0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 1.24 Mb.
bet2/78
Sana31.01.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1143365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Bog'liq
Qishloq xojalik infratuzilmasi

Mas’ul muharrir: Iqt.f.n.,dotsent. O.T.Sattorqulov
Taqrizchilar: Iqt.f.d., prof. T.X. Farmonov;
Iqt.f.n., dotsent O.R. Rayimberdiyeva
UO‘K: 631.16(075.8) KBK: 65.32

ISBN 978-9943-4802-7-8

© «Sano-standart» nashriyoti, 2016-yil amatov A.A., Xurramov A.F., Mamatov M.A.
KIRISH
0‘zbekistonda barcha soha va tarmoqlar kabi qishloq xo‘jaligi ham jadal rivojlanmoqda. Bunda yer haqiqiy egasini topganligi, sohada izchil amalga oshirilayotgan keng ко‘lam I i islohotlar, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga davlat tomonidan zaruriy ko‘mak berilib, ular har tomonlama qo‘llab-quwatlanayotganligi o‘z samarasini bermoqda.
Iqtisodiy islohotlar davrida qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqa- ruvchilarining iqtisodiy erkinliklarini kengaytirish va davlat buyurt- masiga narxlaming shakllanishini takomillashtirish, past renta- belli va zarar ko‘rib ishlaydigan yirik qishloq xo‘jalik korxonalari tarkibiy tuzilmasini qayta o‘zgartirish hamda ularning negizida fer- mer xo‘jaliklarini tashkil etish, fermer xo‘jaliklari uchun bugungi kun talabalariga javob bera oladigan zamonaviy xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini yaratish, ular tasarrufidagi yer uchastkalari may- donini maqbullashtirishga erishildi va barqaror iqtisodiy faoliyat yuritishning tashkiliy va iqtisodiy asoslari yaratildi.
0‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Kari­mov mamlakatning 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dastuming eng muhim ustivor yo'naiishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkama- sining yig‘ilishida alohida qayd etganidek, “Qishloqlarimiz hayo- tida yuksak natijalarga erishishda, avvalo, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning asosiy shakli sifatida fermerlikni yo‘lga qo‘yganimiz va uning rivoji uchun keng imkoniyatlar ochib berganimiz hal qiluvchi rol o‘ynadi. Bugungi fermer xo‘jaliklari samarali faoliyat yuritish uchun o‘z ixtiyorida ijara asosidagi yy- etarlicha ekin maydonlariga ega bo‘lgan, yuksak samarali zamo­naviy texnika bilan ta’minlangan, ilg‘or texnologiyalami puxta egallagan yirik xo‘jaliklardir. Muxtasar aytganda, ular qishloq- larimizning tayanch ustunidir”I.

Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida asosiy xo‘jalik shakli bo‘lg£in fermer xo‘jaliklari faoliyati samaradorligi qishloq ishlab chiqarish infratuzilmasi korxonalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligiga bog‘liq. Qishloq ishlab chiqa­rish infratuzilmasi korxonalarining asosiy funksional vazifasi fermer xo‘jaliklarida takror ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishda*ularga xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarishning uzluksiz- ligixii ta’minlash, unga turli shakldagi xizmatlami ko‘rsatishdan iborat. Shu bilan birga ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, tovar shaklidagi xizmat turlarini kengaytirish va aholiga bu turdagi xizmatlardan samarali foydalanish uchun qulayliklar yaratish, pi- rovard natijada aholining turmush farovonligini oshirishdir.
Qishloqda infratuzilmaning rivojlanganlik darajasi iqtisodiyot- ning barcha tarmoqlarida takror ishlab chiqarish jarayonining uzluk- sizligi va barqarorligini ta’minlanganlik holati bilan belgilanadi. Qishloq ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish ikki yoqla- ma jarayondir, birinchidan uning tarkibiga kirgan tarmoqlar va kor- xonalaming bir qismi erkin raqobat muhitida rivojlanadi, ikkinchi qismining monopol holati davlat tomonidan tartibga solinadi. Bu qishloq infratuzilmasi tarkibiga kiruvchi tarmoqlar va korxonalar faoliyatini yagona bir tizim sifatida integratsiyalashtirish asosida tizimli tashkil etish va rivojlantirishni talab etadi. Bunda qishloq ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish jarayoni ham tizim ichida ikki yoqlama tavsifga ega bo‘ladi. Infratuzilma korxonala­rining bir qismida ishlab chiqarishni modemizatsiyalash va inno- vatsion rivojlantirish asosida ular o‘rtasida erkin raqobat muhiti shakllantiriladi va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va samara­dorligi oshiriladi. Infratuzilma tizimida monopol holatda bo‘lgan kor-xonalar faoliyati davlat tomonidan: narx, kredit siyosati, bud- jet ajratmalari, davlat tomonidan qo‘llab-quwatlash, soliq tizimi va tovar ishlab chiqaruvchilami himoyalash kabi dastaklar orqali
publikasi Prezidenti lslom Karimovning mamlakatimizni “2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanti- rish yakunlari va 2014-yilga mo'ljallangan iqtisodiy dastuming eng muhim ustivor yo‘nalishlariga” bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. 20-yanvar 2014-yil, Toshkent oqshomi gazetasi.
amalga oshirilib, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligi oshiriladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan masalalami ilmiy hal etish uchun zaru- riy nazariy bilimlami o‘zlashtirishda ushbu o‘quv qo‘llanma asos bo‘lib xizmat qiladi degan umiddamiz.
“Qishloq ishlab chiqarish infratuzilmasi iqtisodiyoti” fani- ning asosiy maqsadi talabalarda qishloq ishlab chiqarish infratu- zilmasining mohiyati, tarkibi, uni barqaror va jadal rivojlantirish muammolarini o‘rgatish. Infratuzilma korxonalari tomonidan fermer xo‘jaliklarida asosiy ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlash maqsadida ularga turli shakldagi samarali xizmatlami ko‘rsatish hamda sohani boshqarish, tartibga solib turish maqsa­dida zarur boshqaruv qarorlami qabul qilish uchun yetarli darajada nazariy va amaliy bilimlar majmuasini shakllantirish hisoblanadi.

  1. BOB. “QISHLOQ ISHLAB CHIQARISH
    INFRATUZILMASIIQTISODIYOTI” FANINING
    PREDMETI, YAZIFALARI VA 0‘RGANISH USULLARI


    1. Qishloq ishlab chiqarish infratuzilmasi iqtisodiyoti”


Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling