaydi. Xususan, elementar zarralarning o’zgarish jarayonlari, XIX asrda noma’lum bo’lgan mikro- va makrodunyo darajasidagi boshqa o’zgarishlar materiya harakati mexanik, fizik va kimyoviy shakllarining o’zaro nisbatiga doir masalani endi yangidan qo’ymoqda. Bu yerda mexanik shakl endi barcha fizik jarayonlar negizi sifatida qaralmaydi. Endilikda biologik harakatning elementar zarralari, ilgari taxmin qilinganidek, oqsilli molekulalar emas, balki XX asrda kashf etilgan DNK va RNK hisoblanadi. Ayrim olimlar yer po’sti hamda Yer ostida yuz berayotgan jarayonlar haqidagi hozirgi tasavvurlarga asoslanib harakatning geologik shaklini farqlamoqdalar.
XIX asr oxirlarida materiyaning harakat shakllari tasnifi ishlab chiqilayotganida, ilmiy davralarda fanlarni tasniflashga nisbatan kontcha yondashuv shakllangan edi. Pozitivizm asoschisi O.Kont har bir fan predmetini materiya harakatining alohida shakli tashkil etishi, turli fanlarning obyektlari esa bir-biridan keskin farq qilishiga ishonchi komil edi (mexanika, fizika, kimyo, biologiya, sosiologiya va hokazo). Mazkur muvofiqlik fanlarni muvofiqlashtirish tamoyili deb nomlandi. Bunda turli fanlar o’rganadigan obyektlar bir-biri bilan qanday bog’langanligi va bir-biriga o’tishiga e’tibor berildi. Quyidan oliyga, oddiydan murakkabga sari yuksalib boradigan harakatlanuvchi materiyaning progressiv rivojlanish jarayonini aks ettirish g’oyasi tug’ildi. Mexanika fizika bilan bog’lanishi va unga o’tishi, fizika kimyoga, kimyo biologiya va ijtimoiy fanlarga o’tishini nazarda tutuvchi yondashuv (mexanika  fizika  kimyo  biologiya  ijtimoiy fanlar) subordinasiya tamoyili deb nomlanadi. Darhaqiqat, qayerga nazar tashlamaylik, biz harakatning boshqa shakllariga mutlaqo bog’liq bo’lmagan biron-bir harakat shaklini topa olmaymiz, hamma joyda bir harakat shaklining boshqa harakat shakliga aylanish jarayonlarigina mavjud. Materiya harakat shakllarining o’zaro ta’siri va bir-biriga aylanishi uzluksiz-uzlukli jarayonida mavjud bo’ladi.



158

1

1

6

Haqiqat tushunchasi. Haqiqatga erishish–bilishning asosiy maqsadi. Haqiqatning turli shakllari: mutlaq, nisbiy va sarob haqiqatlar
Haqiqat – bilish nazariyasining bosh kategoriyasi. U borliqning bilishdagi ideal ifodasi, chunki haqiqat ongdan, bilayotgan subyektdan tashqarida va undan qat’iy nazar mavjuddir. Haqiqat – bilimlarning obyektiv borliqqa muvofiq bo’lgan mazmuni. U bilish jarayoni, bilish in’ikosining natijasidir. Haqiqat ilmiy nazariyada mujassamlashgan anglab yetilgan tasdiqlovchi mulohazalar ko’rinishida o’z ifodasini topadi. Har qanday ilmiy nazariya rivojlantirilishi, ba’zan boshqa, yanada haqiqiyroq nazariya bilan almashtirilishi lozim. Shu ma’noda haqiqat – bilish rivojlanishining yakuni va ayni vaqtda omilidir.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling