0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 1.24 Mb.
bet30/78
Sana31.01.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1143365
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   78
Bog'liq
Qishloq xojalik infratuzilmasi

Birinchi yo‘nalish - qayta qurilayotgan qishloq xo‘jaligi kor- xonasi negizida tashkil etilgan ferraer xo‘jaliklariga suv xizmati tuzilmasining bozor munosabatlari sharoitiga mos shaklini barpo qilish.
Ikkinchi yo‘nalish - respublika suv xo‘jaligi kompleksini boshqarishni takomillashtirish.
Uchinchi yo‘nalish - suv xo‘jaligi obyektlarini zamonavi- ylashtirish. Hozirgi kunda tugatilgan qishloq xo‘jaligi korxo- nalari negizida tashkil etilgan fermer xo‘jaliklariga suv xizmati ko‘rsatuvchi tuzilmaning bozor munosabatlari sharoitiga mos shaklini barpo qilish, xo‘jalik ichki sug‘orish tarmoqlarida suvdan foydalanuvchilar soni ko‘payib, suvning hisob-kitobini olib borish hamda suvdan oqilona va maqsadli foydalanishni yo‘lga qo‘yish muhim vazifalardan biriga aylanib bormoqda. Yazirlar Mahka- masining 2002-yil 5-yanvardagi 8-sonli qaroriga asosan, “Qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalari hududida o‘zaro suv xo'jaligi munosabatlarini tartibga solish to‘g‘risida”gi tartib tasdiqlandi.
Mazkur tartibga asosan tugatilgan xo‘jaliklar hududida joylash- gan barcha ikkilamchi suvdan foydalanuvchilar birlashtirilib, sug'orish tarmog‘i bo‘yicha ulaming “Uyushmasi” tashkil etilishi belgilab qo‘yildi. Suv iste’molchilari uyushmasi (SIU) zimma- siga xo‘jalik ichki sug‘orish tarmoqlarini bir maromda ishlatish, ikkilamchi suvdan foydalanuvchilar o‘rtasida adolatli suv taqsi- motini o‘matish, sug‘orishning ilg‘or texnologiyalarini joriy qilish hamda ulaming huquqlarini himoya qilish kabi vazifalar yukla- tildi. SIU bir sug‘orish tarmog‘ida joylashgan barcha ikkilamchi

suvdan foydalanuvchilarning ixtiyoriy ravishda birlashgan tashki- lotidir.
Prezident F armoni bilan qishloq xo ‘ jaligi isblab chiqarishida fer- mer xo‘jaliklariga ustuvor yo‘nalish berilganligi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida fermer xo‘jaliklarining ulushi ortib borayot- gan sharoitda ularga belgilangan me’yorlarda suv yetkazib berish mas’uliyatini o‘z zimmasiga olgan SlUning ishonchli hamkor sifa- tidagi o‘mi o‘sib borishi tabiiy. Ma’lumki, ilgari qishloq xo‘jaligi yerlari shirkat xo‘jaliklari ixtiyorida bo‘lib, hududni suv bilan ta’minlash, asosan, ular zimmasiga yuklangan edi. Bitta xo‘jalik hududida foydalanib kelingan xo‘jalik ichki kanallari, undagi gid- rotexnika inshootlari va meliorativ texnikalari, mol -mulklari- dan foydalanadigan bir nechta subyektlar pay do boiganligi suv iste’molchilar uyushmasini (SIU) tashkil etish ehtiyojini keltirib chiqardi. Endilikda SlUlar faoliyatini yo‘lga qo'yish bo'yicha res- publikada muayyan qonunchilik bazasi yaratildi. Jumladan, SlUlar 0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 77-moddasiga asosan, notijorat shaklda tashkil etilib, ular o‘z a’zolarining badal- lari hisobiga faoliyat ko‘rsatadi.
Suv resurslari tanqisligi sharoitida bu resurslami boshqarish va yetkazib berish jarayonidagi institutsional quyi bo‘g‘in bo‘lgan Suv iste’mochilari uyushmalari (SlU)ning о‘mi nihoyatda yuqori. Suv iste’molchilari uyushmasi mustaqil yuridik shaxs hisoblanib, o‘z faoliyatini xo'jalik hisobi tamoyillari asosida olib boradi. 0‘z faoliyatini fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan shartnoma asosida suv yetkazib berish xizmatlari uchun to‘langan mablag‘lari hisobidan amalga oshiradi.
Suv iste’molchilari uyushmalariga qator imtiyozlar yaratilgan. Chunonchi, SlUlar notijorat shaklda faoliyat ko‘rsatgani uchun 0‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan notijorat tash- kilotlarga berilgan barcha imtiyozlardan foydalanadi. Respub- lika Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-yanvardagi 8-sonli qa- roriga asosan, SlUlar xizmatlari qo‘shilgan qiymar solig‘i, foyda va mulk solig‘i hisoblanishi va to'lanishidan 2 yil muddatga,
144
0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 27-oktabrdagi PF-3342-Farmoniga asosan, SlUlarining xizmatlari qo‘shilgan qiy- mat solig‘i, daromad va mulk solig‘ini qo‘shish va to‘lashdan 3 yil muddatga ozod qilingan.
Suv iste’molchilari uyushmasi (SIU) bir yoki undan ortiq kanal atrofidagi suv iste’molchilarining xohish-irodasi bilan tuzi- ladigan va ular tomonidan boshqariladigan notijorat tashkilotdir. SIU muayyan miqdorda suv olish, undan foydalanish va oqavaga chiqarish bilan bog‘liq xo‘jalik faoliyatini hamda boshqa faoli- yatni amalga oshiruvchi yaxshi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklari va boshqa yuridik jismoniy shaxslar birlashmasidir (uyushmasi) (Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-yanvardagi 8-sonli qarorin- ing 7-ilovasidan),
Suv iste’molchilari - fermer, dehqon xo‘jaliklari, tomorqa ega- lari va boshqalar bo‘lib, adolatli suv taqsimoti hamda irrigatsiya- melioratsiya tarmoqlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish orqali uyushma hududida sug'orma dshqonchilikni rivojlantiradi va buning uchun o‘zlarining moliyaviy va texnik imkoniyatlarini birlashtiradi.
Suv iste’molchilari - cheklangan miqdordagi suvni olish, un­dan va ichki suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanish bilan bog'liq xo‘jalik hamda boshqa faoliyatlarni amalga oshiruvchi fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda boshqa yuridik na jismoniy shaxslardir. Uyushma hududidagi suv iste’molchilari quyidagi muammolarga duch kelish mumkin:

  • yagona teng huquqli suv taqsimlash tizimi yo‘lga qo‘yihnaganligi bois suv iste’molchilari o'rtasida suv uchun uz- luksiz ziddiyatlar vujudga keladi;

  • irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarining uzluksiz ishlashini ta’- minlashga davlat tomonidan ajratilayotgan mablag1 laming yetish- masligi tufayli ularning holati yomonlashib boradi;

  • suv resurslaridan oqilona va maqsadli foydalanmaslik ular­ning keskin kamayish havffini keltirib chiqaradi va Orolbo‘yi hudu­dida yuz bergan favqulodda ekologik vaziyat yanada og‘irlashdi.

145
SIU o‘z a’zolari bo‘lgan suv iste’molchilariga sug‘orish tarmog‘idagi suvni taqsimlash va uyushmani demokratik asos- da boshqarishda faol qatnashish imkoniyatini beradi. Suv iste’molchilari SlUning moliyaviy boshqaruvini oshkora tashkil etishlari uyushma faoliyatining barqaror rivojlanishini ta’minlaydi. Bu qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini bir- lashtirgan holda nafaqat suv xo‘jaligi, balki qishloq xo‘jaligi bilan bogTiq umumiy muammolami hal qilishda ham yordam beradi. Bundan tashqari suvdan samarali foydalanish hisobiga qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligining oshishi fermerda ertangi kunga yanada ishonch uyg‘otadi.
SIU tuzish uchun, tartib bo‘yicha, uyushmaning bo‘lajak a’zolaridan iborat tashabbuskor guruh zaruriy hujjatlami tay- yorlaydi. Ushbu guruh SlUning ta’sis hujjati va ustav loyihasini a’zolarning takliflarini hisobga olgan holda tuzadi va buning uchun salohiyatli fermerlar orasida tushuntirish ishlarini olib bora- di. (Ta’sis hujjatlari SlUning ta’sis shartnomasi va ustavidan ibo­rat).
Ta’sis shartnomasi SIU ta’sis etishga asos bo‘luvchi hujjat bo Tib, uyushmaning huquqiy maqomi, rasmiy nomi, ta’sischilar ro‘yxati, maqsadva vazifalamingqisqachabayonidan iborat. Ta’sis shartnomasi SIU ta’sischilarining barchasi tomonidan imzolanadi.
Ustav SlUning ichki faoliyatini muvofiqlashtirishning asosiy hujjati hisoblanadi. Unda SIU a’zolarining huquq va majburi- yatlari, boshqaruv organlarining tashkiliy tuzilmasi va ulaming o‘zaro munosabatlarining mexanizmlari bayon etiladi. Ustav ta’sis yig‘ilishining raisi tomonidan imzolanadi.
SIU tuzish uchun kerakli hujjatlar namunasi mavjud boTib, u uyushma tuzish jarayonini soddalashtirish va jadallashtirishga yor­dam beradi. Biroq mahalliy irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlari va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining barcha o‘ziga xos tomon- lari hamda har bir suv iste’molchilarining talabini alohida hisobga ololmaydi. Shuni alohida qayd etish kerakki, uyushma tuzish ja- rayonida o‘z manfaatini ifodalash uchun har bir a’zoning ishtiroki zarur bo‘lib, bu SlUning ta’sis shartnomasi va ustavida sug'orish hamda zovur tarmoqlarini ishchi holatda saqlash, boshqarishning mahalliy o‘ziga xos xususiyatlari va shart-sharoitlari hisobga oli- nadi.
Tashabbuskor guruh bo‘lajak SlUning ta’sis shartnomasi va ustavini salohiyatli a’zolar ishtirokida muhokama qilish va tas- diqlash uchun umumiy yig'ilish chaqiradi. Ta’sis hujjatlari tas- diqlangandan so‘ng uyushma a’zolari yoki suv iste’molchilar gu- ruhi vakillari SIU kengashi va taftish komissiyasiga nomzodlar ro‘yxatini tuzadi.
Uyushma a’zolari yoki suv iste’molchilari guruhi vakillari umu- miy yig‘ilishdakengash va taftish komissiyasini saylagandan so‘ng kengash a’zolari barcha uyushma a’zolari nomidan SIU boshqa- ruvchisini tayinlaydi. SIU a’zosi uyushma faoliyat ko‘rsatadigan hududda qishloq xo‘jaligiga moTjallangan yerga ega boTgan yuri- dik yoki jismoniy shaxslardir.
SlUning suv iste’molchilari guruhi vakili umumiy yighlishlarda ma’lum bir uchastkadagi (hududiy yoki gidrogra- fik boTinishga ko‘ra) suv iste’molchilari nomidan ulaming manfaatlarini himoya qiluvchi shaxsdir (agar SIU a’zolari soni 100 kishidan oshsa, bu umumiy yig‘ilish o‘tkazishda va umu­miy masalalami hal qilishda qiyinchiliklar tug‘diradi, shunda suv iste’molchilari bir guruhga birlashib, uyushma faoliyatida ishtirok etishi uchun o‘zlarining vakillarini saylaydi). SIU ustav­ida vakillami saylash muddati, ulaming majburiyatlari, umumiy yig‘ilishda qancha ovoz qoTga kiritishi lozimligi belgilab beriladi. SIU a’zolarining huquq va majburiyatlari uyushma ustavi va uning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi boshqa ichki hujjatlarda ko‘zda tu- tilgan. SIU a’zolarining huquqlari:
• SIU boshqaruv organiga nomzodlar tavsiya qilish yoki o‘z nomzodlarini qo‘yish;

  • suvdan foydalanish rejasiga muvofiq sug‘orish suvidan ado- latli va teng huquqli foydalanish hamda qo‘shimcha suv resurslari mavjud bo‘lsa, birinchi navbatda olish;

  • o‘z manfaatlari bilan bog‘liq masalalar muhokamasida ishtirok etish;

  • shartnoma majburiyatlarini bajarmagan va ustavga rioya qil- magan hollarda SlUdan da’vo talab qilish;

  • suv iste’molchilari o‘z qiziqishi va umumiy manfaatidan kelib chiqib, SIU faoliyatiga oid ma’lumotlar bilan tanishish.


Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling