0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Коваленко Н.Я. Инфраструктура сельского хозяйства. Экономика сельского хозяйства с основами атрарннх рьшков.-М. :Тандем, 1998
Download 1.24 Mb.
|
Qishloq xojalik infratuzilmasi
Коваленко Н.Я. Инфраструктура сельского хозяйства. Экономика сельского хозяйства с основами атрарннх рьшков.-М. :Тандем, 1998
Qarang: Пчеливцев О.С. Региональная инфраструктура как условие экономического роста.// Проблемы прогнозирования.-2004.-.№6. 44 iqlim, resurs, geografik va ekologik omillaming kichik guruhla- rini qamrab oladi. Qoidaga ko‘ra, ulaming ta’sirini tashqi muhitga bog‘laydi. Tabiiy iqlim sharoitlari va xom ashyo salohiyati sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi tuzilmasi, qurilish ishlari qi- ymatini va mazkur sohalarga xizmat ko‘rsatuvchi soha va tarmo- qlaming xususiyatlarini belgilab beradi. Ekologik omillar tozalash inshootlarini qurish va atrof-muhitni muhofaza qilish infratuzilma- sini rivojlantirishni talab etadi. Texnik-texnologik omillar guruhi korxonalar ishlab chiqarish infratuzilmasining texnik-texnologik bazasi holatini aks ettiradi. Iqtisodiyotni modemizatsiyalash sharoitida respublikamizning ko‘plab mintaqalari sanoat korxonalariga yangi zamonaviy texno- logiyalar joriy qilinmoqda. Ishlab chiqarish infratuzilmasiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi va ichki omillar muhim omillar blokini tashkil etadi. Tashqi omillar blokiga quyidagilar kiradi: iqtisodiyotdagi turli mulk shakllari; iqti- sodiy tizim va xo‘jalik aloqalarining rivojlanganlik darajasi; bozor kon’yunkturasi; investitsion siyosat; iqtisodiyotni monopoliyadan chiqish darajasi; soliq siyosati; kichik biznesni davlat tomonidan qoTlab-quvvatlash; institutsional infratuzilmaning.holati; moddiy ishlab chiqarish korxonalarining holati; davlatning fiskal siyosati va boshqalar. Ichki iqtisodiy omillar bloki umumiy va o‘rtacha xarajatlar darajasi; bozor konyunkturasining o‘zgarishi; barcha ishlab chiqarish omillaridan foydalanish samaradorligi; xususiy investitsion mablagTaming mavjudligi; sotish bozorlari koTami va boshqa- lami qamrab oladi. Ishlab chiqarish infratuzilmasi ichki holatining ko‘p jihatdan tashqi muhit ta’siriga bogTiqligini hisobga olgan holda, keyingi bostpchlarda tashqi omillarga ko‘proq e’tibor qaratamiz. Mazkur omillar tarkibida ishlab chiqarish infratuzilma korxonalarining turli mulkchilik shakllariga ega ekanligi alohida ahamiyatga ega. Jamoa, davlat yoki xususiy mulkka asoslangan ishlab chiqarish infratuzilma korxonalari bozor iqtisodiyotida teng huquqlar aso- 45 sida faoliyat ko‘rsatadi. Mulk shakllarining mehnatning ijtimoi- ylashuv darajasiga va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy manfaatlariga mosligi mehnat unumdorligining oshishi, ishlab chiqarish hajmining o‘sishi, bozoming to‘yinishi, korxonalar ren- tabelligi va investitsion jozibadorligining ortishiga zamin yaratadi, bu esa, shubhasiz ishlab chiqarish infiratuzilmasi rivojlanishini rag‘ bat 1 antiruvchi omil sifatida maydonga chiqadi. Iqtisodiy tizimning barqarorligi kapital qo‘yilmalaming tavak- kalchilik clarajasini pasaytiradi va ishlab chiqarish infratuzilmasi korxonalari qiymatini oshiradi, bu esa mintaqaning investitsion muhitiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, mazkur holat tovar va xizmatlar bozoridagi vaziyatni bashoratlash va xususiy kapitalni joylashtirish uchun eng manfaatli bozor segmentini a- niqlash imkonini beradi. Bozoming hajmi va yalpi ichki mah- sulot (YAIM)ning dinamikasi iqtisodiy tizim holatining muhim ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanadi. Jadal sur’atlar bilan rivojlanayot- gan iqtisodiyot sharoitida mahalliy va import tovarlari ichki bozor- lari ko‘lamining o‘sish sur’atlari yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlaridan sezilarli darajada yuqori bo‘lishi talab etiladi. ASM infratuzilmasini rivojlantirish omillari o‘rtasida siyosiy- huquqiy, ijtimoiy-madaniy, tabiiy-geografik (tuproq-iqlim sha- roitlari, mintaqalaming‘ releyfi, yeming tuzilishi va suv bilan ta’minlanganligi), yo‘llaming holati va ulardagi qoplamalaming turi, korxonalaming joylashuvi, ishlab chiqarish obyektlarining joylashuvi, foydalanilayotgan texnologiyalar, ishlab chiqarish- ning konsentratsiyalashuvi va ixtisoslashuv darajasi kabi omil- lar alohida o‘rin tutadi. Mazkur omillardan ko‘p jihatdan nafaqat ishlab chiqarish infratuzilmasining tarkibi, balki ichki xo‘jalik bo‘linmalarining ko‘lami va korxonalar funksional faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari ham bog'liqdir”I. Infratuzilmaning ijtimoiy ishlab chiqarishning nisbatan musta- qil sohasi sifatida shakllanishi jarayoni ijtimoiy mehnat taqsimotin- ing yirik tarmoqlanishi bilan tavsiflanuvchi qator bosqichlami bo- sib o‘tdi. Xususan, hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishi, yoki ikkinchi yirik ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida shaharlaming vujudga kelishi, obyektiv tarzda shahar va qishlo- qlar o‘rtasida mahsulot ayriboshlanishining kuchayishiga, hamda infratuzilma obyektlarining rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Agrar so- hada infratuzilmani shakllantirish va rivojlantirish - ishlab chiqar- ish subyektlarining o‘zaro samarali hamkorligining zaruriy sharti bo‘lib, agrosanoat ishlab chiqarishining rivojlanishi, taraqqiy topi- shi, unda talab va taklifni o'zaro bog‘lovchi hamda barcha resurs- lami ishlab chiqarish omillariga aylantiruvchi, takror ishlab chiqa- rish jarayoni umumiy asoslarini barpo etishga ko‘maklashuvchi, agrosanoat majmuasining o‘sishi va rivojlanishi agrar sohaning iqtisodiy tabiatini ifoda etuvchi muhim belgi sifatida maydonga chiqdiI. Ishlab chiqarish inffatuzilmasining iqtisodiyotning mustaqil sohasi sifatida ajralib chiqishining umumiy sababi bo‘lib ijtimoiy mehnat taqsimoti hisoblanadi. Ishlab chiqarish infratuzilmasi asosiy va yordamchi faoliyat turlariga bo‘linadi. Kooperatsiya munosabatlarining rivojlanishi va turli shakldagi korxonalaming pay do bo‘lishi natijasida keyinchalik yordamchi funksiyalaming ajralib chiqishi yuz beradi va ular ixtisoslashadi. Ushbu vaziyatda hatti-harakatlaming o‘zini emas, balki faoliyatning mahsulotga boTgan aloqasini qarab chiqish maqsadga muvofiqdir. Bozorlam- ing yanada rivojlanishi, tovar-pul munosabatlari chegaralarining kengayishi, yordamchi xizmatlar ko‘rsatishning iste’molchi kom- paniyalardan, maxsus ixtisoslashgan firmalarga o‘tishiga olib kel- di. Shu tariqa ichki va tashqi ishlab chiqarish infratuzilmasi tarkib topdi. Tashqi ishlab chiqarish infratuzilmasi ixtisoslashgan korx- onalardan tashkil topgan bo‘Isa, ichki infratuzilma asosiy ishlab chiqarish doirasida yordamchi xizmatlami ishlab chiqaruvchilar- dan tarkib topdi. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling