0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Qishloq ishlab chiqarish infratuzilmasining rivojlanish bosqichlari va yo‘nalishlari


Download 1.24 Mb.
bet20/78
Sana31.01.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1143365
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   78
Bog'liq
Qishloq xojalik infratuzilmasi

Qishloq ishlab chiqarish infratuzilmasining rivojlanish
bosqichlari va yo‘nalishlari


Mamlakatimizda keyingi yillarda qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishi bilan bir qatorda qishloq ishlab chiqarish infratuzilma tizimi ham yuksak sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Buni bir qator omillar bilan izohlash mumkin. Xususan, ishlab chiqarish-
95
ning o‘sish sur’atlari inffatuzilmalar rivojidan oldin bormoqda va bu iqtisodiyotning rivojlanishiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. G‘arb iqtisodiy adabiyotlarida bu jarayon “iqtisodiyotning servis- lashuvi” (inglizcha “servise” - xizmat) degan atama bilan nom- lanmoqda. Ishlab chiqarishning servislashuviga quyidagi omillar ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi: ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqur- lashuvi, aholi daromadlarining o‘sishi, kredit resurslariga bo‘lgan talaljning kengayislii, ilmiy - texmk taraqqiyoti sur’atlarining oshishi, ishlab chiqarishning alohidalashuvi va diversifikatsiyasi, resurslami tejashga asoslangan ishlab chiqarishning rivojlanishi va boshqalar.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning yakuniy natijalari na- faqat xo'jalikning o‘z imkoniyatlariga bog‘liq bo‘ladi, balki unga xizmat ko‘rsatuvchi qishloq ishlab chiqarish infratuzilma tarmo- qlarining rivojlanishdarajasi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bozor in- fratuzilmasining tarkibiy qismi sifatida 0‘zbekiston iqtisodiyotida qishloq ishlab chiqarish infratuzilmasi shakllanmoqda va rivojlan- moqda. Qishloq ishlab chiqarish infratuzilmasi - ijtimoiy iqtisodiy ishlab chiqarish uchun normal shart-sharoitlarni ta’minlovchi tar- moq va sanoat majmuidir. U ishlab chiqarish, texnologik, iqtisodiy va tashkiliy aloqalar jarayonida vujudga keladigan mahsulotlami sotish orqali ASM ning samarali ishlashini ta’minlaydi. Qishloq ishlab chiqarish infratuzilmasi jamiyat ishlab chiqarish kuchlari- ning bo'linmas qismi hisoblanadi va fermer xo‘jaliklarining sama­rali faoliyatini ta’minlab, ASMning pirovard mahsulotining miq- doran ko‘p va sifat jihatidan yuqori bo‘lishiga yo‘naltirilgan.
Qishloq ishlab chiqarish infratuzilmasi bo‘linmalarining rivojlanib borishidan dehqon va fermer xo'jaliklari katta man- faat ko‘radi, chunki bu xo‘jalik a’zolarini ishlab chiqarishga xiz­mat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlardan ozod etib, ulam- ing kuch-g‘ayratini asosiy faoliyatiga qaratishga imkon yaratadi. 0‘zbekiston Respublikasida qishloq ishlab chiqarish infratuzilma-
silling rivojlanishini shartli ravishda to‘rt bosqichga bo‘lish mum- kin. Ularga xos bo‘lgan quyidagi xususiyatlar aniqlandi.

  1. bosqich 1995 - 2001-yillami qamrab olgan bo‘lib, qishloq ishlab chiqarish infratuzilmasining shakllanish davri hisoblanadi. Ushbu yillarda infratuzilma xizmatlariga ehtiyoji bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, ya’ni dehqon va fermet xo‘jaliklarining ri- vojlanishi bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda past rentabelli, zarar bilan ishlaydigan shirkat xo‘jaliklari negizida fermer xo‘jaliklari vujudga keldi va fenner xo‘jaliklari ta’sischilari hisoblangan muqobil MTP, SFU’lar tashkil etila boshladi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, bu davrda infratuzilma obyektlarini shaklantirish uchun yetarli darajada huquqiy - me’yoriy hujjatlar hamda ulami rivojlantirish mexanizmlari shakllanmagan edi.

  2. bosqich (2002 - 2006-yillar)da - qishloq ishlab chiqarish in- fratuzilmasing rivojlantirishga oid huquqiy-me’yoriy hujjatlar- ning qabul qilinishi va fermerlarga xizmat ko‘rsatuvchi infratu- zilma obyektlarining davlat dasturlari asosida shakllantirilishi kuzatildi. Istiqbolli xo‘jalik yurituvchi shakl hisoblangan fermer xo‘jaliklarining rivoji unga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma obyektlariga bog‘liq. 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 27-oktabrdagi “2004-2006-yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq fer­mer xo‘jaliklarining barqaror rivojlanishini ta’minlashda asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida qishloqda fermer xo‘jaliklarining ehti- yojlariga qarab barcha zarur xizmatlami ko‘rsata oladigan zamo- naviy ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini jadal rivojlantirish belgilandi.

  3. bosqich 2007-2012-yillami o‘z ichiga olib, u 0‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlanti- rishni jadallashtirish dasturi asosida amalga oshirilib, xizmat tur- larini kengaytirish ulaming sifatini yaxshilash va istiqbolli fermer xo‘jaliklariningraqobatbardoshligini oshirishga ko‘maklashadigan xizmat turlarini jadal rivojlantirishga qaratilgan. 0‘zbekiston Res-


Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling