0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Rahimov B. Moddiy texnika resurslari ta’minoti muammo va takliflar. 0‘zbekiston qishloq xo‘jaligi. №2.2007. -B 56
Download 1.24 Mb.
|
Qishloq xojalik infratuzilmasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qishloq ishlab chiqarish infrattizilmasinmg samaradorligini baholash uslubiyoti
1 Rahimov B. Moddiy texnika resurslari ta’minoti muammo va takliflar. 0‘zbekiston qishloq xo‘jaligi. №2.2007. -B 56.
Paxtani xarid qilishning ichki past narxlari sharoitida uni eksport qilishning sezilarli darajada o‘sishi, sotish bozorlari mod- diy-texnik bazasining yetarli darajada rivojlanmaganligi va paxtani xarid qilish intervensiyasining kechiktirib amalga oshirilishi respublikamizda “Paxtasanoatsavdo” kompaniyalarining katta daromadlarga ega bo‘lishini ta’min etgani holda, bevosita paxta ishlab chiqaruvchi fermer xo‘jaliklarida daromadlarining yetarli darajada shakllanishiga imkon bermayapdi. Fermer xo‘jaligi ke- rakli hajmda va qat’iy belgilangan sifatdagi mahsulotlami yetkazib berayotgan bir paytda, sanoat unga ko‘pchilik hollarda past sifatli texnika, va boshqa turli xil resurslami yetkazib berishi paradoksal teskari vaziyatni vujudga keltiradi. Ayriboshlashning nomutano- sibligi nafaqat sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlari o‘rtasidagi keskin tafovutlarda, shu bilan bir qatorda mahsulotlami ishlab chiqaruvchilardan, mahsulotlami chetga chiqarishni ta’minlash mexanizmida ham aks etmoqda. Bozor sharoitida narxlar erkin va shartnomaviy bo‘lishi kerak, lekin ayni vaqtda ular uncha yuqori darajada oshmasligi kerak, chunki tayyorlov tashkilotlariga xarid qilish uchun ajratilgan mablag‘lar hajmi miqyosidagina tasarruf etish imkoniyatlariga ega xolos. Qishloq xo'jaligini tartibga solishning iqtisodiy tizimini barpo etish, uning salbiy oqibatlami oldindan ko‘ra bilish va yumshatish- kabi masalalar bozor iqtisodiyotida birinchi o‘ringa qo‘yiladi'. Xulosa o‘mida shuni aytish lozimki, bozor iqtisodiyotiga o‘tish va bozorlaming mustaqil faoliyatini rivojlantirish fermer xo‘jaliklari va qishloq ishlab chiqarish inffatuzilmasi korxonalari faoliyatiga turlicha (ham ijobiy, ham salbiy) ta’sir ko‘rsatadi. Те- gishli davlat organlarining nazorati bozor iqtisodiy munosabatlari rivojlanishini tartibga solishda asosiy bo‘g‘in bo‘lib qolmoqda. 1 Qishloq ishlab chiqarish infrattizilmasinmg samaradorligini baholash uslubiyoti Iqtisodiyotni modemizatsiyalash sharoitida fermer xo‘jaliklari raqobatbardoshligini oshira borishga to‘siq bo‘layotgan muammo- lami hal qilishga tizimli tarzda yondashish, barcha yo‘nalishdagi tadbirlarni o‘zaro mutanosib ho Ida olib borish, bu jarayonlami davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni yo‘lga qo‘yish, yaqin istiqbolda ichki va tashqi bozordagi holatdan kelib chiqqan holda fermer xo‘jaIiklari faoliyati samaradorligini keskin oshirish quyidagilarda o‘z ifodasini topadi: mehnat resurslari miqdori o‘zgarmas holda ko‘proq hajmda qishloq xo‘jalik mahsuloti ishlab chiqarish: Ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan xara- jatlaming kamayishi: Mehnat unumdorligini oshirish hisobiga qishloq xo‘jalik kor- xonalari ishchilarining oylik ish haqi miqdorining o‘sishi: •ishlab chiqarish samaradorligining o‘sishi qishloq ishchilarining mehnat sarflarini kamaytirish va ulaming bo‘sh vaqtlarini ko‘paytirishning asosiy shartidir. Ishlab chiqarish samaradorligi olingan natijabilan ishlab chiqarish xarajatlarining nisbatidir. Qancha resurs sarflab qancha va qan- day sifatga ega mahsulot (va xizmat)lar yaratilganligi samarador- likni ifodalaydi. Uning bosh mezoni pirovard natija hisoblanadi. Ma’lumki, ishlab chiqarishning pirovard natijasi bu yalpi milliy mahsulot va uning tarkibiy qismi bo‘lgan milliy daromadir. Sama- radorlik sintetik va umumlashgan ko‘rsatkich bo‘lib, integral xarak- terga ega, ya’ni o‘zida bir necha ko‘rsatkichlar natijasini jamlaydi. U mahsulotning mehnat sig‘imi, material sig‘imi va investitsiya sig‘imidan kelib chiqadigan hosiladir.1 Buning uchun, birinchi navbatda, samaradorlik tushunchasi va uning ta’rifiga e’tibor berish maqsadga muvofiq. Samaradorlik tushunchasi murakkab tushuncha ekanligini e’tirof etib, ilmiy adabiyotlarda (efficieny - inglizcha) bir nechta tarjimaviy talqinga I ega, birmuncha keng tarqalgan «efficieny» iborasini samaradorlik natijalilik, harakatchanlik, mahsuldorlik, harakatchanlik qobiliya- ti, operativlik1 kabi tushunchalar bilan izohlash mumkin Hozirgi vaqtda samaradorlikning ko‘plab ta’riflari nafaqat iqtisodiyot fan- larida, balki boshqa fanlarda ham keltirilgan. Iqtisodiyot fanlarida «samaradorlik» tushunchasi keng va tor ma’noda talqin qilinadi. «Samaradorlik» tushunchasi keng ma’noda atrof- muhitga sama- rali va adekvat yondashuv qobiliyatiI II, nisbiy samara, operatsiyalar va loyihalarIII sifatida talqin qilinadi. Samaradorlik mohiyatini aniqlashning yuqoridagi ta’rifini qaraydigan bo‘lsak, uning bir qancha resurslari mavjudligini ko‘rishimiz mumkin. Chunki bu tushuncha bir qancha mezonlar, xususiyatlar orqali ifodalanishi mumkin. Shuningdek, samaradorlik kategoriyasi iste’molni qondirish sifatida ham, ishlab chiqarish- ning maqsadga muvofiqligi sifatida ham, korxonalaming samarali shakllanishi sifatida va hokazo ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Samaradorlik tushunchasi konkret tor ma’noda potensial va real faoliyatlar natijasining kompleks tasnifi bo‘lib, bunda asosiy e’tibor faoliyat bo‘yicha olingan natijalarga qaratiladi. Fikrimizcha, yuqorida keltirilgan ta’riflar «Samaradorlik» mo- hiyatining quyidagi asosiy jihatlarini ifodalaydi: birinchidan, samaradorlik murakkab ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya bo‘lib, u bir yoki bir necha mezonlar asosida aniqlanadi; ikkinchidan, samaradorlik nisbiy tushuncha bo‘Iib, u har doim rnuayyan maqsad- lar faoliyatiga bo‘ysunadi. Ya’ni, samaradorlikni baholash bosh maqsadlar asosida faoliyatlami tavsiflaydi. Shunday qilib, samaradorlik nisbiy tushunchadir. Mazkur tushuncha haqida fikr yuri- tilganda bir necha holatlar taqqoslanadi. Masalan, iqtisodiy na- zariyada iqtisodiyotdagi biror-bir manfaat bilan bog’liq bo'lgan farovonlik darajasi taqqoslanadi. Gap shundaki, jamiyat farovon- ligi barcha jamiyat a’zolarining manfaatlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri umumlashtirish natijasidir. So'nggi yillarda respublikamizda kichik biznes, tadbirkorlikni qo‘11ab-quwatlash va rag'batlantirish borasida hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan izchil tadbir- lar, xizmat sohasidagi alohida olingan tarmoqlami rivojlantirish bo‘yicha qabul qilinayotgan qarorlar, dasturiy yo‘nalishlar xizmat ko‘rsatish va servis sohasining yuqori sur’atlar bilan rivojlanisbiga olib kelmoqda»I. 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-may- dagi «Xizmat ko‘rsatish va servis sohasini 2006-2010-yillarda rivojlantirish to‘g‘risida»gi PQ-325-sonli, 2007-yil 21-maydagi «0‘zbekiston Respublikasida 2010-yilga qadar xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-640-sonli qaror- lari respublikamizda xizmat ko‘rsatish va servis sohasi tarmoqla- rini har tomonlama jadal rivojlantirish, ulaming samaradorligini ta’minlash, xizmat turlarini ko'paytirish uchun huquqiy asosni mustahkamladi. Ma’lumki, har qanday jamiyatda ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish iqtisodiy taraqqiyotning asosini yaratadi. Shu sababli ham iqtisodiyotni erkinlashtirish, modem- izatsiyalash sharoitida ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish jiddiy masalalardan biri hisoblanadi. Samaradorlikning umumiy holati, jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni aniqlash muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik - chegaralangan resurslardan oqilona foydalangan holda aholining erishilgan ijtimoiy-iqtisodiy darajasini yuksalti- rishdir. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik - inson kamolotining yuk- salishi, moddiy va ijtimoiy farovonligining o‘sishida, madaniy va ma’naviy jihatdan rivojlanishida ko‘rinadi. Inson farovonligi ham- da kamoloti naqadar yuksalsa, shu qadar yuqori ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikka erishgan bo‘ladi'. Ijtimoiy ishlab chiqarishning iqtisodiyot tarmoqlaridagi sama- radorligini o‘rganishda uning mezonlari va ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri tushunish va hisoblab chiqish katta ahamiyatga ega. Fikrimizcha, muhim masalalardan biri bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni har tomonlama chuqur o‘rganish va tushunish uchun alohida ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlik mezonlari hamda ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish kerak. Lekin bunda ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlik mezonlari hamda ko‘rsatkichlari o‘zaro bog‘liq emas, degan fikr kelib chiqmaydi. Aksincha, ular uzviy bog‘langan, bir-birini taqozo etadi va to‘ldiradi. Iqtisodiy samaradorlik sifat jihatdan hisoblab chiqilmasa va o‘lchanmasa, uning muntazam oshib borishi bo‘yicha belgilangan ishlami bajarib bo‘lmaydi. Iqtisodiy samaradorlikning o‘sishi - ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning har qanday shakli rivoj- lanishida obyektiv qonuniyatdir, chunki jamiyaming rivojlanishi ishlab chiqariladigan mahsulot yoki ko'rsatiladigan xizmatlar haj- mi va sifatining ortishi, ishlab chiqarish va muomala, kengaytiril- gan takror ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun jamg‘arishni ko‘paytirishni talab etadi. Xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyat- ining iqtisodiy samaradorligini kompleks tahlil qilish faqat samaradorlik mezonini o‘z ichiga olish bilan chegaralanib qolmasligi kerak, chunki mezon, asosan, samaradorlikni oshirishning mohi- yati va asosiy vazifalarini ifodalaydi, lekin o‘lchov hamda baho- lash vositasi bo‘lib xizmat qila olmaydi. Bu vazifani iqtisodiy sa- maxadorlik ko‘rsatkichlari hal qiladi. Qishloq ishlab chiqarish infratuzilma sohasini rivojlantirish kompleks dasturi mezonining murakkabligi uning maqsadlari va resurslarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar zarurligini taqozo etadi. Fikrimizcha, 0‘zbekistonda qishloq ishlab chiqarish infratu-zilma korxonalari tomonidan xizmat ko‘rsatish sohasi iqtisodiyotning I zamonaviy tarmoqlari singari rivojlanib borayotgan sohadir. Shun- ga ko‘ra, mazkur sohada faoliyat yurituvchi xo'jalik subyektlari iqtisodiy samaradorligining ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa jihatlari quyidagi mezonlarda o‘z aksini topadi: iste’molchilarning turli qatlamlariga mos xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlami to‘laroq qondirish; xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan taklif etilayotgan xizmatlar ommabopligini ta’minlash; xo‘jalik subyektlari faoliyatining natijaviyligini oshirish; sarflaming nisbiy darajasini pasaytirish; sohada yuqori unumdorlikni ta’minlashga erishish. Mazkur mezonlar qishloq ishlab chiqarish infratuzilma kor- xonalari faoliyati samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar yordamida aniqlanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda samaradorlik ko‘r§atkichlari turlicha: baholash miqyosi bo‘yicha, resurslar- dan foydalanish darajasi bo‘yieha, ко1 rsalkichlaming ahamiyati bo‘yicha, ulaming qarorlar qabul qilishdagi roll bo‘yicha, umum- lashtirish darajasi va hokazolar bo^yicha tasniflari uchraydi. Fikrimizcha, iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari ikki guruh- ga: xususiy va umumlashgan ko‘rsatkichlarga bo‘linadi. Qishloq ishlab chiqarish infratuzilma korxonalari faoliyatining iqtisodiy samaradorligini tavsiflovchi xususiy ko‘rsatkichlarga mehnat resurslaridan foydalanish ko‘rsatkichlari, moddiy va moliyaviy resurslardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari kiradi. Qishloq ishlab chiqarish infratuzilma korxonalarining iqtisodiy samara- dorligi ko‘rsatkichlari tizimida mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichlari alohida o'rin egallaydi. Fikrimizcha, qishloq ishlab chiqarish infratuzilma korxonalarida mehnat unum- dorligi darajasi va dinamikasi (natural va qiymat ko‘rsatkichlari); o‘rtacha mehnat haqi; bir xodim hisobiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmining o‘sish sur’ati va mehnatga haq to‘lash sur’atining nisbati; mehnat haqining bir so‘miga olingan natija ko‘rsatkichlari tizimidan foydalanib, mehnat resurslaridan foydalanish samara- dor ligining keng tavsifiga ega bo‘lish mumkin. Mehnat unumdorligi darajasi natural va qiymat shaklida hisob- lanishi mumkin. Natural shaklda hisoblansa, tovarlar hajmining xodimlar o‘rtacba soniga nisbati olinadi. (2.1) MU = — Bu yerda: Tm - tovar mahsulot hajmi; Xs*- xodimlar (bevosita) soni. Xizmat ko‘rsatish tashkilotlarida mehnat resurslaridan foy- dalanish samaradorligi mehnat unumdorligi, mehnat qaytimi va mehnat sig‘imi kabi ko‘rsatkichlarda aniqlanadi. Mehnat unumdorligi bir ishchi tomonidan qancha xizmatlar ko‘rsatilganligini bildiradi. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling