0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Nazorat va muhokama uchun savollar


Download 1.24 Mb.
bet23/78
Sana31.01.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1143365
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   78
Bog'liq
Qishloq xojalik infratuzilmasi

Nazorat va muhokama uchun savollar

  1. ASMda samaradorlikni oshirish muammolari o‘z yechimini qanday topadi?

  2. Qishloq xo‘jaligidagi infratuzilmaning mohiyati va aharni- yati nimalardan iborat?

  3. Qishloq ishlab chiqarish infratuzilmasining iqtisodiy mohi- yatini tushuntiring.

  4. Ijtimibiy infratuzilmaning qishloq xo‘jaligi rivojlanishidagi ahamiyati nimalardan iborat?

  5. Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari rivojlanishining qanday tabiiy sharoitlari mavjud?

  6. Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari rivojlanishining qanday iqti­sodiy sharoitlari mavjud?

  7. Fermer xo‘jaliklarida mehnatni tashkil etish va boshqarish qanday yo‘lga qo‘yilgan?

  8. Iqtisodiyotni modemizatsiyalash sharoitida qishloq ishlab chiqarish inffatuzilma korxonalaming huquqiy-iqtisodiy imkoni- yatlari nimalardan tashkil topadi?

  9. Bozor infratuzilmasining qishloq xo‘jaligi rivojlanishidagi ahamiyati nimalardan iborat?

  1. BOB. FERMER XO ‘ JALIKLARIKREDIT
    MABLAG‘LARINING SHAKLLANISHIDA
    MINIB ANKL ARNIN G Q‘RNI


    1. Minibanklar faoliyatining huquqiy va iqtisodiy asoslari

Har qanday jamiyatda iqtisodiyotni, shu jumladan, uning agrar tarmog'ini isloh qilish iqtisodiy dastaklar oqali amalga oshiriladi. Bu jarayonda moliya-kredit tizimi muhim o‘rin tutadi. Shu nuqtayi nazardan mamlakatimiz qishloq xo'jaligini kreditlash tizimini bo- zor munosabatlari talablariga mos holda takomillashtirib borishga alohida e’tibor berishni taqozo qiladi. Qishloq xo‘jaligida asosiy mahsulot ishlab chiqaruvchi subyektlar hisoblangan fermer va deh- qon xo‘jaliklari faoliyatini kreditlash tizimini takomillashtirishda bevosita qishloq xo‘jaligi sohasining o‘ziga xos xususiyatlari hamda ushbu xo‘jalik yuritish shakllari faoliyatida yuz beradigan jarayonlami alohida e’tiborga olish lozim.
Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlami amalga oshirish ja- rayonida qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilami iqtisodiy va moliyaviy jihatdan qo‘llab-quwatlash, sohani moliyalashtirish va kreditlash tizimini bozor munosabatlariga yanada moslashtirish bo‘yicha respublika hukumati tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bozor iqtisodiyoti talablariga javob beruvchi moliya-kredit tizimi yaratilmoqda. Islohotlar natijasida moliya- kredit tizimiga bir qancha o‘zgartirishlar kiritildi.
Fenner va dehqon xo‘jaliklarining rivojlanishi bilan bog'liq holda joylarda minibanklar ham tashkil etildi. Mini banklaming asosiy faoliyati fermerlami va boshqa qishloq xususiy tadbirkor- larini samarali moliyalashtirish tizimini joriy etishga qaratilgan- dir. Shuning bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligiga kredit ajratishda banklar o‘rtasida raqobat muhitini shakllantirish va uni kuchayti- rish masalasi muammo bo‘lib turibdi.
Qishloq ishlab chiqarish infratuzilmasida muhim o‘ringa ega bo‘lgan minibanklar faoliyatining huquqiy asoslarini 0‘zbekiston
106
Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” va “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonunlari, amaldagi boshqa qonunlari, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 2-oktabrdagi “Aksiyadorlik tijorat banklari faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda 2000-yil 21-martdagi “Bank tizimini isloh qilishning qo'shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15 apreldagi “Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashti- rish chora=tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ. 56-sonli Qarori, 2009-yil 30 martdagi “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-1084-sonli qarori, 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31martdagi “Agrobank” ak­siyadorlik tijorat banki faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 89-sonli qarori, Agrobank Ustavi, Markaziy bank va Agrobankning me’yoriy hujjatlari tashkil etadi.
Minibanklar Agrobank ochiq aksiyadorlik tijorat bankin- ing shoxobchasi bo‘lib “Minibank” deb yuritiladi. Minibank o‘z faoliyatini bank hamda o‘zi bo‘ysunuvchi organ bergan vakolatlar doirasida, bankka berilgan litsenziyalar asosida amalga oshiradi. Minibank - bank filiali binosidan tashqarida, lekin o‘zi joylash- gan viloyat, shahar, tuman hududida 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlari hamda bankning ichki me’yoriy hujjatlariga muvofiq faoliyat yurituv- chi bank filialining tarkibiy tuzilmasidir. lining yuridik nomi : “Agrobank” ochiq aksiyadorlik tijorat bankining filiali (bo‘limi) tarkibidagi bank shoxobchasi (minibanki) hisoblanadi. Minibank xizmatidan foydalanishga o‘tish to‘g‘risidagi qaromi yuridik va jismoniy shaxslar mustaqil ravishda qabul qiladi.
Minibankda hisobraqami ochish istagini bildirgan yoki kredit so‘rab murojaat qilgan mijozlaming arizalari minibank orqa- li yoxud to‘g;ridan to‘g‘ri bank filialiga taqdim etilishi mum- kin. Yuqoridagi murojaatlar belgilangan tartibda faqat minibank bo'ysunuvchi bank filiali tomonidan hal etiladi. Minibank yuridik shaxs hisoblanmaydi. Uning majburiyatlari yuzasidan bank (filial) javob beradi. Minibankning xo‘jalik faoliyati o‘zi bo'ysunuvchi filial tomonidan amalga oshiriladi.
Minibank o‘z nomi tushirilgan dumaloq mubr, to‘rtburchak tamg‘a, buxgalteriya va kassa operatsiyalarini amalga oshirishda zarur bo‘lgan shtamplar hamda plombiratorlarga, o‘z nomiga ega. Minibank faoliyatini ta’minlasb uchun bank (filial) unga zarur bo'lgan mablag'lar va boshqa mulkni xo‘jalik yuritish huquqi- siz biriktirib qo‘yadi. Minibank o'ziga ajratilgan mablag‘lami o‘matilgan tartibda, bank (filial) tomonidan berilgan vakolatlar doirasida tasarruf etadi. Minibankning moddiy-texnika bazasi o‘zi bo‘ysunuvchi filial tomonidan tashkil qilinadi va ulaming hisobi balansning tegishli subhisobvaraqlarida yuritiladi.
Minibank mablag‘larini saqlash va u tomonidan operatsiyalar bajarilishi uchun o‘zi bo‘ysunuvchi filialda hisobvaraqlar hamda subhisobvaraqlar ochiladi. Aksiyadorlar, mijozlar va omonatchi- laming Minibankdagi pul mablag‘lari hamda boshqa mulki, jum- ladan omonatlari amaldagi qonunchilik va unda ko‘zda tutilgan tartib asosida xatlanishi hamda olib qo‘yilishi mumkin. Minibank xodimlari minibankning o‘zi, o‘zi bo‘ysimuvchi filial, bank, mi- jozlari, omonatchilariga qarashli hisobvaraqlar va ular bo‘yicha operatsiyalar, banklardagi mulklari to‘g‘risidagi ma’lumotlami sir saqlash shart. Barcha ma’lumot va axborotlar amaldagi qonun- chilikda ko‘zda tutilgan tartibda berilishi mumkin.
Minibankning resurslari quyidagilar hisobidan tashkil topadi:

  1. minibank foydasi;

  2. mijozlaming mablag‘lari jalb etilgan depozitlar va safarbar etilgan resurslar hisobidan;

v) bank (filial) tomonidan ajratilgan resurslar;
g) hukumatning qaroriga binoan Markaziy bank va uning muas- sasalari, Moliya vazirligi hamda uning tarkibida tashkil etilgan jamg‘armalar, budjetdan tashqari jamg‘armalar, moliya institutlari tomonidan beriladigan kredit resurslaridan.
Minibank o‘zi bo‘ysunuvchi filialning o‘matilgan iqtisodiy me’yorlarga rioya etishidan kelib chiqqan holda, bank Boshqaruvi tomonidan minibank bo'ysunuvchi filialga belgilangan kredit li- mitlari doirasida mavjud resurslar hisobidan, bankning kredit siyo- satiga muvofiq ravishda, o‘zi bo‘ysunuvchi filialning ruxsati asosi- da kredit beradi. Minibank omonatchilar va kreditorlar manfaatini himoya qilish maqsadida quyidagi majburiyatlarga ega:

  1. Minibank fuqarolardan qabul qilgan omonatlaming shartno- ma shartlariga muvofiq, o‘z vaqtida foizlari bilan birgalikda qay- tarilishini kafolatlaydi;

  2. Minibank o‘z faoliyatiga oid hisobot va boshqa axborotlami o‘zi bo‘ysunuvchi filialga belgilangan vaqtda taqdim etadi.

Minibank mablag‘larining saqlanishi va omonatchilar oldida- gi majburiyatlarining bajarilishi, shu jumladan, to‘lovlaming bir bankdan boshqa bankka o‘z vaqtida o‘tishi hamda mablag‘laming korxonalar hamda tashkilotlar hisobvaraqlariga kiritilishi uchun o‘z mijozlari va omonatchilari oldida javobgar. Minibank qonunda belgilangan holatlarda va o‘matilgan lartibda boshqa majburiyatlar hamda javobgarliklarga ega bo'lishi mumkin. Minibank bank Ni- zomida ko‘zda tutilgan quyidagi opcratsiyalami amalga oshiradi:

  1. jismoniy va yuridik shaxslaming hisob varaqlarini ochish hamda yuritish, hisob varaqlar bo‘yicha hisob-kitob qilish;

  2. omonatlami jalb etish;

v) kreditlaming qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan o‘zi bo‘ysunuvchi filialning ruxsati asosida o‘z mablagMari hamda jalb etilgan mablag‘lar hisobidan filial nomidan kreditlar berish;
g) pul mablag‘lari, to‘lov va hisob-kitob hujjatlarini inkasso qi­lish;

  1. bank faoliyati yuzasidan maslahat va axborot xizmatini ko‘rsatish;

  2. mijozlarga kassa va hisob-kitob xizmatlarini ko‘rsatish;

j) budjet mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan tadbirlami moliyalash bo‘yicha operatsiyalami belgilangan tartibda bajarish;
z) minibank o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan, qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa operatsiyalami bank (filial)ning ruxsati yoki farmoyishiga asosan amalga oshiradi.
Foiz stavkalari va bank operatsiyalarini bajarganlik uchun vosi- tachilik haqi miqdorini Minibank o‘zi bo‘ysunuvchi filial nomi- dan mijoz bilan tuzilgan shartnomalar asosida hamda bankning siyosatlariga qat’iy rioya qilgan holda, bank Boshqaruvi organlari tomonidan belgilangan tartiblar va tasdiqlangan xizmat haqlari tarifiga muvofiq, o‘zi bo‘ysunuvchi filial bilan kelishilgan holda belgilaydi. Minibank bank operatsiyalarini amalga oshirishda o‘z vakolati doirasida mustaqil qarorlar qabul qiladi va quyidagi huquqlarga ega:

  1. qarz oluvchilar bilan kelishilgan holda beriladigan kreditlar bo£yicha foiz stavkalarini bank foydaliligini ta’minlagan holda o‘z vakolati doirasida o‘zi bo‘ysunuvchi filial bilan kelishilgan holda belgilash;

  2. mijozlar bilan tuzilgan shartnoma asosida o‘tkazilayotgan ope- ratsiyalaming foiz stavkalarini va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan haq miqdorini tizimdagi mayjud me’yoriy hujjatlarga zid bo‘lmagan holda yuritish;

v)kredit shartnomasida ko‘zda tutilgan majburiyatlar buzilgan- da bundan keyin kredit berishni to'xtatish, berilgan kredit summa- larini muddatidan awal undirib olish;
g)bank nomidan minibank faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan shart- nomalami o‘zi bo‘ysunuvchi filial tomonidan tuzilishida qatna- shish.
Minibank tomonidan olingan yillik foyda o‘zi bo‘ysunuvchi fi­lial foydasiga qo‘shiladi va bank Kengashi (aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi)ning qaroriga muvofiq belgilangan tartibda taqsimlanadi. Minibankning daromad va xarajatlari hisobini yuritish maqsadida har bir daromad hamda xarajat turi bo‘yicha o‘zi bo‘ysunuvchi fili-
alda subhisobvaraqlar ochiladi. Minibank o‘z moliyaviy xo‘jalik faoliyatini o‘matilgan tartibda o‘zi bo‘ysunuvchi filial tomonidan tasdiqlangan moliya yili Biznes rejasi va Byudjetida belgilangan prognoz parametrlari asosida yuritadi. Minibank Biznes rejasi va buudjetiga qo‘shimcha o‘zgartirishlar o‘zi bo‘ysunuvchi filial- ning farmoyishi (buyrugri) asosida kiritiladi. Minibank budjetida belgilangan xarajatlardan tashqari boshqa to‘lovlar o‘matilgan tar- tib asosida amalga oshiriladi. Minibank foydasi o‘z faoliyatining hamma turlaridan olingan daromadlardan barcha operatsion xara- jatlar, xususan, mehnatga haq to‘lash (mukofotlashni hisobga ol- ganda), moddiy va boshqa xarajatlar o‘tkazilgandan so‘ng tashkil topadi.
Minibank faoliyatiga minibank mudiri bevosita rahbarlik qila- di, u minibankning bank operatsiyalarini amaldagi qonunchilik ta- lablariga muvofiq o‘matilgan tartibda bajarilishi uchun javobgar hisoblanadi. Minibank mudiri o‘z faoliyatini o‘zi bo‘ysunuvchi filial tomonidan o‘matilgan tartibda (buyruq asosida) berilgan va- kolatlar asosida yuritadi. Minibank mudiri o‘zi bo‘ysunuvchi filial bilan kelishilgan holda viloyat boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘i asosida tayinlanadi.
Minibankda buxgalteriya hisobi va hisob-kitoblami yuritish 0‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni, Buxgalteriya hisobining milliy standartlari, 0‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2008-yil 11-iyulda 1834-son bilan davlat ro‘yxatidan origan “0‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qi- lish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”da belgilangan tartib, Marka- ziy bankning boshqa me’yoriy hujjatlari, bankning buxgalteriya siyosati hamda bank tomonidan buxgalteriya ishini tashkil etishga doir qabul qilingan boshqa me’yoriy hujjatlar va qoidalarga muvo­fiq tashkil etiladi. Bank filiali o‘z tarkibida bo‘lgan minibanklar- da buxgalteriya ishlarining to‘g‘ri tashkil qilinishi va bank ope- ratsiyalarining aniq hamda o‘z vaqtida bajarilishi ustidan doimiy nazorat o‘matishi lozim. Minibank mijozlarga bank filiali nomidan
in



xizmat ko‘rsatadi, biroq faoliyati yuzasidan buxgalteriya hisobi va hisoboti o‘zi bo'ysunuvchi bank filiali bo£yicha yagona tarzda yuritiladi. Minibankning yakuniy faoliyati oylik, chorak va yillik hisobotlarida, uning daromadlari hamda xarajatlari bank tomoni- dan belgilangan hajm va muddatda o£zi bo‘ysunuvchi filialga top- shiriladigan hisobotlarda aks etadi.
Bankning ichki audit xizmati xodimlari minibank faoliyatini auditdan o‘tkazadi. Bunday taftishni, shuningdek, minibankni bevosita taftish qilish yoki tekshirishni bank boshqaruvi, bankning viloyat boshqarmasi yoxud o‘zi bo‘ysunuvchi filial tomonidan tuziladigan komissiya ham o‘tkazishi mumkin. Minibankni taftish qilish va tekshiruvlar o‘tkazish tartibi amaldagi me’yoriy hujjatlar bilan belgilanadi. Minibank faoliyati 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa vakolatli idoralar tomonidan amaldagi qonunchilikka muvofiq tekshirilishi mumkin.
Minibank faoliyatining tugatilishi bankning tegishli filiali va viloyat boshqarmasining taklif hamda xulosalariga muvofiq bank boshqaruvining qarori bilan amalga oshiriladi. Minibankni tu- gatish ishlarini bankning tegishli viloyat boshqarmasi tomonidan tayinlangan maxsus komissiya bajaradi.


Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling