0Raqamli texnologiya fakulteti 2-kurs talabalariga 4-semestr uchun «Falsafa» fanidan yakuniy nazorat savollari


Download 0.91 Mb.
bet11/36
Sana18.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1586621
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36
Bog'liq
falsafa javoblar

- narxining arzonligi;
- asosiy mahsulot – bilim, axborot, moda va imidj;
- yangi iqtisodiyot - u axborotga ega bo’lishni xoxlaydigan odamlarga imtiyoz bag’ishlaydi;
- chinakam global xarakterga ega ekanligi.
Ahamiyat berilsa, yuqorida ko’rsatib o’tilgan xususiyatlarning barchasi yoshlarning manfaatiga, tuyg’ulariga va dunyoqarishiga mos keladi. Bu xususiyatning barchasi birgina internetda jamlaganligiga e’tibor beradigan bo’lsak, yoshlarning estetik tarbiyasidagi o’zgarishga bo’ladigan ta’sir san’at va adabiyotdanda ko’lamliroq ekanligiga shubha qilmasa ham bo’ladi.



36

1

1

11

Etika fanning tadqiqot doirasini izohlang?
Etika - ruscha – moral, lotincha «mores», «moralis» so’zlaridan olingan bo’lib, ma’nosi xulq, odat demakdir.
Etika - ijtimoiy ongning muayyan shakli bo’lib, kishilarning ijtimoiy va shaxsiy hayotida bir-birlariga bo’lgan munosabatlarining, ya’ni xatti-harakat prinsiplari va normalarining yig’indisidir. Etika so’zi, tushunchasi ham arabcha bo’lib, xulq so’zining ko’pligidir.
Etika kishilarning fe’l-atvori, yurish-turishi, ularning ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi o’zaro munosabatlarini tartibga solib turadi. Etika normalari jamiyat yoki muayyan guruh tomonidan shaxs fe’l-atvoriga qo’yiladigan talabdir. Bu normalar shaxsning jamiyatga – Vatan, davlat, millat, guruhga munosabatini, shuningdek, shaxsning turmushdagi, ayrim kishilarga, kasbi-koriga, mutaxassisligiga, hatto o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlardagi xatti-harakatni ham o’z ichiga oladi.
Kishilik jamiyatining ilk davrlarida etika normalari – yurish-turish qoidalari va odob prinsiplari kishilarning mehnat qilish jarayonida vujudga kelib, ularga rioya qilish urf-odatga, an’anaga aylanib boradi. Keyinchalik jamiyat, ijtimoiy hayot taraqqiy etib, aqliy mehnat jismoniy mehnatdan ajralgach, mehnat taqsimoti yuz bergach, odamlarning yurish-turish qoidalari, odam etikaining mohiyati haqidagi masalalar bir butun falsafiy bilimlar sistemasiga solinadi, ma’lum darajada mustaqil fanga aylanadi. Shu tariqa etika, ya’ni etika haqidagi ta’limot paydo bo’ladi.
Etika – grekcha-yunoncha «ethos» degan so’zdan olingan bo’lib, buning ma’nosi xulq-odat demakdir. Etika, ya’ni etika haqidagi fan, o’zbek tilida hozirgi paytda etika fani deb ham yuritiladi. Lekin biz etika fani deb yuritishimizni ma’qul topdik. Sabab bu nom dunyoda yuritiladigan standartga mos keladi, deb o’ylaymiz, garchi fanning nomlari qanday yo’sinda yuritilmasin, uning mazmuniga putur yetmaydi, shakl mazmunni, mohiyatni tubdan o’zgartirib yubormaydi, garchi ta’sir etsa ham.
Etika odamlarning yurish-turishida, etikaida tarixan o’zgarib turadigan, rivoj topib, taraqqiy etib boradigan prinsiplarni, etikaiy norma, qoidalarni; etikaning manbai va kelib chiqishini, etikaiy kategoriyalarni ya’ni yaxshilik va yomonlik, or-nomus, vijdon kabi umumiy tushunchalarni, etikaiy e’tiqod, maslak va his-tuyg’ularni izohlab beradi. Shuningdek, etikaning abadiy muammolari bo’lgan – etikaiy bahoning mezoni nimada, etikada haqiqat bormi, etikaiy erkinlik nima, inson o’z xatti-harakati uchun javobgarmi, mas’ulmi kabi savollarga javob axtaradi.
Etika fan sifatida etikani, odob-xulqni, etikaiy munosabatlarni aks ettiribgina qolmay, balki odam intilishi lozim bo’lgan maqsadni, ya’ni yuksak etikaiy g’oyani, bu g’oyani, ya’ni bizning pirovard strategik maqsadimiz bo’lgan – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot g’oyasini amalga oshirmoq uchun qanday yashab, qanday harakat qilmoqlikni ma’nosi ochib beriladi, odamlarning yurish-turishi qanday degan savolgagina emas, balki qanday bo’lishi kerak degan savolga ham javob beradi. Shuning uchun ham etikaiy illatlar tanqid qilinadi, odamlarning xatti-harakatiga yuksak etikaiy g’oya va maqsad nuqtai nazaridan qat’iy baho beriladi.



37

2

1

4

Falsafiy kategoriyalar tizimi ,ularning mazmuni
Falsafiy kategoriyalar – borliqning umumiy, muhim tomonlari, xossalari, aloqalari va munosabatlari haqida fikrlash uchun qo’llaniladigan o’ta keng tushunchalar majmuidir. Falsafiy kategoriyalar tizimida shartli ravishda uch muhim guruhni farqlash mumkin.
1. Falsafiy kategoriyalarning birinchi va eng muhim guruhi – har qanday falsafiy muammolarni tahlil qilishda qo’llaniladigan umumiy kategoriyalar. Bular borliq kategoriyalaridir (falsafiy adabiyotlarda bu kategoriyalarni dialektika kategoriyalari deb nomlash odat tusini olgan).
2. Ikkinchi guruhni falsafaning turli bo’limlariga tegishli bo’lgan maxsus kategoriyalar tashkil etadi. Masalan, ontologiya borliq va yo’qlik, substansiya, dunyoning birligi, materiya, ong, makon, vaqt, harakat kabi kategoriyalar mazmunini aniqlaydi va muayyan tarzda talqin qiladi. Naturfalsafa, gnoseologiya, antropologiya, praksiologiya, ijtimoiy falsafa, globallashuv falsafasi ham o’z kategoriyalar apparatiga egadir.
3. Uchinchi guruhni maxsus falsafiy fanlar: mantiq, axloq (etika), estetika kategoriyalari tashkil etadi. Masalan, axloq fanida falsafiy bilimning ayni shu sohasi va falsafaning axloq bilan turdosh bo’limlari – antropologiya, ijtimoiy falsafa, aksiologiyaga xos bo’lgan kategoriyalar tizimi (yaxshilik va yomonlik, sha’n va qadr-qimmat, hayot ma’nosi, baxt va boshqalar) vujudga kelgan. Tushunchalar, mulohazalar, mushohadalar, dalillash va hokazolar mantiq kategoriyalari hisoblanadi. Estetikada go’zallik va xunuklik, fojeaviylik va kulgililik, ulug’vorlik va tubanlik kabi kategoriyalar qo’llaniladi. Biz esa falsafaning umumiy kategoriyalarini ko’rib chiqamiz.



38

2

1

4

Borliqning atributlarini sanab bering ?

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling