0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklariga bo‘lg‘usi hosilni garovga olgan holda kredit berish tartibi


Download 1.24 Mb.
bet24/78
Sana31.01.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1143365
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   78
Bog'liq
Qishloq xojalik infratuzilmasi

Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklariga
bo‘lg‘usi hosilni garovga olgan holda kredit berish tartibi


0‘zbekistonRespublikasining Fuqarolik kodeksi, “0‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoli­yati to£g£risida”, ££Fermer xo‘jaliklari to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O£zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 27-ok- tabrdagi PF-3342-sonli “2004-2006-yillarda fermer xo£jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi to‘g£risida”gi Farmoni va 0£zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrdagi 476-sonli “2004-2006-yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g£risida”gi qa- roriga muvofiq, fermer xo'jaliklami minibanklar tomonidan kredit­lashning ikki turi imtiyozli va tijorat usuli qo‘llanilib kelmoqda.
Fermer xo‘jaliklami minibanklar tomonidan kreditlashning imtiyozli usuli Markaziy bank boshqaruvining 2004-yil 1-mart- dagi 563-sonli qarori bilan ishlab chiqilgan bo Tib, tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklariga bo‘lg‘usi hosilni garovga olgan holda kredit (keyingi o'rinlarda - kredit) berish tartibi va shu bilan birga Markaziy bank Boshqaruvining 2004-yil 1-martdagi 564- son qarori bilan tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklarming yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini garovga olgan holda kreditlash tartibi ishlab chiqilgan. Bunda yer uchastkasini ijaraga berish muddati kredit shartnomasida belgilangan, ta’minlanishi uchun u garovga qo‘yilayotgan kreditni qaytarish muddatidan kamida besh yilga ko‘p bo‘lishi kerak. Biroq amaliyotda bugungi kunda tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklariga imtiyozli bo‘lg‘usi hosilni garovga olgan holda kredit (keyingi o'rinlarda - kredit) berish tartibi qo‘llanilib kelinmoqda.
Fermer xo‘jaliklarini minibanklar tomonidan kreditlashning ti­jorat usuli Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-yanvardagi 8-son qaroriga asosan yangidan tashkil etilgan fermer xo‘jaliklariga ti­jorat banklari tomonidan kredit berish qoidalari ishlab chiqilgan.
Kreditlar davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsu- lotlari yetishtiruvchi fermer xo'jaliklariga qaytarish, to‘lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida beriladi. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xo‘jaligi mahsulot- lari etishtirib bermaydigan fermer xo‘jaliklarini kreditlash Marka­ziy bankning “Tijorat banklari tomonidan fermer xo'jaliklari, shuningdek, kichik biznes subyektlarini milliy valyutada kredit­lash Tartibi” (2000-yil 7-mart, ro'yxat raqami 907-son - Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000 y., 5-son) asosida amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari- ning hisob-kitob jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda - Jamg‘arma) kredit liniyalari hisobidan imtiyozli kredit olgan fermer xo‘jaliklariga g‘alla yetishtirish uchun “0‘zdonmahsulot” tayy- orlov korxonalari bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomasi sum- masining 30 foizigacha miqdorida, ushbu kredit liniyalari hisobi­dan imtiyozli kredit olmagan fermer xo‘jaliklariga kontraktatsiya shartnomasi summasining 80 foizigacha miqdorida kredit berilishi mumkin.
Jamg‘arma kredit liniyalari hisobidan imtiyozli kredit olgan paxta xom ashyosi yetishtiradigan fermer xo‘jaliklariga ushbu kredit kontraktatsiya shartnomasi summasining 20 foizgacha miqdorida, ushbu kredit liniyalari hisobidan imtiyozli kredit ol­magan fermer xo‘jaliklariga beriladigan kredit miqdori kontrak­tatsiya shartnomasi summasining 70 foizigacha miqdorda beriladi. 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bank boshqaruvi-ning 2011-yil 7-apreldagi “Qishloq xo‘jaligi kor- xonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g‘alla yetishtirish xarajatlarini kreditlash tartibi to‘g‘risidagi ni- zomga o'zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi” 1675-1- son qaroriga asosan “Paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish u-chun hosil yetishtirilayotgan yilning 1-apreliga qadar paxta xom ashyosi qiymatining 25%gacha, 1-iyulga qadar 50% gacha va 1-sentabrga qadar 60%gacha; g‘alla yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun hosil etishtirilayotgan yilning 1 yanvariga qadar g‘alla xom ashyosi qiymatining 30%gacha, 1 aprelga qadar 50% gacha va 1 iyunga qadar 60%gacha kreditlash tartibi ishlab chiqildi
Kreditlar belgilangan shartlar asosida kreditni qaytarishga qo- dir bo‘lgan qarz oluvchilarga shartnoma asosida 1,5 yilgacha (18 oy) bo‘lgan muddatga, qaytarish muddatini uzaytirish huquqi- siz mijozning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i joylashgan manzil bo‘yicha beriladi.
Kreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkalari miqdori qarz oluvchi va bank o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga ko‘ra kredit shartnomasi asosida belgilanadi. Tijorat banklari ushbu kreditlar bo‘yicha imtiyozli foiz stavkalari belgilash borasida qaror qabul

qilish huquqiga ega. (0‘zR AV 30.04.2005 y. 1337-1-son bilan ro‘yxatga olingan 0‘zR MBB Qarori tahriridagi xat boshi). Kredit- lar qarz oluvchilarga quyidagi maqsadlar uchun beriladi:

  • qishloq xo‘jaligi texnikasi, ehtiyot qismlar va uskunalarni xarid qilish;

  • yonilg‘i-moylash materiallarini xarid qilish;

  • mineral o‘g‘it, o‘simliklami himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalari, veterinariya dori-darmonlari sotib olish;

  • MTP, muqobil MTP, SIU (Suv iste’molchilari uyushmasi), boshqa xo‘jalik subyektlari xizmatlaridan foydalanganlik uchun to‘lovlar;

  • g‘alla hosilini o‘rish va paxta xom ashyosi yig‘im-terimi xara- jatlari uchun to‘lovlar; bevosita g‘alla va paxta xom ashyosi ishlab ch Irish faoliyati bilan bog‘liq bo'lgan boshqa xarajatlar uchun.

  • Kredit olish uchun fermer xo‘jaligi uning asosiy depozit hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatayotgan bankka quyidagi hujjatlami taqdim etish lozim:

  • kredit olish uchun ariza;

  • tayyorlov tashkilotlari bilan tuzilgan kontraktatsiya shartno- malari nusxalari;

  • pul oqimi tahlili majburiy tarzda ko‘rsatilgan biznes-reja;

  • oxirgi hisobot sanasiga Davlat soliq xizmatining mahal- liy (tuman) idorasi tomonidan tasdiqlangan buxgalterlik balansi (1-shakl), debitorlik va kreditorlik qarzi haqidagi maTumotnoma (2a-shakl), shuningdek, 90 kundan ortiq muddatdagi qarzdorlikni solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalari haqida hisobot (2-shakl).

  • kreditni qaytarish ta’minoti.

Olinadigan kreditning qaytarish ta’minoti sifatida qarz oluvchi bankka o‘ziga uzoq muddatga ijaraga berilgan yerdan joriy yil- da olinadigan bo‘lg‘usi hosil belgilanadi. Bunda bank va fermer xo‘jaligi o‘rtasida bo‘lajak hosilning garovi shartnomasi imzola- nadi. Shartnomada garovga qo‘yilgan hosilni “0‘zdonmahsulot” va “Paxtasanoat” tayyorlov korxonalariga va boshqa xo‘jalik
115
subyektlariga sotishdan tushgan barcha pul mablag‘lari, birinchi navbatda, ushbu kreditlar va ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni toTashga yo‘naltirilishi to‘g‘risidagi shartlar belgilab qo‘yiladi. Shuningdek, garov shartnomasiga fenner xo‘jaligi tomonidan bo‘lg‘usi hosilni kredit bergan bank-benefitsiar foydasiga ixtiyor- iy sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisini ilova etishi shart.
Kredit so‘rab, barcha zarur hujjatlami ilova qilgan holda, berilgan ariza bankka kelib tushgan kundan boshlab, ushbu ariza bo‘yicha bank tomonidan kredit berish yoki rad qilish haqida xu- losa berish muddati 10 ish kunidan oshmasligi lozim. Kredit shart- nomasi tuzilganidan so‘ng kredit bo‘limi boshlig‘i (xodimi), beril- adigan kreditning miqdori, muddati va foiz stavkasini ko‘rsatgan holda, ssuda hisobvarag‘ini ochish to‘g‘risida buxgalteriyaga farmoyish beradi.
Fermer xo‘jaliklariga boshlang‘ich (dastlabki) kapitalni shakl- lantirish uchun tijorat kreditlar yakka tartibdagi tadbirkorlarga, kichik biznes subyektlariga tijorat banklari tomonidan budjetdan tashqari fondlaming kredit liniyalari hisobidan kreditlar berish tar- tibi to‘g‘risidagi Nizomda (Adliya vazirligi tomonidan 2001-yil 3-oktabrda 1074-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) belgilangan tartibda beriladi.
Fermer xo‘jaliklari boshlang'ich kapitalni shakllantirish uchun kreditlar olgandan keyin o‘zining biznes-rejasini mablag4 bilan ta'minlashga kredit olish yuzasidan o‘zlariga xizmat ko‘rsatuvchi bankka murojaat qilishga haqlidir. Tijorat banklari tijorat kredit- lami fermerlarga shartnoma asosida 3 yilgacha muddatga beradi. Kreditlar mijozning talab qilib olinadigan depozit hisob raqami joylashgan joy da beriladi. Tijorat kreditlar fermerlarga quyidagi maqsadlar uchun beriladi:
• qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish va ken- gaytirish, shu jumladan, urug‘lik, mol, yosh chorva mollari, par- randa, yem-xashak, omixta yem, ko‘chatlar, veterinariya preparat- lari, o‘simliklami himoya qilishning kimyoviy vositalari, mineral o‘g‘itlar, yonilg‘i-moylash materiallari sotib olish;
ii6

  • xomashyo va materiallarga dastlabki ishlov berish;

  • mehnat qurollari, xomashyo sotib olish;

  • kichik asbob-anjomlar sotib olish;

  • kichik hajmli ishlab chiqarishlami tashkil qilish;

0‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonvm hujjatlari bi­lan taqiqlanmagan xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarish bilan bog‘liq tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlarini amalga oshirish. Tijorat kreditlari:

  • ilgari olingan kreditlarni yoki boshqa har qanday qarzlarni uzish;

  • tamakichilik va alkogolli ichimliklar ishlab chiqarish;

  • savdo-vositachilik faoliyatini amalga oshirish;

  • ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanilmaydigan shaxsiy mol-mulk sotib olish maqsadlari uchun berilmaydi.

Kreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori qarz oluvchi va bank o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv bo‘yicha kredit shart- nomasi asosida belgilanadi. Qarz oluvchi fermerlar tijorat kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlami taqdim etadi:

  • kredit olish uchun kredit buyurtmanomasi;

  • pul oqimi tahlili ko‘rsatilgan holdagi biznes-reja;

  • o‘z faoliyatini uch oydan ortiq amalga oshirayotgan fermer xo‘jaliklari, shuningdek, oxirgi hisobot davri uchun davlat soliq xizmati mahalliy (tuman) organi tasdiqlagan buxgalteriya balansi (l-shakl)ni hamda debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (2a-shakl)ni ham taqdim etadi.

Qarz oluvchi to‘lamaslik xavfini bartaraf etish maqsadida kreditni qaytarishni ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak, ta’minlay olish unga qo‘yiladigan asosiy talab hisoblanadi. Quy- idagilar kreditning qaytarilishini ta’minlovchi bo‘lib xizmat qilishi mumkin:

  • sug‘urta tashkilotining kafolatnomasi;

  • bank kreditlari fermer xo‘jaliklari tomonidan qaytarilmasligi xavfini olinadigan kredit summasining 50 foizi miqdorida maj- buriy sug‘urta qilish hamda hosil va mol-mulkning 50 foizi ixti- yoriy sug'urta qilinganligi to‘g‘risida sug‘urta kompaniyasining sug‘urta polisi.

“0‘zagrosug‘urta” kompaniyasi va boshqa sug‘urta tashkilotla- riga qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilining nobud bo‘lishi xavfini yoki fermer xo‘jaliklarining boshqa faoliyatini sug‘urta qilish asosida tijorat kredit qaytarilishi haqida kafolatnomani tijorat banklariga taqdim etish tavsiya qilinadi. Ushbu kredit buyurtmanomasi (ari- zasi) bo‘yicha bank xulosasini berish muddati kredit olish uchun buyurtmanoma ushbu Qoidalaming 9-bandida ko‘rsatilgan zarur hujjatlar ilova qilingan holda bankka tushgan kundan boshlab 10 ish kunidan oshmasligi kerak.


    1. Download 1.24 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling