0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Doimiy va mavsumiy ishchilar


Download 1.24 Mb.
bet27/78
Sana31.01.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1143365
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   78
Bog'liq
Qishloq xojalik infratuzilmasi

Doimiy va mavsumiy ishchilar - tax uruvchi topshirig‘iga muvofiq, mineral o‘g‘itlami vagondan tushirib olish, omborlarga joylashtirish va ombordan transport vositasiga yuklab berish ishla- rini amalga oshiradi.
Tumanlararo «Qishloqxo‘jalikkimyo» korxonasi 0‘zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan, to‘la xo‘jalik hisobida o‘zini- o‘zi moliyaviy ta’minlash va o‘zini-o‘zi qoplash tamoyili asosida o‘zini-o‘zi boshqaradi va faoliyat yuritadi. 0‘zbekiston Respub- likasining amaldagi qonunlari hamda nizomga asoslanib faoli­yat yuritadi. Korxona huquqiy shaxs hisoblanadi va o‘z nomidan shartnomalar tuzish, mulk sotib olish, mulki asosida majburiyat qabul qilish, barcha sudlarda davogar va javobgar boTib ishtirok etadi. U o‘z hisob raqami 0‘zbekiston Respublikasi gerbli muhri va burchak tamg‘asiga ega boTib, o‘z faoliyatini 0‘zbekiston Res­publikasi hududida va xorijiy mamlakatlarda tashkil qilish huquq- iga egadir. Tumanlararo «Qishloqxo‘jalikkimyo» korxonasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:

  • qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari, shu jum- ladan fermer va dehqon xo‘jaliklarini shartnoma asosida mineral o‘g‘itlar, o‘simliklami himoya qilishning kimyoviy biologik vosi- talari hamda qishloq xo'jalik ehtiyojlari uchun boshqa kimyoviy vositalar bilan o‘z vaqtida ta’minlash;

  • mineral o‘g‘itlar va o‘simliklami himoya qilishning kimyo­viy va biologik vositalaridan maqsadli va samarali foydalanishni, shuningdek, ulaming saqlanishini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

  • mineral o‘g‘itlar hamda o‘simliklami himoya qilishning kimyoviy vositalarini yetkazib beruvchilar va ulaming qishloq

xo‘jaligidagi iste’molchilari o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlar va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish;

  • qishloq xo‘jaligi uchun keltirilgan mineral o‘g‘itlar, o‘simliklami himoya qilishning kimyoviy vositalari sifati ustidan nazoratni tashkil qilish;

  • Belgilangan tartibda dehqon, fermer xo‘jaliklari va boshqa davlat buyurtmasi bo‘yicha mahsulot ishlab chiqaruvchilami mine­ral o‘g‘itlar, o‘simliklami himoya qilish, kimyoviy va biologik vositalar bilan ta’minlaydi.

Tumanlararo «Qishloqxo‘jalikkimyo» korxonasining maqsadi shoxobchalar faoliyatini shakllantirishda ishtirok yetish, xo‘jalik faoliyati hisobida mulk shaklidan qa’ti nazar davlat buyurt­masi bo‘yicha qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirish bilan shug‘ullanayotgan barcha toifadagi korxonalar, tashkilotlarga mineral o‘g‘itlar, kimyoviy mahsulotlami shartnomalar asosida yetkazib berish va xizmat ko‘rsatishdan iborat.
«Qishloqxo‘jalikkimyo» korxonasining maxsus baza filiallari davlat buyurtmasidan tashqari ekinlar ekuvchi aholi va tomorqa egalarini mineral o‘g‘itl£ir va kimyoviy vositalarga boTgan ehti- yojini qondirish maqsadida aholiga pullik xizmat ko‘rsatishi, shoxobchalar hamda o‘z do‘konlarini tashkil etish huquqiga ega. 0‘z texnikalari bilan aholiga pullik xizmat ko‘rsatadi, ulgurji va chakana savdo shoxobchalarini tashkil etadi.
Tumanlararo «Qishloqxo‘jalikkimyo» korxonasi o‘z shoxob­chalarini rivojlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasidagi qo- nunlarda taqiqlanmagan barcha turdagi faoliyatidan keladigan foy- dadan milliy valyuta jamg‘armalarini tashkil etadi. Marketingga oid ishlar o'tkazadi, kredit olib o‘z maqsad yoTida harakat qiladi. Barcha moliyaviy operatsiyalardan tushgan foydadan kredit berish huquqiga ega. 0‘ziga tegishli barcha mulk qiymati majburiyatiga ko‘ra, 0‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilash mumkin boTgan jazoga mustaqil javob beradi.
«Qishloqxo‘jalikkimyo» davlat aksiyadorlik jamiyatining tavsi- yasiga asosan, tumanlararo «Q ishloqxо ‘j alikkimyo» korxonasi
128
boshlig‘i tavsiyasi bilan tayinlanadi. Rahbar o‘z vakolati doira- siga muvofiq harakat qiladi va har oyda o‘z faoliyati to‘g‘risida «Qishloqxo‘jalikkimyo» davlat aksiyadorlik birlashmasiga hiso- bot topshiradi, tegishli so‘rovlarga to‘liq va to‘g‘ri ma’lumotlami taqdim etadi.
Tumanlararo «Qishloqxo‘jalikkimyo» korxonasining boshlig‘i korxonaning kundalik ish faoliyatiga rahbarlik qilishga doir bar- cha masalalami o‘zi hal qiladi. Shu jumladan, uning manfaatlarini ifoda etadi, shartnomalar tuzadi, shtat jadvalini viloyat birlashma­siga taqdim etadi, Korxonaning barcha xodimlari uchun esa baja- rilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar be- radi. Umumiy yig‘ilish va majlislami o‘tkazish korxona boshlig‘i tomonidan tashkil etiladi.
Korxona xodimlarini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish mehnatgahaq to‘lash miqdori, xodimlami moddiy rag‘batlantirish, mukofotlami berish masalasini filial boshlig‘i jamoa shartnomasi hamda yakka tartibdagi mehnat shartnomasi orqali tartibga so- ladi. Tumanlararo «Qishloqxo‘jalikkimyo» korxonasining umu­miy yig‘ilishi qarori bilan ustav fondining miqdorini o'zgartirishi (ko‘paytirishi, kamaytirishi) mumkin. Filialning ustav fondi tad- birkorlik va boshqa olinadigan foyda hisobidan ko'paytiriladi. Korxona quyidagi holatlarda qayta tashkil etiladi yoki tugatila- di:
«Qishloqxo‘jalikkimyo» davlat aksiyadorlik jamiyati va tuman­lararo «Qishloqxo‘jalikkimyo» filialining kelishuviga ko‘ra; 0‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga binoan ta’qiqlab quyilgan faoliyatni amalga oshirgan taqdirda, sudning qaroriga muvofiq.

  • Korxonani tugatish bo‘yicha xo‘jalik sudida bankrot deb e’lon qilganda, tugatish komissiyasi tayinlanadi, tugatish tartibi va muddati belgilanadi.

  • Tugatish komissiyasi tayinlangan vaqtdan boshlab korxona faoliyatini boshqarish vakolati unga o‘tadi. Tugatish komissiyasi

filial joylashgan joydagi matbuot organida uning tugatilganligi hamda kreditorlarning da’volarini kiritish tartibi va muddatlari to‘g‘risida e’lon beradi. E’lon ikki oy oldin berilgan bo‘lishi kerak.

  • Tugatish komissiyasi filialning mavjud mulkini baholaydi, uning kreditorlar va debitorlarini aniqlaydi, ular bilan hisob-kitob qiladi, filialning uchinchi shaxslar oldidagi qarzlarini to‘lash cho- ralarini ko‘radi, shuningdek, oraliq tugatish balansini tuzadi va uni «Qishloqxo‘jalikkimyo» aksiyadorlik jamiyatiga taqdim etadi.

  • Kreditor va budjet oldidagi majburiy to‘lovlar bo‘yicha hi- sob kitob qilingandan so‘ng tugatish komissiyasi tugatish balan­sini tuzadi va uni «Qishloqxo‘jalikkimyo» aksiyadorlik jamiyatiga taqdim etadi.

Tugatish to‘g‘risidagi davlat ro‘yxatiga olish reestiriga tegishli yozuv kiritilgan vaqtdan boshlab tugatish yakunlangan korxona esa tugatilgan hisoblanadi.
Tumanlararo «Qishloqxo‘jalikkimyo» filiali baza omborla- rida moddiy tovar boyliklami, barcha turdagi mineral o‘g‘itlami qo‘riqlash uchun viloyatlar IIB huzuridagi “Qo‘riqlash” bo‘limlari bilan shartnomalar tuzadi va mablagTar toTovini amalga oshiradi.
Mazkur baza omborlariga mineral o‘g‘itlami vagonlardan tushi-rib olish, o‘g‘itlami omborlarga joylashtirish va sifatli saqlash, xavfsizlik texnikasi va yongin xavfidan muhofaza qilish, umuman olganda, mineral o‘g‘itlaming baza hududidagi harakati bilan bog‘liq barcha jarayonlaming tashkil etilishida, xarajatlami qoplash filial tomonidan amalga oshiriladi.
Mazkur tizimda yuqoridagi qarorlar, nizomlar va chora-tadbir- larda belgilangan tartiblaming bajarilishini ta’minlash, mineral o‘g‘itlami bazalardan fermer xo‘jaliklarining ekin maydonlariga qadar tashib borib, shu kunning o‘zidayoq sepib berish ishlarini tashkil etish va tegishli hujjatlami rasmiylashtirish tumanlararo «Qishloqxo‘jalikkimyo» korxonalari zimmasiga yuklatilgan.

  1. Mineral o‘g‘itlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma- lar tuzish va zaxiraga jamg‘arishni tashkil etish

/
Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan “Qishloqxo‘jalik- kimyo” OAJ hududiy tumanlararo filiallari mineral o‘g‘itlami tashish uchun o‘z transportlari, qadoqlash korxonalari hamda to‘la- to‘kis ishlaydigan chakana savdo magazinlari ham shakllanib bor- moqda. Hududiy tumanlararo filial korxonalari mineral o‘g‘itlami fermer xo'jaliklarining bevosita ekinimaydonlariga qadar tashib borib, shu kunning o‘zidayoq sepib berish ishlarini tashkil etadi.
“Qishloqxo‘jalikkimyo” OAJ hududiy tumanlararo filiallari ba- zalaridan fermer xo‘jaliklarining ekin maydonlariga qadar tashib borib, shu kunning o‘zidayoq sepib berish ishlarini tashkil etish va bajarish bo‘yicha shartnomalarning tuzilishi va joylarda o‘g‘it zaxirasining yaratilishi 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka- masining 2003-yilning 4-sentabridagi 383-sonli “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida shartnomaviy munosabatlar takomillashtirish va majburiyatlar bajarilishi uchun tomonlaming javobgarligini oshirish chora - tadbirlari to‘grisida” gi, 2004-yilning 5-fevralidagi 57-sonli “Mahsulotlar, xom ashyo va materiallaming yuqori likvid- li turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida” gi qarori bilan tasdiqlangan “Moddiy - texnika resurslari strategik turlarini sotishning maxsus tartibi to‘g‘risidagi Nizom” va 2011-yilning 26-iyunidagi 185-sonli “Mahsulotlaming monopol turlarini tovar - xomashyo birjasi orqali sotish ro‘yxatini yanada kengaytirish va hajmlarini ko‘paytirish chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari talablaridan kelib chiqqan holda tashkil eti- ladi.
0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan har yili tasdiqlanadigan «Mineral o‘g‘itlami ishlab chiqarish va taqsimlash balansi»ga muvofiq, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirli- gi tomonidan «0‘zkimyosanoat» DAK bilan kelishilgan holda qishloq xo‘jaligiga yetkazib beriladigan mineral o‘g‘itlaming ekin turlari bo‘yicha taqsimoti viloyatlar kesimida ishlab chi-
131
qilib, tasdiqlanadi. Tasdiqlangan balans va taqsimotga muvofiq, «0‘zkimyosanoat» DAK tomonidan:

  1. kimyo korxonalarida mineral o‘g‘itlami ishlab chiqarish va viloyatlar kesimida ta’minotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha;

  2. «Qishloqxo'jalikkimyo» jamiyatlariga kimyo korxonalari kesimida mineral o‘g‘itlami yetkazib berish bo‘yicha tegishli taqsimot reja taqdim qilinadi.

- “Qishloqxo'jalikkimyo” jamiyatlari tomonidan:

  1. kimyo korxonalariga tumanlararo filiallar kesimida ta’minotni yo‘lga qo'yish bo‘yicha;

  2. o‘zining tumanlararo filiallariga kimyo korxonalari kesimida yetkazib beriladigan mineral o‘g‘itlar miqdori va turlari bo‘yicha tegishli taqsimot taqdim qilinadi.

Tasdiqlangan balans va yuqoridagi taqsimotlar asosida kimyo korxonalari bilan «Qishloqxo‘jalikkimyo» jamiyatlarining tu­manlararo filiallari (jamiyat tomonidan berilgan vakolat asosida) o‘rtasida mineral o‘g‘itlami yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolanadi, ushbu shartnoma va kimyo korxonasi bilan tuzilgan ijara shartnomalarining shartlariga muvofiq, kimyo korxonalari ijara bazalarida mineral o‘g‘itlaming zaxirasi jamg‘ariladi. Tas­diqlangan balans va taqsimotlar asosida «Qishloqxo‘jalikkimyo» tumanlararo filiallari va fermer xo‘jaliklari o‘rtasida mineral o‘g‘itlar yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolanadi.
Kimyo korxonasi mineral o‘g‘itlami «Qishloqxo‘jalikkimyo» tumanlararo filiali omborlariga temir yo‘l vagonlarida temir yo‘1 yuk xati va tovaming sifat sertifikati qo‘shib yuboriladi. Temir yo‘1 stansiyasida 0‘zbekiston Respublikasi IIV TIIB AMB xodimi kuzatuvi ostida olib kelingan vagonlar baza hududiga kiritiladi va filial ishonchnomasi bilan qabul qilinadi. Mineral o‘g‘itlami qa- bul qilgan kun temiryo‘1 yuk xatiga temir yo‘1 stansiyasi tomoni­dan shtempel qo‘ygan kuni hisoblanadi va viloyat IIB huzuridagi “Qo‘riqlash” boTimining navbatchisi, filial ombor mudiri bilan birga plombalaming buzilmaganligi tekshirilib, qabul qilinib olina-
di, shu joyning o‘zida 0‘zbekiston Respublikasi IIV Transportdagi IIBga qarashli AMB xodimining “Yo‘lnomasi”ga “Qo‘riqlash” hnMiminmg navbatchisi imzo qo‘yadi.
Vagondagi ammiakli selitra mineral o‘g‘itini tushirib olishda tax uruvchi (kladovshik) “Qo‘riqlash” boTimining navbatchisi ku- zatuvida о‘g‘it! ami qoldiqni tezkor aniqlaydigan holatda va KMK 2.0911-97me’ у or lariga mos holda taxlaydi va mineral о ‘ g ‘ itlaming qop soni bo‘yicha kimyo korxonasidan kelgan miqdorining temir- yo‘l yuk xatida ko‘rsatilgan qop soni miqdoriga to‘g‘ri kelishi to‘g‘risida ombor mudiriga ma’lumot beradi. Shundan keyin yuk xatlarini, baza ombor mudiri o‘zining maxsus shnurlangan kirim kitobiga qayd qiladi va “Qo‘riqlash” bo‘limining katta navbatchi xodimi ham o‘zining maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilgan kirim kito- bida qayd qiladi.
Shu kunning yakuni bilan ombor mudiri o‘z hujjatlarini temir yo‘l yuk xati va tovaming sifat sertifikatini bazaning moddiy tovar boyliklar hisobchisiga umumlashtirgan holda topshiradi. Ombor mudiri vagonlami qabul qilish davrida vagon plombasini tekshiri- shi, yukning to‘liqligiga amin bo‘lishi, yukni vagondan tushirib olish va omborga kiritishda ogoh bo‘lishi shart. Vagondagi min­eral o‘g‘itlar to‘liq tushirib bo‘lingandan so‘ng, ombor mudiri zud- lik bilan vagonlami bo‘shatilganligi to‘g‘risida temiryo‘l stansi- yasiga bildirgi bilan xabar beradi. Temiryo‘l stansiyasida bildirgi xabamomasiga muvofiq (pamyatka priemosdatchika na podachu vagonov, forma (U-45) vagonni yuki bilan olganini eslatib turuv- chi hujjatni yopadi, bo'shatilgan vagonlar ombor mudiri kuzatuvi asosida temir yo‘l teplovozi yordamida baza hududidan olib chiqib ketiladi.
Temir yo‘1 xizmatlari summalari temir yo‘l stansiyasi tomoni- dan bazaga taqdim etiladi, baza buxgalteriyasi hisob-kitoblami umumlashtiriib filial tomonidan to‘lovini amalga oshirish chorasini ko‘radi. Omborchi taqdim etgan temiryo‘l stansiyasidan olgan yuk xati va kimyo korxonasi tomonidan taqdim etilgan schet - faktura, vagon raqamlari va mineral o‘g‘itlar miqdori ko‘rsatilgan reestrlar
133
jamlanib baza moddiy tovar boyliklar hisobchisiga topshiriladi va heir oy yakuni bilan kimyo korxonasiga baza mudiri imzosi va ba- zaning inuhri bilan hisobot taqdim etadi.


  1. Download 1.24 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling