0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Nazorat va muhokama uchun savollar


Download 1.24 Mb.
bet29/78
Sana31.01.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1143365
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   78
Bog'liq
Qishloq xojalik infratuzilmasi

Nazorat va muhokama uchun savollar

  1. “Qishloqxo‘jalikkimyo” korxonalari filiallari tomonidan fer- merlaming dalalariga to‘liq tashib borib, ulami sepib berishgacha bo‘lgan tadbirlar 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi- ning qaysi qarori asosida tashkil etiladi?

  2. Kimyo korxonalaridan fermer xo‘ja!iklariga mineral o‘g‘itlami yetkazib berish jarayoni amaldagi qanday qonun huj- jatlari va boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq tartibga solinadi?

  3. “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatining tumanlararo filial korxonasining namunaviy tuzilmasini tushun- tirib bering.

  4. Tumanlararo «Qishloqxo‘jalikkimyo» korxonasining asosiy vazifalari nimalardan iborat?

  5. Tumanlararo «Qishloqxo‘jalik kimyo» korxonasi qanday ho- latlarda qayta tashkil etiladi yoki tugatiladi?

  6. Tumanlararo «Qishloqxo'jalikkimyo» korxona rahbarlari nima uchun baza omborlarida moddiy tovar boyliklami, barcha turdagi mineral o‘g‘itlami qo‘riqlash uchun viloyatlar IIB hu- zuridagi “Qo‘riqlash” bo‘limlari bilan shartnomalar tuzadi va mablagTar toTovini amalga oshiradi.

  7. Tasdiqlangan balans va taqsimotlar asosida «Qishloq- xo‘jalikkimyo» tumanlararo filiallari va fermer xo‘jaliklari o‘rtasida mineral o‘g‘itlar yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzilishini tushuntirib bering.

  1. BOB. QISHLOQ XO‘JALIGIDA SUV
    ISTE’MOLCHILARI UYUSHMALARINING ROLI


    1. Qishloq xo‘ jaIigida suv iste’molchilari uyushmalarining shakllanishi va uning tashkiliy asoslari

Qadimdan mamlakatimiz hududida suv hayot manbai sifatida qadrlangan, tiriklikning birinchi omili sanalgan, uni muqaddas bilib, asrab - avaylab, tejab - tergab sarflaganlar. Bu qarashlar o‘z mohiyatini bugun hamyo‘qotgan emas. Darhaqiqat, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini suvsiz tasawur etish mumkin emas. Shuning uchun suvdan maqsadli, tejab - tergab foydala- nish hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida yana ham dolzarb bo‘lib turibdi. Chunki qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining asosiy qismi bo‘lgan paxta, g‘alla va boshqa mahsulotlar yetishtirish bevosita suv ta’minoti bilan chambarchas bog‘liq.
Respublika bo‘yicha sug‘orish uchun yiliga o‘rtacha 55 mlrd.m3 suv talab etiladi. Bu ko‘rsatkich Markaziy Osiyo respublikalarida iste’mol qilinadigan suvning deyarli yarmiga tengdir. Respublikada foydalaniladigan suvning ko‘p qismi qo‘shni davlatlar hududlari- dan oqib keladi. Respublikada foydalaniladigan suvning 85 foizi qishloq xo‘jaligida ishlatiladi. Dehqonchilikka mo‘ljallangan yer- laming 98 foizini sug‘oriladigan maydonlar tashkil etadi. Ko‘rinib turibdiki, suvdan tejab-tergab, samarali foydalanilmasa, kelgusida suv ta’minotida muammolar kelib chiqishi mumkin.
0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-martdagi “Qishlok xo‘jaligida iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi PF-3226-sonli Farmoniga asosan respublikada fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish ustuvor yo‘nalish deb belgilandi. Farmonga muvofiq, respublika qishloq va suv xo‘jaligida o‘tkazilayotgan islohotlami yanada chuqur- lashtirish, soha boshqaruvini takomillashtirish maqsadida Vazir- lar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli va 21-iyulda- gi 320-sonli qarorlari qabul qilindi. Respublika suv xo‘jaligida
142



muhim o‘zgarishlar yuz berdi. Suv resurslarini ma’muriy-hududiy boshqarish tamoyillaridan havzaviy boshqarish tamoyiliga o‘tildi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qayta qurish jarayoni tamoyili- da suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish va sohani bozor munosabatlari tamoyillariga asosan qayta qurishni taqozo etmok- da. Respublikada suv xo‘jaligi kompleksini qayta qurish jarayoni uch yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilmoqda.

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling