0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-Rasm. ASM da oziq- ovqat bozorining tarkibiy tuzilmasi va muhitL


Download 1.24 Mb.
bet15/78
Sana31.01.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1143365
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   78
Bog'liq
Qishloq xojalik infratuzilmasi

6-Rasm. ASM da oziq- ovqat bozorining tarkibiy tuzilmasi va muhitL

Funksional jihatdan tadqiq etilayotgan OOMBning tuzilmasiga bitjalar, ulguiji savdo tashkilotlari, chakana savdo tizimi, sotuvchi va xaridorlar o‘rtasidagi moliyaviy hisob-kitoblar, axborot, mar­keting va shu kabi boshqa xizmatlami o‘z ichiga olgan mahsulot- lami sotish, saqlash, tashish, xarid qilishning moddiy-texnik va tashkiliy tizimini ifoda etadi.


Respublikamizda faoliyat ko'rsatayotgan qayta ishlash kor- xonalarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘lib fermer xo‘jaliklati bilan iqtisodiy munosabatlami takomillashtirish, qishloq xo'jalik xomashyosining o‘z vaqtida yetkazib berilishini
78
la’minlash fermer xo‘jaliklari bilan iqtisodiy aloqalami rivojlan- t irish; xomashyoni qayta ishlashni chuqurlashtirish, mahsulot yo‘qotishlarini pasaytirish hisoblanadi.
M. Qutbiddinova fikriga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi oziq ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirishning rag‘batlantiruvchi omillariga quyidagilar kiradiI:

  1. ekologik toza, tabiiy mahsulotlami ishlab chiqarish imkoni- yatlari bilan bog‘liq holda, xorijiy ishlab chiqaruvchilarga nisbatan raqobat kurashidagi afzalliklar;

  2. yetarlicha ekin maydonlarining kattaligi va qishloqda yash- ovchi aholi sonining ko‘pligi;

  3. ovqatlanish muvozanatiga bo‘lgan extiyoj - bugungi kunda 0‘zbekistonda oila xarajatlari tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari xarajatlari 55-60 foizni tashkil etgani holda, rivojlangan mamlakat- larda bu ko‘rsatkich atigi 15-20 foizni tashkil etadi, ammo ulardan farqli o‘laroq, respublikamiz aholisining ovqatlanishi muvozanat- lashmaganligi bilan tavsiflanadi va bir qator o‘rinlarda tavsiya etil- gan ovqatlanish me’yoriariga yetmaydi.



7- Rasm. Qishloq xojalik mahsulotlari va oziq-ovqatlari oqimining tarkibiy tuzilmasi

Mazkur omillami amalga oshirish OOMB barqaror rivojlani- shiga zamiii yaratadi va o‘z navbatida ichki resurslaming asosiy iste’molchisi sifatida maydonga chiquvchi iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini ham barqaror rivojlanishiga turtki beradi. Oziq-ovqat bozorining (alkogol mahsulotlaridan tashqari) bir-muncha sezilarli segmenti bo‘lib kartoshka, sut va sut mahsulotlari, non hamda non mahsulotlari hisoblanadi.


Iste’mol bozorlarining to‘yinishi ko‘pchilik hollarda im­port rftahsulotlari hisobiga ta’min etiladi. OOMBlari ayrim seg- mentlarining importga bog‘liqligi uning nobarqarorligi va bozor kon’yunkturasining sezilarli darajadagi tebranishlariga olib keladi. Respublikamizda OOMB rivojlanishining ijobiy jihatlaridan biri sifatida aholiga yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari si- fatining import qilinuvchi shu turdagi mahsulotlar sifatiga nisbatan yaxshilanib borayotganligini ta’kidlab o‘tishimiz mumkin.
OOMB rivojlantirish borasidagi cheklovchi omillar tarkibiga quyidagilami kiritishimiz mumkin:

  1. keyingi yillarda kuzatilayotgan aholi pul daromadlarining barqaror o‘sish sur’atlariga qaramasdan, aholi xarid qobiliyatining pastligicha qolib ketayotganligi;

  2. qishloq ishlab chiqarish infratuzilmasining yetarli darajada rivojlamaganligi. Fermer xo‘jaliklari turli bozor segmentlarida, unga mos infratuzilma tarmoqlarining mavjud emasligi sababli, ishlab chiqarilgan mahsulotlami sotish borasida muammolarga duch kelmoqda. Mahsulotni sotish, saqlash va tashish borasidagi mavjud muammolar mahsulot yetkazib berish geografiyasini, shu jumladan, eksportga mahsulot chiqarishni ham cheklab qo‘yadi. Shimingdek, bunga qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksporti salohi- yatidan yetarlicha foydalanilmasligiga, refrejerator vagonlar par- kining yetishmasligi kabi asosiy cheklovlar sabab bo‘lmoqda.

  3. mahsulot sotishning muqobil kanallarining rivojlanmaganli- gi va monopol korxonalar faoliyatining kuchayishi. Yirik tarmoqli kompaniyalaming bozorda ish olib borish tajribasi, yetkazib berish muddatlari va narxlari borasida fermer xo‘jaliklariga katta talab-

80



lar qo‘yilmoqda. Ko‘plab savdo tarmoqlari fermer xo'jaliklariga mahsulot yetkazib berishda to‘lovlami kechiktirish shartlari aso- sida mahsu loll ami xarid qiladi, bu esa fermer xo‘jaliklari aylanma mablag‘lari hajmini qisqarishiga olib keladi;

  1. Bozomi davlat tomonidan tartibga solishning huquqiy- me’yoriy bazasining yetarlicha rivojlanmaganligi. Ayni vaqtda bozomi tartibga solish masalalari turli qonun va qonunosti hujj- atlari, hamda amaldagi standartlar, normativlar va boshqa texnik hujjatlar bilan muvofiqlashtirib borilmoqda. Biroq, respublika qo- nunchiligida yaxlit, barqaror tizim mavjud emas, rivojlantirishning ustivorliklari va ulami amalga oshirishning aniq yo‘nalishlari bel- gilab olinmagan;

  2. davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning past darajadaligi. Bu barcha bozorlardagi raqobat muhitini bo‘g‘ib qo‘yuvchi tnuhim omildir. Qishloq xo‘jaligida hanuz o‘z yechimini topa ol- mayotgan narxlar nomutanosibligida i fodalanuvchi shuningdek, boshqa tarmoqlar bilan mahsulot ayriboshlashning noekvivalentli- gi muammosini hal etish uchun sohaga katta moliyaviy mablag‘lar talab etiladi;

'' 6) respublikamiz fermer xo'jaliklari uchun import mahsulotlar bilan raqobatlashish borasida alohida tovarlar guruhi bo‘yicha bir xil shart-sharoitlar ta’min etishda to‘sqinlik qiluvchi ichki bozor- ning yetarlicha himoyalanmagantigi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari garovida davlatning ishtirok eti- shi, o‘matilgan tartibda davlat tomonidan xarid qilinuvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash bo‘yicha xara- jatlami qoplash, kreditlar berish, budjet mablag‘larini ajratish shaklida amalga oshishi mumkin. A.A. Abdug‘aniyev fikriga ko‘ra, davlat tomonidan tartibga solishning asosiy dastaklari bo‘lib narx, kredit siyosati, budjet ajratmalari, davlat tomonidan qo‘llab- quwatlash, soliq tizimi va fermer xo‘jaliklarini himoyalash hisob- lanadiI.
Qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun davlat tomonidan tartibga solishga asoslangan, muvozanatlash- gan narx va moliya-kredit siyosatini amalga oshirishning iqtisodiy mexanizmi talab ctiladi. Agrar sektomi davlat tomonidan tartib­ga solish vazifalariga, agrosanoat ishlab chiqarishini barqaror- lashtirish va rivojlantirish, qishloq xo'jaligi va boshqa tarmoqlar o‘rtasida iqtisodiy mutanasoblikni ta’minlash, fermer xo‘jaliklami aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash, qishloq xo‘jaligi va sanoat tarmoqlari xodimlari daromadlarini tenglashtirish, mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilami qo‘llab-quvvatlash kiradi. Keyingi yillar davomida narxlar borasida tarkib topgan nomutanosibliklami bar- taraf etish muammosi qishloq xo‘jaligi uchun o‘ta dolzarb ahami- yat kasb etmoqda. Qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlar bilan o‘zarc munosabatlaridagi nomutanosiblik nafaqat bozor mexaniz­mi, balkibudjetdan moliyalashtirish yo‘li bilan ham ta’min etilishi lozim.
Shu narsa ayonki, qishloq xo‘jaligining o‘ziga xosligi, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida va jahonda oziq-ovqat tanq- isligi bo'lgan murakkab iqtisodiy vaziyatda budjet dotatsiyalari va kompensatsiyalari saqlab qolish maqsadga muvofiqdir. Shubhasiz, dotatsiyalash tizimini takomillashtirish talab etiladi, chunki dot- atsiyalar to‘lashning amaldagi tizimi uchun bir qator kamchiliklar xos, xususan dotatsiyalar o‘zining manzilligini yo‘qotgan, daro- madlilikka deyarli ta’sir ko’rsatmaydi; fermer xo‘jaliklari har doim ham ushbu pul mablag‘laridan mustaqil va samarali tarzda tasarruf eta olmaydi, bu esa bozor munosabatlarining rivojlanishiga imkon bermaydi, ushbu pul mablag‘lari ayrim hollarda bozordagi boshqa sheriklar foydasiga qishloq xo‘jaligidan olib qo‘yilishi ham mum- kinI.
0‘zbekistonda fermer xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshi- riladi:

  1. davlat kapital qo'yilmalari;

  2. chorvachilikni rivojlantirish va qo‘llab-quwatlash bo‘yicha davlat dasturlari;

  3. o‘simchilikni rivojlantirish va qo‘llab-quwatlash bo‘yicha davlat dasturlari;

  4. yer tuzish va undan foydalanishni yaxshilash bo‘yicha chora- tadbirlar;

  5. jalb etilgan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini qoplash;

  6. qaytarib berish sharti asosida fermerlami davlat tomonidan ко ‘ llab-quwatlash;

  7. baliqchilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quwatlash;

  8. fermer xo‘jaliklarining ilmiy-texnik taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlari va istiqbolli texnologiyalami ishlab chiqish;

  9. fermer xo‘jaliklari uchun kadlami qayta tayyorlash va ma- iakasini oshirish;

  10. iste’mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarining mintaqa- viy fondini shakllantirish;

  11. mintaqada qishloq xo‘jaligining boshqa xarajatlarini qop­lash.

Qishloq xo‘jaligining ayrim tarmoqlarini davlat tomonidan qo‘llab-quwatlash uchun davlat budjetidan dotatsiyalar ajratish va boshqaruv organlari orqali davlat budjetini ijro etishning bel- gilangan tartibi hamda ular o‘rtasida tuzilgan kelishuvlar asosida amalga oshiriladi.
Tarkib topgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatda kadrlami tayyorlash va malakasini oshirish, ilmiy texnik taraqqiyotni rag‘batlantirish, mulk huquqini tartibga solish, mehnatkashlaming daromadla- rini oshirish, mehnat jamoalarining ma’muriyat faoliyati ustidan nazoratini yo‘lga qo‘yish va o‘zini-o‘zi boshqaruvchi korxonalar- ni barpo etish, ishlab chiqarish rivojlanishini davlat tomonidan rag‘batlantirish, moliyaviy tizimni sog‘lomlashtirish borasida tub va kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlami amalga oshirish talab etiladiI.

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling