0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi


SIU a’zolarining majburiyatlari


Download 1.24 Mb.
bet31/78
Sana31.01.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1143365
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   78
Bog'liq
Qishloq xojalik infratuzilmasi

SIU a’zolarining majburiyatlari:

  • ustav qoidalari va uyushma tomonidan qabul qilingan barcha me’yoriy hujjatlarga rioya qilish;

  • belgilangan badallar hamda uyushma xizmatlari haqini o‘z vaqtida to‘lash;

  • sug‘orish tartibiga rioya qilish hamda har bir suv iste’molchisi bilan kelishilgan holda belgilangan limitdagi suvni olish;

  • uyushmani tasarrufidagi yer va foydalanilgan suv bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan ta’minlash;

  • SlUga qarashli irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarini asrab- avaylash.

Ustav va barcha ichki me’yoriy hujjatlarga amal qilmagan a’zolarga nisbatan jazo choralarini qo‘llash SIU ustavida ko‘zda tutiladi. SlUni uyushma a’zolarining bevosita o‘zlari yoki ulaming vakillari SIU faoliyatini demokratik tamoyillar asosida boshqara- di. Bu quyidagi tuzilmada aks ettirilgan:




9-Rasm. SlUning tashkiliy tuzilmasi

Umumiy yig‘ilish SlUning oliy boshqaruv organidir. Unda bar- cha a’zolar yoki suv iste’molchilari guruhlari vakillari qatnashadi va ulaming har biri bir ovozga ega.


Umumiy yig‘ilishning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
• SIU ustavi va uning faoliyati bilan bog‘liq ichki me'yoriy huj- jatlami tasdiqlash;

  • SIU kengashi va taflish komissiyasi a’zolarini saylash yoki vazifasidan ozod etish;

  • boshqaruv tuzilmasi, yollanma ishchi-xizmatchilar soni, ular- ning ish haqi miqdori va uni berish tartibini tasdiqlash;

  • uyushma a’zolari va a’zo bo‘lmaganlarning badal to‘lovlari miqdorini belgilash;

  • uyushmaga a’zo bo‘lmaganlar bilan tuziladigan shartnoma

qiymatini belgilash;

  • uyushmaning istiqbolli rejalari va budjeti, ularning hisobotla- rini tasdiqlash;

  • SlUning yillik ish rejasi va sug‘orish jadvalini tasdiqlash; '

  • ustav tartiblari va ichki me’yoriy hujjatlar qoidalari buzilgan xollarda jarimalar turi va miqdorini tasdiqlash;

  • SIU kengashi va taftish komissiyasi hisobotlari bilan tani- shish va tegishli qarorlar qabul qilish;

  • SIU boshqa tashkilotlarga birlashgan holatda uning maqo- mini belgilash.

SIU kengashi a’zolari jamoatchilik asosida (ish haqisiz) faoli- yat yuritadi va har oyda kamida bir marta yig‘iladi. Kengash vako- latiga quyidagilar kiradi:

  • kengash tarkibidan uyushma kengashi raisini saylash;

  • umumiy yig‘ilish kun tartibini tayyorlash va chaqiriq mud- datini belgilash;

  • yillik hisobotni tayyorlash va uni umumiy yig‘ilish a’zolari yoki SIU vakillariga taqdim etish;

  • SIU ustaviga tuzatish va o‘zgartirishlar kiritish. Ulami umu­miy yig‘ilishga tasdiqlash uchun taqdim etish;

  • umumiy yig‘ilish qabul qilgan ustav, qaror, shartnomalaming bajarilishi hamda suv resurslaridan foydalanish va uni muhofaza qilishni qonun talabi doirasida nazorat qilish;

  • budjet, yillik reja va ish rejasiga muvofiq keluvchi shartno- malaming bajarilishini nazorat qilish;

  • ijro organi faoliyatini nazorat qilish;

  • uyushma a’zolari o‘rtasidagi nizo va kelishmovchiliklami hal qilish, ulaming uyushmaga nisbatan da’volarini ko‘rib chiqish;

  • ustav va shartnomaga amal qilmaganlarga nisbatan tegishli choralar ko’rish;

  • kechiktirib boTmaydigan holatlarda umumiy yig‘ilish vako- latidagi qarorlami qabul qilish va navbatdagi umumiy yig‘ilishda tasdiqlash;

  • uyushmaga qabul qilish yoki a’zolikdan chetlatish arizalarini o‘rganib, tegishli qaror qabul qilish.

SIU kengashi raisi kengash a’zolari tomonidan ma’lum mud- datga saylanadi va nomzod umumiy yig‘ilish a’zolari bilan ke- lishilgan holda tasdiqlanadi. Uning majburiyatiga quyidagilar ki- radi:

  • SIU a’zolari yoki vakillaming umumiy yig’ilishlati hamda kengash majlislarini o‘tkazadi;

  • SIU faoliyati bilan bog’liq barcha masalalarda uyushma va- kili sifatida qatnashadi;

  • SIU ustavida belgilab berilgan boshqa majburiyatlami baja- radi.

Taftish komissiyasi uyushmaning moliyaviy va xo‘jalik faoli- yatini nazorat qiladi hamda umumiy yig‘ilishga hisobot beradi. Uyushma faoliyatida jiddiy moliyaviy kamchiliklar aniqlansa, ko- missiya kengashdan navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish chaqirti- rishni talab etish huquqiga ega. Taftish komissiyasi vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • umumiy yighlish tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar- da belgilab berilgan vazifalami bajarish;

  • uyushmaning moliyaviy faoliyatini nazorat qilish;

  • hisob raqamlari, aktivlar va jihozlami kamida bir yilda bir marta umumiy yig'ilish yoki suv iste’molchilari guruhi vakillari- ning qarori asosida tahlil qilish va tekshirish;

  • audit nazorati bo‘yicha olib borilgan tekshiruvlar natijasi hi- sobotini umumiy yig‘ilish va kengashga taqdim etish.

Ijroiya organi SlUning xo‘jalik faoliyatini amalga oshiradi. U boshqaruvchi, hisobchi va texnik xodimlardan iboratdir. Bu mehnatiga haq to‘lanadigan yagona organ bo‘lib, ulaming vakolat muddatlari mehnat shartnomasida belgilab beriladi. Ijroiya orga- nining vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • SIU a’zolari hamda a’zo bo‘Imagan shaxslar bilan suv xo‘jaligi xizmati ko‘rsatish yuzasidan shartnomalar tuzish;

  • irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarini ishchi holatda saqlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish;

  • suv yetkazish va uni SIU a’zolari orasida taqsimlash yil- lik rejasini tuzish hamda amalga oshirish, shuningdek suvning ta’minotchilar tomonidan yetkazilishini nazorat qilish;

  • budjet loyihasi, sug‘orish va zovur tarmoqlarini boshqarish va ishchi holatda saqlash rejasi hamda boshqa talab qilinadigan me’yoriy hujjatlami tuzish va kengashga taqdim etish;

  • umumiy yig'ilish va kengash qabul qilgan qarorlami bajarish

SlUning moliyaviy manbalarini a’zolaming badallari, uyushma
a’zosi bo‘lmaganlaming shartnoma asosida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun toriovlari, davlat va boshqa manbalaming grantlaxi tashkil etadi. SIU a’zolarining suv xizmati uchun to‘lanadigan badallari miqdori umumiy yig‘ilish tomonidan belgilanib, uyushmaning irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarini ishlatish va ishchi holatda saqlash xarajatlarini qoplashi kerak.
SIU o‘zi sotib olgan, qurgan va uning balansiga o‘tkazib beril- gan barcha (suv xo‘jaligi obyektlari va boshqalar) mol-mulkning egasi hisoblanadi.
U xizmat ko'rsatadigan hududdagi irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlari va unda joylashgan gidrotexnik inshootlar shular jum- lasidandir. Meliorativ texnika va mol-mulk deganda ekskavator- lar, buldozerlar, skreperlar, drenaj yuvish agregatlari, avtotrans- port, yuk ko‘tarish kranlari, bino hamda qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalari hududidagi suv xo‘jaligi obyektlari va boshqa mol-mulk tushuniladi. Ichki suv xo‘jaligi obyektlariga qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalari tasarrufidagi
152
sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari, gidrotexnika inshootlari, nasos stansiyalari va agregatlari, sug‘orish va drenaj quduqlari, ularaing elektr uzatish tarmoqlari, yordamchi transformator stan­siyalari hamda ichki xo‘jalik maqomiga ega bo‘lgan suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanishga oid boshqa inshootlar kiradi.


    1. Download 1.24 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling