0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi
-Rasm. Ishlab chiqarish infratuzilmasi xizmatlariga tariflarning shakllanish sxemasi
Download 1.24 Mb.
|
Qishloq xojalik infratuzilmasi
4-Rasm. Ishlab chiqarish infratuzilmasi xizmatlariga tariflarning shakllanish sxemasi
Ishlab chiqarish infratuzilmasi asosiy ishlab chiqarish tovarlari- ping nafliligi va xarajatlarini shakllantirishda ishtirok etgani holda, bozor sharoitida asosiy tovaming qiymati va iste’mol qiymatiga, yoki uning nafliligi va xarajatlari darajasiga ta’sir ko'rsatadi. Asosiy ishlab chiqarishning u yoki bu ehtiyojlarini qondira olishga bo'lgan ishlab chiqarish infratuzilmasi korxonalarining layoqati moddiy ishlab chiqarishning daromadlari darajasi; qo‘llanilayotgan ishlab chiqarish xizmatlarining o‘mini almashtirish imkoniyatlari; moddiy ne’matlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi kor- xonalaming soni; yangiliklarga intilish darajasiga bog‘liq tarzda o‘zgarishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish xizmatlariga talabni shakllantiradi. Ishlab chiqarish infratuzilmasi korxonalarining ijtimoiy zaru- riy mehnat sarflari ayni vaqtda amalda bo‘lgan narxlar (tariflar) bo‘yicha bozorga olib chiqilishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqa- 55 rish tavsifidagi xizmatlar taklifini shakllantiradi. Xuddi iste’mol ne’matlari bozorlarida bo‘lgani kabi, ishlab chiqarish xizmatlari bozorida ham talab taklifni vujudga keltiradi. Har bir ishlab chiqarish xizmati taklifi turlicha egiluvchanlikka ega bo‘ladi. Boshqa omillar ta’siri ham bo‘lsa-da, resurslaming cheklanganligi va tan- qisligi buning asosiy omilaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Misol tariqasida, elektr energiyasi, tabiiy gaz va suv ta’minotining muqo- billari yo‘qligi va ulaming ta’minotchilari doimo tabiiy monop- oliyalar Bo‘lib kelganli sababli ham, mazkur xizmatlar noegilu- vchan tavsifga egadir. Ishlab chiqarish xizmatlari taklifi iqtisodiy resurslar narxi; ishlab chiqarish infratuzilmasi korxonalarining texnologik rivojlanish darajasi; mazkur sohadagi korxonalar soni; tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantiruvchi omillaming mavjudligi yangiliklami kutishga bog‘liq tarzda o‘zgarishi mumkin. Ijtimoiy zaruriy infratuzilma faoliyati barcha ko‘rinishlarining, o‘ziga xos jihatlari: moddiy ishlab chiqarishning moddiy-ashyoviy belgilariga ja- vob bermasligi; usiz mumkin bo‘lmagan, yoki yetarlicha samarasiz bo‘lgan, biror bir boshqa asosiy faoliyatni me’yorida amalga oshirishning zaruriy sharti sifatida maydonga chiqishi; servis xizmati va ko‘rsatilayotgan xizmatning iste’moli jaray- onlarining vaqt va mazmun bo‘yicha bir-biriga mos tushishi; xizmat ko‘rsatish obyektining mavjudligi; infratuzilma xizmatlarining xizmat ko‘rsatilayotgan obyek- tga ijobiy ta’siri darajasi va tavsifi; boshqa xizmatlarda bo‘lgani kabi infratuzilma xizmatlarini jismoniy ko‘rinishda to‘plashning mumkin emasligi. Ishlab chiqarish infratuzilmasi ishlab chiqarish va ijtimoiy so- halami texnik-ishlab chiqarish ahamiyatidagi mahsulotlar yoki mehnat vositalari (mehnat qurollari, mehnatpredmeti va obyektlari) ko‘rinishidagi barcha zaruriy moddiy resurslar bilan ta’minlaydi. Ma’lumki, barcha xizmatlami ulaming tavsifidan qat’iy nazar resurs sig‘imli va resurs sig‘imsiz xizmatlarga ajratishimiz mum- kin. Moddiy, material sig‘imli, energiya sig‘imli deb ataluvchi xiz- matlaming eng muhim xususiyati umumiy hisobda ishlab chiqa- rilgan moddiy (xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, elektroenergiya, amortizatsiya va shartli-doimiy xarajatlarj va mehnat resurslarin- ing qiymatiga bog‘liq holda, ulaming hajmi, sifati, samaradorligi o‘rtasidagi yetarlicha aniq va uzviy bog‘liqlikdir. Resurs sig‘imsiz xizmatlar (kichik energiyali xizmatlar) tarkibiga sifati, samaradorligi, yakuniy qiymati (narxi) resurs xarajatlari va mahsulot hajmi bilan sust korrelyatsion bog'lanishda bo‘lgan xizmatlar kiritiladi. Ko‘pchilik hollarda yuqori resurs sig‘imli xizmatlar moddiy- ishlab chiqarish infratuzilmasi tomonidan amalga oshiriladi. U moddiy ishlab chiqarishga (servis, ya’ni ishlab chiqarish xizmat- lari ko‘rinishida) xizmat ko‘rsatsa-da, moddiy ishlab chiqarishda uning ulushi yetarli darajada katta emas. Biroq, infratuzilmaning tuzilmaviy-fimksional va ta’minot qismlari o‘rtasidagi farqlar bilan izohlanuvchi mazkur soha xizmatlaridagi tafovutlami ilg‘ab olish qiyin emas. Ishlab chiqarish infratuzilmasining tuzilmaviy- funksional qismi deyilganda moddiy ishlab chiqarish uchun xizmat ko‘rsatuvchi savdo-vositachilik tuzilmalari, birlamchi xo‘jalik- ishlab chiqarish tuzilmalari (yetkazib beruvchi kontragentlar) va moddiy-texnik ta’minot bo'linmalari tushuniladi. Aynan u ishlab chiqarish kuchlari elementlari va jamiyat xarid qobiliyatining o‘zaro ta’sirlashuvi natijasi bo‘lgan butun xo‘jalik aloqalari tizimi va tovarlar harakati: tarkibi, yo‘nalishi va material oqimlarining tartibini belgilab beradi. Mazkur oqimlami tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, materiallar va tovarlar harakati yuqorida sanab o‘tilgan tuzilmalaming sof ko‘rinishdagi boshqaruv vositachilik, informatsion va maslahat xizmatlaridan tortib, yuklash, tushirish, tashish, saralash, saqlash, butlash, idishlarga solish, qadoqlash, markirovkalashgachabo‘lgan resurs sig‘imli majmuaviy natijani ta’min etuvchi to‘plamni ifoda etadi. Qoidaga ko‘ra, bunday korxonalaming faoliyati butunlay yetka- zib beruvchi kontragentlar va vositachilar o‘rtasidagi xo'jalik alo- qalariga mos ravishda ta’minlashning keng qamrovli dasturlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Masalan, temir yo‘l, havo, suv, avtomobil transporti va shu kabi korxonalarda yuk tashish reja va dasturlari faqat, ta’minotchi kontragentlaming o‘zaro manfaatli shartnoma va kontraktlariga asoslangan buyurtmalari asosidagina shakllanishi mumkin. Aynan shu sababli mazkur xo'jalik tizimlari infratuziljnaning ta’minot funksiyalarini bajaradi, buyurtmachilar faoUyatiniug keng qamrovli tavsifiga nisbatan yetarlicha indiffe- rentga ega bo‘lgan holda, ular buyurtmalaming o‘z vaqtida, aniq va to‘la-to‘kis bajarilishiga yo'naltirilgan bo‘ladi. Umumiy tarzda aytishimiz mumkinki, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchila- rining infratuzilmaviy ta’minoti va asosiy ishlab chiqarishning har bir quyi tizimi alohida holatda ham katta o‘rin egallasa-da, ular- ning majmuali holdagi faoliyati samaradorligi sezilarli darajada ortadi, chunki qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini xom- ashyo resurslari bilan ta’minlashda asosiy ishlab chiqarish har bir quyi tizimining samaradorligi ulaming ma’lum bir to‘plamlaridan birgalikda foydalanish va o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash holatida yetarli darajada o‘sadi. Qishloq ishlab chiqarish infratuzilmasi globalizatsiya sha- roitida raqobat afzalliklariga erishish uchun transport, energiya ta’minotida, aloqa va boshqa sohalarda uzluksiz innovatsion rivoj- lanish jarayonini amalga oshirishni, bu o‘z navbatida xo‘jalik sub- yektlarining faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida, ulaming ichki hamkorligini oshirishni talab etadi. Qishloq ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishda shunday siyosat olib borish kerak- ki, imda alohida olingan korxona, tarmoqning lokal muammolami hal etishga qaratilgan bo‘lmasin, balki, butun iqtisodiyotni yagona iqtisodiy majmua sifatida qarab, ishlab chiqarish infratuzilmani rivojlanishining umumiy masalalami hal etishda, o‘zaro ta’minot masalalarini tashkil etishda, uning obyektlaridan foydalanishda, yagona fan-texnika bazasini shakllantirishda, ilmiy asoslangan yondashuvlarga tayinlanishi lozim. Bu iqtisodiy siyosat xususan, 58 xizmat ko‘rsatishda, qishloq ishlab chiqarish infratuzilmasini sa- marali rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling