0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Neft mahsulotlarini sotish va undan samarali foydalanish qoidalari


Download 1.24 Mb.
bet49/78
Sana31.01.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1143365
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   78
Bog'liq
Qishloq xojalik infratuzilmasi

Neft mahsulotlarini sotish va undan samarali foydalanish qoidalari

Neft mahsulotlarini sotish faoliyati faqat yuridik shaxslar to­monidan amalga oshiriladi. Neft mahsulotlarini sotish faoliyati (avtomobil benzini, aviabenzin, dizel yoqilg‘isi, aviakerosin, ma- zut, pech yoqilg‘ isi, neft bitumi, shuningdek zavodda o‘rab, idishga solib qadoqlangandan tashqari texnik moylar va moylash material- lari), jumladan avtomobillarga yonilg‘i quyish stansiyalari va moy almashtirish shoxobchalarining faoliyati Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 289-son qaroriga muvofiq litsenziyalanishi kerak. Neft mahsulotlaridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari
255
va hajmlari Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 28-iyundagi 124-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy balanslami ishlab chiqish va tas- diqlash uchun kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan moddiy balanslarda belgilanadi.
Davlat ehtiyojlari, uzoq muddat saqlash korxonalari, ishlab chiqaruvchilaming ichki tarmoqlari ehtiyojlari, iste’molchilar uchun neft mahsulotlarini sotish birjalar va kim oshdi savdo- larida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar, komissiya shartnomalari bo‘yicha, shuningdek eksportga sotish Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarori bilan tasdiqlangan moddiy- texnika resurslarining strategik turlarini sotishning maxsus tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Neft mahsulotlarini sotish va ulardan foydalanish bo‘yicha qo- nun hujjatlariga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etil- ishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 13-iyuldagi 328-son qarori bilan tasdiqlangan 0‘zbekiston Respublikasi Vazir­lar Mahkamasi huzuridagi О ‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi ni­zomga muvofiq «0‘zdavneftgazinspeksiya» tomonidan amalga oshiriladi. Neft mahsulotlarini berish va qabul qilish texnologi- yasi neft mahsuloti yetkazib beriladigan va yuklab jo‘natiladigan transport vositalarining turiga, to‘kish-quyish operatsiyalarining jadalligiga, iqlim sharoitlariga va neft mahsulotlarining fizikaviy- kimyoviy xossalariga bog‘liq bo‘ladi. Neft mahsulotlarini berish va qabul qilish quyidagi statsionar to‘kish-quyish qurilmalari:

  • temir yo‘l vagonlari-sistemalariga va konteyner-sistemalari- ga maxsus estakadalarda, alohida ustunlar yoki to‘kish qurilmalari orqali;

  • avtomobil sistemalariga va konteyner-sistemalariga — qu- yish stansiyalarida, avtoestakadalarda alohida ustunlar orqali;

  • bochkalar, bidonlar va boshqa idishlarga — quyish va qadoq- lash bofiimlari orqali amalga oshirilishi kerak.

Statsionar to‘kish-quyish qurilmalari mavjud bo‘lmaganda neft mahsulotlarini qabul qilish va berish bo'yicha operatsiyalaming
maxsus ko‘chma haydash vositalari tomonidan bajarilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Nefit mahsulotlarini berish va qabul qilishda ulaming miq- dori yetkazib berish yoki oldi-sotdi shartnomasida ko'rsatilgan o‘ichash metodlari bilan hamda sifat tavsifini muayyan neft mah- sulotiga belgilangan normativ hujjat bilan aniqlanadi. Neft mahsu- lotlarini berish «GOST 1510-84 (keyinchalik — GOST 1510) Neft va neft mahsulotlari. Markirovkalash, o‘rash, transport vositasida tashish va saqlash»ga, transportning har bir turida amalda bo‘lgan yo‘riqnoraalar, qoidalarga muvofiq tayyorlangan hamda qiyos- lash sertifikatiga ega bo‘lgan temir yoMlar, avtomobil sistemalari va ixtisoslashtirilgan konteyner-sistemalarda, shuningdek kichik iste’mol idishlarida amalga oshiriladi.
Avtomobil sistemalariga neft mahsulotlarini berish (quyish) avtomatlashtirilgan quyish tizimi, avtomatik tarzda quyish es- takadalari va yakka ustunlar orqali, shuningdek maxsus ko‘chma haydash vositalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Avto­mobil sistemalari, tirkamalar va yarim tirkamalar, konteyner-sis- temalarga neft mahsulotlarini quyish uchun maxsus, shu jumladan avtomatlashtirilgan, hisobga olish-dozalash qurilmalari, maso- fadan boshqarish pulti bilan, quyish jarayonida to‘lib ketishini bartaraf etish va germetiklash (zichlab yopish) qurilmalari bilan ji- hozlangan, shuningdek quyilayotgan neft mahsulotlarining massa (hajm) birliklaridagi miqdorini avtomatlashtirilgan tarzda o‘lchash tizimlari bilan jihozlangan yuqori va pastki quyish qurilmalarini qo‘llash kerak. Neft mahsulotining avtomobil sistemasiga (kon- teyner-sistemasiga) beriladigan miqdori suyuqlik hisoblagich- lar yordamida avtomobil tarozilarida tortish yoki sistemalaming nominal sig‘imi bo‘yicha aniqlanadi (planka bo‘yicha). Avtomo­bil tarozilarining yuk ko'tarish quwati avtomobil sistemalarining barcha turlari tortilishini ta’minlashi lozim.
Neft mahsulotlarini quyish uchun qo‘yilayotgan avtomobil sistemalari (konteyner-sistemalari) GOST 1510 talablariga aso- san tayyorlangan bo‘lishi lozim. Avtomobil sistemalari va kon-
257
teyner-sistemalar neft mahsulotlari quyilgandan keyin tashish- laming amaldagi qoidalariga muvofiq plombalanishi kerak, neft mahsulotlari oluvchining avtotransporti bilan tashib ketish (o‘zi olib ketish) holatlari bundan mustasno. Yong‘inga qarshi inven- tarlari buzilgan va ular bilan butlanmagan avtomobil sistemalariga hamda konteyner-sistemalariga neft mahsulotlarini quyishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Atrof muhitning ifloslanishini bartaraf etish maqsadida quyish qurilmalari, quyish operatsiyalari tugagandan keyin, quyish quril- malaridan neft mahsulotlari qoldig‘i oqishining oldini olish uchun tomchini tutadigan drenaj tizimiga ega bo‘lishi kerak. Avtomobil sistemalariga neft mahsulotlarini quyish dvigatel ishlamay turgan- da amalga oshirilishi lozim.

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling