0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Коволенко Н.Я. Экономика сельского хозяйста с основами аграрных рынков. Курс лекций. - М.: ЭКМОС, 1999.-448 с


Download 1.24 Mb.
bet19/78
Sana31.01.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1143365
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   78
Bog'liq
Qishloq xojalik infratuzilmasi

1 Коволенко Н.Я. Экономика сельского хозяйста с основами аграрных рынков. Курс лекций. - М.: ЭКМОС, 1999.-448 с.
Sv - qishloq xo‘jaligining pirovard mahsuloti, so‘m,
Mi - ishlab chiqarish infratuzilmasining yaratilish xarajatlari, so‘m.
Infratuzilma samaradorligini baholashning quyidagi usullari shakllangan:

  1. Infratuzilma xarajatlari va natijalarining nisbatini taqqoslash.

  2. Ishlab chiqaruvchi (asosiy) sohalaming pirovard natijasida infratuzilma xizmatlarining ulushi, ya’ni asosiy sohalaming rivojlanishi uchun sharoit yaratilganligi darajasining ifodasi.

  3. Ishlab chiqarilgan mahsulot harakatini yaxshilash orqali u- ning nest-nobud bo‘lishi va yaroqsiz holga kelishini oldini olish darajasi.

  4. Infratuzilma hamda asosiy sohalaming rivojlanish ko‘rsat- kichlari o‘zaro nisbatining tahlili.

  5. Mintaqalar, hududlar hamda sohalararo inffatuzilmaning omillarini modellar asosida samaradorligini belgilash va boshqa- lar.

Albatta, bu usullaming qo‘llanilishi orqali inffatuzilmaning samaradorligini belgilash juda muhim ahamiyatga egadir. Biroq infratuzilmada xarajatlar va natijalami taqqoslash uning unsur- lari samaradorligini cheklab qo'yadi hamda to‘la baholash imko- nini bermaydi. Chunki, qayd etganimizdek, inffatuzilmaning bir qator obyektlari: yo‘llar, omborlar, suv inshootlari va boshqalar ko‘p yillar davomida xizmat ko'rsatadi. Shu bois ulaming xara­jatlari juda katta bo‘lib, ulami qoplash darajasi juda sekinlik bilan kechadi va ko‘rsatadigan xizmatlari turli sohalami qamrab oladi. Mazkur xizmatlaming samarasi sohalararo tarqalib ketib, ular asosiy sohaning pirovad natijasida namoyon bo‘ladi va ko‘rinmas bo‘lib qolishi ham mumkin. Fikrimizcha, qishloq ishlab chiqarish infratuzilma korxonalarida ijtimoiy samaradorlik deganda xodim- laming ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonida ulaming ijtimoiy jihatdan rivojlanishini ta’minlash turmush farovonligi bi­lan bog‘liq bo‘lgan chora-tadbirlar majmuasi tushuniladi.

Insonning har tomonlama va uyg‘un rivojlanishi uchun zamin yaratishni maqsad qilib qo'ygan jamiyatning pirovard ijtimoiy maqsadga erishuvida ijtimoiy samaradorlik bosh mezon hisobla- nadi. Ijtimoiy samaradorlikning iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari- dagi ikkinchi mezoni ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligining o‘sishiga bilvosita ta’sir qiluvchi iste’mol xarajatlarini kamayti- rishdir.
Qishloq ishlab chiqarish infratuzilma tizimida ijtimoiy sama- radorlikni yagona mezon bilan oMchab bo‘lmaydi, chunki soha ij­timoiy samaradorligining mezoni va ko‘rsatkichlari bir xil emas. Agar ijtimoiy samaradorlikning mezoni uning mazmuni va vazifa- sini ifodalasa, ko‘rsatkichlari samaradorlikni o‘lchash va baholash quroli bo‘lib xizmat qiladi. Mehnat sharoiti va mehnat xarakterini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarga:

  • mehnat jarayonlarini avtomatlashtirish (yangi texnika va texnologiyalami qo'llash darajasi);

  • xizmat ko'rsatish korxonalari bino va inshootlarining zamon talablari darajasiga javob berishi;

  • xizmat ko‘rsatishda ilg‘or mebnatni tashkil qilish usullaridan foydalanish darajasi;

  • korxonada foydalaniladigan texnologiya, asbob-uskuna va mexanizmlaming ilg‘orlilik darajasi;

  • xizmat ko‘rsatish xizmatida band bo‘lgan ishchilaming ma- lakasi, ma’lnmoti, mutaxassisligining yuqoriligi darajasi;

  • soha uchun zarur bo‘lgan xodimlami tayyorlash, qayta tay- yorlash, ulaming malakasini oshirishni tashkil qilish darajasi kiradi.

Yuqorida ta’kidlangan ko‘rsatkichlardan alohida bittasi qo‘llanilsa, umumiy natijaviylikni ifodalamaydi. Chunki har bir ko‘rsatkich, ijtimoiy samaraning kichikbir yo‘nalishinigina tavsif- laydi. Bu ko‘rsatkichlar birgalikda qo‘llanilsa, xizmat ko‘rsatish korxonalarining ijtimoiy samaradorligiga to‘liq baho berish mum- kin.
Yuqorida qayd etilgan mezonlar va ulaming ko'rsatkichlaridan xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatini baholash, kompleks tahlil
94
qilish va strategik rejalashtirishning metodologik asoslarini yara- lish va ulami tatbiq etishda foydalanish mumkin.
Qishloq ishlab chiqarish infratuzilmasi korxonalarining xizmat ko‘rsatish faoliyati - turli shakl va yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatish asosida fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sa- marali yetishtirishga qaratilgan faoliyatidir.
Qishloq ishlab chiqarish infratuzilmasi korxonalarining iqti- sodiy samaradorligi ko‘rsatkichlari tizimida mehnat resurslari- dan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichlari alohida o'rin egal- laydi. Qishloq ishlab chiqarish infratuzilmasi korxonalarida mehnat unumdorligi darajasi va dinamikasi (natural va qiymat ko'rsatkichlari); o‘rtacha mehnat haqi; bir xodim hisobiga to‘g‘ri keladiggp. xizmatlar hajmining o‘sish sur’ati va mehnatga haq to‘lash sur’atining nisbati; mehnat haqining bir so‘miga olingan natija ko‘rsatkichlari tizimidan foydalanib, mehnat resurslaridan foydalanishning keng tavsifiga ega bo‘lish mumkin.
Ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarining optimal mud- datlarda bajarilishini ta’minlash va yetishtirilgan hosilning nest- nobud bo‘lishining oldini olish ham qishloq ishlab chiqarish in- fratuzilma xizmatlarining samaradorligini belgilaydi. Infratuzil- ma samaradorligi va rivojlanish darajasini yuqorida qayd etilgan usullar asosida alohida baholash, sohaning istiqbolli va ustuvor yo‘nalishlarini belgilash asosida ulami samarali moliyalashtirish imkoniyati vujudga keladi. Shuningdek, mamlakat, mintaqa, soha, korxona miqyosida infratuzilmaning optimal rivojlantirishga ham bevosita xizmat qilishi mumkin.


    1. Download 1.24 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling