0‘zbekiston milliy ensiklopediyasi: Davlat ilmiy nashriyoti Toshkent 2005
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rus olimi A. Negrul ta’limotiga ko‘ra Yevropa Osiyo tokiga oid madaniy navlar guruhlari - bu
-
bu: a) O 'rta Osiyo m arkazi; b) Old Osiyo m arkazi; v) Janubiy Am erika m arkazi; g) a+b. 18. Tok, asosan qanday o‘simlik? a) chala butasim on; b) о 'tsim on; v) chirm ashib usuvchi liana; g) yarim daraxtsim on. 19. Rus olimi A. Negrul ta’limotiga ko‘ra Yevropa Osiyo tokiga oid madaniy navlar guruhlari - bu: a) Sharqiy; b) G'arbiy Yevropa; v) Qora dengiz sohillari;g) noto'g'ri javobyo'q. 20. Seleksiya ishlarida ahamiyatli tok turlari - bu: a) Vitis arizonika; b) Vitis berlandieri; v) Vitis rupestris; g) a+b+v. 29 3. TOK BIOLOGIYASI Т ок biologik xususiyatlariga ko„ra issiqsevar, chirmashib o„suvchi ko„p yillik gulli o„simlik. Yuqorida aytilganidek, tokdoshlar oilasi - Vitaceae Juss ning hozirgi zamon vakillari ming yillarni o„z ichiga olgan murakkab evolyusion davrni (irsiy o'zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tanlash, tashqi muhitning o„zgaruvchan sharoitlariga moslashish va h.k.) o„tagan. T okdoshlar a vlodining dastlabki vakillari tik o'suvchi buta shaklida bo„lib, ular monopodial (oddiy) tipda o„sib, jingalaklari bo'lmagan. Ochiq joylarda o'sganligi tufayli ularning yorug'likka bo„lgan talabi ham orta borgan. Keyinchalik qalin tropik o„rmonlar paydo bo„la boshlashi sababli tokdoshlarning avlodlari butunlay yo'qolib ketish havfi ostida, yoki bo'lmasa ular o„sayotgan joylarning tashqi muhit sharoitlariga moslashishiga majbur holatda bo„lgan. Natijada ularning tuzilishi, o„sishi, rivojlanishida o'zgarishlar sodir bo„lib, tokning hozirgi mavjud hayotiy shakllari shakllangan. Oxir - oqibat tok zarur morfologik, fiziologik hamda biokimyoviy xususiyatlarga ega bo lib, daraxtsimon liana (chirmashib o'suvchi) shaklga aylangan. T ok suyanchiqsiz tik holatda o„sa olmasligi tufayli ularga o'rmon daraxtlari suyanchiq vazifasini o„tagan. T okning xarakterli xususiyatlaridan biri, uning yorug„likka intilib jingalaklari yordamida biron bir suyanchiqqa tirmashib tepa tomon o„sishidir. 0„sish kuchining yuqoriligi sababli (novdalari bir sutkada 10 sm.gacha o„sishi mumkin) tokning poyasi, katta barg sathi daraxt tepasida joylashgan. T okning yana bir biologik xususiyati, undagi qutblikdir. Bo„ylama (tik), enlama (yassi) yoki dorzivental qutblikla r boladi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling